7.3. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning ma'muriy (tarifsiz) chora-tadbirlari Tashqi iqtisodiy faoliyatni tarifsiz tartibga solish – tovarlar tashqi
savdosini miqdoriy cheklash yoki boshqa iqtisodiy cheklovlar
jumladan, litsenziyalash, kvotalash, deklaratsiya qilish, import
depozitlarini kiritish, eksport va import mahsulotlarini sertifikatlash,
ikki tomonlama ahamiyatga ega tovarlar va texnologiyalar eksporti
ustidan nazorat va boshqalar kabi davlat tomonidan tartibga solish
usullari majmui.
Davlatlar o'rtasidagi erkin savdoni qiyinlashtiradigan yoki
cheklaydigan, iqtisodiy, ma'muriy va texnik tusdagi (boj tarifidan
tashqari) chora-tadbirlar majmuasidir.
1. Tartibga solishning tarifsiz miqdoriy usullari – bu eksport
yoki
importga
ruxsat
berilgan
tovarlarning
miqdori
va
nomenklaturasini belgilovchi usul bo’lib, savdo aylanmasini davlat
tomonidan tartibga solishning tarifsiz ma'muriy shaklidir. Ularga
quyidagilar kiradi:
A. Kvotalash / belgilangan muddat davomida eksport va/yoki
importni tovarlar miqdori (miqdoriy kvotalar) yoki ularning umumiy
qiymati (qiymat kvotalari) bilan cheklashni anglatadi. Xalqaro savdoda
kvotalash iqgisodiy, siyosiy sharoitlar yoki to'lov munosabatlarining
holati taqozo etgan hollarda qo’llaniladi. Ichki bozorda talab va taklif
regulyatori sifatida foydalaniladi. Chet ellik savdo sheriklarining
kamsituv harakatlariga javob chorasi sifatida ham xizmat qilishi
mumkin.
Kvota – ma'lum bir vaqt oralig'ida ma'lum miqdorda yoki
qiymatda mahsulotni eksport qilish yoki import qilishni cheklashning
miqdoriy tarifsiz o’lchovidir. Kvota turlari:
-
umumiy kvota – davlat ehtiyojlari uchun belgilanadi;
-
tabiiy kvota – neft quvurlari, portdagi terminallar va h. k. larning
cheklangan o’tkazish salohiyatiga bog’liq;
-