68
mohiyati, undan kutiladigan moddiy farovonlik
masalalarini dastlab
merkantilistlar izohlab berishga harakat qilganlar. Merkantilistlar
mamlakat boyligining asosini oltin (pul) tashkil etadi deb hisoblaganlar
va ularning tashqi savdo nazariyalari shu g‘oyaga asoslangan.
Merkantilistlar
fikricha, tashqi savdo mamlakatdagi oltin
miqdorini saqlab qolish va ko‘paytirishga qaratilmog‘i lozim. Shu
sababli mamlakat aholisi turmush farovonligini
yaxshilash uchun
imkon qadar mahsulotlarni ko‘proq eksport qilishi va kamroq import
qilishi zarur, eksport va import o‘rtasidagi tafovut esa milliy boylikning
o‘sishi hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda davlat eksportni har
tomonlama qo‘llab-quvvatlashi va importni cheklashi lozim. Ayni
vaqtda “ilk” merkantilistlar va “kech” merkantilistlar qarashlarida biroz
tafovut mavjudligini ta’kidlab o‘tish lozim.
Ushbu
maktab
vakillarining
tashqi
savdo
nazariyasini
rivojlantirishdagi xizmatlari shundaki, ular birinchilardan bo‘lib tashqi
savdo muammolariga e’tibor qaratdilar,
uning mamlakat iqtisodiy
rivojlanishidagi ahamiyatini ta’kidladilar, eksport va importga
sarflanadigan xarajatlarning muayyan nisbatini asoslab berdilar.
Dostları ilə paylaş: