91
Ko'p
tomonlama
investisiya
shartnomalari
manfaatdor
mamlakatlarning investision hamkorlikda qatnashishi va a'zolarni keng
miqyosda qamrab olishni ko'zda tutadi.
Xalqaro investisiya shartnomalari qatnashchilari sifatida milliy
hukumatlar va Jahon savdo tashkiloti (JST), Iqtisodiy hamkorlik va
taraqqiyot tashkiloti (IHTT), Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) kabi
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar qatnashishi mumkin.
Xalqaro investisiya shartnomalarining amal qilishida ikki
tomonlama investisiya shartnomalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Investision hamkorlik doirasidagi iqtisodiy munosabatlarni
davlatlar ikki tomonlama va mintaqaviy kelishuvlar asosida
mustahkamlaydilar. Xorijiy investisiyalarni himoyalashda ko'proq ikki
tomonlama investisiya kelishuvlari (Bilateral investment treaties yoki
BITs) amaliy ahamiyatga ega. Birinchi BITs 1950-yillarda qabul
qilingan bo'lib, umuman olganda ularning mohiyati hozirgi kunda
uncha o'zgarmagan. Ular ikki tomonlama investision hamkorlik
me'yorlari, andozalari va asosiy tamoyillarini belgilaydi va investisiya
kiritishning
barqaror
rejimi
mavjudligidan
darak
beradi.
Investisiyalarni o'zaro himoyalash va rag'batlantirish to'g'risidagi ikki
tomonlama investisiya kelishuvlarini tuzish qulay investisiya iqlimi
yaratish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etib, xorijiy
investisiyalarni tartibga solishning huquqiy-me'yoriy bazasi jiddiy
kamchiliklarga ega bo'lgan vaziyatda, tog’ridan-to’gri xorijiy
investisiyalar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishning istiqbolli
yo'nalishi bo'lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: