Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/93
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210759
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   93
12740 2 A33B8B49E6EAD09463E261CBFE4E14A01B14D4D4

Nazorat savollari 
1.
Xalqaro kapital migrasiyasining sabablari nimalardan iborat?
2.
Xalqaro kapital migrasiyasi qanday ko'rsatkichlar bilan tavsiflanadi?
3.
Xalqaro kapital migrasiyasining qanday shakllari mavjud? 
4.
To'g'ridan-to'gri va portfel investisiyalarning farqi nimadan iborat? 
5.
To'g'ridan-go'gri xorijiy investisiyalarning keskin o'sishining 
sabablarini ko'rsating. 
6.
Xalqaro kapital migrasiyasini tartibga solish zaruriyati nimalardan 
iborat? 


93 
10-MAVZU. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
IQTISODIYOTIDA XORIJIY INVESTISIYALARNING 
O’RNI 
10.1. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida xorijiy kapitalning o’rni 
va roli 
10.2 Xorijiy investisiyalarning xalqaro boshqaruvi. 
10.3 Xorijiy investisiyalarni jalb qilish va foydalanishning 
qonunchilik va me'yoriy - huquqiy bazasi. 
Tayanch iboralar: Investitsiya, xorijiy investitsiya, to’g’ridan-
to’g’ri xorijiy investitsiya, portfel investitsiya, investor, kapital 
eksporti, ustav kapital, dividend, tadbirkorlik foydasi, eksport, import.
10.1. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida xorijiy kapitalning 
o’rni va roli 
Hozirgi paytda xorijiy sarmoyalar raqobatbardoshlikning va 
iqtisodiy o'sishning qudratli omiliga aylandi. Xorijiy investisiyalar 
milliy iqtisodiyotlarning jahon iqtisodiyotiga integrasiyalashuvini 
ancha kuchaytirdi, hamda xalqaro savdo va ishlab chiqarishning 
o'sishini harakatlantiruvchi kuch sifatida tan olindi. 
Investisiyalar 
barcha 
sanoati 
rivojlangan 
mamlakatlarga 
dunyoning qolgan mamlakatlari oldida ustunlik yaratgan holda, 
ularning raqobat mavqeini oshirishda muhim rol o'ynadi. Sababi, 
raqobatdagi ustunlikning ba'zi mamlakatlar uchun tabiiy resurslarning 
kamligi, boshqalari uchun noqulay jo'g'rofiy joylashuv va deyarli har 
biri uchun ishchi kuchi taqchilligi yoki qimmatliligi bilan bog'liq 
bo'lgan yo'qotishlari va kamchiliklarini kompensasiyalashga katta 
hajmdagi sarmoya qo'yilmalari va ularning samarali ishlatilishi imkon 
beradi. 
Xorijiy investitsiyalar har qanday davlatning iqtisodiy 
rivojlanishida, uning iqtisodiy rivojlanish darajasidan qat'i nazar, 
sanoati rivojlangan yoki rivojlanayotgan mamlakat bo'ladimi, katta rol 
o'ynaydi. To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning ahamiyati o’tgan 
asrning 80-90 yillarida sezilarli darajada oshdi. Xorijiy investitsiyalar 


94 
milliy resurslardan yanada samarali foydalanish asosida qabul qiluvchi 
mamlakat iqtisodiyotining o'sishiga yordam beradi.
Integrasiya jarayonlari juda yuqori sur'atlarda amalga oshayotgan 
bir paytda, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga katta hajmdagi 
xorijiy sarmoya oqimi quyilmoqda. Amalda dunyoning barcha 
mamlakatlari iqtisodiy tub o'zgarishlarni amalga oshirar ekan, 
moliyalashtirishning tashqi manbalariga murojaat qiladilar. Chet el 
investisiyalari, kreditlari, qarzlar va moliyaviy yordamlardan oqilona 
foydalanish mamlakat iqtisodiy rivojlanishining jadallashuviga, 
ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarni 
hal 
etishga 
ko'maklashadi. 
Mamlakatlar o'rtasidagi sarmoyaning intensiv oqimi zamonaviy 
iqtisodiy taraqqiyotning muhim xususiyati bo'lib hisoblanadi. Bu 
birinchi navbatda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalarga taalluqlidir. 
Davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoev ta'kidlaganlaridek, "Qaysi 
davlat faol investisiya siyosatini yuritgan bo'lsa, o'z iqtisodiyotining 
barqaror o'sishiga erishgan. Shu sababli ham investisiya – bu iqtisodiyot 
drayveri, o'zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag'a 
bo’lmaydi»
1

O'zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyotini shakllantirish 
tomon yo'l olib, jahon xo'jaligi munosabatlariga, xalqaro investision 
hamkorlik jarayoniga tobora chuqurroq qo'shilmoqda. Bozor 
munosabatlariga o'tish iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish va faol 
investisiya faoliyatining zarurligini belgilab berdi. Keng ko'lamda 
xorijiy investisiyalarni jalb etish, strategik maqsadlarni ko'zlaydi va 
olib borilayotgan davlat siyosatining eng muhim yo'nalishlaridan biri 
hisoblanadi. Xorijiy investisiyalarning mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarni hal etishdagi, iqtisodiy tub o'zgarishlarni amalga 
oshirish, iqtisodiy va siyosiy barqarorlikka erishish va iqtisodiyotning 
yuksalishidagi ahamiyati yuqori. 
Qabul qiluvchi mamlakat uchun to'g'ridan-to'g'ri xorijiy 
investisiyalarning kirib kelishi quyidagi afzalliklarga ega: 
-
iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtirish; 
-
barqaror moliyalashtirish manbaiga ega bo'lish; 
-
ishlab chiqarish apparatini yangilash va modernizasiyalash; 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil uchun mo‘ljallangan 
eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.// Xalq so’zi, 2018 yil 29 
dekabr. 


95 
-
texnologiyalar, boshqaruv ko'nikmalari, savdo belgilari, patentlar va 
lisenziyalarning kirib kelishi; 
-
eksportning diversifikasiyalashuvi; 
-
qo'shilgan qiymat ulushi yuqori bo'lgan tarmoqlarda malakali ishchi 
kuchi uchun afzalliklarning vujudga kelishi; 
-
tashqi bozorlar bilan aloqalarning kengayishi; 
-
qabul qiluvchi iqtisodiyot raqobatbardoshligining oshishi; bozor 
iqtisodiyoti talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin