Abdulla sher axloqshunoslik


Лейбин В. Фрейд, психоанализ и соврем енная западная ф и л ософ и я . М



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/209
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#210786
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   209
s4S7EHjtHmoMNmIYtJ01CR2chM6SocN8iTPWj8yZ

Лейбин В. Фрейд, психоанализ и соврем енная западная ф и л ософ и я . М .,
П олитиздат, 1990. С. 209.
www.ziyouz.com kutubxonasi


hamda rivojlantirish yo‘lidan ketdi. K.Yung, A.Adler, E.Fromm singari 
tahlilchi-faylasuflar inson qalbini o ‘rganishda katta muvaffaqiyatlarga 
erishdilar. Imkon nuqtayi nazaridan faqat ulardan biri — Frommning 
axloqiy qarashlariga to'xtalamiz.
Erix Fromm (1900-1980) asosiy diqqatini inson qalbining axloqiy 
talablarga m unosabatini ochishga, totalitarchilik, insonparvarlik
tirik se v a rlik (b io fillik ) va o ‘lik sev arlik (n ek ro fillik ) h aq id ag i 
mulohazalarga qaratadi. Uning «Sevish san’ati» (1956), «Inson qalbi. 
Uning ezgulik va yovuzlik qobiliyati» (1964), «Inson o‘zi uchun» (1967) 
kabi asarlarida axloqiy muammolarga keng o ‘rin berilgan.
Erix Fromm inson hayotini «san’at», axloqni «yashash san ati», 
axloqshunoslikni esa inson haqidagi nazariy fan deb ataydi. Biroq inson 
ana shu «yashash san’ati»ga ko‘p hollarda amal qilmaydi, ya’ni o ‘ziga, 
o'zining mavjudligiga e’tibor bermaydi. Mutafakkir shu bois alam va 
achinish aralash shunday deb yozadi: «Inson uchun o ‘zining xususiy 
hayoti va yashash san’atidan boshqa ham m a narsa muhim. U o'zidan 
boshqa ham m a narsa uchun yashaydi. Holbuki, axloq yashash san ati 
borasida komillikka erishish uchun zarur b o igan m e’yorlar majmuyidan 
iborat ekan, axloqiy tam oyillar hayot tabiatiga, xususan, insoniy 
mavjudlik tabiatiga mos kelmog‘i lozim. H ar qanday hayot tabiatining 
umumiy tamoyili o ‘z xususiy mavjudligini asrash va barqaror etishdan 
iboratdir»1.
Shunday qilib, axloq insonning go‘zal yashashini, eng aw alo, o‘zi 
uchun yashashini t a ’m inlashi kerak. Fazilat — insonning noyob 
individualligi. 0 ‘z individualligini namoyon eta olgan odamgina fazilatli 
hisoblanmog‘i lozim, zero, insonning hayoti hamma narsadan ustun 
va qim m atlidir. From m
o ‘z
axloqiy qarashlarini ana shu nuqtayi 
nazardan turib o ‘rtaga tashlaydi va himoya qiladi.
Frommning fikriga ko‘ra, yovuzlik faqat insoniy hodisa. U insoniylik 
holatidan ortga qaytish, insonga xos aql, muhabbat, erk xususiyatlarini 
yo‘q qilishga bo'lgan intilish. Ayni paytda, u fojeiy holatdir. Chunki 
inson, hayvoniy darajaga qaysa-da, u biror-bir soniya odam ekanini 
unutmaydi, dem ak, yovuzlik masalani hal qilishning y o ii sifatida uni 
hech qachon qoniqtirmaydi. Insonning yovuzlik holati — o ‘zini ezib 
turgan insoniy turm ushi og'irligidan ozod bo‘lishga fojiaviy urinishi

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin