Abdulla sher axloqshunoslik


IV BOB YANGI DAVR AXLOQSHUNOSLIGIDAGI ASOSIY



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/209
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#210786
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   209
s4S7EHjtHmoMNmIYtJ01CR2chM6SocN8iTPWj8yZ

IV BOB
YANGI DAVR AXLOQSHUNOSLIGIDAGI ASOSIY
TA’LIMOTLAR VA YO‘NALISHLAR
R E JA
1. Ovro ‘p a ma ’rifatparvarlarining axloqiy qarashlari.
2. Olmon mumtoz axloq falsafasi.
3. Noratsional axloqiy ta ’limotlar.
4. Markscha yo ‘nalish va uning tanqidiy tahlili.
5. Rus mumtoz axloqshunosligi.
Tayanch tu sh u n c h a lar
Ratsional y o ‘nalish, H is-tuyg‘u, Aql, Substansiya (Javhar), M odus, 
Erkinlik, Xudbinlik, Din, Vijdon, Q a t’iy am r, Burch, Q oniqish, Shafqat, 
Ezgulik, Yovuzlik, Halollik, M u h a b b at, Q o'rquv, Ixtiyor, Uyat.
Q adim gi dunyo m um toz ilm iy tafakkurining eng yaxshi a n ’analarini 
riv o jla n tirib , b o y itib , u n d a k o ‘ta r ilg a n m u a m m o la rg a y a n g ic h a
m unosabat ishlab chiqqan 0 ‘rta asrlar m usulm on Sharqi ta ’lim otlari 
O vro‘pa U yg‘onish davri m utafakkirlari uchun turtki boMganini aytib 
o ‘tgan edik. Sharq tafakkuri yutuqlarini tadrijiy rivojlantirgan, uyg'ongan 
O vro‘pa mislsiz parvozga shay a q l-id ro k burgutiga aylandi va u Yangi 
davr osm onida yuksak parvozga kirishdi. A xloqshunosiik borasida ham
bu parvoz o ‘zini nam oyon etdi. Inson g a h a r to m o nlam a m adaniy, erkin 
shaxs sifatidagi m unosabat en d ilik da m uayyan tarzd a yangilandi; uni 
ijodiy shaxs deb talqin va tahlil etish konsepsiyasi yuzaga keldi. Inson 
aq l-id ro k ig in a axloqning m anb ai va axloqiy tartib o tn in g asosi deb 
hisoblandi. Axloq esa insonning fikrlovchi m avjudot sifatidagi holati 
tarzid a t a ’riflandi.
1. Ovro‘pa ma’rifatparvarlarining axloqiy qarashlari
Bu davrda axloqshunosiik fan id a tu rli y o ‘nalishlar vujudga keldi. 
S h u la rd a n biri — ratsion al y o ‘n a lis h . Bu y o ‘n a lish n in g dastlab k i 
n am o y an d alarid an biri fransuz faylasufi R ene (K arteziy) D e k a rtd ir 
(1 5 9 6 -1 6 5 0 ).
www.ziyouz.com kutubxonasi


D ekartning axloqiy qarashlari asosan uning «Qalbning ehtiroslari», 
«Aqlni t o ‘g ‘ri yo ‘lga solish va ilm lardagi h aq iq atn i izlab topishga 
yo‘naltirilgan usul haqida m ulohazalar» asarida va xatlarida o ‘z aksini 
topgan. M utafakkirning inson vujudi ruhiy holatlarini tushuntirishda 
m exanikani q o ‘llashi axloqni tabiiyyot nuqtayi nazaridan talqin qilishga 
olib keldi. X atlaridan birida D ekart to ‘g‘ridan to ‘g ‘ri ehtiroslarni fizik, 
tabiiyyotchi sifatida olib qarash istagida ekanini aytadi. U insondagi 
vujudiy va sof m a’naviy tom on larni ajratib ko‘rsatadi, ham d a ularni 
b ir-b irin in g ziddi deb t a ’riflaydi. A na shu ikki to m o n o ralig ‘ida, 
D ekartning fikriga ko‘ra, olti hisdan — hayrat, m uhabbat, nafrat, istak, 
quvonch va qayg‘udan iborat hissiyotlar m aydoni joylashgan. Hislar 
bir vaqtning o ‘zida ruhni vujud va atrofdagi narsalar dunyosi bilan 
birlashtiruvchi dastlabki dastaklar (richaglar) tizim ini tashkil etadi. Ular 
qalb g‘ildiragini aylantiruvchi qayishlar va vujud harakatini uyg‘otuvchi 
kuchlar sifatida subyekt xatti-harakatiga q at’iyat ham d a barqarorlik 
bag‘ishlaydi.
U m um an olganda, D ekartning axloqiy ta ’lim otida foydalilik tam oyili 
hukm ron. Aql oz kuch sarflab, ko ‘p foyda olish uchun m uhabbat, 
quvonch, qayg‘u, lazzat singari hissiyotlarni boshqarib turadi. His- 
tuyg‘ularni tejam korlik bilan sarflash, vujud m ashinasining korxonasi 
b o ‘lm ish sog'liqqa zarar keltiradigan ortiqcha «xarajatlarni» bartaraf 
etish — D ekart taqdim etadigan eng yaxshi axloq m ana shu. Zero, 
hislar — m uayyan inson m ajburan sarflaydigan xarajat. U lar o ‘z -o ‘zicha 
em as, balki jism oniy jarayonlarga xizm at qilishi uchun mavjud: ular 
kuchlarni jam laydi, m a’lum bir obyektga qarata y o ‘naltiradi. Lekin 
hissiyotga berilish — haqiqatdan yiroqlashadigan halokatli yo‘l. O dam lar 
im kon b o richa ehtiroslarni bosishga o ‘rganm oqlari lozim . Z o tan , his- 
tuyg‘u uyg‘otuvchi narsa-hodisa asl holiga qaraganda m aftunkorroq 
ko'rinadi. Shu bois hissiyotning ratsional (aqliy) tanqidi axloqiy vazifani 
bajarishga qaratilgan. M utafakkirning fikriga k o ‘ra, donishm andlik 
ehtiroslar keltirgan baxtsizliklarni yengil kechirish va shu orqali ham m a 
narsadan lazzat topish uch u n o ‘z ustim izdan uddaburonlik bilan hukm
yurgizishga o ‘rgatadi. «Buning u ch u n esa ixtiyor erkinligidan foydalana 
bilish lozim. M en, — deb yozadi D ekart «Qalbning ehtiroslari» risolasida,
— o ‘z -o ‘zini hurm at qilishning birgina asosini bilam an, bu — ixtiyor 
erkinligim iz va o ‘z istaklarim iz ustidan hukm ron b o ‘la bilishim iz. Z ero, 
faqat ixtiyor erkinligiga bog‘liq xatti-harak atlarim izgina bizning yo 
m aqtov yo tan b eh olishim iz uch u n asos b o ‘la oladi. Ixtiyor erkinligi
www.ziyouz.com kutubxonasi


bizga o ‘z ustim izdan h u km ronlik qilish huquqini beradi va shu bilan 
b izn i qay darajadadir X udoga o ‘xshashligim izni t a ’m inlay di, faqat 
ju r’atsizligim iz tufayli bizga 
U in ’o m etgan h u q u q n i y o 'q o tm asak
b o ‘lgani»‘ .
D e k a rt «Usui haqida m ulohazalar» risolasining «U shbu usuldan 
chiqarilgan bir necha axloqiy qoidalar» deb atalgan uch inch i qism ida 
o ‘zi am al qilgan axloqiy qoid alarni tak lif etadi. Bu qoidalarda faylasuf, 
b irin c h id a n , o ‘z m am lakati q o n u n la ri va u rf-o d a tlarig a b o ‘y sunib, 
b o la lig id a n o ‘zi tarb iy alan g an d in iy e ’tiq o d n i m ah k a m tu tg a n in i; 
ikkinchidan, kuchi yetganicha o ‘z x atti-h arak atlarid a q a t’iy va qoim
boMishga, o ‘ylab ish tutishga keyingi pushaym on yoki vijdon azobiga 
o ‘rin qoldirm aslikka intilganini; u ch in c h id an , taq d irn i em as, a w a lo , 
o ‘z in i yengishga, d un y o ta r tib o tin i e m a s, b a lk i o ‘z x o h ish la rin i 
o ‘zgartirishga harakat qilganini: t o ‘rtin c h id a n , m azku r uch qoid ani 
haq iq atn i izlashga bag‘ishlangan hayotida foydalanib kelganini ham d a 
shu tufayli bu dunyoda eng to za, eng yoqim li b o ‘lgan lazzatga k o ‘p b o r 
erishganini aytadi. Lekin, u m azkur qoidalarning vaqtinchalik xususiyatga 
ega ekanini, aslo m utlaqlik yoki m angulik m aqom iga d a ’vo qilm asligini 
h am t a ’kidlab o ‘tadi.
N iderlandiyalik faylasuf B enedikt (B aru x ) S pinoza (1632 — 1677) 
axloqshunoslik borasida D ek artn in g ratsional qarashlarini davom ettirdi 
va yanada yuksak bosqichga olib chiqdi. U n in g bu jih a td a n «X udo, 
inson va uning baxti haqida qisqacha risola» (1660), «llohiyot va siyosat 
risolasi» (1670) va «Axloqshunoslik» (1677) asarlari diqqatga sazovordir.
Spinoza Xudoni — tab iat, tab iatn i — X udo tarzida talqin etadi. 
X u d o — yagona substansiya (ja v h a r), b a rc h a h o d is a la r va y ak ka 
narsalarning ilk asosi. U abadiylik va cheksizlikka ega, yaratilm agan 
h am d a hech qachon yo‘qolm aydi. U nga ikki belgi — sifat xos: biri — 
ko‘lam , ikkinchisi — tafakkur. Y a ’ni tab iatd a n am oyon boMgan X udo, 
substansiya, azaliy va oliy ong. Substansiya o ‘zi uch u n o ‘zi sababdir, 
deydi mutafakkir. U substansiya va uning sifatlarini talqin etishda m odus 
tushunchasini kiritadi. M odus deganda faylasuf substansiyaning olam dagi 
k o ‘p d a n k o ‘p rang-barang h o d isalar va narsalar k o ‘rinishida nam oy on 
b o ‘luvchi holatini tushunadi. F ay lasu f substansiya va uning sifatlarini
— yaratuvchi tabiat, m oduslarni esa yaraluvchi tabiat deb ataydi. D em ak, 
substansiya olam ning yagona ibtidosi sifatida o ‘zi uch u n h am , olam dagi

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin