5. Rus mumtoz axloqshunosligi
M um toz tafakkurning o ‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u
muayyan tarixiy davrda m a’naviyat sohasida erishilgan yutuqlarni tizimli
tarzda boyitib, ularni yangicha qarashlar va yo‘nalishlar vositasida
navbatdagi yuqori bosqichga olib chiqadi. O lmonlardan so‘ng ana
shunday mum toz tafakkur XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ruslarda
voqe b o ‘Idi.
Bu davrda rus mutafakkirlari m a’naviyatning barcha sohalarida
jahonda yetakchilik mavqeyini egalladilar. L.Tolstoy, F. Dostoyevskiy,
I. Turgenev, A.Ostrovskiy, N. Chernishevskiy, V.Belinskiy, VI.
Solovyov,
N. Losskiy, N .Berdyayev, S. Bulgakov, S. Frank, I.Ilyin, P. Florenskiy,
V. Rozanov, A. Chexov, A.Axmatova, B. Pasternak, I. Bunin, S.
Y esenin, M .G orkiy, V .N abokov, B.Visheslavtsev, G. S hpet, V.
Vernadskiy, A.Losev singari buyuk nomlarning ba’zilari ana shu davrda
butun kuch-quw atlari bilan o ‘z faoliyatlarini nihoyasiga yetkazgan
bo ‘lsalar, boshqalari o ‘z faoliyatlarini chet ellarda davom ettirdilar.
Ba’zilari ijodida badiiy tafakkur borasida realistik yo'nalish birinchi
darajali o ‘rin egallagan bo‘lsa, boshqalari
falsafiy-axloqiy va estetik
tafakkurda diniy-idealistcha yo‘l tutdilar. Aynan ana shu diniy-idealistcha
yo'nalish falsafiy-axloqiy tafakkurni mumtozlik darajasiga ko‘tarishda
m uhim ahamiyat kasb etdi. Bunda ulug‘ rus mutafakkir-yozuvchilari
L. N. Tolstoy va F.M. Dostoyevskiy qarashlarining ahamiyati beqiyosdir.
L.N . Tolstoy (1828—1910) axloqshunosiik ham da axloq masalalariga
ham diniy, ham falsafiy, ham publisistik asarlarida shuningdek,
kundaliklar va maktublarida keng o ‘rin bergan. Uning axloqiy qarashlari
hozir ham katta ahamiyatga ega. Zero, inson qanday yashashi kerak
degan m uam m o Tolstoy tafakkuridagi markaziy masaladir. Shu bois u,
odam lar uchun eng zarur fan — qanday yashash haqidagi ilmdir, deydi.
Tolstoyni ba’zan norasmiy payg‘ambar darajasiga ko‘tarib qo‘yadilar.
X o‘sh, buning sababi nimada?
G ap shundaki, Tolstoy, aw alo diniy,
milliy va tabaqaviy qadriyatlardan umuminsoniy qadriyatlarni ustuvor
deb biladi. Ikkinchidan, u nasroniylikni yangilashaga, to ‘g‘rirog‘i, uni
cherkovdan qutqarishga, insoniylashtirishga intildi. G ‘arb olimlari esa
uning qarashlarini protestantlik mazhabiga mos kelishini aytadilar. Ayni
paytda uning diniy-falsafiy
asarlarida tasawufga, xususan, Yassaviya,
Mavlaviya tariqatiga, Ahmad Yassaviy va Jaloliddin Rumiy qarashlariga
yaqinlikni ko‘rish mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Nasroniylik aqidalarini, cherkov va dinning inson ruhi ustidan
hukmronligini tanqid qilish barobarida buyuk mutafakkir dinga juda
katta umid bilan qaraydi. Din, inson donishmandligining ko‘zgusi sifatida
h a r bir odamga qanday yashash kerakligini ko‘rsatadi, faqat dingina
insondagi xudbinlikni yo‘qota biladi, faqat ugina bashar zotini o'lim
q o ‘rquvidan xalos etadi va hayotga m a’no bag‘ishlaydi. U insonlar
tengligini o ‘rnatadi, u insonni «tashqi qisuvlar»dan ozod qila oladi.
Lekin Tolstoy targ‘ib
etgan din, m ohiyatan «Injil»ga mos b o ‘lsa-da,
rasmiy nasroniylik cherkoviga qaram a-qarshi edi. U dinda ikki m uhim
tom on — axloqiy va metafizik jihat borligini ta ’kidlaydi. Dinning axloqiy
tom onini buyuk mutafakkir odam lar hayoti haqidagi o ‘git — h ar bir
kishi va hammaning qanday yashashi to ‘g‘risidagi ta ’limot sifatida,
metafizik jihatini esa nima uchun odamlarga boshqacha emas, ayni
ana shunday yashash kerakligini tushuntiruvchi ta ’limot tarzida talqin
etadi. Tolstoy nazdida cherkov nasroniylikka faqat og‘izda
chaqirib,
aslida uni to ‘g‘ridan to ‘g‘ri inkor qiladi. U muayyan ijtimoiy vazifani
bajarishga qaratilgan, ya’ni cherkov nasroniylikni — Isoning metafizik
t a ’lim otini davlat talablariga moslab, shundan kelib chiqqan holda
mavjud hayotga hech qanday talab qo'ym aydigan, odam lar qanday
yashasalar, shunday yashayverishlariga xalaqit bermaydigan holga keltirib
q o ‘ygan; rasmiy diniy doiralar odamlarga
nisbatan axloqiy talablarni
ixtiyoriylik darajasiga tushirib, ularni tashqi ibodat va marosimlar bilan
almashtirganlar. Aslida esa nasroniylik, birinchidan, odamga hayotning
axloqiy qoidalarini taqdim etishi, ikkinchidan, unga asosiy haqiqatni
anglab, axloqiy qoidalar asosida um r kechirgan odam gina Yerdagi o ‘z
hayotini yaxshilashi mumkinligini tushuntirishi lozim. «...Dinlar, —
deydi Tolstoy, - o ‘z tashqi ko‘rinishlariga ko‘ra
har turli, biroq ular
asos-ibtidolariga ko‘ra bir xildir...»1. Uning bu fikri, bir tom ondan,
Q ur’oni karimdagi ahli kitoblarga bo'Igan m unosabatni eslatsa, ikkinchi
tom ondan, Jaloliddin Rumiyning «Bu yer dunyodir va shuning uchun
ham dinning bir bo‘lishi mumkin emas...
D in dunyoda birlasholmaydi,
faqat qiyomatda bir bo‘ladi. Qiyomatda ularning ham masi birlashadi,
bir quloq, bir til holiga keladi», — degan so‘zlarini yodga soladi2.
Tolstoy uchun Xudo osmonda emas, kishi qalbida, ham m a narsada
Dostları ilə paylaş: