Abdulla sher axloqshunoslik



Yüklə 18,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/209
tarix07.01.2024
ölçüsü18,91 Kb.
#210787
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   209
falsafa

1. Axloqiy muhit
M a’lumki, yuzlab asrlar mobaynida inson kichik biologik olam 
sifatida katta biologik olam ichida, uning bir parchasi, jonli organizm lar 
podshosi, oqil va hukm ron qismi sifatida yashab keldi. XIX asming 
oxiridan boshlab, ayniqsa XX asrda u o ‘z tafakkur q u w ati bilan, ilmiy- 
texnikaviy yuksalishlar tufayli ana shu biosfera ichida noosferani — 
texnikaviy muhitni yaratdi. M ana, hozirgi kunda, qarang, ertalabdan 
kechgacha biz o ‘z texnikaviy kashfiyotlarimiz ichida yashaym iz — 
yeymiz, ichamiz, yuramiz, uxlaymiz, ularsiz hayotim izni ta sa w u r qila 
olmaymiz. Bular — m etro, avtobus, televizor, radio, telefon, eskalator, 
pleyer, lift, kompyuter, poyezd, teploxod, gaz plitalari, elektr asboblari
zavodlar, lokatorlar, kimyoviy dori-darm onlar va h.k. Bugun video- 
telefonda gaplashar ekanmiz, yuzlab chaqirim naridagi suhbatdoshimizni
www.ziyouz.com kutubxonasi


ko‘rish va u bilan gaplashish uchun ot-ulovda yoki piyoda boradigan 
b o ‘lsak, nech a kunlab y o ‘l bosishim iz kerakligi h aq id a o ‘ylab 
o'tirm aym iz, to ‘g‘rirog‘i, bu esimizga ham kelmaydi. Chunki, texnika 
bizning yashash muhitimizga aylanib qolgan.
Faqat bugina emas. Inson endilikda o‘zi yashayotgan butun boshli 
sayyoraga ta ’sir ko'rsata boshladi. Yer tarixida inson birinchi marta 
u lkan geologik kuch b o ‘lib m aydonga chiqdi. Insoniy tafakkur 
biosferadagi o ‘zgarishlaming asosiy sababiga aylandi. Noosfera ta’limoti 
asoschilaridan biri buyuk rus-ukrain olimi V.I.Vernadskiy ilmiy tafakkur 
va inson mehnati ta ’siri ostida biosfera yangi holat bo'lm ish noosferaga 
o ‘tayotganligini, b u tun geologik davr m obaynida yaratilgan, o ‘z 
muvozanatlarida barqarorlashgan biosfera inson ilmiy tafakkuri bosimi 
ostida tobora kuchliroq va teranroq o ‘zgarishga kirishganini ta ’kidlaydi: 
«Sayyoramiz yuzi — biosfera inson tom onidan ongli va asosan ongsiz 
ravishda keskin kimyoviy o ‘zgarishlarga duchor etilmoqda, — deb yozadi
u. — Inson quruqlikning fizikaviy va kimyoviy havo qobig‘ini, uning 
barcha tabiiy suvlarini o ‘zgartirmoqda... Hozir biz biosferadagi yangi 
geologik evolutsion o ‘zgarishlami boshdan kechiryapmiz. Biz noosferaga 
kirib boryapmiz».1
Ana shu nuqtadan tafakkur o ‘zi nima degan muammo paydo bo‘ladi. 
Bu haqda V.I.Vernadskiy shunday m ulohaza bildiradi: «Tafakkur 
energiyaning shakli emas. U qanday qilib moddiy jarayonlarni o'zgartira 
oladi? Bu masalaning hanuzgacha ilmiy jihatdan yechimi topgan emas»2.
Vernadskiyni hayratga solgan masala hozir ham o ‘sha-o‘sha, hal 
etilmagan.
X o‘sh, tafakkur o ‘zi nima? U biologik hodisa bo'lmish insonda, 
uning ruhiy-fiziologik yaxlitlikdan iborat miyasida tug‘iladi, lekin 
tug‘ilishi bilan biologik qobiqdan chiqadi va tashqi muhitda energiyaga 
o ‘xshab nim anidir yaratadi. Endi inson bilan uning tafakkuri orasida 
muayyan masofa paydo b o ‘ladi, masofa uzoqlashgani sari tafakkurning 
mohiyati ayon bo‘lib boradi: inson kutgan oqibat kutilgandan boshqacha 
m azm un kasb eta boshlaydi. Nega? Bizningcha, noosferada, yuqorida 
aytganimizdek, inson fikri narsalashadi, o ‘z intellektimiz narsalarga 
aylanib, bizni o ‘rab oladi. Insonning ichki tabiati muhit mavqeyini

Yüklə 18,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin