Xudoning rahnamoligi insonning o‘z faoliyati haqidagi mulohazasi
orqali amalga oshadi. Bunday mulohaza kishini harakatdan to xtatadi,
harakatga undaydi, xatolarini tuzatib turadi. Biroq, aslida, inson hech
qachon butunlay va faqat o ‘z mulohazalariga suyanishi mumkin emas.
Unga boshqalarning m ulohazalari ham zarur. G archand bam a ni
kishilarning mulohazalari bu hayotda inson erisha oladigan yagona
yo‘llanma esa-da, biroq u oxir-oqibatda hal qiluvchi omil bo‘la olmaydi.
Xudoning hukmigina hal qiluvchi xususiyatga ega. Ammo insonda,
haqiqatan ham bu men o ‘zimmanmi, eshitgan da’vatim rostdan ham
asl m anbadan kelyaptimi, degan xavotir hech qachon yo‘qolmaydi.
Ana shu xavfni anglash o ‘sib boruvchi erkinlikning zamondagi sharti
bo‘lib qolaveradi: «U ishonchning qat’iyligini inkor etadi, о z fikrini
ham m a uchun talab darajasida umumlashtirishni taqiqlaydi va shu bilan
aqidaparastlikka yo‘l qo'ym aydi»1. Zero, o'ziga to ‘liq ishonch man
etiladi. Haqlikka mutlaq ishonch, kibr olamiy haqiqatni yo‘qotishga
xizmat qiladi. Shunday qilib, Xudoning da’vati zam onda insonning
o ‘zi haqidagi fikri sifatida ifodalanishi mumkin. Lekin u d a’vatni faqat
oliy, ulug‘vor holatlardagina eshitishi mumkin. Biz ana shu holatlardan
kelib chiqib, ana shu holatlarga intilib yashaymiz.
Xulosa qilib aytganda, Karl Yaspers qarashlarida an’anaviy m a’naviy
merosni egallash inson axloqiyligi darajasini belgilovchi omil sifatida
namoyon bo ‘ladi.
E kzistensiyachilik axloqshunosligining eng k o ‘zga ко ringan
n am o y an d ala rid an yana biri J a n -P o l S a rtrd ir (1905—1980). U
ekzistensiyachilikning dahriylik yo‘nalishiga mansub faylasuf, yozuvchi,
siyosatshunos sifatida mashhur.
Sartrning fikriga ko‘ra, inson eng awalo, subyektiv kechinmalar
orqali yaralgan loyihadir. Bu loyihagacha hech narsa mavjud emas, aql
bovar qiladigan samovotda hech narsa yo‘q; borlig‘ining loyihasi qanaqa
b o ‘lsa, inson ham shunaqa. Agar mavjud b o ‘lish haqiqatan ham
mohiyatdan aw al tursa, unda inson o ‘zining borligi uchun mas uldir.
S hunday qilib, ekzistensiyachilik, birinchi navbatda, har qanday
insonning hukmiga uning borligini havola qiladi va mavjudligi uchun
to ‘liq mas’uliyatni uning o ‘ziga yuklaydi.
Bu borada fikr yuritib, Sartr shunday deb yozadi: «Biroq biz insonni
mas’uldir, deganimizda, bu — faqat uning o ‘z shaxsiyatigagina javobgar,
Dostları ilə paylaş: