Rumiy she’riyatidagi asosiy g‘oya - falsafiy tushuncha m aqom ini olgan
m uhabbatdir. U Rum iyning ta s a w u f (din) falsafasini doim o G 'arb d a
chalkashtirib kelinadigan p anteizm dan, xususan, spinozachilikdan farqi
borligini ilg‘ay oldi. D arhaqiqat, panteistlarda, shu jum ladan Spinozada
ham X udo - tab iat, Tabiat - X udo tarzida talqin etilsa va Yaratgan
yaratilganlar ichiga singib ketgan degan g‘oya ilgari surilsa, R um iy uning
aksini aytadi. «Chunki U ko‘k va koinotning tashqarisida bo lmaganidek,
ichida ham em asdir, — deb yozadi mavlono. — Ya’ni ko‘k va koinot
Uni egallagan b o'lm ay, U bularni qam ragandir»1.
Jaloliddin R um iy o ‘z falsafasida inson ruhining dialektik tadrijini
ko'rsatib berar ekan, narsalarning ziddi borasida «Ichindagi ichinda»da
bir necha bo r to ‘xtalib o ‘tadi. Z ero , uning falsafiy qarashlari ana shu
zidlarning dialektik m unosabatiga asoslanadi. «Axir «ashyo» qiymati
ziddi bilan ayon b o ‘ladi. Z iddi b o 'lm a g a n narsani ta rif etm oqlik
imkonsizdir», — deydi m avlono2. Faqat ulug‘ Tangrininggina ziddi yo q.
C hunki U ning 0 ‘zi barcha zidlarning yaratuvchisidir. M utafakkirning
axloqiy qarashlari asosida ham ana shunday dialektik m unosabat yotadi.
U m utlaqo y om on odam ning b o ‘lmasligini aytadi, bir inson ikkinchi
insonga nisbatan yom on ko‘z bilan qaramasligi, ya’ni, atayin yom onlikni
qidirishga urinm asligi lozim . «K ech a kunduzning h am ziddi, ham
yordam chisi hisoblanadi. C hunki kecha doimiy b o ‘lsaydi, h ech qanday
ish m aydonga kelmasdi. H ar zam onda kunduz bo‘lishi ham o ‘z navbatida
inson a ’zolarini ishdan chiqaradi... Y o‘qsa, ko ‘rsatgin-chi, dunyoda
qay bir narsa nuqul yom ondirki, u nda yaxshilik b o ‘lm asin va qaysi
narsa faqat yaxshidirki, unda yom onlik b o ‘lmasin?.. Bu — imkonsiz.
C hunki yaxshilik yom onlikdan ayro emas»3.
Ezgulik u c h u n kurashni Rum iy, qadim gi faylasuflar izidan borib,
inson o ‘zidan boshlashi kerakligini t a ’kidlaydi, ana shundagina sening
so'zing am alga aylanadi va u albatta jam iyat tom onidan baholanadi.
Z ero, «... olam b ir toqqa o ‘xshaydi. Yaxshi yoki yom on so‘zingni aksi
o ‘zingga, faqat o ‘zingga qaytadi...»4. Allomaning fikriga k o ‘ra, inson
toki jam iy atda yashar ekan, u insonga, xalqqa xizmat qilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: