Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences Hosted online from Toronto, Canada. Date: 5
th
October, 2022
ISSN: XXXX-XXXX
Website: econferenceseries.com
145 |
P a g e
tabiatshunosgina buning uddasidan chiqa oladi.Bobur bir necha bor yer qimirlashi,
oy va quyosh tutilishi kabi tabiiy hodisalar guvohi bo‘lgan. Ushbu hodisalarning
tabiat qonunlaridan boshqa narsa emasligiga ishonch hosil qilgan.[4]Fransuz olimi
M.Byuffon (1707-1788) ning ishlarida hayvonlarning tuzilishiga tashqi muhitning
ta’siri masalasi ko‘tarilgan.J.B.Lamark (1744-1829) dastlabki evolyutsion
ta’limotning muallifidir. U o‘simlik hamda hayvonlarning evolyutsion
o‘zgarishlarida
eng
muhim
omil
tashqi
muhit
ta’sirini
deb
hisoblagan.A.Gumboldtning ishlari o‘simliklar geografiyasida yangi ekologik
yo‘nalishlarni aniqlab berdi. U fanga landshaft «fizionomiyasi» o‘simliklarning
tashqi qiyofasi bilan aniqlanadi kabi tushunchani kiritadi. Moskva universitetining
professori K.F.Rulye (1814-1858) zoologiyada o‘ziga xos bo‘lgan yo‘nalishni
rivojlantirish muhim ekanligini keng targ‘ib qiladi. Bu yo‘nalish – hayvonlar
hayotini har tomonlama o‘rganish, atrof-muhit bilan ularning o‘zaro murakkab
munosabatlarini tushuntirish kabilar edi. Shunday qilib, K.F.Rulye hayvonlarni
o‘rganishning keng ekologik tizimini ishlab chiqdi va ekologik mazmundagi qator
ilmiy ishlarni qoldirdi. [5]Uning shogirdlaridan biri N.A.Seversov (1827-1885)
hisoblanadi. Uning «Voronej Guberniyasidagi hayvonlar, qushlar, ilonlar hayotidagi
davriy hodisalar» (1855 y) nomli ishi Rossiyaning ayrim mintaqalarida hayvonot
olamida olib borilgan ekologik izlanishlarining eng katta va ahamiyatlisi
edi.Ch.Darvin «Tabiiy tanlash yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi» (1859) asarida –
tabiatdagi yashash uchun kurash, ya’ni tur bilan muhit o‘rtasidagi har qanday
qarama-qarshiliklarning ko‘rinishlari tabiiy tanlashga olib keladi va evolyutsiyaning
harakatlantiruvchi kuchidir deb qaraydi.A.N.Beketov (1825-1902) o‘simliklarning
ichki va tashqi tuzilishidagi xususiyatlarni ularning geografik tarqalishi bilan
bog‘liqligi hamda fiziologik usullarning ekologiya uchun ahamiyati katta ekanligini
ko‘rsatdi. Ana shunday ishlar hayvonlar hayoti misolida A.F.Middendorf tomonidan
o‘rganildi.1877 yil nemis gidrobiologi K.Mebius biotsenozlar haqidagi
tasavvurlarni asoslab berdi. O‘simliklar jamoasi haqida G.F.Morozov va
V.N.Sukachev batafsil fikr yuritib, bu sohaga asos soldilar.Rus olimlari -
V.N.Sukachev, B.A.Keller, V.V.Alyoxin, V.G.Ramenskiy, A.P.Shennikov va chet
el olimlaridan - F.Klements, K.Raunkiyer, T.Dyu. Riye, I.Braun - Blake va
boshqalarning fitotsenologiya sohasidagi ishlari umumiy biotsenologiyaning
rivojlanishiga
katta hissa qo‘shdi.Umumiy ekologiyaning rivojlanishida
D.N.Kashkarovning «Muhit va jamoa» deb nomlangan O‘rta Osiyo universitetida