bemor ayollarda tuxumdon apopleksiyasi bilan asoratlanishini erta tashhislash va
davolash samaradorligini oshirish.
Ishning materiallari va usullari:
Samarqand viloyati ko’p
tarmoqli tibbiyot
markazining gematologiya va ginekologiya bo’limlarida davolangan, 20-41 yoshdagi
9 nafar bemorni klinik va laborator ko’rsatkichlari tahlil qilindi. Ulardan 6 nafarida
trombotsitopatiyaning surunkali takrorlanuvchi shakli, 3 nafarida o’tkir shakli
tashhislangan. Barcha bemorlar tekshiruv va operatsiyaga tayyorgarlik ko’rish uchun
gematolog bilan maslahatlashganidan so’ng, ginekologiya bo’limiga yotqizildi. Ular,
ushbu patologiyaning namoyon bo’lishidan 5-7 kun oldin bo’limga yotqizilgan.
Kasallikning ilk davrida klinik ko’rinish kam namoyon bo’ldi. Ammo,
keyinchalik
to’satdan paydo bo’lgan o’tkir qorin og’rig’i kabi apopleksiya belgilari (anusga,
tashqi jinsiy a’zolarga chov ustiga, shuningdek yonbosh sohalarga uzatiladigan
og’riqlar); ko’ngil aynishi, qusish, kuchli darmonsizlik,
bosh aylanishi; terining va
shilliq pardalarning oqarishi; arterial qon bosimini pasayishi, taxikardiya 3 bemorda
kuzatilgan. Qolgan bemorlarda bu belgilar juda kam namoyon bo’ldi
va tashxis
kichik chanoq bo’shlig’i a’zolarining ultratovush tekshiruvi va qinning orqa yoli
orqali
qorin
bo’shlig’ini
punksiyasidan
keyin
tasdiqlangan.
Surunkali
trombotsitopatiya bilan og’rigan 3 bemorda bachadondan tashqari homiladorlikka
shubha qilingan. Trombotsitopatiyaga xos bo’lgan belgilardan bemorlarning 76% ida
chimchilash sinamasi, 34%ida jgut sinamasi musbat natija berdi. 6 nafar bemorlarda
trombotsitlar soni 150-186ming; 3 nafarida 102-145x109 / l oralig’ida edi. Gemostaz
ko’rsatkichlari pastligicha qoldi. Ayollarga operatsiyadan oldin va keyin prednizolon
120-140 mg v/i, jarrohlik yarasi bitguniga qadar har 4-6 soatda,150-250 mldan tomir
ichiga 3-4 martagacha yangi muzlatilgan plazma quyish, aminokapron kislota 5% -
200,0 t/i № 3-4, treksamin 500 mg- t/i, askorbin kislotasi 5% - 8,0 t/i, gemoglobin 70
g / l dan va gematokrit 16% dan past bo’lgan holatlarda gemotransfuziya o’tkazildi.
Bundan
tashqari, bemorlarni davolashda an’anaviy ravishda ATF (mushak ichiga
kuniga 2 ml 1% eritma 3-4 hafta davomida) bir vaqtning o’zida magniy sulfat
(mushak ichiga, 5-10 ml 25% eritma 5-10 kun davomida) bilan qo’llaniladi.
Operatsiyadan keyingi davrda barcha bemorlarga operatsiyadan oldingi kabi
davolanish o’tkazildi. Barcha ayollarda operatsiyadan keyingi davr asoratlarsiz o’tdi.
Jarrohlik va prednizolonning etarli dozalari bilan davolashdan so’ng barcha ayollarda
trombotsitlar soni kritik qiymatdan yuqori bo’ldi va gemostazdagi o’zgarishlar
normallashdi. Operatsiyadan oldin paydo bo’lgan gemorragik diatezning petehial
ko’rinishidagi toshmalari operatciyadan keyingi 1-1,5 haftada 2
bemorda saqlanib
qoldi. Operatsiya paytida bemorlardan olingan makropreparatlar quyidagi
xususiyatlarga ega edi: tuxumdon to’q qizil rangda bo’lib, qon quyilishining asta-
sekin o’sishini ko’rsatdi.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
387
Xulosa:
Shunday qilib, trombocitopatiyaning kasalligining nasliy va orttirilgan
turlari gematologik va gematologik bo’lmagan,
shu jumladan tuxumdon
apopleksiyasi bilan asoratlangan shakllari mumkin. To’plangan tajribalarga asoslanib,
tuxumdon apopleksiyasi bilan asoratlangan trombocitopatiya bilan og’rigan
bemorlarni davolashning optimal taktikasini, shakliga qarab gematolog tomonidan
konservativ davolash usullarini va ginekolog tomonidan operativ davolash usullarini
tanlash mumkin bo’ladi.
Ayollarda trombotsitopatiyani o’z vaqtida aniqlash
va yetarli profilaktik
terapiyasi o’tkazish og’ir qon yo’qotishlarning oldini oladi va hayot sifatini
yaxshilash imkonini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: