3.2-rasm. AMQ kirishi va chiqishlari.
K155IP3 IS misolida to‘rt razryadli AMQning funksional imkoniyatlari bilan
tanishib chiqamiz. Mazkur sxema yoki mantiqiy, yoki arifmetik amallarni
bajaruvchi ikkita rejimda ishlashi mumkin. Qurilma ikkita 4-razryadli operandlardan
foydalanib 16 ta mantiqiy va 16 ta arifmetik amallarni bajarishi mumkin.
Bajariladigan amal turi M (mode control) kirishga beriladigan boshqaruv signali
darajasi bilan belgilanadi. Agar M kirishga katta kuchlanish darajasi (M=1) berilgan
bo‘lsa, barcha ichki o‘tkazishlar berkiladi (blokirovka qilinadi) va qurilma ketma-
ket u yoki bu mantiqiy amalni bajaradi. Agar M kirishga kichik kuchlanish darajasi
M (M=0) berilgan bo‘lsa, barcha ichki o‘tishlarga ruxsat beriladi va ikkita to‘rt
razryadli operandlar ustidan arifmetik amallar bajariladi. Rejimni boshqaruvchi M
kirishdan tashqari mikrosxema S0-S3 parallelg‘ kirishlar bilan ham boshqariladi. Bu
kirishlardagi signallar kombinatsiyasi bajarilishi kerak bo‘lgan aniq amalni tanlaydi.
A0-A3 kirishlarga to‘rt razryadli A operandi, V0-V3 kirishlarga esa –V
operand beriladi. S
G
kirishda o‘tkazish signali qabul qilinadi. AMQ tomonidan 32
amallar ichidan tanlangan funksiya natijasi F0-F3 chiqishlarga uzatiladi. CHiqishda
(to‘rt razryaddan keyin) o‘tkazish signali ajralib chiqadi. Bu signal keyingi
AMQning S
G
kirishiga uzatiladi. F0-F3 chiqishlardan tashqari IP3 mikrosxemasi
uchta qo‘shimcha chiqishga ega bo‘lib, ular: A=V – operandlar tengligini aks
ettiruvchi, o‘rnatilgan komparator chiqishi; G – o‘tkazishni shakllantiruvchi chiqish;
R – o‘tkazishni taqsimlash chiqishi. G va R chiqishlar, ko‘p razryadli sxemalarni
bog‘lovchi, AMQ qobiqlari o‘rtasida o‘tkazishni tashkil etish uchun qo‘llaniladi.
Agar ko‘p qobiqli AMQlarda maksimal tezkorlik talab etilmasa, oddiy
pulg‘satsiyali o‘tkazish rejimini qo‘llash mumkin. Buning uchun o‘tkazishning S
G+4
chiqishi keyingi AMQning S
P
o‘tkazish kirishi bilan birlashtiriladi. Tezkor amallarni
bajarish uchun K155IP3 vositalari o‘rtasiga maxsus tezkor o‘tkazish K155IP4
mikrosxemasi o‘rnatiladi. Bitta MP4 qobig‘i to‘rtta IP3 AMQsiga xixmat ko‘rsatishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: