1.2.Odil Yoqubov ijodida jamiyat muammolari
Odil Yoqubovning tetrilogiyasi deb atalayotgan “Diyonat”, “Oqqushlar, oppoq
qushlar”, “Adolat manzili” romanlarida xalqning Normurod Shomurodov, Rasul
Nurridinov va veteran Sherbo‘ta Norbo‘tayev kabi umrini partiya manfaatlariga
bag‘ishlagan kishilarning yolg‘on va puch g‘oyalariga qo‘yinlarini o‘ldirib
o‘tkazgan umrlari besamar ketgandan achchiq iztirob chekadilar bu qahramondan,
avvalo, har bitta xalq vakilining dard adibni larzaga soladi. Shu munosabat bilan
yuqoridagi asarlar dunyo yuzini ko‘radi. Adib bunday betakror tarix namunalarini
keltirsh, faktlari yig‘ish uchun yetarli imkoniyatga ega edi.
Adib uzoq yillar “Literaturnaya gazeta”ning O‘zbekistondagi muxtori bo‘lib
ishladi. Adibning o‘z ham bu gazetada faoliyat yuritgan kezlarini shunday eslaydi.
“Bu davrda men gazetaning topshiriqlariga binoan respublikamizni boshdan oyoq
aylanib chiqdim, oddiy paxtakor o‘lkamizning hayoti va tashvishlarini o‘z ko‘zim
bilan ko‘rdim, yaxshilikning ham yomonlikning ham guvohi bo‘ldim, birda
adalotni tiklashga baholi qudrat xizmat qildim”.
Yordam berishga ojizlik qilganda esa xalqning dardi, isteroblari adibning
yuragiga indi, uning dardlariga iztiroblariga aylandi. Uning nutqida alanga
tinglovchilar qalbini jumbushga qalqilshga majbur qiladigan harorat yillar
davomida adibni o‘rtab kelgan alamlardan nishona emasmidi?
Odil bir qator hamkasblari ustozlari bilan bo‘ladigan gurunglarda, o‘zaro
munozaralarda ham bu to‘g‘rida ko‘p gapirar ammo bu gaplar tor xonlarda qolib
ketar, keng maydonlarga, erkin havolarga chiqolmas va shuning uchun dardlar
haqida har qancha gapirsang ham, bu unga qanoat tuyg‘usini bermas, nochorlik va
ojizlik vajidan qalblardagi alamlar yanada burqsir edi-yu kamaymasdi. Ne ajabki,
Odilning nutqida o‘sha gurunglardan olgan quvvati ham zuhur etganday bo‘ldi.
Qolaversa, o‘sha kuni ekranda ko‘zimga g‘alati bir manzara ko‘rindi – nazarimda,
jo‘shib - to‘lqinlanib gapirayotgan Odil minbarda yolg‘iz emasday ko‘rindi. Uning
orqasida zaldagilarning hech qaysisiga ko‘rinmay Odil bolaligidan asarlarni sevib
o‘qigan ulug‘ adib Abdulla Qodiriy va ulug‘ ustoz Abdulla Qahhor turganday edi.
Odil ularning ham aytilmay qolgan dardlarini aytganday Abdulla Qodiriy
va
16
Abdulla Qahhor ma’qullashib ”Barakalla Odiljon” deya yelkasiga qoqib dalda
berib turganday edi.
Shundan keyin men Odildagi buyuk jasoratni qayerdan kelganini anglaganday
bo‘ldim – u nutqining mazmunini tuzganida ham minbardan turib uni butun olam
eshitadigan darajada hayqirib gapirganda o‘zining qadrdon xalqiga, shu xalqning
farzandlariga bo‘lgan buyuk ziyolilarning an’analariga tayangan ekan.bilan butun
130 yillik tarixda oyoqosti qilingan, ezilgan, toptalgan millat qaddini ko‘targan
uchinchi inson bo‘ldi (1921-yilda Cho‘lpon, 1923-yilda Akmal Ikromov) shunday
jasorat ko‘rsatgan edilar. Shu kundan etiboran mustamlaka xalq dilida ozodlik
tuyg‘usiga nishona berilgandek bo‘ldi. bunday buyuk jasorat esa haqiqiy millat
parvar, o‘z xalqi dardini o‘ziniki qilib olgan ijodkor uchun butun hayoti
davomidagi, asarlaridagi eng asosiy xulosalar bosh mantiq Kremeldagi mana shu
majlislar zalida irod qilingan edi. Ozod Sharafiddinov, Odil Yoqubovning bu
nutqini adib butun boshli ijodidan ustin qo‘yganda biroz taajjubga tushgan edi.
Axir, shuncha yaratilgan asarlar birgina shu nutq ostiga yashiringan bo‘lsa, yuruk
dardlari shu nutqqa to‘kilgan bo‘lsa, bunday holning yuz berishi tabiiy emasmi?
7
Adib bu nutqi
bilan butun 130 yillik tarixda oyoqosti qilingan, ezilgan, toptalgan
millat qaddini ko‘targan uchinchi inson bo‘ldi (1921-yilda Cho‘lpon, 1923-yilda
Akmal Ikromov) shunday jasorat ko‘rsatgan edilar.
Shu kundan etiboran mustamlaka xalq dilida ozodlik tuyg‘usiga nishona
berilgandek bo‘ldi. bunday buyuk jasorat esa haqiqiy millat parvar, o‘z xalqi
dardini o‘ziniki qilib olgan ijodkor uchun butun hayoti davomidagi, asarlaridagi
eng asosiy xulosalar bosh mantiq Kremeldagi mana shu majlislar zalida irod
qilingan edi.
Ozod Sharafiddinov, Odil Yoqubovning bu nutqini adib butun boshli ijodidan
ustin qo‘yganda biroz taajjubga tushgan edi.
Axir, shuncha yaratilgan asarlar birgina shu nutq ostiga yashiringan bo‘lsa,
yuruk dardlari shu nutqqa to‘kilgan bo‘lsa, bunday holning yuz berishi tabiiy
emasmi?
7
Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti. Nutq yoxud adib hayotining yulduzli onlari. T: “Sharq”, 2004, 418-419-b.
17
“Muqaddas”dan tortib “Adolat manzili”gacha yozilgan barcha asarlarida
adolatsizlikning tub ildizi zamonasozlik ekani, zamonaning zamonbop
zamondoshlari yo‘l qo‘ygan xato, kamchilik va mute’liklarga qarshi nafrat ekanini
biz hech qachon imkor etalmoymizku? Shunday ekan biz adibning qaysi asarini
tahlilga tortmaylik shu buyuk nutqqa borib taqalaveradi. Biz mazkur qilinayotgan
ishimiz davomida bu nutqqa kengroq o‘rin berdikki, zero, adibning asarlarining
faoliyati va umrining kulminatsion
nuqtasi Ozod Sharafiddinov aytganlaridek
rekord ko‘rsatgichga bot-bot murojaat qilaveramiz. Xulosalarini bilib
olaveramiz.
Odil Yoqubov XX asr o‘zbek adabiyotning betakror san’atkorlaridan. Uning
hikoya, roman, drama, qissalarida davrning murakkab muammolari o‘zbek milliy
harakterlari orqali aks ettirgan. “Ulug‘bek xazinasi”, “Diyonat”, “Ko‘hna dunyo”,
“Adolat manzili”, “Bir koshona sirlari”, “Qaydasan, Moriko?”, “Osiy banda”
singari asarlarida olam odam tabiat va jamiyat, boshqaruvchi va boshqariluvchi,
adolat va riyo singari muammolar o‘ziga xos tarzda tasvirlangan. Badiiy asar
kitobxon mulki ayni vaqtda u ijodkor ruhi, ijodkor ma’naviyati, ongi va
munosabatini shakllantiradigan vosita. Har bir asar yozuvchi mahoratini
charhlaydi, o‘z zamoni kishi sifatida konsepsiyasini tarbiyalaydi. Konsepsiya –
mustahkam e’tiqod samarasidir. E'tiqodli san’atkor zinhor soxtalikni rost, ko‘z
bo‘yamachilikni haqiqat demaydi.
8
Insonparvalik Odil Yoqubov ijodida milliylik va umuminsoniylikning
mushtarakligini ta’minlaydi.
XX asr oxiri o‘zbek xalqi va O‘zbekiston hayotida siyosiy – iqtisodiy, ma’naviy –
huquqiy va ruhiy yangilanishlar, turli qarama – qarshiliklar – u ziddiyatlar, ezgulik
va yovuzlik to‘qnashuvi silsilasi davri sifatida tarix sahifalariga muxrlandi.
“Adolat manzili” (1994) romanida mustamlakachilik kayfiyatidagi siyosiy –
huquqiy kuchlarning tub usullari va nayranglarini fosh qilish orqali ularning asl
qiyofalarni ochib tashlaydi.
9
8
Abdug`ofur Rasulov. Badiiylik bezavol yangilik. Roman poetikasi talqini. T; “Sharq”, 2007, 174-175-b.
9
Yoqubov I. Odil Yoqubov ijodida shaxs va jamiyat munosabatlari. O`zbek tili va adabiyot jurnali. 2010, 4-son.
18
Odil Yoqubov 1988-1991-yillar davomida “Adolat manzili” romani ustida
ishladi. Asar 1994-yili “Sharq yulduzi” jurnalida e’lon qilindi. O‘sha yili turk tiliga
tarjima etilib, alohida kitob holida chiqdi. “Adolat manzili” qalamga olindi mavzu
muammolari jihatidan “Diyonat”, “Oqqushlar oppoq qushlar” romanining mantiqiy
davomi, “Diyonat”dan boshlangan, “Oqqushlar oppoq qushlar” da davom ettirilgan
ma’naviy - ijtimoiy jarayonlar, muammo, jumboqlar badiiy tahlilining o‘ziga
badiiy intixosi. Bu uch roman garchi har biri mustaqil o‘zicha tugal asar sanalsa-
da, trilogiya sifatida yaxlit holda xalqimiz tarixining muayyan bosqichini aniqrog‘i,
dovrug‘li qizil imperiyaning yurtimizda nisbatan tincha, osoyishta nunlarda ichidan
yemrilishi, ma’naviy inqiroziga, halokatga yuz tutish davri haqida keng tasavvur
beradi.
10
Biz XX asr o‘zbek adabiyotini sarhisob qilganda, ko‘pincha nimalarni qo‘lga
kiritishimizga emas, nimaarni yo‘qotganimizga e’tibor qaratmog‘imiz kerak.
To‘g‘ri adabiyot insonni, uning hayotini aks ettiradi. O‘zbek adabiyotining XX
asrda bosib o‘tgan yo‘li haqida gapirmoq o‘zbek xalqining bir asrlik g‘oyat
murakkab shodligidan qayg‘usi ko‘p bo‘lgan, iztirobli fojialarga to‘la hayoti
haqida so‘z yuritmoqdir. Bu – kerak. Uning badiiyatiga, mahorati, saviyasi
darajasiga baho bermoq o‘zbek ongi va turmushida fe’l –sajiyasida so‘nggi yuz
yilda ro‘y bermagan o‘zgarishlar va hayot hodisalarini o‘zaro munosabatda
naqadar haqqoniy va ishonchli, dardchan va ta’sirchan tasvir etilganini
baholamoqda. Bu ham kerak. Lekin gap shundaki, yana hamma davr va
dunyoqarashga kelib bog‘lanadi. Zamon zimistonga aylangan xalqning eng sara
farzandlari “xalq dushmani” sifatida qamoqqa olinib, yoppasiga qatag‘on
qilinayotgan bir paytda shodlik va baxtni kuylamoqning naqadar haqqoniyva
vijdoniy jihatlariga borib taqaladi.
11
Xalqimiz yuz o‘ttiz yillik mustamlaka yo‘lini
bosib o‘tdi. Bu davr buyuk yurtning, urtning tayanchilari bo‘lan ilg‘or shaxslarni
ko‘kartimadi. Ularni ayovsiz ta’qib tazyiq ostiga oldi. Adabiyot qoliplarning
chiqmay qoldi.
10
Umarali Normatov. Yangi o`zbek adabiyoti T;, “Unversitet”, 2007, 100-b.
11
Qosimov B. O`zbek adabiyoti va adabiy aloqalari tarixi. T;, “Fan va texnalogiya”, 2008, 343-b.
19
Odil Yoqubov shu qoliplashgan adabiyotdan farqli o‘laroq, elning sara
farzandlari haqida, jamiyatdagi bor adolatsizliklarni ochib beruvchi obrazlar
yaratdi.
Biz tahlilga tortgan “Adolat manzili” romanida ham yangi obrazlar, yangi
chexralar tasviri beriladiki bu asarning o‘ziga xosligini ta’min etib turadi.
Badiiy asar faqat “ulug‘” ijtimoiy maqsadlar yo‘lidagina yaratiladi, degan
qarash bir yoqlamadir. Chunki adabiy asarni ijtimoiy qatlam yoki guruh emas,
balki iste’dodli odam yaratadi. O‘sha iste’dodli shaxsning ko‘mglidan o‘tmagan
ijtimoiy muammo qanchalik dolazarb bo‘lmasin, o‘z holicha badiiy so‘zga
evrilmaydi. Negaki iste’dodli kishida ijodiy kayfiyat ilhom ijtimoiy muammo
tufayli emas, ko‘ngil tebranishlari ruhiy muvozanatni beradigan hissiy turtki
sababli paydo bo‘ladi. Turtkining qayerdan paydo va qachon berilishi esa
Yurakdan o‘zga hech kimga ma’lum emas. Chunki ko‘ngilning nimadan
tebranishini, iste’dodli shaxsning ruhiy muvozanatini nima sababli, qachon
buzilishi va qanday shakilda moddiylashishini oldindan bilib bo‘lmaydi. Badiiy
adabiyotgan ko‘ngil ishi bo‘lgani uchun ham unda uva muqaddas tuyg‘ular bilan
bir qatorda, utban hissiyotlar, nozik injiqliklar, kutilmagan bo‘lg‘amlar bo‘lishi
tabiiydir.
12
“Turtki”, “Ta’sir” – adabiyotda doim bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘ladi. F.
Koni ismli advokat aytib bergan oddiy bir voqea Lev Tolstoyga “Tirilish” kabi
genial asarning yozuvchiga “Turtki” bergani ko‘pchilikka ma’lum: zamonasining
boy-zodagonlaridan birining erkatoy o‘g‘li yosh xizmatkor qizni yo‘ldan urib
armiyaga ketadi-yu, bir necha yildan so‘ng sudda o‘sha qizga ro‘para keladi.
Foxisha sifatida mahkamaga tortilgan bu juvon o‘zi yo‘ldan urgan qiz ekanini bilib
qolib, unga yordam berishga jazm qiladi… Katyusha Maslova voqeasi va obrazi
ana shu voqea ta’sirida dunyoga keladi. “Tulki” – adib ruhiyatida uzoq vaqtlardan
buyon to‘lqinlanib yosh tuyg‘ularini qo‘qisdan bo‘ron kabi qo‘zg‘atib, jumbushga
keltiri yuboradiki, endi dildagilarni qog‘ozga to‘kib solmaslikdan o‘zga chora
qolmaydi. Adabiyotshunos “Ilhom parisi” deb ataladigan hodisot, ehtimol shudir.
12
Mustaqillik davri adabiyoti. T;, “G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi”, 2006, 225-b.
20
Ammo men bunday to‘polonchi lahzalarga kamdan-kam duch kelaman. Uncha-
buncha “turtki” o‘rnimdan qo‘zg‘atolmaydi deb javob beradi ustoz. O‘z do‘stlari,
shogirdlari suhbatda.
Demak, adib, asarlariga qahramonlar tanlashda ko‘proq hayotga murojaat
qiladi, ularni o‘z atrofidan ko‘rgan kechirganlaridan topadi. Bu ko‘pchilikka xos,
ta’limiy holder, balki, Odil Yoqubov qahramonlari hayotga yaqinligi ortiqcha
gajakdorliklardan holi real shaxs bo‘lgani uchun ham boshqa adiblar jodiga
qaraganda o‘zgachalik kasb etgan.
Biror bir g‘oyani yoki mavzuni qalamga olinganmi shu mavzu atrofidagi
obrazlar xuddi ko‘z o‘ngimizda har doim ko‘radigan, eshitadigan biladigan
kishil;ardek taassurot qoldiradi.
Ijodkorning bir guruh do‘stlari bilan bo‘lgan suhbatida yana shunday fikr
mulohazalar o‘rtaga tashlanadiki, biz ijodkorning ochilmagan qirralarini o‘zimiz
uchun qayta kashf etamiz.
… Odil akaning kengligi, barchaga tengligi, talantlarni qadrlashi, umidli
yoshlarni qanoti ostiga olishi, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib, ustozlik maqomini to‘kis ado
etishi, birovni sotmasligi , vatan baxti millat manfaati yo‘lida har qanday shaxsiy
huzur-halovatdan voz kecha olishi, hech qachon e’toqpdiga xiyonat qilmasligi
ko‘plar qatorida meni ham havasimni keltirdi. Shunday yashashdan ulug‘ baxt
bormi aslida ham …
- So‘zlaringizdan ayon bo‘ladiki, adib, eng avvalo o‘zi ko‘rgan, bilgan odamlar
o‘z boshidan kechirgan voqealar to‘g‘risida yozmas ekan, mukammal asar
dunyoga kelmaydi. Mulohaza bildirdi.
Pirmat aka - Ammo tasuvvur-chi? Mana misol uchun ijodingizga nazar
tashlangan o‘quvchi Mirzo Ulug‘bek, Beruniy, Ibn Sino, Ali Qushchi singari O‘rta
Osiyoning buyuk allomalari hayoti va fojiali taqdirlariga duch keladi. Bular
yozuvchining beadoq tasavvuri mevalari emasmi?
Albatta tasavvur so‘zdan boy. Oybek domla Navoiy hazrati bilan, Primqul
Qodirov, Bobur Mirzo bilan bir dasturxon atrofida o‘tirib choyguring qilgan emas,
Pugachyobni Pushkin tanimas edi. Mirzo Ulug‘bek yashagan davr bilan bog‘liq
21
voqealarni voqealarni o‘rganayotib arxiv to‘zonli orasida o‘tirgan paytlarimda, bu
ulug‘ alloma menga o‘z otamday, o‘z og‘amday bo‘lib qoldi, uning o‘ylari mening
o‘ylarimga, dartlari mening dartlarimga aylanib ketdi. Barkamol asar yaratish
uchun ijodkor ko‘rgan kechirganlarini barobari bepoyon tasavvur dunyosiga ham
ega bo‘lmog‘i zarurligini o‘shanda yanayam teranroq his qildim. Ayni chog‘da
qunt va bilim, o‘zi yashayotgan zaminga, shu zamindagi xalqqa xalqning urf
odatlariga cheksiz mehr – muhabbat bo‘lmog‘i ; shu xalq xursand bo‘lmog‘i
bo‘lsa, shu zamin gullab – yashnasa astoydil yashnab barg urishi, yig‘lasa, ko‘ziga
teepik turib yig‘lagan xotinday rmas, chin yurakdan yig‘lashi kerak yozuvchi ham?
Qahramonlarni qalb torlarini chertish “… odam” yaratish uchun esa yuksak
badiiy mahorat nozik did ham talab qilinadi.
Qalamkash mayday epizodik voqea, hodisalar negizida yotgan chuqur ijtimoiy
omillar, fojiallar taqdirlagan va ulardan iztiroblarini teran idrok etishi hayotning
o‘zi ko‘ndalang qo‘ygan sinovlarni bilan anglay bilish, qahramonlari bilan birga
nafas olishi, birga yashamog‘i zarur . mekiajiloga o‘zi yaratgan haykal tirikday
ko‘rinib qo‘rqib ketgan. Balzak qahramoni o‘lganda infarkt bo‘lib qolgan,
Kumushning o‘limi tasfiri paytida Qodiriy yig‘lagan, degan mish-mishlar bekorga
emas.
- Shu o‘rinda biz ham qo‘shimcha qilib ketadigan bo‘lsak “Adolat manzili”
romani kulminatsion nuqtasi tuyun Burgut vafoti va bu motam tog‘u toshlarni
larzaga soladi.
Faryod chekanida ijodkorning o‘zini ham biroz bo‘lsada motam ruhi ko‘nglini
chulg‘aganini, go‘yo o‘z yaqin insonidan ajralgandek his qilganini inkor eta
olmaymiz. Har bir adib kitoblariga jonini, umrini, ko‘nglidagi bor suvinchi va
g‘amlarni to‘kib soladi. Odil Yoqubov ham “adolat manzili ” romanida o‘zi
yaqinini yo‘qotganday iztirob chekadi.
|