2.2. “Adolat manzili” romanida davr fojiasi va badiiy haqiqat
Biz mazkur kurs ishimizda lochin va uning do‘stlari obraziga boshqacha
tahlil bilan qaradik.Ko‘pchilk asarlarda bosh qahramonlarning farzandlari
ilg‘or, epchil, yosh va qobiliyatli qilib tasvirlanadi:
“Diyonat” romanida Otaqo‘zining o‘g‘li Normurod domla tarbiyalagan yosh
avlod,”Oqqushlar” da Rasul Nuriddinovning farzandlari.Umuman qaysi davrni
yoki roman qamrab olgan voqea –hodisa yoshlar obraziga o‘rin beriladi.Ammo
“Adolat manzili” romanida yaratilgan yoshlar obrazini biz yangilik deb ayta
olamiz.
Lochin va do‘stlari Odil Yoqubov xohlagan kelajak avlod,el-u yurtni
mustamlaka asoratidan olib chiqishga harakat qiladugan birdan-bir umid har
ularning har bir harakatlar,gap-u so‘zlarida erkinlik,demokratik ruh,so‘z
erkinligi,fikr erkinligida namoyon bo‘ladi.Garchi bu gaplarni biz biroz
oshirib,ko‘prtirib aytayotgangandirmiz,garchi Lochin harakterida bo‘sh o‘rinlarni
juda ko‘p toparmiz,Lekin bu yoshda,bu tajriba bilan,hayotni hali maktabni,o‘rta
ma’lumotni endi nihoyasiga yetkazgan –qisqasi har tomonlama mukammal qilib,
xohlsak, ham erisha olmaymiz, chunki, agar biz shunday qilsak bu obraz soxta
ko‘rinib o‘quvchiga erish tuyulishi mumkin edi.Bunday kamchiliklar bo‘lmasligi
uchun ushbu qahramonning real ta’siri ko‘proq berilgan. Asarga ko‘proq
yondashsak, Yoshlar obrazi orqali Odil Yoqubovning qanday maqsad va go‘ya
yo‘lida asarga olib kirganini anglab borasiz.
Otasi Lochinni yoshligidan o‘zi ulg‘aygan muhit bilan hamnafas qilib
bordi.O‘zbek xalqi o‘zbek yigitlari azal-azaldan otga mehr quyishga otni chin do‘st
yigit kishining suyanchi deb qaragan.Shu an’analar sabav otasi o‘g‘lini haqiqiy
o‘zbek yigiti qilib tarbiyalash uchun o‘gliga otga mehr uyg‘otadi. Uning chin
o‘zbek bo‘lib yetishida uchun yangi Volgasiga alishib bo‘lsa-da, “Qaldirg‘och”
nomli, nomi savxozda tanilgan, ot olib beradi. Lochin ham oatasidek otga mehr
quyadi. Chavandozlik bahslarida yuqori o‘rinlarni oladi.Sevimli tulporini ye-u
ko‘kka ishonmaydi. Otasi o‘gliga juda ko‘p fazilatlarni rivojlantirib,ma’na va
37
jismonan
yetuk
shaxs
qilib
tarbiyalagan
bo‘lsa,onasi
kichikligidan
adabiyotga,kitoblarga mehr ruhida o‘stiradi.
Lochinning drasxonasini kutubxonaga aylantirishdi Lochin ham kitobsevar
inson bo‘lib yetishdi.Vatan tarixi, adabiyotini yaxshi o‘rgandi.
Asarda qalamga oliingan davr 80-yillar oxiri 90-yillar arafasida asar boshida
milliy mustaqillik uchun kurash boshlangan vatandoshlarimizning qora nomlari
oiqlaninb, barcha gazeta va jurnallarda, televideniyada bu haqda bot-bot jar solinar,
mazkur qatag‘on qurbonlarining asarlari chop etilib, ular kuchli adabiyotshunos,
tanqidchilar tomonidan tahlil qilinar, har bitta yuzaga chiqayotgan yangilik
tiklanayotgan tarix ko‘plab bahs-munozaralarga sababa bo‘lar.
Asardagi yoshlar obrazlari: Lochin, Oltinoy, Kumushbibi, Salimlar har bitta
yangilikning faol tinglovchisi, munisabat bildiruvchilari ya’ni bugungi kun biln
hamnafas vorislar bo‘lib maydonga chiqishadi. Lochin nafaqat kechagi tarixni
bugungi bo‘layotgan nohaqlik va adolatsizliklar kuchaygan davr voqeligini ham
yaxshi tushunadi. Uni idrok etib,o‘z fikrini bildira oladi. Mana sizga ota va
o‘g‘ilning shu mavzudagi suhbati:
- O‘glim dedi u allaqanday yolvorib.Mabodo yoshlik qilib, har-xil
homhayollarga borib yurmanglar. Hukumat bilan hazillashib bo‘lmaydi. Dunyoni
oldim deb yurga ne-ne odamlarning nayini qirqib, yanchib tashlagan bu hukumat !
O‘qigansan, bilasan!
- Bilaman !- dedi. Lochin, qaysarlik bilan
- Quloq qilib otishgan! Dushmansan olib chopishgan! O‘z elini ,xotini bola-
chaqasini himoya qilgan o‘g‘lonlarini u bo‘lmasachi deb osishgan!
Suyun Burgut yuragi orqasiga tortib,bir qadam orqaga tisarildi:
- Sen … bu gaplarni qaydan topding? Miyangga kim qydi bu be’mani bo‘lar
ekan? -Lochin asabiy kuldi. Birorta televizor, gazeta, jurnal qolmadiki boshimizga
mag‘zava tokmasin! Men Moskvani aytyapman! Siz tog‘da yurib gazeta
o‘qimaysiz, televizor ko‘rmaysiz-da, bilmaysiz!
Yorqinoy, bu bola nima deydi? O‘zi topgan gapni buy o birovlar boshlarini
aylantirib choxga itarmoqchimi bu yoshlarni?
38
Menga qara bolam! Senlar bunday gaplarga ko‘p uchavermanglar ! Kim bilsin
qaysi niyasda …
Siz bilmaysiz! _ Yana o‘jarlik qildi Lochin shunaqa tuhmat bo‘l yaptiki,
suyaklarni zirqiraydigan odamning! Butun o‘shek xalqi piraxo‘r emish o‘g‘ri
emish! Bitfan elni oltin hum ustida o‘tirga n ko‘z oynakli ilonga o‘xshatibdi!... Bu
sho‘rpeshona elni kim himoya qiladi? Haqiqat qiladi! Shoirlar kelishsa, biz bugun
shu to‘g‘risida bahslashamiz ota!
Lochin nima deyishini yaxshi biladi,yosh bo‘lishiga qaramay oilada maktabda
yaxshi e’tibor tufayli a’lo baholarga o‘qiydi.U o‘z dunyoqarashiga ega va u har
qayerda o‘z fikrini barilla ayta oladi.
Lochin jurnalistika yo‘nalishida ta’lim olmoqchi: U bu yo‘l orqali dilidagi
mehnatsevar va begunoh xalqini oqlovchi, gaplarni butun el-yurt oldida jar solib
aytmoqchi Yuragini o‘rtayotgan nohaqliklarni bos-bosti qilish uchun o‘z hissasini
qo‘shmoqchi. Lochinning dostlari ham xuddi u singari adolat yo‘lini yaxshi
bilishadi.Oltinoy, Kumushbibi, Salim qiltiriq fikrlarini eshitib ularnida Lochin
singari kelajakka erkka umid bog‘langan yoshlar ekaniga amin bo‘lamiz. Bu
fikrlarni sovxozda tor doiralarda olib borilayotgan shoir va jurnalistlar bilan
suhbatda bizning fikrlarimizga yanada aniqlik kiritadi. Bu suhbat shundog‘am
yurak hovuchlab kelgan shoir va jurnalistika batlar qiyin ahvolga tushirib
qo‘yayotgan edi. Bugungi kun yoshlarini tez fikrlaydi. Ular ijtimoiy hayotda ro‘y
berayotgan voqea-hodisalar ular kutmagan tarzda talqin va tahlil qilib tashlaydilar.
Aslida bu suhbat sport to‘g‘risida uyushtirilgan ,lekin baxtga qarshi yurtni o‘z
olov -ichida, kishilar adolatsizliklar nomida yonayotganda bunday mavzu kimning
yuragiga siga’adi.
Katta yoshlarning ustozi,qo‘rboshi deb atalayotgan Sohib Jamolov ham
qanchalar urinmasin shogirdlarini o‘z maqsadidan qaytara olmadi. U shogirdlarini
haqligini yaxshi biladi. Bu suhbat uni ham qiynaydi. U ham dilidagi og‘riqlarini
to‘kib soladi.
39
Lochin va uning do‘stlari ,bir-birlarini hech yrda yolg‘iz qoldirmaydilar. Otasi
qamalganda, yelkama yelka turib yordamga otlanishadi. Hatto u o‘qishga bormasa,
ular ham borishmaydi.
Shundan ijodkor adibimiz g‘oyasi esga tushadi. U kishi keyingi avlodlarni
birdamlikka, ko‘zni kattaroq ochishga chorlashda shu obrazlar o‘ziga xosligini
yatargan desak mubolag‘a yo‘l quymagan bo‘lamiz.
Lochin otasi aytgan vazifani onasini himoya qilishi, ko‘z quloq bo‘lishni bot-
bot eslaydi. Har doim onaizoriga madad berib keladi.
Otasining qamoqxonadagi to‘polon qilib, hamani cho‘chitib qo‘yganidan
birolam zavq tuyadi:
Otasidan faxrlanadi. Otam molodes,to‘polon qilayotgan bo‘lsa! Suyun Burgut
burgutligini qilibdida! Otam o‘rnida bo‘lsam man ham shunday qilar edim!
Lochin va do‘stlari “Qaldirg‘och”ga ko‘pchilik ko‘z tikkanini yaxshi
bilishadi.Shu sabab ham uni yashirmoqchi bo‘lishdi.Ammo ular bunga
ulgurmadilar.Onasining pora berish uchun otini sotishi kerkligini aytganda qadrdon
hamrohidan ayrilish bir zum yuragini o‘rtaydi,lekin bu berahm,adolatsiz kishilarga
ishonib bo‘larmikan onasini o‘ylab ish qilishga undaydi.
Hech qancha vaqt o‘tmay Qakdirg‘och millitsionerlar tomonidan olib
keti;ayotgan dostlari mashina ortidan chopayotganini ko‘rib o‘zini ular tomonga
otadi. Ammo kuchlar teng kelmay garchi yordamga do‘stlari yetib kelishgan
bo‘lmasin qurollangan militsionerlar yengib chiqdi.Bu voqeadagi bir- biriga
talpinishi holatini bir ko‘z oldingizga keltiring-a?
Marjonoy yana ko‘z oldi qorong‘ilashib ,xotirasi xiralashadi.Keyin
eshitsa,odamlar
Lochinni
militsionerlardan
ajratib
olishdi.
Militsioner
“Qalidirg‘och” ning bo‘yniga arqon solib katta yo‘ldan o‘tayotgan yuk
mashinasida bog‘lab,sudrab ketishibdi. Shotakka olingan,ayovsiz qamchilangan
“Qaldirg‘och “ huddi onasidan aytrilgan bo‘taloqday orqasiga,odamlarning
40
qo‘lidan chiqishga urinib bo‘zlab yig‘layotgan Lochinga qaray-qaray,uzoqlashib
ketganmish…
Marjonoy
ikkinchi bor ko‘zini ocganda… yuzi qop-qora Lochin
(“Qaldirg‘ochning qoni) yaralangan qushday pitirlab hamon odamlar bilan
olishardi.
Lochin “Qaldirg‘och”iga juda ko‘pchlik ko‘z tikkanini sezib turar.Lekin bu
tarzada xo‘rlik bilan undan ajratishini tasavvur qilmas edi. Bu yigit qaldirgo‘cha
shunaqangi mehr quygan ediki,Lochin ham ot ham bir-birining ortidan bo‘rlab
yig‘ladilar.Na chora hamma poraxo‘r hamma kissvur bu xalqni hech qanday gap-u
so‘zsiz talaydilarni ,ze’ro ularni bu otadiy holdek ,oxir- insonlar o‘z mulklariga
egalik qilolmaydigan, qullikkka asoslangan,buyruqbozlik.Ustun jamiyatni bundan
ortiq talash xo‘rlash bo‘lmasa kerak.
Lochin sevimli otidan ayrildi,ko‘p o‘tmay otasining tobutini ko‘tarib kelishdi.
Yosh yigit uchun har vaqtning o‘zida ikkinchi suyanchig‘ida ajralish har qanday
shaxsni tushkunlikka, umidsizlik va irodasizlik girdobiga tortishi muqarrar.
Ko‘pchilik adabiyotshunoslarimiz Lochinning bu holatini yoshlik, g‘o‘rlik,
tartibsizlik deb baholaydi. Lochin esa xuddi otasi kabi adolat yo‘lini, ildizni
topmoqchi bo‘ladi. U tushunib yetdi ular yashagan jamiyatda adolat bu sarob, topib
bo‘lmaydigan nodir topilma. Shu sababdan ham u dunyoni tark etmoqchi “Shayton
dara” kabi omonsiz qurbonlar makoniga o‘zni otib, yolg‘on riyo, dunyoni tark
etmoqchi Lekin u qanchalik tushkunlikka tushgan bo‘lsalar unning ortidan turgan
onaizori, bo‘lajak qaylig‘i og‘ir kunida yelkadosh bo‘lgan do‘stlari uni
salimatligidan, yolg‘iz yodgor qolganidan ko‘ngillari tinch edi.
Lochin bir necha kun miyasida o‘ylab hal qilgan ishga kirishadi.Uning ruhiyati
gap so‘zlaridan atrofdagilar bir nimasini sezgan bo‘lishsa ajab emas. Haytovur,
Ollohning rahmi kelib,ruhlar qo‘llab Lochin ko‘zini ochdi.Endi o‘zni “Shayton
dara” ataydigan onasi va Oltinoyning eski tiladi.Bu chaqiriq Lochinni aql
chirog‘ini yoqadi.Endi Lochin ma’no shu ostidan qolgan ayollarni (ularning nima
gunohi bor!) suyanchiq bo‘lish uning burchidir.Otaning oqlash uning
zimmasidadir.
41
Shu burchni kech bo‘lsada tushunib yetdi.
Lochin Burgut tarbiyasini olgan haqiqiy millat o‘g‘loni.Agar jamiyatimizda
shunday mard,dovyurak bilm doirasi mantiqiy fikrlashi kuchli yoshlar ko‘payar
ekan,also vatan erkni qo‘ldan bermaydi Bu asarni yechimi bo‘lib Lochin to‘g‘ri va
aniq qaror qildi .Adolat manzili romanida Marjonoy singari vafodor oilasini
farzandiga mehr-muhabbati ko‘pirib turuvchi ayolning taqdiri ham yoshlik
kezlaridan beriladi.Garchi voqealar planida bu obraz ikkinchi planda qolsada,
aslida, Burgut Lochinga g‘ayrat-shijoatdan, ilm-u ma’rifatdan yo‘lboshchi bo‘lgan
bo‘lsa, Marjonoy mehr-muhabbat adolat va vafodorlikni o‘rgatdi.
Marjonoy Suyun Burgutni deriktor bo‘lishi bilan ko‘ngliga g‘ulg‘ula tushadi
tinch va osuda hayotlarini buzilishini istamaydi.Qarangki ko‘nglidan o‘tgan voqea
sodir bo‘ldi. Eri Burgut shu ish bo‘yicha poraxo‘rlikka ayblanib qamoqqa olindi
.
42
Xulosa
Odil Yoqubov shunday jamiyatda dunyoga keldi, voyaga yetdi. Hayot
kechirdiki, bevosita, har bitta ijod na’munasidan shu hayot tajribasi, ko‘rgan
kechirganlarini qog‘ozga tushurdi.
U jamiyatning hamma qatlami kishilarning orzu-armonlarni tinglovchisi bo‘ldi.
(Jurnalistik faoliyati davomida) Eng sara asarlari shu tarzda bunyod bo‘ldi.Odil
Yoqubovninng har bitta asarini birlashtirib turadigan bir g‘oya o‘xshashlik,
umumiylik ko‘zga tashlanadi bu ham bo‘lsa jamiyatning qaysidir bo‘g‘inida
bo‘layotgan adolatsizliklar. Masalan “Muqaddas” ola o‘qishga kirish, imtihonda
qilngan soxtalik xususida bo‘lsa “Diyonatda” da esa qarindosh urug‘ o‘rtasida,
turmush masalalari,oily dargohdagi adolatsizlikar to‘g‘risida, “Oq qushlar oppoq
qushlar” mehnatkash xalqning ruhuy ijodkorlarning va soxta adolatsizliklari, xalq
mulkidan xo‘jasizlarcha foydalanish kabi xususiyalar ochib berlgan bo‘lsa biz
o‘rganib chiqqan “Adolat manzili” romanida esa adolatsizlikning eng mudhish
ko‘rinishi bir millat,bir katta davlat ustidan qilngan adolatsizlikni qamrab olgani
bilan o‘ziga xoslik kasb etadi va bu asrlardan katta va keng g‘oyasi bilan
qolishmaydi.
Har bitta asarda xohlaymizmi, xohlamaymizmi, baribir ijobiy va salbiy
obrazlarga to‘xtalmay ilojimiz yo‘q,hatto bugungi inson ruhiyati aks etttirilgan
adabiyotda ham shxslarning xarakteridagi salbiy va ijobiy jihatlar batafsilroq
yoritiladi,kengroq o‘rin beriladi xolos.
Ushbu asarda ham insonlar ruhiyatiga keng o‘rin berilgan.Bunga misol qilib
Suyun Burgut, Veteran, Sharanovskiy kabi qahramonlarni olishimiz mumkin.
Asar sho‘ro davrining oxiri endi mustaqillik erkinlari esayotgan bir pallada
yozilgani uchun ham anchagina fikr erkinligi, g‘oya butunligini ko‘ramiz.
Asar xususiyat jihatidan xalq og‘zaki na’munalariga qiyos qilinadi. Haqiqatdan
bunday bo‘lishi tabiiy 130 yillik mustamlaka davrida o‘zbek milatiga xo surf-odat,
an’ana,xususiyatlarini ututganlar ham oz emas edi. Hatto ismlarida o‘zbekonalik
yo‘qolgan yurt kishilarni qanchalik yo‘qotishlar berganini tasavvur qilish mumkin
43
emas. Shuning uchun ham asarning o‘ziga xosligiga: ko‘proq o‘zbek qahramonlar,
ulaning fe’-atvori, timsollar, tush voqealari, xat yozishmalar, o‘lan aytishuvlar,
ko‘karilar, jonivorlar ularga bo‘gan obrazlar mehri kabilar qlamga olinganki, bu
mustaqillik debochasida yozilgan, ilk asrlardan biridir. Shuning uchun ham asrning
chuqur mazmuni ha deganda ko‘zga tashlanavermaydi.
Asardagi Burgutninng o‘zbekka xos tantiligi,haqiqatga tik qarashi, birso‘zligi
hamda el kutgan boshliq ekani, Lochin va uning do‘stlari ertangi kun kutgan avlod
ekani, Vetaraning besamar ketgan umri achchiq haqiqat ekani bizga ayon bo‘ladi.
Yuqorida aytilgan millatimizga xos sifatlar ichida tubanlik, manqurtlik, o‘zim
bo‘laylik, qo‘rqoqlik, chaqimchilik, ko‘rolmaslik, birovni go‘riga choh qazish kabi
jirkanch illatlar ham borligiga ko‘z yumib keta olmaymiz. Asardagi
millatdoshlarimiz ichidan chiqqan Mansur mesh, Mirjalolov kabi tuban shaxslarni
ham also unutmasligimiz kerak.
Endi bizning yurtimiz ozod, endi chetdan kelganlar bizga xo‘jayinlik
qilolmaydi, ustimizdan qaror chiqara olmaydi. Endi bizdan, har birimizdan avvalo,
vijdonimizni so‘ngra butun oila a’zolarimiz, hamqishloq, hamkasb, hamyurtlarimiz
oldida pok bo‘lish, millatimizni, O‘zbekistonimizning, kelajak avlodlarimizni eng
ilg‘or, eng bilmdon yurt bo‘lishiga hissa qo‘shishimiz shart.Zero, adolat har
birimizning yuragimizda.
|