A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT
INSTITUTI
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
moduli bo‘yicha
“FIZIKA DARSLARINI TASHKIL ETISHNING DOLZARB
MASALALARI” o‘quv kursining
“Darslarda kompyuter dasturlari yordamida tayyorlangan didaktik
vositalardan foydalanish” mavzusida ma’ruza matni
Ma’ruzasi: Shukurova Zarifa Xaitmuratovna
Toshkent
3-Mavzu: Darslarda kompyuter dasturlari yordamida tayyorlangan
didaktik vositalardan foydalanish.
Reja:
1.
Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha.
2.
Crossword Forge dasturi haqida.
3.
iSpring QuizMaker dasturi imkoniyatlari.
Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha
Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv
jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan didaktik
vosita hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli
shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vositasi
sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o‘quv fani bo‘yicha aniq
didaktik maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar
majmuasi), texnik va metodik ta’minot hamda qo‘shimcha yordamchi vositalar
kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
➢
o‘rgatuvchi dasturlar – o‘quvchilarning bilim darajasi va
qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltiradi;
➢
test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish
yoki baholash maqsadlarida qo‘llaniladi;
➢
mashq qildirgichlar – avval o‘zlashtirilgan o‘quv materialini
takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;
➢
o‘qituvchi ishtirokidagi virtual o‘quv muhitini shakllantiruvchi
dasturlar.
Dostları ilə paylaş: |