Ispring Quiz Maker modulining ilk interfeysi
Dastur boshqa elektron testlar yaratish dasturlaridan
quyidagi xususiyatlari
bilan ajralib turadi:
· dasturning ishchi fayli ixtiyoriy kompyuterga ko‘chirib qo‘yilishi va
ishlashi mumkin;
· juda kam amallar ketma ketligi bajariladi;
· maxsus bilimlar talab etilmaydi;
· testlarning 13 xil turini yaratish mumkin;
· test savollari va javoblariga rasm, formula va video joylashtirish mumkin;
· test natijalari to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron pochtaga jo‘natiladi;
· dastur litsenziyaga ega va ochiq kalitli ekanligi.
Kompyuterga iSpring Suite dasturlar paketi o‘rnatilgach, Ispring Quiz
Maker bloki yordamida elektron testlar tuzish imkoniyati mavjud.
Testlar bazasi
yaratilgach, darsning qaysi qismida foydalanishiga qarab testlar soni va test
o‘tkazish vaqti belgilanadi. Interfeys ko‘rinishini foydalanuvchi ixtiyoriga ko‘ra
o‘zgartirish mumkin. Tayyor testlar bazasini yaratib bo‘lgach,
uni lokal tarmoq
uchun, global tarmoq uchun, hujjat shaklda (MS Word)
yoki LMS tizimi uchun
saqlash imkoniyati mavjud. Dasturda yaratilgan elektron testlar bazasi ishchi fayli
.swf formatda saqlanadi. Demak, ushbu testlar bazasidan foydalanish uchun
kompyuterda Adobe Flash Player dasturi mavjudligi yetarli.
Dasturda test
savollarining quyidagi ko‘rinishlarini yaratish mumkin:
1. Bitta javobli test: bu testning qiyinligi javob variantlarining ko‘pligiga
bog‘liq.
2. Ko‘p javobli test: bu test turi yordamida bir necha ma’lumotlar
yuzasidan o‘quvchi fikrini aniqlash mumkin.
3. “To‘g‘ri-noto‘g‘ri” ko‘rinishdagi test: bunda anketa savoli ko‘rinishiga
mos test turi, javob varianti faqat ikkita bo‘ladi;
4. “Qisqa javobli” test: bunda test topshiruvch matn maydoniga bir qarotli
qisqa javob kiritishi kerak;
5. Javoblarni tartiblash: savolning ushbu turida javob variantlari o‘zaro
tartiblanadi;
6. O‘zaro moslik o‘rnatish: bunda bir necha savollar o‘zaro javoblari bilan
birlashtiriladi;
7. Sonni kiriting: savolning javobi sifatida o‘quvchi sonni kiritishi kerak;
8. Bo‘sh joylarni to‘ldiring: matndagi bitta yoki bir necha bo‘sh
joylarni
kerakli so‘z bilan to‘ldirish talab etiladi;
9. Javoblari keltirilgan savol: savolning bo‘sh qismlarida javoblar
variantlari keltirilgan bo‘ladi, ushbu javob variantlardan to‘g‘risini
belgilash
mumkin.
10. So‘zlar banki: Matnning bo‘sh joylariga berilgan so‘zlardan
keraklilarini tanlab joylashtiriladi. Savolni qiyinlashtirish uchun so‘zlar sonini
bo‘sh joylar sonidan ko‘paytirish mumkin.
11. Faol hududni aniqlovchi savol: Savolda
rasmdagi qaysidir maydonni
belgilash vazifasi joylashtirilgan bo‘lib, ushbu rasmdagi hudud o‘quvchi
tomonidan javob berish jarayonida tanlanadi.
12.
Dostları ilə paylaş: