1
8- MAVZU: Tuproq, suv, havo mikroflorasi
Asosiy savollar:
1.
Tuproq mikroflorasi.
2.
Suv mikroflorasi
3.
Havo mikroflorasi
4.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
simbioz, metabioz, parazitizm,
antagonizm, antibiotik, bakteriostatik, fungistatik, bakteritsid, fungitsid, fitonsid,
assotsiatsiya.
1-savol bayoni:
Tuproq mikroflorasi.
Hamma tabiiy
muhitlar ichida tuproq
mikroorganizmning rivojlanishi uchun eng qulay muhit hisoblanadi. Tuprokda
mikroblarga zarur ozuqa moddalar, namlik, muhit reaksiyasi, kislorod doimo mavjud
bo‘ladi. Tuproq mikroorganizmni tik quyosh nurlarining va quritishning halokatli
ta’siridan yaxshi saqlaydi. Tik quyosh nurlari tuproqning bir necha mm qalinlikdagi
yuza qatlamlariga ta’sir etadi , xolos. SHu sababli tuproqda turli mikroorganizm:
oddiylar, mikroskopik suv o‘tlari, aktinomitsetlar, mog‘or zamburug‘lari,
bakteriyalar, achitqilar va boshqalar to‘lib-toshib yotibdi. Tuprokda ayniqsa
nitrifikatsiya
bakteriyalari, chirituvchi va moy kislotali bakteriyalar ko‘p.
Mikroorganizmlar oqsil, mochevina va yog‘ni parchalaydilar, havo azotini
o‘zlashtiradilar, nitrifikatsiya va denitrifikatsiya jarayonlarini bajaradilar.
Hosildor tuproqning 1g da mikroblar soni bir necha milliardga boradi. Erning
1ga haydaladigan qatlamida mikroorganizmlarning soni 10 t ga etadi.
Tuproqdagi mikroorganizmlarning tarkibi va miqdoriga iqlim sharoiti, yil fasli,
o‘simlik qoplami va boshqa omillar ham ta’sir etadi.
Mikroorganizmlar tuproqning yuzidan ichkariga tomon, ya’ni vertikal chiziq
bo‘yicha tekis taqsimlangan emas. Tuproqning bir necha mm qalinlikdagi eng ustki
qatlamida mikroblar kamroq. chunki tik oftob nurlari bu qatlam mikroorganizmlariga
salbiy ta’sir etadi. Tuproqning keyingi 5-10 sm qatlamida mikroorganizmlar ayniqsa
ko‘p rojlangan. Tuproqning 1-2sm yuza qavatidagi mikroorganizmlar 25 m
chuqurlikdagi qavatga nisbatan 10-20 barobar ko‘proqdir.
Tuproq qatlami
chuqurlashgan sari mikroorganizmlar soni kamayadi.
O‘simlik va hayvon qoldiqlari bo‘lgan, shuningdek havo bemalol tegib
turadigan tuproqning yuza qavatlarida murakkab organik birikmalarni
parchalay
oladigan aerob mikroorganizmlar ko‘proq. Tuproqning chuqurroq qavatlarida organik
birikmalar va havo kamroq, shuning uchun ham bu qavatlarda anaerob bakteriyalar
ko‘proq.
Tuproq mikroorganizmning
faqat yashash muhitigia emas, u hayot
faoliyatining mahsuloti xam ekanligini S.P. Kostuchev isbotlab bergan. Tuproq
2
birinchi mikroorganizmlar paydo bo‘lganida ularning ta’siri tufayli hosil bo‘lgan.
Qaqir qoyalarda o‘rnashib ularni mikroblar nordon metabolitlari yordamida
parchalaganlar, o‘lchaganlarida esa hujayralarning organik qoldiqlarida suv o‘tlari va
lishaylar rivojlanishiga sharoit yaratilgan. SHunday qilib,
tuproqning yangi hislati
hosildorlik paydo bo‘ldi.
Mikroorganizmlar hayot faoliyatining natijasida hosil bo‘ladigan chirindi
borligiga tuproq hosildorligi bog‘liq bo‘ladi.
Tuprokda qoqshol, gangrena, kuydirgi, botulizm va boshqa ksalliklarga sabab
bo‘ladigan mikrorganizmlar ham bo‘lishi mumkin. Demak, oziq-ovqatni tuproq bilan
ifloslanishi katta xavf tug‘diradi.
Dehqonchilik mahsulotlaridan sabzavot va ho‘l meva tuproq bilan ko‘proq
ifloslanadi. Sabzavot va ho‘l mevani xomligicha iste’mol qilishdan oldin toza suvda
yaxshilab
yuvish kerak, aks xolda kasallik chaqiruvchi mikroblar, shuningdek, gijja
(parazit chuvalchanglar) tuxumlari bilan odam organizmiga kirib,
kasal qilishi
mumkin.
Non, go‘sht, baliq va shunga o‘xshash oziq-ovqat pala-partish tashilganda
saqlanganda tuproq zarralari shu oziq-ovqatga ham tegishi mumkin. Bunga yo‘l
quymaslik uchun oziq-ovqatni tashish yoki saqlashda sanitariya qoidalariga rioya
qilish juda muhimdir.