11
Qizil nurlar ob’ektivdan yoki o‘rtacha fokusdan uzoqroqda, havorang nurlar
esa – ob’ektivga yaqinroqda yig‘iladilar. Natijada, o‘rtacha fokusda yulduz tasviri
ranglarga bo‘yalgan kattagina gardishcha ko‘rinishga ega bo‘ladi. Agar kuzatishlar
natijasida monoxromatik nurda bajarilayotgan bo‘lsa,
xromatik aberratsiyaning
ta’siri bo‘lmaydi. Masalan, koronograf bitta linzali teleskop va unda Quyosh toji
yashil toj chizig‘i (530.3 nm) nurida suratga olinadi. Bitta linzali ob’ektivning
xromatik aberratsiyasi unda hosil bo‘lgan difraksion
gardishchadan kam chetga
chiqishi uchun uning fokus masofasi
)
,
(
6
.
18
)
(
2
cm
D
D
cm
F
ga teng bo‘lishi kerak.
Bu juda uzun fokusli, demak kam optik kuchga ega, ob’ektiv bo‘ladi va u astrofizik
tekshirishlarga yaramaydi.
Ko‘pchilik yoritqichlarning monoxromatik nurlanishi (radio va rentgen
nurlanish bundan mustasno) kuchsiz, shuning uchun keng (100 nm)
spektral
diapazonda kuzatishlar bajarishga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda bu har xil rangdagi
nurlarni bitta fokusga keltirish maqsadida, har xil sindirish
koefitsenti va egrilik
radiusiga ega ikkita linzalardan tuzilgan ob’ektiv qo‘llaniladi. Bu linzalarning biri
krondan (shisha navi) ikkinchisi esa, flintdan tayyorlanadi. Krondan yasalangan
linza musbat va u ikki linzali obektivning oldi tomoniga o‘rnatiladi. Flintdan (shisha
navi) yasalangani esa manfiy linzadir. Bunday ikki linzali ob’ektiv qizil va havorang
nurlarni bitta fokusga keltiradi va u axromatik ob’ektiv deb ataladi.
Axromatik
ob’ektivlarning fokus masofalari
)
,
(
12
.
1
)
(
2
cm
D
D
cm
F
, ya’ni yakka holdagi linzali
ob’ektivnikidan 16 marta qisqa va uni astronomik kuzatishlarda qo‘llash mumkin.
Maktab refraktor teleskopiga shunday ikki linzali ob’ektiv o‘rnatilgan [7].
Ko‘zguli ob’ektivlarda xromatik aberratsiya bo‘lmaydi. Sababi shundayki, aks
qaytish qonuni nurning to‘lqin uzunligiga bog‘liq emas. Astrofizik teleskoplarning
ob’ektivi botiq ko‘zgudan iborat bo‘ladi (ular reflektor deb ataladi). Botiq ko‘zgu
sferik, parabolik yoki giperbolik sirtli qilib yasaladi. Bunday sirtlardan qaytgan
to‘lqin fronti har xil shakl oladi va ko‘zguning
fokal tekisligida nuqtaviy
yoritqichning turlicha shakldagi fazoviy tasvirlarini hosil qiladi.
Optik sistemalarni oq nur bilan yoritilganda xromatik aberratsiya kelib chiqadi.
Bu abberratsiya sindirish ko’rsatkichi har xil to’lkin uzunlikdagi nurlar uchun xar
12
xil bo’lishidan kelib chiqadi. Qisqa to’lkin uzunligidagi binafsha nurlar A
1
nuqtada
to’planadi, uzunligi λ - li nurlar A
11
nuqtada to’planadi, bu nuqtalar orasida qolgan
nurlar fokuslanadi. Yetti hil nur uchun linza fokusi bitta nuqtada bo’lmaydi. Natijada
ta’sir bo’yalgan bo’lib ko’rinadi (2-rasm).
2-rasm
Sferik abberratsiya kamaytirish uchun linzalar sistemasidan foydalaniladi.
Xromatik aberratsiyani yo’qotish uchun linza sirtiga yupqa tiniq qatlam surtiladi.
Linzalarning kamchiligidan yana biri astigmatizmdir. Bu quyidagicha: Agar
buyum bosh optik o’qga nisbatan ancha uzoqda bo’lsa ta’sir xira bo’ladi.
Lekin
ekranni u yoq bu yoqga surib ikki joyda ikki xil ta’sirni ko’rish mumkin (3-rasm).
3-rasm
Bundan tashqari distorsiya ham mavjud bo’lib bu ta’sirni linzadan o’tganda
keyin hamma nuqtalari bir hilda katta bo’lmasligidan kelib chiqadi. Astigmatizm
hamda distorsiya ishlatish soxasiga qarab imkoniyati boricha kamaytiriladi.
Dostları ilə paylaş: