17
chetda hosil bo‘ladi va bunday tasvirda o‘qdan tashqi aberratsiyalar kuzatiladi. Bular
koma, astigmatizm, ko‘rish maydonining egrilanishi va distorsiyadir.
a) Koma.
Yulduzlardan kelayotgan va teleskopning optik o‘qiga
burchak ostida
tushayotgan parallel nurlari dastasi hosil qilgan yulduz tasviri bu aberratsiya
tufayli
o‘qqa nisbatan radial yo‘nalishda cho‘ziladi yoki tasvirda radial yo‘nalishda
«o‘simta» paydo bo‘ladi (7-rasmga qarang). Tasvirning cho‘zilish miqdori tushish
burchagiga
hamda ob’ektiv zonalari radiusi kvadratiga proporsional bo‘ladi.
Ob’ektivning chetki zonalaridan o‘tgan nurlar uning markazidan o‘tgan (paraksial)
nurlarga nisbatan radial yo‘nalishda cho‘zilgan tasvirlar hosil qiladi. Koma
ob’ektivning yorug‘lik kuchi (A) kvadratiga proporsional va yorug‘lik kuchi kam
ob’ektivlarda u tasvirni ko‘p buzmaydi.
Refraktorlarda bir-biridan ma’lum masofaga uzoqlashtirilgan
ikki linzali
tizmlar yordamida xromatik, sferik aberratsiyalar va koma bartaraf etiladi va bunday
ob’ektiv aplanat deb ataladi [10].
Parabolik ko‘zgularda koma kuchli bo‘ladi va u teleskopning
fokal tekisligi
yaqiniga o‘rnatilgan linza (afokal sistema) lar yordamida bartaraf etiladi. Ikki
ko‘zguli teleskopik tizimlarda (Kassegren, Richi-Kreten) bosh ko‘zguning komasi
maxsus hisoblashlar yo‘li bilan tanlangan ikkinchi ko‘zgu (u odatda, do‘ng
giperbolik sirtga ega) bilan bartaraf etiladi.
Dostları ilə paylaş: