157
davomiy va hattoki murakkablashib boruvchi jarayon hisoblanadi.
Risklar turli tashkilotlar uchun turlicha bo‘lsada, risklarni boshqarishga
tayyorgarlik ko‘rish barcha tashkilotlar uchun umumiy. Risklarni
boshqarishdan asosiy maqsad quyidagilar:
-
bo‘lishi mumkin bo‘lgan risklarni aniqlash;
-
risk ta’sirini aniqlash va tashkilotlarga risklarni yaxshiroq
boshqarish strategiyasi va rejasini ishlab chiqishga yordam berish;
-
jiddiylik darajasiga asoslangan holda risklarni tasniflash va
yordam berish uchun risklarni boshqarish usullari, vositalari va
texnologiyalaridan foydalanish;
-
risklarni tushunish, tahlillash va aniqlangan risk hodisalarini
qaydlash;
-
risklarni nazorat qilish va risk ta’siriga qarshi kurashish;
-
xavfsizlik xodimlarini ogohlantirish va risklarni boshqarish
strategiyasini ishlab chiqish.
Risklarni boshqarish ularni aniqlashda tizimlashgan yondashuvni
ta’minlaydi va quyidagi afzalliklarga ega:
-
bo‘lishi mumkin bo‘lgan risk ta’siri sohasiga e’tibor qaratadi;
-
risklarni darajalari bo‘yicha manzillaydi;
-
risklarni tutish jarayonini yaxshilaydi;
-
kutilmagan holatlarda xavfsizlik xodimini samarali harakat
qilishiga ko‘mak beradi;
-
resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: