3
MUQADDIMA
Yangi
texnologiyalar, elektron xizmatlar bizning kundalik
hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Jamiyat axborot-
kommunikatsiya texnologiyalariga tobora ko‘proq qaram bo‘lib
borayotganligi bois, ushbu texnologiyalarni himoya qilish va ulardan
foydalanish milliy manfaatlar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Shu sababli, har bir tashkilotga kiberxavfsizlikni ta’minlash
maqsadida, mazkur soha bilan shug‘ullanuvchi xodimlar jalb qilinmoqda
va xodimlarni kiberxavfsizlikka oid bilimlar bilan muntazam tanishtirib
borish uchun qator seminar-treyning mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
Oliy ta’lim muassasalarida ham kiberxavfsizlikni fan sifatida o‘tilishi
buning yaqqol misolidir.
Respublikamizda axborot texnologiyalarining rivojlanishi
bilan bir
qatorda xo‘jalik va davlat boshqaruvi organlarida axborot xavfsizligini,
xususan, kompyuter bilan bog‘liq bo‘lgan xavfsizlik muammolarini
bartaraf etish yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2017-2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasida vazifalar belgilab olindi, shular qatorida
“...axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini
takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z
vaqtida va munosib
qarshilik ko‘rsatish” va kiberjinoyatchilikni fosh etish masalalariga
alohida e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari, “Ilm, ma’rifat va raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Prezidenti Farmonida “2020-yil 1-sentyabrga
qadar kiberxavfsizlikka doir milliy strategiya va qonun loyihasi ishlab
chiqish” vazifalari belgilangan. Bu vazifalarni
amalga oshirishda
kiberxavfsizlik sohasiga oid o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqish ham
e’tibor berish kerak bo‘lgan muhim jihatlardan hisoblanadi.
Qo‘llanmaning birinchi bobida kiberxavfsizlik asoslari fani
sohasining vazifalari va asosiy tushunchalari, uning qo‘llanilish sohasi
hamda kiberxavfsizlikda inson omili masalalari ko‘rib chiqilgan.
Kiberxavfsizlikning bilim sohalari, kiberxavfsizlik va axborot
xavfsizligi tushunchalari o‘rtasidagi farq misollar asosida keltirilgan.
Shuningdek, kiberjinoyatchilik, kiberhuquq va kiberetika masalalariga
to‘xtalib o‘tilib, kiberjinoyatchilik uchun tayinlangan jazo turlari haqida
ma’lumotlar keltirilgan.
4
Ikkinchi bob kiberxavfsizlikning fundamental masalalariga
bag‘ishlangan, hamda
kiberxavfsizlik arxitekturasi, strategiyasi va
siyosatini amalga oshirish tartibi xususida ma’lumotlar keltirilgan.
Uchinchi bobda axborotning kriptografik himoyasi doirasidagi
asosiy
tushunchalar, simmetrik kriptotizimlar, ochiq kalitli
kriptotizimlar, ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash usullari, disklarni va
fayllarni shifrlash hamda ma’lumotlarni xavfsiz o‘chirish usullari ko‘rib
chiqilgan.
Qo‘llanmaning to‘rtinchi bobi foydalanishlarni nazoratlashga
bag‘ishlangan bo‘lib, autentifikatsiya usullari, ma’lumotlarni
fizik va
mantiqiy boshqarish usullari keltirilgan. Amalda keng qo‘llanilayotgan
mantiqiy foydalanishlarni boshqarish modellari va ulardan foydalanish
bo‘yicha tavsiyalar bayon etilgan.
Beshinchi bob tarmoq xavfsizligiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda
tarmoqda mavjud bo‘lgan xavfsizlik muammolari va ularni bartaraf
etishda tarmoqlararo ekrandan, virtual
himoyalangan tarmoqdan va
boshqa vositalardan foydalanish masalalari keltirilgan. Bundan tashqari,
simsiz tarmoqlarda xavfsizlik muammolari va risklarni boshqarish
masalalariga to‘xtalib o‘tilgan.
Oltinchi bobda tizimning foydalanuvchanlik xususiyati va uning
tizim uchun muhimligi, ma‘lumotlarni zaxira
nusxalash va qayta tiklash
usullari xususida ma’lumotlar keltirilgan. Tizim foydalanuvchanligi
uchun audit muolajasi muhim hisoblangani bois, Windows OT uchun
hodisalarni qaydlash tartibi bilan tanishib chiqiladi.
Yettinchi bob dasturiy vositalar xavfsizligiga bag‘ishlangan bo‘lib,
dasturlardagi xavfsizlik muammolari va ularni oldini olishga qaratilgan
fundamental tamoyillar bayon etilgan. Vazifasi tizimga ziyon yetkazish
uchun yaratilgan zararli dasturiy vositalar, ularning tahlili
va zamonaviy
antivirus dasturiy vositalari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: