Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/133
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

KIBERXAVFSIZLIK
Hisoblashga asoslangan mujassamlangan bilim sohasi
Hisoblash bilim 
sohasi
Kompyuter 
injineriyasi
Axborot 
texnologiyalari
Axborot 
tizimlari
Dasturiy 
ta’minot 
injineriyasi
Risklarni 
boshqarish
Inson omili
Etika
Siyosat
Huquq
1.2-rasm. Kiberxavfsizlik fani sohasining tuzilishi 
Kiberxavfsizlikni fundamental atamalarini aniqlashda turli 
yondashuvlar mavjud. Xususan, CSEC2017 JTF manbasida 
kiberxavfsizlikning quyidagi 6 ta atamasi keltirilgan: 
Konfidensiallik – 
axborot yoki uni eltuvchisining shunday holatiki, 
undan ruxsatsiz tanishishning yoki nusxalashning oldi olingan bo‘ladi. 
Konfidensiallik axborotni ruxsatsiz “o‘qish”dan himoyalash bilan 
shug‘ullanadi. AOB senariysida Bob uchun konfidensiallik juda muhim. 
Ya’ni, Bob o‘z balansida qancha pul borligini Tridining bilishini 
istamaydi. Shu sababli Bob uchun balans xususidagi ma’lumotlarning 
konfidensialligini ta’minlash muhim hisoblanadi. 
Yaxlitlik
– axborotning buzilmagan ko‘rinishida (axborotning 
qandaydir qayd etilgan holatiga nisbatan o‘zgarmagan shaklda) mavjud 
bo‘lishi ifodalangan xususiyati. Yaxlitlik axborotni ruxsatsiz 
“yozish”dan (ya’ni, axborotni o‘zgartirishdan) himoyalash yoki kamida 
o‘zgartirilganligini aniqlash bilan shug‘ullanadi. AOB senariysida 
Alisaning banki qayd yozuvining yaxlitligini Trididan himoyalash shart. 
Masalan, Bob o‘zining akkauntida balansning o‘zgarishidan yoki Alisa 
akkauntida balansning oshishidan himoyalashi shart. 
Shu o‘rinda konfidensiallik va yaxlitlik bir xil tushuncha 
emasligiga e’tibor berish kerak. Masalan, Tridi biror ma’lumotni o‘qiy 
olmagan taqdirda ham uni sezilmaydigan darajada o‘zgartirishi mumkin. 



Foydalanuvchanlik
– avtorizatsiyalangan mantiqiy obyekt so‘rovi 
bo‘yicha axborotning tayyorlik va foydalanuvchanlik holatida bo‘lishi 
xususiyati. Foydalanuvchanlik axborotni (yoki tizimni) ruxsatsiz 
“bajarmaslik”dan himoyalash bilan shug‘ullanadi. AOB senariysida 
AOB web saytidan Bobning foydalana olmasligi Alisaning banki va Bob 
uchun foydalanuvchanlik muammosi hisoblanadi. Sababi, mazkur holda 
Alisa pul o‘tkazmalaridan daromad ola olmaydi va Bob esa o‘z biznesini 
amalga oshira olmaydi. Foydalanuvchanlikni buzishga qaratilgan 
hujumlardan eng keng tarqalgani – xizmat ko‘rsatishdan voz kechishga 
undovchi hujum (Denial of service, DoS). 
Risk
– potensial foyda yoki zarar bo‘lib, umumiy holda har qanday 
vaziyatga biror bir hodisani yuzaga kelish ehtimoli qo‘shilganida risk 
paydo bo‘ladi. ISO “
risk
– bu noaniqlikning maqsadlarga ta’siri” sifatida 
ta’rif bergan.
Masalan, universitetga o‘qishga kirish jarayonini ko‘raylik. 
Umumiy holda bu jarayonni o‘zi risk hisoblanmaydi. Faqatgina 
abituriyent hujjatlarini va kirish imtihonlarini topshirganida, u o‘qishga 
kirishi yoki kira olmasligi mumkin. Bu o‘z navbatida qabul qilinish yoki 
qabul qilinmaslik riskini yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. 
Kiberxavfsizlikda yoki axborot xavfsizligida risklarga salbiy 
ko‘rinishda qaraladi. 
Hujumchi kabi fikrlash
– bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfni oldini 
olish maqsadida qonuniy foydalanuvchining hujumchi kabi fikrlash 
jarayoni. 
Tizimli fikrlash
– kafolatlangan amallarni ta’minlash uchun 
ijtimoiy va texnik cheklovlarning o‘zaro ta’sirini hisobga oladigan 
fikrlash jarayoni.
 
Bundan tashqari quyidagi tushunchalar ham kiberxavfsizlik 
sohasini o‘rganishda muhim hisoblanadi. 
Axborot xavfsizligi
– axborotning holati bo‘lib, unga binoan 
axborotga tasodifan yoki atayin ruxsatsiz ta’sir etishga yoki ruxsatsiz 
undan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Yoki, axborotni texnik vositalar 
yordamida ishlanishida uning maxfiylik (konfidensiallik), yaxlitlik va 
foydalanuvchanlik kabi xarakteristikalari (xususiyatlarini) saqlanishini 
ta’minlovchi axborotning himoyalanish darajasi holati. 
Axborotni himoyalash
– axborot xavfsizligini ta’minlashga 
yo‘naltirilgan choralar kompleksi. Amalda axborotni himoyalash 
deganda ma’lumotlarni kiritish, saqlash, ishlash va uzatishda uning 



yaxlitligini, foydalanuvchanligini va agar, kerak bo‘lsa, axborot va 
resurslarning konfidensialligini madadlash tushuniladi. 
Aktiv
- himoyalanuvchi axborot yoki resurslar. Yoki, tashkilot 
uchun qimmatli barcha narsalar.
Tahdid 
– tizim yoki tashkilotga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan 
istalmagan hodisa. Yoki, tahdid - axborot xavfsizligini buzuvchi 
potensial yoki real mavjud xavfni tug‘diruvchi sharoit va omillar 
majmui. Tahdid tashkilotning aktivlariga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, 
aktiv sifatida korxonaga tegishli biror bir saqlanuvchi hujjat bo‘lsa, u 
holda ushbu hujjat saqlanadigan xonaga nisbatan tahdid amalga 
oshirilishi mumkin. 
Zaiflik
– bir yoki bir nechta tahdidlarni amalga oshirishga imkon 
beruvchi tashkilot aktivi yoki boshqaruv tizimidagi kamchilik.
 
Boshqarish vositasi
– riskni o‘zgartiradigan harakatlar bo‘lib, 
natijasi zaiflik yoki tahdidlarni o‘zgarishiga ta’sir qiladi. Bundan 
tashqari, boshqarish vositasining o‘zi turli tahdidlar foydalanishi 
mumkin bo‘lgan zaiflikka ega bo‘lishi mumkin. Masalan, tashkilotda 
saqlanayotgan qog‘oz ko‘rinishidagi axborotni yong‘indan himoyalash 
uchun o‘chirish vositalari boshqarish vositasi sifatida ko‘rilishi mumkin. 
Yong‘in bo‘lganida xodimlarning xatti-harakatlari va yong‘inni oldini 
olish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar ham boshqarish vositasi 
hisoblanishi mumkin. Yong‘inga qarshi kurashish tizimining ishlamay 
qolish holatiga esa boshqarish vositasidagi kamchilik sifatida qaraladi. 
Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik o‘rtasidagi farq. 
“Kiberxavfsizlik” va “axborot xavfsizligi” atamalaridan, ko‘pincha 
o‘rnilari almashgan holda, foydalanishadi. Ba’zilar kiberxavfsizlikka 
axborot xavfsizligi, axborot texnologiyalari xavfsizligi va (axborot) 
risklarni boshqarish tushunchalariga sinonim sifatida qarashsa, ayrimlar 
esa, xususan hukumat sohasidagilar, kompyuter jinoyatchiligi va muhim 
infrastrukturalar himoyasini o‘z ichiga olgan milliy xavfsizlik bilan 
bog‘liq texnik tushuncha sifatida qaraydilar. Turli soha xodimlari 
tomonidan o‘z maqsadlariga moslashtirish holatlari mavjud bo‘lsada, 
axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik tushunchalari orasida ba’zi muhim 
farqlar mavjud. 
Axborot xavfsizligi
sohasi, axborotning ifodalanishidan qat’iy nazar 
(qog‘oz ko‘rinishidagi, elektron va insonlar fikrlashida, og‘zaki va 
vizual) intelektual huquqlarni himoyalash bilan shug‘ullanadi. 
Kiberxavfsizlik
esa elektron shakldagi axborotni (barcha holatdagi, 
tarmoqdan to qurilmagacha bo‘lgan, o‘zaro birga ishlovchi tizimlarda 


10 
saqlanayotgan, uzatilayotgan va ishlanayotgan axborotni) himoyalash 
bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, hukumatlar tomonidan 
moliyalashtirilgan hujumlar va rivojlangan doimiy tahidlar (Advanced 
persistent threats, APT) ham aynan kiberxavfsizlikka tegishli. Qisqacha 
aytganda, kiberxavfsizlikni axborot xavfsizligining bir yo‘nalishi deb 
tushunish uni to‘g‘ri anglashga yordam beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin