Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/133
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211443
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   133
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

Kiberqonunlar. 
Qonun (huquq) — inson, jamiyat va davlat 
manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy 
munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasi. 
Qonunning nima maqsadga qaratilganini u yo‘naltirilgan munosabatga 
qarab aniqlash mumkin. Shu bois qonunlar turli sohaga oid maqsadlarga 
ega bo‘lishi mumkin. Umumiy nomda kiberjinoatchilikni tartibga 
solishni maqsad qilgan qonunlar kiberqonunlar deb ataladi.
Qonunni ishlab chiquvchilar va uni himoya qiluvchilar butun 
dunyo bo‘ylab kiberjinoyatchilikni aniq belgilaydigan va kiber dalillarni 
qabul qilishni to‘liq madadlovchi kiberqonunlar zarurligi haqida 
ogohlantirib keladilar. Mamlakatning biror xalqaro shartnomadagi 
ishtiroki bu shartnomani qonuniylashtiradigan ichki qonunlar ishlab 
chiqilgan va tasdiqlangan taqdirdagina kuchga kiradi. Masalan, 
Yevropada 2004-yilda Yevropa Kengashi butun dunyo mamlakatlariga 
taklif qilingan Kiberjinoyatchilik to‘g‘risidagi Shartnoma (Budapesht 
konvensiyasi deb ham ataladi) loyihasini qabul qildi. Mazkur 
Shartnomani ko‘pchilik davlatlar imzolagan bo‘lsada, ularning bir 
nechtasigina shartnomaga mos keladigan milliy qonunlarga ega.
2020-yil fevral oyiga kelib, Birlashgan millatlar tashkilotiga a’zo 
bo‘lgan 106 ta (yoki 55%) davlatlar Budapesht konvensiyasiga muvofiq 
milliy kiberjinoyatchilik to‘g‘risidagi qonunlarga ega bo‘ldilar. Bundan 
tashqari, hozirda rivojlanayotgan davlatlar kiberjinoyatchilarni tergov 
qilish va bu jarayon uchun kerakli ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha 
ma’lum vakolatlarni qabul qildilar. 


17 
Xususan, Respublikamizda ham “Ilm, ma’rifat va raqamli 
iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi va 
2020-yil Davlat dasturi loyihasida 2020–2023-yillarga mo‘ljallangan 
kiberxavfsizlikka doir milliy strategiya va “Kiberxavfsizlik 
to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Hujjatga asosan xavfsizlikni, millatlararo totuvlik va diniy 
bag‘rikenglikni ta’minlash, shuningdek, tashqi siyosat sohasida: 

2020-yil 1-sentyabrga qadar kiberxavfsizlikning huquqiy 
asoslarini shakllantirish bo‘yicha choralar ko‘riladi, shu jumladan 
2020–2023-yillarga mo‘ljallangan kiberxavfsizlikka doir milliy 
strategiya va “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab 
chiqiladi; 
Loyihada: 

axborot kommunikatsiya texnologiyalari tizimini zamonaviy 
kibertahdidlardan himoya qilish, turli darajadagi tizimlar uchun 
kiberxavfsizlik bo‘yicha zamonaviy mexanizmlarni joriy etish; 

kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasida davlat organlari, korxona 
va tashkilotlarning huquqlari va majburiyatlarini belgilash, ularning 
faoliyatini muvofiqlashtirish; 

ushbu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni unifikatsiyalash 
nazarda tutiladi. 
Kiberqonunlar har bir davlatning milliy qonun me’yorlari asosida 
shakllantiriladi yoki ularning bir qismini tashkil qiladi. Quyida 
Respublikamizdagi qonun hujjatlarida kiberjinoyatni oldini olish va 
tartibga solishga aloqador bo‘lgan bandlar keltirilgan. 
Milliy qonunlar. 
2002-yil 12-dekabrda O‘zbekiston 
Respublikasining 439-II – sonli “Axborot erkinligi tamoyillari va 
kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun 16 
moddadan iborat bo‘lib, unda xususan, quyidagilar belgilangan: 
1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari 
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari axborot erkinligi tamoyillari va 
kafolatlariga rioya etilishini, har kimning axborotni erkin va moneliksiz 
izlash, olish, tekshirish, tarqatish, foydalanish va saqlash huquqlari 
ro‘yobga chiqarilishini, shuningdek axborotning muhofaza qilinishini 
hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini 
ta’minlashdan iborat. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin