Kiberetika
– kompyuterlar bilan bog‘liq falsafiy soha bo‘lib,
foydalanuvchilarning xatti-harakatlari, kompyuterlar nimaga
dasturlashtirilganligi, umuman insonlarga va jamiyatga qanday ta’sir
ko‘rsatishini o‘rganadi. Kiberetika masalalariga quyidagi misollarni
keltirish mumkin:
−
Internetda boshqa odamlar to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlarni
(masalan, onlayn holatlar yoki GPS orqali joriy joylashuvni) uzatish
joizmi?
−
foydalanuvchilarni soxta ma’lumotlardan himoya qilish
kerakmi?
−
raqamli ma’lumotlarga kim egalik qiladi (musiqa, filmlar,
kitoblar, web-sahifalar va boshqalar) va ularga nisbatan
foydalanuvchilar qanday huquqlarga ega?;
−
onlayn qimor va pornografiya tarmoqda qanday darajada bo‘lishi
kerak?
−
Internetdan foydalanish har bir kishi uchun mumkin bo‘lishi
kerakmi?
23
Mulk.
Axborotdan foydalanishdagi etikaga oid munozaralar uzoq
vaqtdan beri mulkchilik tushunchasini tashvishga solmoqda va
kiberetika sohasidagi ko‘plab to‘qnashuvlarga sabab bo‘lmoqda.
Egalikka oid nizolar egalik huquqi buzilgan yoki noaniq bo‘lgan
hollarda yuzaga keladi.
Intellektual mulk huquqlari.
Internet tarmog‘ining doimiy ravishda
o‘sib borishi va turli ma’lumotlarni zichlash texnologiyalarining
(masalan, mp3 fayl formati) paydo bo‘lishi “peer-ro-peer” fayl
almashinuviga katta yo‘l ochdi. Bu imkoniyat dastlab Napster kabi
dasturlar yordamida amalga oshirilgan bo‘lsa, endilikda BitTorrent kabi
ma’lumotlarni uzatish protokollarida foydalanilmoqda. Uzatilgan
musiqalarning aksariyati mualliflik huquqi bilan himoyalangan bo‘lsada,
mazkur fayl almashinuvi noqonuniy hisoblanadi.
Hozirgi kunda aksariyat elektron ko‘rinishdagi media fayllar
(musiqa, audio va kinofilmlar) intelektual mulk huquqlariga rioya
qilinmasdan ommaga tarqalmoqda. Masalan, aksariyat katta mablag‘
sarflangan kinofilmlarning “qaroqchilarcha (piratskiy)” versiyasining
chiqishi bois o‘z sarf xarajatlarini qoplay olmaslik holatlari
kuzatilmoqda.
Bu holatni dasturiy ta’minotlarda ham ko‘rish mumkin. Masalan,
aksariyat dasturlar litsenziyaga ega hisoblansada, turli usullar yordamida
ularning “darz ketgan (crack)” versiyalari amalda keng qo‘llaniladi.
Masalan, litsenziyaga ega bo‘lmagan Windows 10 OT, antivirus dasturiy
vositalari, ofis dasturiy vositalari va h.k.
Mualliflik huquqini himoyalashning texnik vositalari.
Mualliflik
huquqini ta’minlashda turli himoya usullaridan foydalaniladi. Ular
CD/DVD disklardagi ma’lumotlarni ruxsatsiz ko‘chirishdan
himoyalashdan tortib oddiy PDF fayllarni tahrirlash imkoniyatini
cheklash kabi jarayonlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Shu bilan birga,
aksariyat insonlar litsenziyali CD diskni sotib olib, undan ko‘chirish
imkoniyatiga ham ega bo‘lishim mumkin deb o‘ylaydilar.
Xavfsizlik.
Internet tarmog‘idagi axborotdan xavfsiz foydalanish
axloqiy munozaralar mavzusi bo‘lib kelmoqda. Bu birinchi navbatda
jamoat faravonligini himoya qilish yoki shaxs huquqini himoya qilish
masalasini o‘rtaga qo‘yadi. Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar
sonining ortishi, shaxsiy ma’lumotlarning ko‘payishi natijasida
kiberjinoyatlar soni ortmoqda.
Ishonchlilik.
Internetning mavjudligi va ba’zi bir shaxs yoki
jamoalar tabiati tufayli ma’lumotlarning ishonchliligi bilan shug‘ullanish
24
muammoga aylanmoqda. Boshqacha aytganda, Internetdagi
ma’lumotlarning ishonchliligiga kim javob beradi? Bundan tashqari,
Internetdagi ma’lumotlarni kim to‘ldirishi, undagi xatolar va
kamchiliklar uchun kim javobgar bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida ko‘plab
tortishuvlar mavjud.
Foydalanuvchanlik, senzura va filtrlash.
Foydalanuvchanlik,
senzura va axborotni filtrlash mavzulari kiberetika bilan bog‘liq ko‘plab
axloqiy masalalarni qamrab oladi. Ushbu masalalarning mavjudligi
bizning maxfiylik va shaxsiylikni tushunishimizga va jamiyatdagi
ishtirokimizga shubha tug‘diradi. Biror qonun qoidaga ko‘ra
ma’lumotlardan foydalanishni cheklash yoki filtrlash asosida ushbu
ma’lumotni tarqalishini oldini olish foydalanuvchanlikka ta’sir qilishi
mumkin. Senzura ham past darajada (masalan, kompaniya o‘z xodimlari
uchun) yoki yuqori darajada (hukumat tomonidan xavfsizlikni
ta’minlash uchun amalga oshirilgan) bo‘lishi mumkin. Mamlakatga
kiruvchi ma’lumotlarni boshqarishning eng yaxshi misollaridan biri -
“Buyuk Xitoy Fayrvoli” loyihasi.
Axborot erkinligi.
Axborot erkinligi, ya’ni, so‘z erkinligi, shu bilan
birga ma’lumotni qidirish, olish va uzatish erkinligi kiberhujumda kimga
va nimaga yordam beradi degan savol tug‘iladi. Axborot erkinligi
huquqi, odatda, jamiyat yoki uning madaniyatiga ta’sir ko‘rsatadigan
cheklovlarga bog‘liq. Cheklovlar turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Masalan, ayrim mamlakatlarda Internet ommaviy axborot vositalaridan
foydalanishning bir shakli hisoblanib, undan barcha davlat rezidentlari
foydalanadilar. Bundan tashqari, Internetdan foydalanish bo‘yicha
cheklovlar ayrim davlatlarning turli shtatlarida farq qilishi mumkin.
Raqamli to‘siqlar.
Axborot erkinligi bilan bog‘liq axloqiy
masalalardan tashqari,
raqamli to‘siq
deb ataluvchi muammo turi
mavjud bo‘lib, u kiberfazodan foydalanish imkoniyati cheklanganlar
o‘rtasidagi ijtimoiy tafovutni anglatadi. Dunyo mamlakatlari yoki
mintaqalari o‘rtasidagi bu tafovut global raqamli to‘siq deb ataladi.
Taqiqlangan kontentlar (pornografiya).
Internet tarmog‘ida
mavjud bo‘lgan taqiqlangan kontentlarni voyaga yetmaganlar tomonidan
foydalanish doimo axloqiy munozaralarga sabab bo‘lgan. Ayrim
davlatlarda bunday kontentlardan foydalanish qat’iy taqiqlansa, ayrim
davlatlarda bunga ruxsat berilgan.
Qimor o‘yinlari.
Bu muammo ham etik masaladagi
munozaralardan biri, uni kimlardir zarar deb hisoblasa, yana kimlardir
ularga qonun aralashuvini yoqtirmaydilar. O‘z navbatida tomonlar
25
orasida “Qaysi turdagi o‘yinlarga ruxsat berish kerak? Ular qayerda
o‘tkazilishi kerak?” degan savollar keng munozaralarga sabab
bo‘lmoqda. Hozirda aksariyat davlatlarda bu turdagi o‘yinlarga qonuniy
ruxsat berilgan bo‘lsa, qolganlarida qat’iy cheklovlar mavjud.
Kompyuterdan foydalanish etikasi.
Kompyuterdan foydalanish
etikasi instituti notijoriy tashkilot bo‘lib, vazifasi texnologiyani axloqiy
nuqtai nazaridan targ‘ib qilish hisoblanadi. Ushbu tashkilot tomonidan
quyidagi 10 ta etika qoidalari keltirib o‘tilgan:
−
shaxsiy kompyuteringizdan boshqalarning zarariga
foydalanmang;
−
boshqa foydalanuvchilarning kompyuter ishlariga xalaqit
bermang;
−
boshqa foydalanuvchilarning kompyuter fayllariga qaramang;
−
o‘g‘irlik maqsadida kompyuterdan foydalanmang;
−
yomonlik maqsadida kompyuterdan foydalanmang;
−
o‘z pulingizga sotib olmagan dasturdan foydalanmang va nusxa
ko‘chirmang;
−
birovning kompyuteridan ruxsatsiz foydalanmang;
−
birovlarni intellektual mehnati samarasiga zarar yetkazmang;
−
siz yaratgan dasturning ijtimoiy oqibati haqida o‘ylang;
−
o‘z kompyuteringizdan boshqalarga nisbatan ongli va hurmat
bilan foydalaning.
Axborotdan oqilona foydalinish kodeksi.
Axborotdan oqilona
foydalanish kodeksi buxgalteriya tizimiga qo‘yiladigan talablarni
ta’kidlaydigan beshta tamoyilga asoslanadi. Ushbu talablar AQSh
sog‘liqni saqlash va insonlarga xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan
1973-yilda kiritilgan:
−
shaxsiy ma’lumotlarni to‘playdigan tizimlar bo‘lmasligi kerak;
−
har bir kishi tizimda u to‘g‘risida qanday ma‘lumotlar
saqlanishini va undan qanday foydalanilishini boshqarishi kerak;
−
har bir kishi o‘zi to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlardan
belgilangan maqsadda foydalanilishini nazoratlash imkoniyatiga ega
bo‘lishi kerak;
−
har kim o‘zi haqidagi ma’lumotlarni to‘g‘rilashi kerak;
−
shaxsiy ma’lumotlar sirasiga kiruvchi ma’lumotlar to‘plamini
yaratish, saqlash, ishlatish yoki tarqatish bilan shug‘ullanadigan har bir
tashkilot ushbu ma’lumotlardan faqat belgilangan maqsadlar uchun
26
foydalanilishni ta’minlash va boshqa maqsadlarda foydalanilishga qarshi
choralar ko‘rishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |