21
hokimiyatni bosib olishga yoki qonuniy ravishda saylab qo‘yilgan yoxud
tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga
va davlat
tuzumiga qarshi boshqacha tajovuz qilishga ochiqdan-ochiq da’vat
etishni o‘z ichiga olgan axborot tarqatilishidan himoya qilish;
urushni va zo‘ravonlikni, shafqatsizlikni targ‘ib qilishni, ijtimoiy,
milliy, irqiy va diniy adovat uyg‘otishga qaratilgan terrorizm va diniy
ekstremizm g‘oyalarini yoyishni o‘z ichiga olgan axborot tarqatilishiga
qarshi harakatlar qilish.
16-modda. Axborot erkinligi tamoyillari va kafolatlari
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Axborot erkinligi tamoyillari va kafolatlari to‘g‘risidagi
qonun
hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar
bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasida kiberjinoyatlarga qarshi javobgarliklar
quyida keltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeks:
155-modda. Axborotdan foydalanish qoidalarini buzish
−
Axborot tizimidan foydalanish maqsadida unga ruxsatsiz kirib
olishda ifodalangan axborot va axborot
tizimlaridan foydalanish
qoidalarini buzish
−
fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir
qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - bir baravaridan
uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
−
Axborot tizimlarining ishini buzishga olib kelgan xuddi shunday
huquqbuzarlik, xuddi shuningdek kirish cheklangan axborot tizimlarini
axborot
−
hisoblash tarmoqlariga ulash chog‘ida tegishli
himoya
choralarini ko‘rmaganlik fuqarolarga eng kam ish haqining bir
baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - uch
baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
−
Yuridik va jismoniy shaxslarning axborot tizimlarini xalqaro
axborot tarmoqlariga qonunga xilof ravishda ulash, bu tarmoqlarga
tegishli himoya choralarini ko‘rmasdan ulanish, xuddi shuningdek
ulardan ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda olish
−
fuqarolarga eng
kam ish haqining ikki baravaridan
besh baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa - besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
−
O‘zganing elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan
dasturi yoki ma’lumotlar bazasini o‘z nomidan chiqarish yoxud qonunga
xilof ravishda undan nusxa olish yoki bunday asarlarni tarqatish
−
22
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
218-modda. Ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini qonunga
xilof ravishda tayyorlash va tarqatish
−
Ommaviy axborot vositalarining mahsulotlarini belgilangan
tartibda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan yoki ularni chiqarishni yoxud nashr
etishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin qonunga xilof
ravishda
tayyorlash va tarqatish
−
bosma yoki boshqa mahsulotlarni
musodara qilib, eng kam ish haqining uch baravaridan besh
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi:
143-modda. Xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf
xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish
−
Xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki
boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini qasddan buzish, shunday
harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan
bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch
yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq
tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Dostları ilə paylaş: