Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


-BOB. KIBERXAVFSIZLIK ARXITEKTURASI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/133
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211443
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   133
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

2-BOB. KIBERXAVFSIZLIK ARXITEKTURASI, 
STRATEGIYASI VA SIYOSATI
 
2.1. Kiberxavfsizlik arxitekturasi va strategiyasi 
 
Zamonaviy tijorat oldida murakkab masalalar to‘plami 
ko‘ndalangki, beqaror iqtisodiy vaziyatda ularning dolzarbligi yanada 
oshadi. Bunday masalalarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
-
daromadning oshishi; 
-
o‘zgaruvchi vaziyatlarga reaksiya tezligining oshishi; 
-
xarajat va chiqimlarning pasayishi; 
-
innovatsiyaning tezlashishi; 
-
bozorga mahsulot va xizmatlarni taqdim etish vaqtining 
qisqarishi; 
-
buyurtmachilar va sheriklar xolisligining oshishi; 
-
raqobatlik qobiliyatining oshishi; 
-
me’yoriy talablarga moslikni ta’minlash. 
Yuqorida keltirilgan barcha masalalarni yechishda korxona 
arxitekturasidan foydalaniladi (2.1-rasm). Korxona arxitekturasi 
tamoyillar, yondashishlar va texnologiyalar naborini shakllantirishga 
imkon beradiki, ular tashkilotning joriy holatini hisobga olgan holda 
uning kelgusi transformasiyasi, o‘sishi va rivojlanishi asosini belgilaydi. 
KORXONA ARXITEKTURASI
Tijorat 
arxitekturasi
Axborot 
arxitekturasi
Ilovalar 
arxitekturasi
Infrastruktura 
arxitekturasi
2.1-rasm.
Korxona arxitekturasi va uning boshqa 
arxitekturalar bilan bog‘liqligi
Hozirda bunday arxitekturalarni yaratishda bir necha yondashishlar 
mavjud, masalan TOGAF, Zachman Framework, FEAF, DoDAF va h.k. 
Ammo, qaysi bir yondashish tanlanmasin, hozirgi sharoitda 


39 
axborotdan va axborot tizimidan foydalanmay rivojlanish mumkin emas. 
Axborot va axborot tizimlari nafaqat tijoratdagi har qanday 
o‘zgarishlarni madadlaydi, balki ularni oldindan sezadi, ularga oldindan 
tayyorlanadi, ba’zi hollarda esa yangi tijorat-imkoniyatlarining paydo 
bo‘lishiga yordam beradi. Biroq tijorat doimo istalgancha rivojlanmaydi. 
Bunda ma’lumotlarning sirqib chiqishi, axborot texnologiyalari 
infrastrukturasi elementlarining ishdan chiqishi va h.k. bilan bog‘liq 
axborot operatsion risklar anchagina rol o‘ynaydi. Hozirgi va kelajak 
risklarga tayyor bo‘lish uchun korxonaning boshqa arxitekturalari bilan 
uzviy bog‘langan axborot xavfsizligi arxitekturasi zarur. 
Kiberxavfsizlik arxitekturasi
jarayonlarni, inson rolini, 
texnologiyalarni va turli xil axborotni tavsiflaydi, hamda zamonaviy 
korxonaning murakkabligini va o‘zgaruvchanligini hisobga oladi. 
Boshqacha aytganda, kiberxavfsizlikning arxitekturasi tashkilotning va u 
bilan bog‘liq boshqa komponentlar va interfeyslarning istalgan axborot 
xavfsizligi tizimi holatini tavsiflaydi. Bunda axborot xavfsiziligi 
arxitekturasi tijoratning joriy va eng muhimi, kelgusidagi ehtiyojini 
akslantiradi. 
Odatda arxitekturaning 3 ta sathi ajratiladi – konseptual, mantiqiy 
va amalga oshirish (texnologik). 2.2-rasmda bunday arxitektura 
keltirilgan bo‘lib, odatda texnologiyalar jihatidagi qismi xavfsizlik 
xizmati nazoratidan chetda qoladi. 
Konseptual 
sath
Mantiqiy 
sath
Amalga 
oshirish 
sathi
Insonlar
Axborot
Texnologiyalar
2.2-rasm. Kiberxavfsizlik arxitekturasi
 
Joriy holatdan qanday qilib yangi, mukammalroq va qoʻyilgan 
maqsadlarga mos holatga o‘tish mumkin? Buning uchun strategiya, 
ya’ni q
oʻyilgan maqsadlarga erishish uchun harakat yo‘nalishi mavjud. 


40 
Strategiya
– korxonaning davomli muvaffaqiyat bilan faoliyat 
yuritishini ta’minlashga mo‘ljallangan strukturalangan va o‘zaro 
bog‘langan harakatlar to‘plami. 2.3-rasmda arxitektura bilan 
strategiyaning o‘zaro bog‘liqligi keltirilgan. Strategiya kiberxavfsizlik 
arxitekturasi ko‘rinishidagi maqsadga ega bo‘lgan holda unga 
erishishning optimal yo‘lini belgilaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin