Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/133
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211443
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   133
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

Fishing. 
Fishing (ing. Phishing – baliq ovlash) Internetdagi 
firibgarlikning bir turi bo‘lib, uning maqsadi foydalanuvchining maxfiy 
ma’lumotlaridan (login/parol) foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish. Bu 
hozirda keng tarqalgan sotsial injineriya sxemalaridan biri hisoblanadi. 
Katta hajmdagi shaxsiy ma’lumotlarni keng tarqalishi, fishing 
“shamolisiz” amalga oshmaydi. Fishingning eng keng tarqalgan 
namunasi sifatida jabrlanuvchining elektron pochtasiga yuborilgan 
rasmiy ma’lumot ko‘rinishidagi bank yoki to‘lov tizimining soxta 
xabarini ko‘rsatish mumkin. Bunday elektron pochta xabarlari odatda 
rasmiy web-saytga o‘xshash va shaxsiy ma’lumotlarni talab qiladigan 
shakldagi qalbaki web sahifaga havolani o‘z ichiga oladi (1.5-rasm). 
Rasmda keltirilgan birinchi holatda mijozning yoki foydalanuvchining 
ismi va familiyasini yozish o‘rniga pochta manzili yozilgan bo‘lsa, 
ikkinchi holatda ko‘rsatilgan havola ustiga sichqoncha olib borilganida, 
haqiqiy manzilni (
www.PayPal.com
) emas, balki, boshqa manzilni 
ko‘rish mumkin. 


31 
1.5-rasm.
Fishing hujumiga misol
 
Quyida keng tarqalgan fishing sxemalariga misollar keltirilgan. 
Mavjud bo‘lmagan havola. 
Fishing hujumining mazkur turida biror 
web saytga o‘xshash web saytga murojaat amalga oshirilishi tavsiya 
etiladi. Masalan, 
www.PayPai.com
manzilini 
www.PayPal.com
manzili 
sifatida yuborish mumkin. Bu holda kamdan-kam holda 
foydalanuvchilar “l” harfini o‘riniga “i” harfi borligiga e’tibor berishadi. 
Havolaga murojaat qilinganida esa 
www.PayPal.com
web saytga 
o‘xshash, biroq soxta web saytga tashrif buyuriladi va talab kiritilgan 
to‘lov kartasi ma’lumotlari kiritiladi. Natijada, kiritilgan ma’lumotlar 
xaker qo‘liga tushadi.
Bunga yaqqol misol sifatida, 2003-yilda eBay foydalanuvchilariga 
tarqalgan fishing xabarini keltirish mumkin. Mazkur xabarda 
foydalanuvchilarning akkauntlari blokirovkalangani va kredit karta 
ma’lumotlari blokirovkadan
chiqarilishi kerakligi keltirilgan va unda rasmiy web-saytga 
o‘xshash soxta web saytga olib boruvchi havola mavjud bo‘lgan. Ushbu 
fishing hujumining keltirgan zarari bir necha yuz ming dollarga teng 
bo‘lgan. 
Taniqli korporativ brendidan foydalanishga asoslangan 
firibgarlik. 
Firibgarlikning mazkur ko‘rinishida taniqli yoki yirik 
kompaniyalar nomidan foydalanuvchiga xabar yuboriladi. Xabarda 
kompaniya tomonidan o‘tkazilgan biror tanlovda g‘alaba qozonilganligi 
haqidagi tabriklar bo‘lishi mumkin. Unda shuningdek, zudlik bilan qayd 
yozuvi ma’lumotlari va parolni o‘zgartirish kerakligi so‘raladi. Shunga 


32 
o‘xshash sxemalar texnik ko‘maklashish xizmati nomidan ham amalga 
oshirilishi mumkin. 
Soxta lotareyalar. 
Mazkur fishing sxemasiga ko‘ra foydalanuvchi 
har qanday taniqli kompaniya tomonidan o‘tkazilgan lotereyada g‘olib 
bo‘lgani to‘g‘risidagi xabarni olishi mumkin. Tashqi tomondan, bu 
elektron xabar kompaniyaning yuqori lavozimli xodimlaridan biri 
nomidan yuborilganga o‘xshaydi. 
Soxta antivirus va xavfsizlik dasturlari. 
Mazkur dasturlar firibgar 
dasturiy ta‘minoti yoki “chaqqon dastur” deb nomlanib, ular antivirus 
dasturlariga o‘xshasada, vazifasi boshqacha. Bu dasturiy ta’minot turli 
tahdidlar to‘g‘risidagi yolg‘on xabarnomalar asosida foydalanuvchini 
soxta bitimlarga jalb qilishga harakat qiladi. Foydalanuvchi ulardan 
foydalanganida elektron pochtada, onlayn e’lonlarda, ijtimoiy 
tarmoqlarda, qidiruv tizimlari natijalarida va hatto foydalanuvchi 
kompyuterida turli qalqib chiquvchi oynalarga duch kelishi mumkin. 
Quyida keltirilgan misolda, aslida Microsoft Security Essentials bo‘lishi 
kerak bo‘lgan, biroq o‘ziga Security Essentials 2010 nomi berilgan soxta 
antivirus dasturining ko‘rinishi keltirilgan (1.6-rasm). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin