45
siyosat texnologiyani amalga oshirish, sozlash va foydalanuvchilar
harakatlarini hisobga olishi mumkin.
Tashkilotlarda turli maqsadlarga qaratilgan ko‘plab xavfsizlik
siyosatlari mavjud bo‘lishi mumkin. Quyida ularning ayrimlari
keltirilgan.
Internetdan foydalanish siyosati.
Mazkur siyosat Internetdan
foydalanishdagi cheklanishlarni aniqlab, xodimlar uchun Internet
tarmog‘idan foydalanish tartibini belgilaydi. Internetdan foydalanish
siyosati o‘z ichiga Internetdan foydalanish ruxsati, tizim xavfsizligi,
tarmoqni o‘rnatish, AT xizmati va boshqa yo‘riqnomalarni qamrab
oladi.
Internetdan foydalanish siyosatini quyidagi to‘rtta kategoriyaga
ajratish mumkin:
1.
Tartibsiz siyosat (Promiscuous Policy):
ushbu siyosat tizim
resurslaridan foydalanishda hech qanday cheklovlarni amalga
oshirmaydi. Masalan, bu siyosatga ko‘ra foydalanuvchi istalgan saytga
kirishi, istalgan dasturni yuklab olishi, masofadagi kompyuterdan yoki
tarmoqdan foydalanishi mumkin. Bu siyosat korporativ tashkilotlarning
ofislarida ishlovchi yoki tashkilotga kelgan mehmonlar uchun foydali
hisoblansada, kompyuterni zararli dasturlar asosidagi tahdidlarga zaif
qilib qo‘yishi mumkin. Ya’ni, Internetdan foydalanishda cheklanishlar
mavjud bo‘lmagani bois, foydalanuvchilar bilimsizligi natijasida zararli
dasturlar kirib kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: