Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/133
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211443
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   133
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

Kriptografiyaning tarixi. 
Ma’lumotlarni shifrlashning dastlabki 
ko‘rinishlaridan ming yillar avval foydalanib kelingan. Yaqin o‘n 
yilliklarga qadar foydalanilgan shifrlar 
klassik 
shifrlar deb atalgan. 
Kriptografiyani fan sifatida taraqqiy etishini aksariyat adabiyotlarda bir 
necha davrlarga ajratib, turli yondashuvlarga asoslanib o‘rganilgan. 
Masalan, ba’zi manbalarda hisoblash qurilmalari yaratilgunga qadar 
foydalanilgan shifrlar – 
klassik shifrlar
davriga tegishli deb olingan. 
Undan keyingi davr esa 
zamonaviy
shifrlar 
davri deb yuritiladi. Biroq, 
hisoblash qurilmalari yaratilgunga qadar bo‘lgan davr juda uzoq 
bo‘lgani bois, ularni ham qism davrlarga ajratish muhim ahamiyat kasb 
etgan. Shuning uchun, kriptologiyani fan sifatida shakllanishini quyidagi 
davrlarga ajratish mumkin: 
1.
Qadimiy davr (qadimiy davr klassik shifrlari).
Ushbu davrda 
klassik shifrlar asosan bir alfavitli o‘rniga qo‘yish va o‘rin almashtirish 
akslantirishlariga asoslangan. Masalan, Sezar, Polibiya kvadrati usullari. 
2.
O‘rta davr (o‘rta davr klassik shifrlari). 
Ushbu davrda shifrlar 
asosan ko‘p alfavitli o‘rniga qo‘yishga asoslangan bo‘lib, ularga Vijiner, 
Atbash usullarini misol sifatida keltirish mumkin. Ushbu davrdagi 
shifrlarning, birinchi davr shifrlariga qaraganda, bardoshligi yuqori 
bo‘lgan. 
3.
1 va 2 – jahon urushlari davri (1 va 2- jahon urushlari 
davridagi klassik shifrlar). 
Ushbu davr kriptotizimlari asosan 
elektromexanikaga asoslangan bo‘lib, radioto‘lqin orqali shifrmatnni 
uzatish (Morze alifbosi) amalga oshirilgan. Mazkur davrga oid shifrlash 
usullariga Zimmermann telegrammi, Enigma shifri, SIGABA 
mashinalarini misol sifatida keltirish mumkin. 
4.
Kompyuter davri (zamonaviy shifrlar). 
Ushbu davr shifrlari 
hisoblash qurilmalariga mo‘ljallangan bo‘lib, yuqori xavfsizlik 
darajasiga ega. Zamonaviy shifrlarga misol sifatida DES
, AES, ГОСТ Р 
28147-89, IDEA, A5/1, RC4 (barchasi simmetrik) va RSA, El-Gamal 
(ochiq kalitli)larni keltirish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin