11
bog‘langanligiga, qanday ishlayotganligiga va saqlanayotganligiga
bog‘liq bo‘ladi.
“
Aloqa xavfsizligi
” bilim sohasi tashkil etuvchilar o‘rtasidagi
aloqani himoyalashga e’tibor qaratib, o‘zida fizik va mantiqiy ulanishni
mujassamlashtiradi.
“
Tizim xavfsizligi
” bilim sohasi tashkil etuvchilar, ulanishlar va
dasturiy ta’minotdan iborat tizim xavfsizligining jihatlariga e’tibor
qaratadi. Tizim xavfsizligini tushunish uchun, nafaqat uning tarkibiy
qismlari va ularning bog‘lanishlarini tushunish, balki yaxlitlikni ham
hisobga olish talab etiladi. Ya’ni, tizimni to‘liqligicha ko‘rib chiqish
talab etiladi. Mazkur bilim sohasi, “Tashkil etuvchilar xavfsizligi” va
“Aloqa xavfsizligi” bilim sohalari bilan bir qatorda, tashkil etuvchilar
bog‘lanishlarining xavfsizligi va undan yuqori tizimlarda foydalanish
masalasini hal etadi.
“
Inson faoliyati xavfsizligi
” bilim sohasi kiberxavfsizlik bilan
bog‘liq inson xatti-harakatlarini o‘rganishdan tashqari, tashkilotlar
(masalan, xodim) va shaxsiy hayot sharoitida ma’lumotlarni va
shaxsiylikni himoya qilishga e’tibor qaratadi.
“
Tashkilot xavfsizligi
” bilim sohasi tashkilotni kiberxavfsizlik
tahdidlaridan himoyalash va tashkilot vazifasini muvaffaqqiyatli
bajarishini madadlash uchun risklarni boshqarishga e’tibor qaratadi.
“
Ijtimoiy xavfsizlik
” bilim sohasi jamiyatda u yoki bu darajadagi
ta’sir ko‘rsatuvchi kiberxavfsizlik omillariga e’tibor qaratadi.
Kiberjinoyatchilik, qonunlar, axloqiy munosabatlar, siyosat, shaxsiy
hayot va ularning bir-biri bilan munosabatlari ushbu bilim sohasidagi
asosiy tushunchalar hisoblanadi.
Demak, aytish mumkinki, kiberxavfsizlik sohasi axborot
texnologiyalari mutaxassislari uchun zarur soha hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: