Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Kasb-hunar kollejlarida “Informatika va
axborot
texnologiyalari”
darslarida
yangi
innovasion
texnologiyalaridan
foydalangan holda kasbga yo’naltirish metodikasini takomillashtish shu bilan
birga Kasb-hunar kollejlarida talabalarini kasbiy tayorgarligini oshirishga
qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Dissertasiya tuzilishi:
magistrlik dissertasiya ishi kirish, uchta bob, xulosa,
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.
10
I BOB. KASB-HUNAR KOLLEJI O’QUVCHILARINING
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDA
KASBGA YO’NALTIRISHNI NAZARIY ASOSLARI
O’quvchilarga bilim berishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ahamiyati
to’g’risida so’z borganda Prezidentimiz I.A.Karimovning “O’quv jarayoniga yangi
axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil
insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik ko’rsatadigan o’qituvchi va domlalarga
e’tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta’lim-tarbiya tizimini sifat
jihatidan butunlay yangi bosqichga ko’tarish diqqatimiz markazida bo’lishi
darkor”
7
degan so’zlarini ta’kidlash o’rinlidir. Bu masala “Barkamol avlod yili”
Davlat dasturida ham asosiy yo’nalishlardan biri sifatida e’tirof etilgan. Ayniqsa
dars jarayonida ilg’or pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli
foydalanish bilan na faqat ta’lim samaradorligi ortadi, balki o’quvchilarda
innovasion ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalash, amalga oshirish ko’nikmalari
shakllantirib boriladi.
Mazkur bobda keltirilgan ta’lim texnologiyalarining har biri o’zida o’quv
mashg’ulotini o’tkazish shart-sharoiti to’g’risida axborot materiallarini, pedagogik
maqsad, vazifa va ko’zlangan natijalarni, o’quv mashg’ulotining rejasi,
o’qitishning usul va vositalarini mujassamlashtirgan. Shuningdek, o’quv
mashg’ulotlarining texnologik kartasini, ya’ni o’qituvchi va o’quvchining mazkur
o’quv mashg’ulotida erishadigan maqsadi bo’yicha hamkorlikdagi faoliyatining
bosqichma-bosqich ta’rifini ham o’z ichiga olgan.
7
O’zbеkiston Konstitutsiyasi – biz uchun dеmokratik taraqqiyot yo’lida va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam
poydеvordir. – Prеzidеnt Islom Karimovning O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganing 17 yilligiga
bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi // Хalq so’zi, 2009 yil 6 dеkabr.
|