O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogikauniversiteti


KHK o’quvchilarini kasbga yo’naltirish va mutaxassislik



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/36
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#211878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
1.1. KHK o’quvchilarini kasbga yo’naltirish va mutaxassislik 
kasbiga oid bilimlarini informatika va axborot texnologiyalari fani 
asosida rivojlantirishning nazariy asoslari. 
Hozirgi davrda biror-bir sohada ish yuritish uni boshqarishni kompyutersiz 
tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bo’lish uchun, avvalo, kompyuter 
savodxoni bo’lish, axborot texnologiyalarini puxta egallamog’i lozim. Har bir 
mutaxassis, u qaysi soxada ishlashidan qatiy nazar, o’z vazifasini zamon talabi 
darajasida bajarishi uchun axborotga ishlov beruvchi vositalarni, ularni ishlatish 
uslubiyotini bilishi va ularda ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishi zarur. Shu sababli 
bugungi kunda mustaqil Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan 
tub isloxotlarning mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalariani aniq belgilab 
olingan. Jumladan, «Kadrlar tayorlash milliy dasturi»da «Kadrlar tayyorlash tizimi 
va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, 
jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarining zamonaviy 
yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi» deb belgilab
qo’yilgan
8
.
O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
I.A.Karimovning 
O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning 2010 yil 27 yanvar 
kuni bo’lib o’tgan qo’shma majlisidagi “Mamlakatni modernizatsiya qilish va 
kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustivor maqsadimizdir”
9
, hamda Vazirlar 
Mahkamasining 2010 yil 29 yanvar kuni bo’lib o’tgan majlisidagi “Asosiy 
vazifamiz–Vatanimiz 
taraqqiyoti 
va 
halqimiz 
farovonligini 
yanada 
yuksaltirishdir”
10
mavzularidagi ma’ruzalarida ham o’quv jarayoniga yangi 
axborot–kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar hamda 
multimedia vositalarini keng joriy etish hisobiga mamlakat umummaktablari, 
8
A.A.Abduqodirov, R.R. Boqiev, M.E.Mamarajabov. Akademik litsey va Kasb-hunar kollеjlarda “Informatika” fanidan 
takomillashtirilgan fan dasturi.
9
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va 
Senatning 2010 yil 27 yanvar kuni bo’lib o’tgan qo’shma majlisidagi “Mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik 
jamiyati barpo etish – ustivor maqsadimizdir” mavzusidagi ma’ruzasi.- “Xalq so’zi” ro’znomasi, 2010 yil 28 yanvar. 
10
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 29 yanvar kuni bo’lib o’tgan 
majlisidagi “Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va halqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” mavzusidagi ma’ruzsi.- 
“Xalq so’zi” ro’znomasi, 2010 yil 30 yanvar. 


12 
kasb–hunar kollejlari va litseylarida, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berish 
sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o’quv-laboratoriya bazasini eng 
zamonaviy o’quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan 
mustaxkamlash vazifalari qo’yilgan.
Ta’limning 
kasbiy 
yo’naltirilganligi 
qaralayotgan 
fanning 
o’qitish
mazmunining o’quv maskanining asosiy maqsadlariga yo’naltirilganligi bilan 
belgilanadi. Ta’limni kasbga yo’naltirilganligi pedagogik dasturiy vositalardan 
o’ziga xos ravishda shunday foydalanishdan iboratki, bunda bir tomonda 
o’quvchilarning dasturda ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarini 
egallashlariga imkon yaratilsa, ikkinchi tomondan, tegishli kasbga munosabatni, 
bo’lg’usi ishchi shaxsning kasbiy sifatlarini shakllantiradi. 
«
Kadrlar tayorlash milliy dasturi»dagi talablarni o’zida aks ettiruvchi 
ta’limning shakli va metodlarini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish 
oldimizda turgan vazifalarni hal qilishning asosiy yo’llaridan biridir. Bu vazifalar
qatoriga, shubhasiz, o’quv dargohining yo’nalishiga qarab, umumta’lim fanlarini 
turli fan asoslari bilan aloqadorlik, fanlararo aloqadorlik, izchillik, kasbiy 
yo’naltirilganlik
 
sharoitlarida olib borish ham kiradi.
Informatsion ta’limning kasbga yo’naltirilishi va uning o’quvchilar kasbiy 
tayyorgarlik darajasiga ta’sir ettirilishi kasb–hunar kollejlarida informatika va 
axborot texnologiyalari o’qitilishining takomillashtirish yo’llaridan biridir. 
Ta’limni kasbiy yo’naltirilganligini amalga oshirish uchun esa metodik talab va 
shartlarni ochib berish kerak. 
Kasbiy yo’naltirishdagi aosiy talab umumta’lim va kasbiy tayyorgarlik o’rtasida 
aloqadorlik o’rnatishdan iborat. Bunda ta’lim mazmunini amaliyot bilan bo g’lash 
eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Umumta’lim fanlari kasbiy mazmunining 
kuchaytirilishi hamda o’qitishning mazmuni, shakl va vositalariga umumiy va 
kasbiy ta’lim orasidagi aloqalarning kiritilishi kasbga yo’naltirilgan ta’limni 
amalga oshirishning asosiy metodik shartidir.
O’quv materialining har bir mavzusiga reja tuzishda shu mavzuga tegishli 
ishlab chiqarish ta’limi materialining hajmi va mazmuni qatiy aniqlanishi, ishlab 


13 
chiqarish ta’limi bilan informatikani o’qitish orasidagi aloqalarning shakllarini 
ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Informatika va axborot texnologiyalari 
o’qitishni kasbga yo’naltirishning eng samarali shakllari nazariya va amaliyotni 
birgalikda olib borgan holda kasbga yo’naltirish. 
Nazariya bilan amaliyotning aloqadorligini amalga oshirish o’quvchilarda 
tasavvur, kuzatuvchanlik, mantiqiy tafakkur kabi psixologik komponentlarni 
rivojlantirishga sabab bo’ladi. Bu komponentlar esa umumta’lim fanlarida 
rivojlantiriladi. Yangi sharoitlarda bilimlarni tatbiq qila olish o’quvchilarning aqliy 
rivojlanishining eng muhim ko’rsatkichlaridan biridir. Bunda fanning abstrakt 
sxema sifatida emas, balki birinchi navbatda faoliyat quroli sifatidagi roli zarur. 
Kasbga yo’naltirish imkoniyatlarini aniqlash uchun informatika va axborot 
texnologiyalari fani va kasbiy fanlar bo’yicha o’quv reja va dasturlar, darslik va 
o’quv qo’llanmalari qiyosiy tahlil etiladi. Tegishli kasb uchun bo’lajak ishchining 
kasbiy xislatlari o’rganiladi. O’quv materialining har bir mavzusiga tayyorgarlik 
ko’rishda shu mavzuga tegishli ishlab chiqarish ta’limi materialniing hajmi va 
mazmuni qatiy aniqlanishi, ishlab chiqarish ta’limi bilan “informatika va axborot 
texnologiyalari” fanini o’qitish orasidagi aloqalarning shakllarini ishlab chiqish 
maqsadga muvofiq. 
Kasb-hunar kollejlari o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligini, layoqatlarini, 
bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish, ularning tanlagan yo’nalishlari bo’yicha bir 
yoki bir necha zamonaviy kasb egallash imkonini beradi. Mutaxassisliklar 
talablaridan 
kelib 
chiqadigan 
ta’limning 
maqsad 
va 
vazifalarining 
murakkablashuvi kasb-hunar kollejlari talabalarining informatsion tayyorgarligini 
kasbga yo’naltirishning shakl va metodlarini ta’limning turdosh, kasbiy fanlar 
bilan o’zaro aloqadorligini va izchilligini kuchaytirgan holda takomillashtirish 
zaruriyatini tug’diradi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin