Mirzo Ulug‘bek nomidagi
O‘zbekiston Milliy universiteti
Biologiya fakulteti Biologiya
(TB) yo‘nalishi 4-kurs 402-
guruh talabalari Hosilbekov
Jasurbek va Ochilov
Lochinbeklarning Yosh
fiziologiyasi va gigiyenasi
fanidan tayyorlagan
Prezentatsiyasi
Mavzu: Bolalar va o‘smirlar
salomatligini himoya qilish
Qabul qildi: M.To‘xtayeva
Salomatlik
(sog’lik) — har qanday tirik
organizmning o’zi va uning barcha a’zolari o’z
vazifalarini to’liq bajara oladigan holati:
nuqsonlar,
kasalliklarning
yo’qligi. Salomatlikni
o’rganadigan fanlarga
dietologiya
,
farmakologiya, biologiya,
epidemiologiya,
psixologiya
(salomatlik
psixologiyasi, rivojlanish psixologiyasi, eksperimental
va klinik psixologiya, ijtimoiy (sotsial) psixologiya),
psixiatriya, pediatriya, tibbiy sotsiologiya va tibbiy
antropologiya, psixoxigina, defektologiya va
boshqalar kiradi. Inson salomatligini muhofaza
qilish (sog’liqni saqlash) — davlatning vazifalaridan
biridir. Dunyo miqyosida inson salomatligini saqlash
bilan
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti
(JSST)
shug’ullanadi.
SALOMATLIK TUSHUNCHASI VA
TA’RIFI HAQIDA
JSST nizomiga ko’ra, «salomatlik — nafaqat
kasallik va jismoniy nuqsonlarning yo’qligi,
balki to’liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlik
holatidir». Biroq, bu ta’rifni populyatsion va
individual miqyosda salomatlikni baholash
uchun ishlatib bo’lmaydi. JSST ma’lumotlariga
ko’ra, mediko-sanitar statistikada salomatlik
tushunchasi ostida insonda kasalliklar va
buzilishlar aniqlanmasligi, populyatsion
miqyosda esa — o’lim, kasallanish va
nogironlik ko’rsatkichining pasayishi jarayoni
tushuniladi.
P. I. Kalyu «Salomatlik tushunchasining asosiy
xususiyatlari va sog’liqni saqlashni qayta
tuzishning ayrim masalalari: batafsil ma’lumot»
nomli ishida dunyoning turli mamlakatlarida,
turli davrlarda va turli ilmiy me’yorlar
tomonidan tuzilgan salomatlikning 79 ta’rifini
ko’rib chiqdi. Ta’riflar orasida quyidagilar
uchraydi:
Sog’lik — organizmning barcha darajalarda
normal faoliyat ko’rsatishi, shaxsiy yashab qolish
va nasl qoldirishga imkon beradigan biologik
jarayonlarning normal kechishi.
Organizm va uning funktsiyalarining atrof muhit
bilan dinamik muvozanati.
Ijtimoiy faoliyatda va jamoat foydali ishlarida
qatnashish, asosiy ijtimoiy funktsiyalarni to’liq
bajarish qobiliyati.
Kasalliklar, kasal holatlar va o’zgarishlar
bo’lmasligi.
Organimzning doimo o’zgarib turadigan atrof-
muhit sharoitlariga moslashish qobiliyati.
TIBBIY-IJTIMOIY TADQIQOTLARDAGI SALOMATLIK
DARAJALARI
Individual salomatlik — bu alohida insonning sog’lig’i.
Guruh salomatligi — ijtimoiy va etnik guruhlarning salomatligi.
Mintaqaviy (regional) salomatlik — ma’muriy hududlar
aholisining salomatligi.
Jamoat salomatligi — populyatsiya salomatligi, umuman
aholining sog’ligi; «kasalliklarni oldini olish, hayot davomiyligini
uzaytirish va tashkiliy sa’y-harakatlar orqali sog’lomlashtirish,
jamiyat, tashkilotni o’z fikriga binoan tanlash (davlat yoki
xususiy, jamoat yoki individual) ilmi yoki san’ati» deya
ta’riflanadi. Jamiyat sog’lig’ining profilaktikasi usullari — ta’lim
dasturlarini joriy etish, siyosatni, xizmat ko’rsatishni ishlab chiqish
va ilmiy tadqiqotlar o’tkazishdir. Emlash tushunchasi jamoat
salomatligi tushunchasi bilan bog’liq. Davlat sog’liqni saqlash
dasturlarining ulkan ijobiy ta’siri keng e’tirof etilgan. XX asrdagi
sog’liqni saqlash siyosati natijasida qisman, chaqaloqlar va
bolalar o’limining pasayishi kuzatildi va dunyodagi ko’plab
odamlar hayot davomiyligi barqaror o’sdi. Misol uchun,
amerikaliklarning o’rtacha umr ko’rish darajasi 1900 yildan
boshlab 30 yilgacha, butun dunyoda olti yilga ortganligi qayd
etildi.
SALOMATLIK DARJASINI ANIQLASH, UNING KO’RSATKICHLARI
Inson salomatligi — sifat ko’rsatkichi bo’lib, u miqdoriy
parametrlar: antropometrik (bo’y, vazn, ko’krak qafasi
hajmi, a’zolar va to’qimalarning geometrik
shakli); jismoniy (yurak urish tezligi, arterial qon bosimi,
tana harorati); biokimyoviy (tanadagi kimyoviy
elementlar, eritrotsitlar, leykotsitlar, gormonlar va
boshqalar miqdori); biologik (ichak florasining tarkibi,
virusli va infektsion kasalliklar mavjudligi) va boshqa
biomarkerlardan tashkil topadi.
Inson organizmi holati uchun «norma» tushunchasi
mavjud bo’lib, bunda parametr qiymatlari tibbiyot fani
va amaliyoti bilan belgilanadigan diapazonga to’g’ri
kelishi inobatga olinadi. Qiymatning berilgan
diapazondan og’ishi, salomatlik yomonlashuvining
belgisi va dalili bo’lishi mumkin. Tashqi tomondan,
sog’likni yo’qotish tananing tarkibiy tuzilmalari va
funktsiyalarida o’lchanadigan buzilishlarda, uning
moslashuvchanligi o’zgarishida ifodalanadi.
JSST nuqtai nazaridan, odamlar sog’lig’i
ijtimoiy sifat hisoblanadi va shu munosabat
bilan aholi salomatligini baholash uchun
quyidagi ko’rsatkichlar tavsiya etiladi:
Yalpi ichki mahsulotni sog’liqni saqlashga
sarflash;
Birlamchi tibbiy yordamning mavjudligi;
Aholining immunizatsiya darajasi;
Homilador ayollarni malakali xodimlar
tomonidan tekshirilishi darajasi;
Bolalarning oziqlanish holati;
Bolalar o’limi darajasi;
O’rtacha umr ko’rish davomiyligi;
Aholining gigienik savodxonligi.
Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi muammolari
mamlakatimiz aholisining salmoqli qismini qamrab
oladi. Bolalar kattalarga nisbatan boshqacharoq
shart sharoitda yashaydilar, shuning uchun ham
o‘qitish va tarbiyalashning gigiyenik prinsiplari
kattalarning professional mehnati yoki ijtimoiy
mehnatidan tubdan farq qiladi. Bolalarning biologik
o‘ziga xosligi kattalardan nafaqat miqdor, balki sifat
jihatidan ham keskin ajralib turadi va ular uchun
«kattalar gigiyenasi»dan farqlanuvchi boshqa
gigiyenani talab qiladi. Bundan bir asrdan ko‘proq
muqaddam (1898) mashhur pediatr N.P.Gundobin
o‘zining Harbiy-tibbiyot akademiyasi talabalariga
o‘qigan ma’ruzasida «Bolalar yoshidagi gigiyena,
organizmning anatomik-fiziologik o‘ziga xosligi
sharofati bilan kattalarnikidan butkul o‘zgacha
bo‘ladi», degan edi.
Bolalar va o‘smirlarning asosiy o‘ziga xosligi
shundan iboratki, ularning organizmi kattalarnikidan
farqli o‘laroq hali yetilmagan, balki o‘sish va
rivojlanish jarayoni davom etayotgan bo‘ladi.
Gigiyenaning boshqa hech qaysi sohasi oldiga
o‘sish va rivojlanish muammosi ko‘ndalang
bo‘lmaydi va shu tufayli ham bolalar va o‘smirlar
gigiyenasiga alohida o‘ziga xos xususiyat baxsh
etadi. Bolalar va o'smirlar organizmining rivojlanishi
tugallanmaganligi uning mutanosib bo`lishini
ta’minlaydi. Bolalar va o`smirlar organizmi
kattalarnikiga nisbatan ko‘proq darajada ijobiy,
shuningdek, salbiy ta'sirlarga uchraydi. Shuning
uchun ham, kattalar uchun sezilmas va ahamiyatsiz
bo`lishi mumkin bo‘lgan (ko‘pincha, shunday
bo`ladi ham) о`tа past intensivlikdagi, juda kam
miqdordagi ta'sirlar ham gigiyenik ahamiyat kasb
etadi.
Hozirgi vaqtda ko‘pgina aholi yashash joylaridagi
ekologik- gigiyenik vaziyat yomonlashgani oqibatida bu
muammolar yanada chuqurlashmoqda. Bolalar va
o‘smirlar organizmining katta odamlar organizmidan
asosiy farqi shundaki, tashqi ta’sirlar uning nafaqat ayni
paytdagi funksional holatida aks etibgina qolmay, balki
uning rivojlanishi va kelgusidagi hayotiga ham juda
qattiq ta’sir qiladi. Katta yoshdagi aholining sog`ligi
salmoqli darajada bolalarning sog`ligi bilan belgilanadi,
chunki organizmning normal holatdan chiqishi
patologiyalarning ko'pgina ko'rinishlari bolalikda
shakllanadi. Bu muammolaming barchasini bolalar va
o‘smirlar gigiyenasi fani o'rganadi. Gigiyena —
atrofimizdagi olam omillarining inson organizmiga ta’siri
(tabiiy va ijtimoiy)ni o`rganuvchi va inson sog‘ligini
saqlash va barqarorlashtirishga qaratilgan, ilmiy
asoslangan me’yorlar va tavsiyalarni ishlab chiqaruvchi
fandir. Sog‘liqni saqlash va barqarorlashtirish katta
ahamiyatga ega bo‘lishiga qaramay, bolalar va
o`smirlar uchun yetarli emas.
Ular uchun eng asosiysi - maqbul rivojlanishdir.
Shuning uchun ham bolalar va o'smirlar gigiyenasida
har bir muhit omili bolaning rivojlanishiga
ko‘rsatadigan ta’siriga qarab baholanadi. Ta’lim-
tarbiya gigiyenasiga doir qarashlar birinchi bo‘lib xalq
tabobati va oilalarida o`z aksini topib boradi.
Kasalliklarning oldini olish va bolalar gigiyenasiga doir
ilmiy qarashlar va izlanishlar pediatriya fanining
rivojlanishiga zamin yaratadi, pediatrlar nafaqat
bemor bolalarni davolash, balki bolani parvarishi va
ta’lim-tarbiyasi to`g`risida maslaxatlar berishgan.
Oqilona tuzilgan, bolalar yoshining o‘ziga xosliklariga
mos bo‘lgan kun tartibi turli faoliyat ko‘rinishlarini
almashtirishga, maqbul harakat tartibini (shu
jumladan, ochiq havoda ham) ta’minlab, to`laqonli
dam olishga, yetarlicha uxlashga imkon yaratadi, bu
esa bolalarning to‘g`ri o‘sishi va rivojlanishiga
yordamlashadi.
Ular uchun eng asosiysi - maqbul rivojlanishdir. Shuning
uchun ham bolalar va o'smirlar gigiyenasida har bir
muhit omili bolaning rivojlanishiga ko‘rsatadigan
ta’siriga qarab baholanadi. Ta’lim-tarbiya
gigiyenasiga doir qarashlar birinchi bo‘lib xalq
tabobati va oilalarida o`z aksini topib boradi.
Kasalliklarning oldini olish va bolalar gigiyenasiga doir
ilmiy qarashlar va izlanishlar pediatriya fanining
rivojlanishiga zamin yaratadi, pediatrlar nafaqat
bemor bolalarni davolash, balki bolani parvarishi va
ta’lim-tarbiyasi to`g`risida maslaxatlar berishgan.
Oqilona tuzilgan, bolalar yoshining o‘ziga xosliklariga
mos bo‘lgan kun tartibi turli faoliyat ko‘rinishlarini
almashtirishga, maqbul harakat tartibini (shu
jumladan, ochiq havoda ham) ta’minlab, to`laqonli
dam olishga, yetarlicha uxlashga imkon yaratadi, bu
esa bolalarning to‘g`ri o‘sishi va rivojlanishiga
yordamlashadi.
Bolalar va o‘smirlarning kun tartibi yoshining
o‘ziga xos tomonlaridan kelib chiqqan holda
quyidagi majburiy tarkibiy qismlarini qamrab
olmog‘i lozim: • ovqatlanish tartibi (ovqat
tanavvul qilishlar orasidagi vaqt va
ovqatlanishlar soni); • kun davomida toza
havoda bo‘lish; • uxlash muddati va miqdori; •
muassasalar sharoitidagi, shuningdek, uydagi
majburiy mashg‘ulotlar vaqti va joyi; • bo‘sh
vaqt, bolaning o‘z ixtiyoriga ko‘ra harakat
faolligini ta’minlash imkoniyati.
Kun tartibiga rioya qilish, uning barcha tarkibiy
qismlarining boshlanishi va oxiri, faoliyat turlarining
doimo ayni bir paytda amalga oshirilishi bolalarda
vaqtga nisbatan yetarlicha mustahkam shartli
reflekslarni hosil qiladi. Vaqtga nisbatan refleks
yaratilishi oqibatida bolaning organizmi doimo
oldindagi faoliyat turi uchun tayyor turadi. Shu
bilan birga barcha faoliyat jarayonlari (mashqlar,
ovqatlanish, uxlash va hokazo) kamroq «fiziologik
narx» bilan (tezroq va osonroq) kechadi. Bunda
kun tartibiga rioya qilish, hayot bir xildaligini saqlab
qolish asosiy gigiyenik ahamiyatga ega. Bola
hayotining majburiy qonuni to‘g‘ri tuzilgan va
doimo amal qilinadigan kun tartibidir.
Gigiyenik jihatdan oqilona tuzilgan kun tartibida hayot
faoliyatlarining barcha zarur tarkibiy qismlari uchun yetarlicha
vaqt ajratish va to‘liq uyg‘oqlik davri mobaynida yuksak
mehnat qobiliyatiga ega bo‘lishni ta’minlash nazarda tutiladi.
To‘g‘ri tuzilgan kun tartibi bir maromdagi ko‘tarinki kayfiyatni,
o‘qishga va ijodiy faoliyatga, o'yinlarga qiziqish hosil qiladi,
bolaning normal rivojlanishiga ko‘maklashadi. Bolaning ruhiy
holati, shodliklari va muvaffaqiyatsizliklari o‘sish va rivojlanish
jarayonida o‘z aksini topadi. Ruhiy zo‘riqish, ruhiy zichlik
holatlari, ruhiy jarohatlanishlar doimo o‘sish to'xtab qolishiga
olib keladi. Bolalar bog‘chasi yoki maktabga borish kabi bola
uchun ruhiy jihatdan murakkab vaziyatlar o‘sishni bir necha
haftagacha to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Maktabdagi
omadsizliklar yoki oiladagi janjallar ham sezilarli darajada
o‘sishdan ortda qolishiga olib keladi. Bu — tashvishli va ruhiy
zichlik holatlari kuchlilik qilganida bolaning o‘sish jarayonini
cheklovchi neyroendokrin mexanizmlarining ishga tushishi
balan bog`liqdir. Pediatrlar kun tartibining bolaning normal
o‘sishidagi ikki yetakchi omilini e’tirof etishadi.
Birinchisi — adekvat jismoniy harakatchanlik
skeletga tushadigan hamda osteogenez va tog`ay
suyaklari o‘sishini kuchaytiruvchi, yo`nalishi bo‘yicha
vertikal va almashinib turuvchi mexanik yuklamani
ta’minlaydi. Mushaklarning ishlashi bo‘y o‘stiruvchi
gormonlar ajralib chiqishini ham faollashtiradi. Shu
bilan birga, haddan ortiq vertikal yuklama, aytaylik,
og'irliklarni tashish teskari samara beradi — bo`y
o`sishini to`xtatib qo‘yadi. Shuning uchun ham
shifokorlar bolalarning kun tartibini muntazam
nazorat qilishlari, gipokineziya, ya’ni kam harakatli
va o`sishga zararli ta’sir qiluvchi sport turlari yoki
mehnat bilan shug`ullanishga yo`l qo‘ymasliklari
kerak. Kun tartibidagi ikkinchi muhim qism —
to`laqonli uyqudir. Aynan uyqu paytida bola
skeletning shakllanishini belgilaydigan barcha
metabolik va hujayraviy qayta qurilishlar yuz
beradi. Hayotining birinchi oylarida markaziy asab
tizimini (MAT) funksional zaifligi bilan ajralib turadi.
Tashqi qo`zg`atuvchilar bolaning asab tizimi uchun
kuchlilik qiladi va uni tez charchatib qo`yadi. Shu
tufayli ham bolaning uxlamaydigan faol davri ozgina
(5— 7 soat) bo`lib, har 1,5— 2 soatda bola uxlab
qoladi. Bola hayotini to`g`ri tashkillashtirilsa,
hayotining l-oyi oxiriga kelib uning bir kechakunduzlik
bedor va uxlash tartibi shakllanadi. Uyquga eng
ko‘proq ijobiy ta’sir qiluvchi omil — toza havodir. U
teriga, burun va yuqori nafas yo`llarining shilliq
pardasiga ta’sir qilib, uyqu tezroq kelishiga sabab
bo'ladi. Ochiq havoda uxlash sayrning o`rniga
o`tadi, ayniqsa, yilning sovuq va fasllar
almashinayotgan davrida bu juda muhim. Uyqu va
uyg‘oqlik qonuniyatlari rivojlanishini hisobga olgan
holada, bola hayotining dastlabki yillaridagi
differensiyalangan tartiblar ishlab chiqilgan.
Bolalarni o`qitish gigiyenasining asosiy
muammolarini atoqli gigiyenist, bolalar va o'smirlar
gigiyenasining asoschisi F.F.Erisman jiddiy va ifodali
qilib, shunday ta’riflagandi: «Biz o`quvchi!ar o`quv
muassasalarining tashqi sharoiti orqali to‘qnash
keladigan salomatlik buzilishlari haqida so'zladik,
biz bolada qon almashinishi izdan chiqayotganini,
uning ovqat to`laqonli emasligini, u borgan sari
qiyshayib va shapko`r bo`lib borayotganini
ko`rdik. Afsus, shuni ham e’tirof etishimiz lozimki,
maktab hayoti davomida bolakay aqli noqis
bo`lib qolishi ham kamyob hodisa emas...»
F.F.Erismanning mulohazalari hozirgi kunda ham
dolzarbligini yo‘qotmagan. Bundan tashqari
bolalar salomatligi va jismoniy rivojlanishi
holatlarining mushkul vaziyatdaligi bolaning
maktabdagi uzluksiz o'qitishga funksional tayyorligi
muammosi ham dolzarb ekanligini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |