23
2.2-rasm
Akmeologik yondashuvdan foydalanishning asosiy maqsadi – mavjud har qanday qiyinchilik
yoki muammolardan o‘quvchining o‘zi mustaqil ravishda chiqib keta olsin, unda ijodkorlik
shunday rivojlansinki, hatto o‘zi mustaqil ravishda yakka tadbirkor
sifatida faoliyat yurita
olsin. Bunga erishish uchun ta’lim jarayonida akmeologik yondashuvdan foydalanish bilan
birgalikda, pedagogik jamoada ijodkorlik va muvaffaqiyatga erishish motivida akmeologik
muhitni shakllantirish ustida ish olib borilishi lozim. Buning
uchun ijtimoiy tashkilotlar,
psixolog, guruh murabbiysi, ishlab chiqarish ustasi, maxsus fan o‘qituvchisi tomonidan ijodiy
ishlar olib borilishi, jumladan, natijalari har semestr yakunida umumiy o‘quvchilar va
o‘qituvchilar jamoasida ko‘rib chiqilib, faollar munosib taqdirlanishi ko‘zda tutilgan tadbirlar
24
(to‘garaklar,
festivallar, konkurslar, musobaqalar, marafonlar, o‘yinlar, treninglar),
maxsus
dastur natijalari doimiy ravishda ishlab turishi lozim. Bunda o‘quvchilarning o‘z-o‘zini
boshqarish, liderlik, ijodiy faoliyat, loyihalar ustida ishlash kabi
qobiliyatlari shakllantirib
borilishi maqsadga muvofiq.
Oliy ta’limda bo‘lajak o‘qituvchilarni akmeologik yondashuv asosida kasbiy tayyorlashning
asosi quyidagilarni tashkil etadi:
-bo‘lajak o‘qituvchilarning borliq va jamiyat o‘rtasidagi munosabat kommunikativ aloqalarini
o‘rganish;
-bo‘lajak o‘qituvchilarning hayotiy muvoffaqqiyatlarga erishishinimo‘ljallashda, shaxsiy
sifatlarni takomillashtirishga, madaniy rivojlantirish yetukligiga va ta’lim jarayonidagi axloqiy
sifatlarga erishishga intilishi;
-kreativ faoliyatni tashkil etishda, qiziqarli va mahsuldor, har bir talabaning qobiliyatini ochib
beruvchi va uning muvaffaqiyatlarini ta’minlovchi, ijtimoiy tan olinish, o‘z yetukligini his etish,
ijodiy guruhlarda shaxslararo munosabatni tashkil etish;
-bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahoratilarini takomillashtirish
imkonini beruvchi
omillarni aniqlash;
Dostları ilə paylaş: