Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1271-1275 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 1272 www.ares.uz bilan birga aynan dasturlash tilini o’rgatishga qaratilgan interfaol metodlarni ishlab
chiqish va mavzuga mos qo’llash ta’lim sifatini oshirishda muhim omil hisoblanadi.
Pedagogikada interaktiv metodlar quyidagicha ta’riflanadi: Bilish va
kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo’lib, unda ta’lim
oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’ladilar, ular biladigan va o’ylayotgan
narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Interfaol darslarda
o’qituvchining o’rni qisman o’quvchilarning faoliyatini dars maqsadlariga erisishiga
yo’naltirishga olib keladi[2,11].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Pedagogikaning asosiy maqsadlaridan biri, ta'lim oluvchilarga ularni shaxs
sifatida bilish va o'z-o'zini anglashda zarur yordam ko'rsatishdan iborat.[3,190]
Interfaol metodlar diqqatni jamlash, xotirani mustahkamlash, tarbiylash bilan
birga ijodkorlik, kreativlik, tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi. Dars jarayoni shunday
tashkil qilinadiki, unda ta’lim oluvchilar o’zaro muloqot qilishni va birgalikda
harakat qilishni o’rganishadi. Turli xil muammoli vaziyatni hamkorlikda hal qilish
orqali tanqidiy fikrlash va jamoa bo’lib harakatlanishni, mavjud ma’lumotlarni birga
tahlil qilishni o’rganishadi. Kattalar ta’limida qo’llaniladigan interfaol metodlar
ularning yosh xususiyati va tajribasini hisobga olib tanlanishi kerak bo’ladi.
A.I.Kukuyevning fikriga ko'ra, tajriba tahlili - andragogik yondashuvning
asosiy metodi bo'lib hisoblanadi[4].C:
- Ta'lim oluvchilarar bir-biridan - tajribaning mavjudligi va xarakteri, shuningdek
o'quv faoliyatidagi tajribalarining borligi bilan farqlanadi.
- Tajriba katta yoshli ta'lim oluvchilarning o'qishni davom ettirishga bo'lgan
ehtiyojining asosidir.
- Katta yoshdagi ta'lim oluvchilar o'z tajribasini tahlili orqali yangi bilimlarga ega
bo'ladilar.
- Tajriba almashinuvi bu kattalar uchun muhim rag'batlantiruvchi omil va yangi
tajribaga ega bo'lishning eng qisqa yo'lidir.
Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, tajriba almashinuvi imkonini
beruvchi
metodlardan
foydalanish,
dasurlash
bo’yicha
yangi
bilimlarni
o’zlashtirilishini ta’minlaydi.
Bunday metodlardan biri
Sinonim kodlar metodi. Ushbu metodning asosiy
maqsadi dastur lavlarini o’xsash lavalar bilan almashtirish orqali ta’lim oluvchilarda
dasturni o’qib, tushunish, tahlil qilish va uni soddalashtirish ko’nikmalarini