2,1-rasm
2.2 Bakteriyalar o‘sish ko‘rsatkichlari
Bakteriya hujayrasining o`sishi. Prokariotlarning ko`payishi usullari. Bakteriyalarning
rivojlanish sikli va uning fazalari va ularning tavsifi. Uzluksiz ko`paytirishning mikroorganizmlar
xususiyatlarini tadqiq qilishdagi ahamiyati va amaliyotda ishlatilishi.
Mikroorganizmlar ham o`sadi, ham ko`payadi. O`sish deganda hujayradagi butun kimyoviy
moddalarning (oqsil, RNK, DNK va boshqalar) bir-biriga mutanosib tarzda ko`payishi
tushuniladi. O`sish natijasida hujayraning kattaligi va massasi oshadi. Hujayraning kattaligi
ma'lum darajaga etgandan so`ng, u ko`paya boshlaydi. Bakteriyaning rivojlanish sikli bir necha
fazadan tashkil topadi:
2,2-rasm
1. Statsionar faza-mikroorganizmning oziqa muhitga tushgandan boshlab, 1-2 soat davom
etadi. Bu fazada hujayra soni ortmaydi.
2. Lag faza-ko`payishning tormozlanishi. Bu fazada bakteriyalar intensiv o`sadi, ammo
ularning bo`linishi juda kam bo`ladi. Bu ikki fazani bakteriya populyatsiyasi rivojlanishining
muhitga moslashuv fazasi desa bo`ladi.
19
3. Logarifmik-eksponentsial ko`payish fazasi. Ko`payish katta tezlikda ketadi, hujayralar soni
geometrik progressiya bo`yicha ortadi.
4. Manfiy tezlanish fazasi-Hujayralar kamroq aktiv bo`ladi, generatsiya vaqti cho`ziladi,
chunki oziqa kamayadi, zaharli moddalar hosil bo`ladi, natijada ko`payish susayadi, ba'zi
hujayralar o`ladi ham.
5. Statsionar faza-Hosil bo`ladigan hujayralar soni o`ladiganlari soni bilan tenglashadi.
Shuning uchun tirik hujayralar soni ma'lum vaqt davomida bir xil darajada turadi. Tirik va o`lgan
jarayonlar soni sekin-asta ko`payadi. Bu faza yana boshqacha "maksimal statsionar" faza deb ham
ataladi, chunki hujayralar soni maksimumga etadi.
6-fazada o`lgan hujayralar soni ko`payadi.
7-faza-hujayralarning logarifmik o`lim fazasi deb nomlanib, o`lish doimiy tezlikda davom
etadi.
6 va 7-faza birgalikda o`lim fazasi deb atalib unda o`luvchi hujayralar soni ko`payuuvchi
hhujayralar sonidan ko`p bo`ladi.
8-faza hujayralarning o`lishi asta sekin kamayadi
Oxirgi fazada hujayralarning o`lishi ozuqa muhiti fizik-kimyoviy xususiyatlarining o`zgarishi
bilan bog`liq. Bakteriya uchun noqulay sharoit yuzaga keladi. Hujayralar shunday tezlikda
o`ladiki oxiri hammasi qirilib ketadi. Bundan tashqari bakteriyalarni ko`payishining oziqa
muhitini doimiy yangilab turib ko`paytirish usuli ham bor. Bu xil ko`paytirish xemostat yoki
turbidiostatlarda amalga oshiriladi. Sanoatda bu usul keng qo`llaniladi.
2.3 Bakteriya ko‘payish turlari
Ko`payish deb mikroorganizm hujayra sonining oshishiga aytiladi. Ko`payish
ko`ndalangiga bo`linish yo`li bilan, ba'zan esa kurtaklanib yoki spora hosil qilib amalga oshadi.
Umuman, prokariotlarning ko`payishi jinssiz binar bo`linib ko`payishidir. Ko`payish jarayoni
hujayraning uzayishidan, nukleoidning ikkiga bo`linishidan boshlanadi. Nukleoid-
superspirallashgan, zich joylashgan DNK molekulasidir (u replikon ham deyiladi).
Mikroorganizmlarda ham DNKning replikatsiyasi, DNK-polimeraza fermenti orqali amalga
oshadi. DNK ning replikatsiyasi, bir vaqtning o`zida, qarama-qarshi yo`nalishda ketadi va u
ikkilanib qiz hujayralarga o`tadi. Qiz hujayrada ham DNK ketma-ketligi ona hujayranikidek
bo`ladi. Replikatsiyasi bakteriya hujayrasining ko`payishiga ketadigan vaqtning 80% ni egallaydi.
DNK replikatsiyasidan so`ng, hujayralararo to`siq hosil bo`ladi. Bu murakkab jarayondir. Avvalo
hujayraning ikki tomonidan sitoplazmatik membrananing ikki qavati o`sadi, so`ngra, ular orasida
peptidoglikan (murein) sintezlanadi va nihoyat to`siq hosil bo`ladi. To`siq ikki qavat sitoplazmatik
membrana va peptidoglikandan iborat. DNK replikatsiyasi davomida va bo`luvchi to`siq hosil
bo`lishi vaqtida hujayra uzluksiz o`sadi. Bu vaqtda hujayra devorining peptidoglikani,
sitoplazmatik membranasi, yangi ribosomalar va boshqa organellalar, birikmalar, xullas,
sitoplazmadagi birikmalar hosil bo`ladi. Bo`linishning oxirgi stadiyasida qiz hujayralar bir-biridan
ajraladi. Ba'zan esa bo`linish jarayoni oxirigacha bormay, bakteriya hujayralarining zanjiri hosil
bo`ladi.
2,3rasm
Tayoqchasimon bakteriyalar bo`linishidan oldin u bo`yiga o`sadi va ikkiga bo`lina boshlaydi.
Tayoqcha o`rtadan sal torayadi va ikkiga bo`linadi. Agar hujayra ikki bir xil bo`laklarga bo`linsa,
bunga izomorf bo`linish (izoteng) deyiladi. Ko`pincha geteromorf bo`linish kuzatiladi.
Agar xivchinli hujayra bo`linsa, qiz hujayrada ko`pincha xivchinlar bo`lmaydi ular ona
hujayrada qoladi. Keyinchalik qiz hujayradan hivchin o`sadi. Demak, ona hujayra birlamchi
hujayra devori, fimbriylar, hivchinlarga ega bo`ladi. Speroxitlar, rikketsiylar, ba'zi achitqilar,
20
zamburug`lar, sodda hayvonlar (protistlar) ko`ndalangiga bo`linib ko`payadi. Miksobakteriyalar
"tortilib" ("peretyajka" hosil qilib) ko`payadi. Avval hujayra bo`linadigan joydan torayadi, so`ngra
hujayra deaori ikki tomonidan hujayraning ichki tomoniga qarab bo`rtadi va oxirida ikkiga
bo`linadi. Qiz hujayra o`zi sitoplazmatik membranasi bo`lgan holda, hujayra devorini vaqtincha
saqlab qoladi.
2,4-rasm
Ba'zi bakteriyalarda jinsiy jarayon ham kuzatilib, unga kon'yugatsiya deyiladi. Bu xil ko`payish
haqida "Bakteriyalar genetikasi" mavzusida ma'lumot beriladi.
Shunday qilib, o`sish va ko`payish natijasida mikroorganizmlar koloniyasi hosil bo`ladi. Ularning
ko`payishi juda katta tezlikda amalga oshadi. Generatsiya vaqti mikroorganizm turi, yoshi, tashqi
muhit (oziqa muhit tarkibiga, tempiraturaga, RN) ga bog`liq. Generatsiya vaqtining eng optimal
muddati 20-30 minut bo`lsa, 2 soatda 6 ta generatsiya olish mumkin. Odamning shuncha valodini
olish uchun esa 120 yil vaqt lozim bo`ladi. Ammo bakteriyalar uzoq vaqt 20 minutlik generatsiya
hosil qilish yo`li bilan ko`paya olmaydi. Agar ular bir xil jadallikda ko`payganda edi, bir dona E
coli 24 soatdan so`ng 272 yoki 1022 avlod qoldirgan bo`lar edi, bu esa 10 minglab tonnani tashkil
qiladi. Bakteriyaning o`sishi shu tarzda davom etsa, 24 soatdan so`ng to`plangan massa er shari
massasidan bir necha marta og`ir bo`lib chiqar edi. Ammo, amalda bunday bo`lmaydi, chunki
oziqa moddalarning etishmasligi va hosil bo`lgan mahsulotlar bakteriyaning ko`payishini
cheklaydi. Oziqa muhiti oqib turganda bakteriyalar har 15-18 minutda bo`linib turadi. Suyuq oziqa
muhitda bakteriyalar o`sish tezligining vaqtga qarab o`zgarishini kuzatish mumkin. Oziqa muhitga
tushgan mikroorganizmlar avvalo unga moslashadi, so`ng tezlik bilan ko`payadi va hosil bo`lgan
maxsulotlarning ko`payishiga qarab, o`sish sekinlashadi va to`xtaydi.
2.4 Mikroorganizmlarning nafas olishi.
Mikrob xujayrasiga kirayotgan ozik moddalar transformatsiyalanadi, sung sitoplazma, xujayra
devori, bakterial
nukleoid tarkibiy kimsalarga suriladi. Xujayra tomonidan uglevodlar, eglar, aminokislotalar,
oksillarning sintezi energiya yutilishi bilan kechadi - bu endotermik reaksiyalar xisoblanadi. Bu
bilan birgalikda xujayra sitoplazmasida doimiy ravishda energiya ajratuvchi protsesslar sodir
bulishi kerak.
Energiya nafakat sintez uchun, balki kupayish, spora xosil kilish, xarakatlanish va boshka
protsesslarga lozim buladi.
Nafas olish yoki biologik oksidlanish deganda xayotiy zarur energiyani bioximik protsesslar
natijasida xosil bulishi tushuniladi.
YUkorida rivojlangan xayvonlarda nafas olish protsessi bir xil kechadi: kondagi gemoglabin
kislorodni yutib, kon bilan barcha organ va tukimalariga tarkatadi, sung oksidlanish protsesslari
natijasida oxirgi maxsulot sifatida S0
2
xosil buladi. Mikrob xujayrasi kichik ulchamiga ega
bulishiga karamay nafas olishning xilma-xilligi bilan farklanadi.
21
Nafas olish turiga karab bakteriyalar ikkita asosiy gruppalarga bulinadi:
1.
Aeroblar, fakat molekulalar kislorod bor joyda rivojlanadi.
2.
Aneerobalar, fakat kislorodsiz muxitda rivojlana oladi.
2,5-rasm
Oralik gruppani 3 fokultativ anaerobalar deb ataluvchi xam kislorodli xam kislorodsiz muxitda
rivojlana oladigan mikroblar tashkil etadi. Anaerobalar bakteriyalar nafas olishni u yoki bu
birikmalarni oksidlash bilan amalga oshiradi va kislorodni tugridan-tugri xavodan oladi.
Autotroflar anorganik, geterotroflar esa organik birikmalarni oksidlaydi. Kislorod etishmay kolsa
ba’zi mikroblarning rivojlanishi xam tuxtaydi. Masalan, vabo vibrioni, sil, ulat tayokchalari.
Anaerob mikroblar energiyani organik va neorganik birikmalarning parchalanishi natijasida
oladi. Organik birikmalarning parchalanishiga bijigish va ajish protsesslarini kiritish mumkin.
Aerob nafas olishga nisbatan anaerobli nafas olishda kup mikdorda energiya xosil buladi.
Masalan, aerobli nafas olishda bir molekula glyukozaning oksidlanishi 674 kaloriya issiklik
energiya ajralishi bilan kechadi, anaerobli nafas olishda esa shuncha
mikdordagi energiyami xosil kilish uchun 37 molekula glyukozani sarflapppga tugri keladi
2
.
Patogen anaeroblarga - kislorodsiz kokshol, batulizm, gazli gangrena kuzgatuvchilari kiradi.
Muxitda molekulyar kislorodning bulishi anaerobning vegetativ formalariga letal ta’sir
kursatadi. Ba’zi olimlar fikriga kura, molekulyar kislorod ipggirokida oksidlanish protsesslari
sitoplazmatik yad xisoblangan vodorod peroksidning
ЩgOg) xosil bulishiga olib keladi. Aeroblar
katalaza fermenta ajratadi, bu ferment vodorod peroksidni parchalab zararsizlantiradi. Anaerob
bakteriyalar esa katalizalar ishlab chikmaydi.
Bundan tashkari, kislorod xayotiy fermentlarni inaktivatsiyalaydi. Natijada anaeroblarni
normal oziklanishi buzilib, ular ochlikdan xalok buladi. Nafas olish mexanizmlarini urganishda bir
kancha nazariyalar ildinga surilgan.
Xozirgi vaktda aniqlanganki, nafas olishning birinchi boskichi degidrogenaza fermentlari
ta’siri ostida vodorodning aktivlanishidan iborat. Xam aerob xam anaerob nafas olishda bu
fermentlar vodorodni substrat yoki boshlangich akseptordan olib, uni sunggi akseptorga beradi.
Aerob nafas olishda vodorodning oxirgi akseptori bulib, atmosfera kislorodi xisoblanadi. Anaerobli
nafas olishda esa - turli birikmalar, energiya manbai va parchalanish maxsulotlari xizmat kiladi.
Fakultativ anaeroblar gruppasiga kislorod bor joyda yaxshi rivojlanadigan, lekin shartli
anaerob xisoblanadigan xamda anaeroblarga taaluqli, lekin kislorod miqdori kam joyda yaxshi
rivojlanuvchi, ya’ni shartli aerob xisoblanadigan bakteriyalar mavjud.
Patogen bakteriyalar asosan aeroblarga kirib, fakultativ anaeroblar xisoblanadi.
YUqumli kasaliklar diagnostikasida vaksinalar tayyorlash, antibiotiklar olish va boshka su’niy
ustirish - mikroblarni kulturalashtirish zaruriyati vujudga keladi. Bu maqsadda ozuka muxitlari
tayyorlanadi. Bu ozuqa muxitdarni tayyorlashga va mikroblarni kulturalashda ayni turdagi
mikrobning barcha xossalari - oziqlanish tipi, nafas olish tipi va boshkalar nazarda tutiladi.
Nazorat savollari
2
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016
22
1. Bakteriya hujayrasining o`sishi deganda nima tushuniladi?
2. Bakteriyalarning ko`payish usullari va ularga ta'rif bering?
3. Bakteriyaning rivojlanish fazalariga tavsif bering?
4. Bakteriyalarning uzluksiz ko`payishi qanday yo`l bilan amalga oshiriladi?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,.
Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.
2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.
3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina»
1980.
4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po
mikrobiologii. M., 1981.
5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.
6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo
«Meditsina». 1984.
7. Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987.
3-Mavzu: Umumiy virusologiya: tuzilishi, klassifikasiyasi, reproduksiyasi. Bakterofaglar.
Reja:
1. Viruslarni kelib chiqish tarixi.
2. Viruslar klassifikatsiyasi.
3. Viruslarning ximiyaviy tarkibi va tuzilishi.
4. Viruslarni o‘stirish usullari va ozuqa muxitlari.
5. Faglar klassifikatsiyasi va ishlatilishi
Tayanch iboralar: virion,kapsid. Kapsamer, nukloid. Gemosorbsiya,gemaglyutinasiya.
3.1. Viruslarni kelib chiqish tarixi
Virusologiya fani mikrobiologiya va immunologiya fanlari kabi juda keng o‘rganilgan tibbiy-
biologik fanlardan biri xisoblanadi.Viruslar tabiatda xilma-xil bo‘lib, yuqimli kasalliklarning
etiologik omillardan xisoblanadi.
Virusologiya fanini rivojlanishida birinchilardan bo‘lib 1796 yilda Angliya vrachi E.Djenner
virusi infeksiya sanalgan –chechakga qarshi vaksina ishlab chiqdi.
Virusologiya faninig rivojlanish davrlari.
XX asr 30-40 yillarida viruslarni o‘stirish va aniqlash uchun laboratoriya xayvonlari
ishlatilishini, bularga sichqon, kalamush, quyonlarda gripp viruslari o‘rganildi. 40chi yillarning
oxirida tovuq embrionni qo‘llash yo‘lga qo‘yildi.
Sun’iy oziq muxitlarida, xujayra to‘qima kulturalarida viruslarni o‘stirish mumkinligi aniqlandi.
Viruslardan vaksinalar tayyorlandi.Poliomielit (shol) kasalligiga qarshi Solk-Sebin, CHumakov,
Smorodinsovlar tomonidan o‘ldirilgan va tirik poliomielit vaksinasi ishlab chiqildi.
1960 yillarda molekulyar biologiyaning asosiy metodlari ishlab chiqildi. Bunda viruslar tuzilishi,
ularning xujayraga kirish yo‘llari, metodlari o‘rganildi.
1970 yillarda viruslarning submolekulyar tushunchalar- yangiliklar ochildi, bunda nuklein
kislotalar va oqsillar birligi strukturasi o‘rganildi.DNK va RNK tutuvchi viruslar aniqlandi.
Viruslarni kelib chiqishi to‘g‘risida xar xil taxminlar bor. Ba’zi bir avtorlarning ko‘rsatishicha
bakteriyalarning yoki bir xujayrali organizmlarning eng oxirgi paydo bo‘lgan natijasidir. Bunda
regressiv evolyusiya gipotezi deb yuritiladi.
2-gipoteza bo‘yicha viruslar xujayrali xayot bo‘lguncha paydo bo‘lgan qadimgi avlodlar
deyiladi.
23
3-gipotezada viruslar xujayraning genetik elementlaridan paydo bo‘lishgan, bular avtonom
xolda bo‘lgan , shuning uchun viruslarning genetik materiali (DNK, RNK) xar xil, chunki ular
shu elementlarning qaysi birlaridandur paydo bulgan va shu ning uchun xar xil degan taxminlarni
aytadilar.
Viruslar klassifikatsiyasi
Virusologiya tabiatda nixoyatda keng tarqalgan va nixoyatda mayda bo‘lgan viruslar
to‘g‘risidagi fandir. Virus Virus so‘zi xayvon zaxari ma’nosini bildirib, bu L.Paster tomonidan
berilgan. Viruslar ko‘pgina yuqimli kasalliklarning sababchilari ekanligi aniqlangan.
1892 yilda D.I.Ivanovskiy tomonidan tamakining mozaik kasalligining sababchisi viruslar
ekanligini birinchi bo‘lib isbotladi.Virusologiya fanining rivojlanishida olimlardan Morozov
M.A., Zilber L.A.,CHumakov M.P.,Smorodinsov A.A., Jdanov V.M.lar ishlari nixoyatda katta
axamiyatga ega.
3.2 Viruslar klassifikatsiyasi
Viruslar odam, xayvon, xashorat o‘simlik, zamburug‘lar va bakteriyalarning qattiy xujayra
ichida yashovchi parazitlari bo‘lib, oqsilni sintezlash, ferment va energiya xosil qilish
xususiyatiga ega emas.
Viruslar struktura tuzilishi jixatidan xam, funksiyalari jixatidan xam prokariotlar va
eukoriotlardan farq qiladi, chunki ular:
1. Xujayra struktura tuzilishiga ega emas.
2. Faqat bitta nuklein kislota tutadi.(DNK yoki RNK).
3 O‘sish va binar bo‘linish xususiyatiga ega emas.
4. O‘zining metobolik sistemasiga ega emas.
5. O‘z tarkibiy qismi evaziga emas, balki birgina nuklein kislotasi xisobiga tashkil topgan.
6. SHaxsiy oqsillini sintez qilish uchun xo‘jayinning ribosoma xujayrasidan foydalanadi.
1966 yilda Moskvada chaqirilgan IX xalqaro kongresda viruslarni vaqtinchalik klassifikatsiyasi
qabul qilingan va toksinomik o‘rni belgilangan. Klassifikatsiya asosida viruslarni quyidagi
xususiyatlari xisobga olingan.
1. Nuklein kislotaning turi.
2. Uning molekulyar massasi.
3. G –S ning miqdori.
4. Nuklein kislotadagi ipning soni.
5. Nnuklein kislotaning viriondagi oz miqdori.
6. Virion shakli.
7. Kapsid oqsilidagi simmetriya turi.
8. Kapsomerlar soni.
9. Xo‘jayin va kasal tashuvchining turi.
10. Virusning yuqish yo‘llari.
Ushbu klassifikatsiyadagi xamma viruslar VIRA podsholigiga birlashgan, bu o‘z navbatida
nuklein kislotaning turiga qarab 2 ta pod tipga bo‘linadi:
a) riboviruslar.
b)dezoksiviruslar.
DNK tutuvchi viruslarga quyidagi oilalar kiradi.
Poksviruslar- chinchechak.
Gerpeviruslar- oddiy gerpes, suv chechak.
Adenoviruslar- adenovirus.
Papaviruslar- papiloma, sugal.
Parvoviruslar- adenoassotsirovaniy virus.
Gepadnoviruslar-gepatit
RNK tutuvchi viruslar oilalari:
Pikarnoviruslar- shol.
Reoviruslar-bolalar gastroenterit virusi.
Retroviruslar – OITS.
24
Togoviruslar- qizilcha.
Flavoviruslar-kana istmasi
Bun’yaviruslar-sariq istma.
Arenoviruslar-qrim istmasi.
Rabdovirus- qutirish.
Paramiksovirus-paragripp.
Ortomiksoviruslar- gripp.
Filovirus.
Kalitsivirus.
Koroniviruslar.
3.3. Viruslarning ximiyaviy tarkibi va tuzilishi.
Viruslar tabiatda ikki xil 1.xujayradan tashqarida- virion.2. xujayra ichida vegetativ shaklida
bo‘ladi.Viruslar xo‘jayinxujayrasiga kirguncha yirik molekula shaklida bo‘lib, xujaraga kirgach
tirik sistemaga aylanadi.Virus xujayra tuzilishiga ega bo‘lmagan juda kichik zarrachadir, ularning
shakli turlicha: sharsimon, tayoqchasimon, kubsimon, spermazoid va ikosaidir.To‘liq shakllangan
virus zarrachasi virion deb ataladi. U nuklein kislota va oqsil qobig‘idan iborat. Kapsid oqsil
molekulalari kapsomerlardan tuzilgan.Viruslar kattaligi 20 dan 350 nm gacha bo‘ladi. Ularni
filtrlash, ultratsentrofugalash, diffuziya qilish va elektron mikroskop orqali uzunligini aniqlash
mumkin.
3,1-rasm
Viruslar sun’iy oziq muxitlarida o‘smaydi. Viruslarning ko‘payishi bakteriyalardan farq qiladi va
ular binar, kurtaklanib ko‘payishi kuzatiladi. Ko‘payish fazalari bosqichma bosqich boradi.
Adsorbsiya.
Virusning xujayra ichiga kirishi.
Virionlarning echinishi.
Virus genomining transkripsiya va reproduksiyasi amalga oshadi.
Virionnnig yig‘ilishi.
Virus zarralarining xujayradan chiqishi.
Viruslarni o‘stirish uchun tirik organizmlar-sezgir xayvon organizmlaridan, tovuq embrionidan,
to‘qima kulturalaridan foydalaniladi.
3.4. Viruslarni o‘stirish usullari va ozuqa muxitlari
Virusning hujayraga kirishi va infektsion jarayon davrlari: Adsorbtsiya. Virus DNK
sining sintezi. Virus RNK si sintezi. Konservativ va yarim konservativ replikatsiya. Virus
zarrasining etilishi.
25
Hujayraga virus yuqtirilgandan so`ng, virus zarrachasi hujayra ichida ko`payadi va o`ziga
o`xshash millionlab virus zarrachalarini hosil qiladi yoki hujayra irsiy moddasi bilan virus irsiy
moddasi bilashib, ma'lum vaqtgacha virus zarralari hosil bo`lmay hujayra normal hayot kechirishi
mumkin.
3,2-rasm
Virus hujayrada ma'lum vaqtgacha o`zini namoyon eta olmaydi. Ammo birorta tashqi ta'sir
(ultrabinafsha nurlar, rentgen nurlari, kimyoviy moddalar) natijasida, virus nuklein kislota hujayra
DNK sidan ajralib, ko`payib, o`ziga o`xshash virus zarrachalarini hosil qilishi mumkin.
Virusning hujayraga kirishidan to ko`payishigacha bo`lgan davrni bir necha bo`laklarga bo`lib
tekshiriladi. Birinchi davr-latent davri. Bu davrda virus zarrachalarining soni o`zgarmaydi. Latent
davrining birinchi yarmida virus zarrachalari hujayrada umuman uchramaydi va davr eklipis
(yo`qolish) deyiladi. Ikkinchi davr-virus zarrachalari sonining oshish davridir. Bu davr virus
zarralari hujayradan chiqishi bilan tugaydi. Virus hujayraga yuqtirilganda, dastlab virus zarrachasi
hujayra yuzasiga yopishadi, ya'ni adsorbtsiyalanadi. Bu protsess ham spetsifik xususiyatga ega
bo`lib, bir virus hamma hujayraga ham adsorbtsiyalanavermaydi, balki ma'lum hujayragagina
adsorbtsiyalanadi.
Adsorbtsiyalanish jarayonida hujayra va virusning ayrim qismlari-retseptorlariishtirok etadi,
ya'nivirus, hujayraga kirish uchun uning retseptori hujayra retseptorlari bilan bog`lanishi kerak.
Masalan: T-bakteriofagning retseptorlari uning o`simta, to`g`irirog`i dum qismdagi fibrillarida
joylashgan. T-bakteriofaglari singari, maxsus adsorbtsiyalanish qismlari bo`lmagan, sferasimon va
boshqa viruslarda shu virus zarrachalaridagi muayyan kimyoviy guruhlar retseptor deb qabul
qilingan. Ammo, shu vaqtgacha birorta virus retseptorining kimyoviy tuzilishi aniqlangan emas.
T-bakteriofagi hujayraga kirish paytida, o`zining fibrillari bilan hujayra devoriga yopishadi va
dum qismidagi bazal plastinkada joylashgan "probka" yo`qoladi. So`ngra, o`simtaning oqsil
pardasi qisqara boshlaydi, o`simta o`zga hujayra devorini teshadi va fag DNK si hujayraga oqib
o`tadi.
Viruslarning hujayraga kirishidagi yana biri yo`l pinotsitoz usulidir. Bu usul chechak
viruslarida qayd etilgan. Virus hujayraga yopishgandan so`ng hujayra membranasi virus ichiga
botib kiradi va hujayra ustidagi virus hujayra ichiga kirib qoladi. Hujayra gidrolitikfermentlari
ta'sirida virus zarrasidagi oqsil va fosfolipidlar parchalanadi. Ozod bo`lgan nukleoproteid
tarkibidagi DNK, hujayradagi "echintiruvchi" fermentldar vositasida ajraladi.
OITS virusining hujayraga kirish jarayoni. R-120 oqsilni T-xelperlarni membranasidagi T-4
retseptorlar bilan bog`lanishidan boshlanadi. Elektron mikroskopda virus zarrasini T-hujayralar
retseptorlari bilan birikib, hujayra sitoplazmasi ichiga botib kirishi yaxshi ko`rinadi. Avval hujayra
membranasini protoplazma ichiga bo`rtib chiqishi kuzatiladi va virus zarrasi vakuola bilan
o`raladi. Keyinchalik virus qobig`i erib ketadi. Virus shu vaqtda hujayrada yo`qoladi, uning RNK
si yoki k-DNK si ham o`ta kichik bo`lganligidan elektron mekroskopda ham ko`rinmaydi. Sekin-
26
asta virus replikatsiyasi boshlanadi va kasallangan hujayra membranasida R-120 oqsili paydo
bo`ladi. Bu davrda virus hosil bo`layotgan kasal hujayrani molekula darajasida sog` hujayradan
farqlab aniqlash mumkin bo`ladi. Vaqt o`tishi bilan elektron mikroskopda ko`plab virus zarralarini
kuzatish mumkin. Hozirgi kunda kasal hujayralar membranasida R-120 oqsilni paydo bo`lishi va
daxshatli virus bilan kurash choralarini ishlab chiqishda qo`llanilmoqda.
O`simlik viruslari retseptorlari ham, deyarli o`rganilmagan. Ko`pincha hujayra kutikulasining
jaraxatlanishi natijasida maxsus sezgir qismlar ochilib, virus bilan bog`lanadi va virus hujayraga
o`tadi. O`sha "sezgir" qismlar mikroorganizm va hayvon hujayralaridagi retseptorlarga o`xshashsa
kerak, degan taxminlar bor.
Dostları ilə paylaş: |