23
1.3. Mehnat bozorini tartibga solishda davlatning roli va uning ijtimoiy-iqtisodiy
ahamiyati
O’zbekiston Respublikasi Perezidentining 6 aprel 2007 yildagi 616-sonli
qaroriga asosan, mehnat bozorining samarali ishlashi va tartibga solinishi
O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
eng muhim vazifalari deb hisoblangan va unga ko’ra ushbu vazirlikning zimmasiga
quyidagilar yuklatilgan:
- mintaqalar bo’yicha mehnat bozorini shakllantirishda samarali siyosatni
amalga oshirish, demografik omillarni, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish va
tarkibiy qayta tashkil etishning istiqbolli yo’nalishlarini e’tiborga olgan holda
bandlikning yangi shakllarini keng tatbiq etish hisobiga aholi bandligining o’sishini
ta’minlash;
- demografik o’zgarishlar va kadrlarning kasbiy tayyorgarligi bilan bog’liq
o’zgarib borayotgan talablarni hisobga olgan holda mehnat, ish bilan bandlik va
aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash sohasidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va
yanada takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritish;
- ishga joylashishga muhtoj, ish bilan band bo’lmagan aholiga kasbiy qayta
tayyorlash va ishga joylashtirish bo’yicha sifatli xizmatlar ko’rsatish;
- aholining ehtiyojmand toifalarini ijtimoiy himoya qilish bo’yicha amaliy
chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash, kamxarj oilalar, nogironlar va
yolg’iz keksalarga yordam ko’rsatishda tabaqalashtirilgan tarzda va aniq yondashuvni
kuchaytirish;
- mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza hilish sohasidagi qonun
hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni amalga oshirish, mehnat
munosabatlarini
moddiy
rag’batlantirish va mehnatni muhofaza qilish
mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Mehnat bozori faol siyosat olib borishning eng samarali yo’nalishlaridan biri
mehnat bozorining eng muhim instituti bo’lgan ish bilan bandlikning ixtisoslashgan
24
umummilliy xizmatidir. Uning asosiy vazifasi mehnat bozori haqidagi axborotning
tarqalishi hisobiga uning samaradorligini oshirishdan iboratdir. U, birinchidan,
ishsizlarning
bo’sh ish o’rinlari qidirishlariga, tadbirkorlarning xodimlar
qidirishlariga sarf etiladigan vaqtni qisqartirishni ta’minlaydi, ikkinchidan, ish
beruvchilarning o’z talablariga eng ko’p darajada mos keladigan xodimlar yollashiga
yordam beradi, xodimlarga esa mehnat sharoitlari va ish haqi darajasi muvofiq
keladigan ish joyini topishlariga imkon beradi.
Bundan tashqari, ish bilan bandlik xizmati vazifalariga quyidagilar kiradi: ish
qidiruvchilarga kasblar bo’yicha maslahatlar berish va ishsizlarni yangi
mutaxassisliklar bo’yicha o’qitish; nogironlar, yoshlar, harbiy xizmatdan bo’shab
kelgan yoshlar va fuqarolarning
ijtimoiy jihatdan himoya qilinishga muhtoj
bo’lgan boshqa guruhlari uchun ish joylarini band qilib qo’yish; ish kuchuni hududlar
bo’yicha qayta taqsimlash; oddiy yo’l bilan ishga kira olmaydigan fuqarolarning
(ko’p bolali va yolg’iz ota-onalarning) ish bilan bandligiga qo’maklashish uchun ish
o’rinlarini qo’llab-quvvatlash; ishsizlarning tadbirkorlik va mustaqil faoliyati bilan
shug’ullanishlariga yordam ko’rsatish; ommaviy ishdan bo’shatishlarni to’xtatib
qolish uchun kompensasiya to’lovlarini amalga oshirish.
Respublikamizda davlat ish bilan bandlik xizmati 1991 yilda tashkil etilgan
edi. Ish bilan bandlik xizmati ishining asosiy tamoyillarixalqaro tajribaga mos keladi.
Masalan, aholining ish bilan bandligi to’g’risidagi qonunga ko’ra davlat fuqarolariga
o’zlari uchun mos keladigan ish tanlashda va ishga joylashda bepul yordam
ko’rsatadi, ishsizlarga bepul ta’lim olish imkoniyati yaratib beriladi, yangi kasbga
o’qiyotgan vaqtda stipendiya to’lanadi, haq to’lanadigan jamoat ishlarida qatnashish
imkoni beriladi, ishsiz fuqarolar daromadlarini qo’llab-quvvatlash siyosati amalga
oshiriladi. Ish bilan bandlik xizmati murojaat qilgan mehnatkashlarga va ish
beruvchilarga ishga ega bo’lish imkoniyati haqida va ish kuchi bilan ta’minlash
to’g’risida, biror kasb egallashni istaydigan fuqarolarga qo’yiladigan talablar haqida
axborotlar beriladi; fuqarolarning o’zlariga mos keladigan ish topishlarida, ish
beruvchilarga esa zarur xodimlar tanlashda ko’maklashadi. Ish bilan xizmati ish
25
beruvchilarga yoshlar, nogironlar, yolg’iz va ko’p bolali ota-onalar uchun ish
o’rinlari saqlash va yaratish dasturlarini qo’llab-quvvatlashni kafolatlaydi. Sanoati
rivojlangan mamlakatlardagi ishga joylashtirish byurolari kabi respublika ish bilan
bandlik xizmati organlari ish o’rinlarini taklif qilish va ish kuchiga bo’lgan talab va
taklif to’g’risidagi statistik ma’lumotlarni, axborot materiallarini e’lon qilib borishni
ta’minlaydilar.
SHuning uchun dunyodagi barcha mamlakatlarda ishsizlar va ishsiz qolish
xavfi ostida turgan xodimlarning kasb tayyorgarligi va ularni qayta tayyorlashdan
iborat turli-tuman dasturlarni ishlab chiqish tajriba qilib ko’rilayotir. Bunda mazkur
dasturlar birinchi navbatda oldingi kasb malakasi iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarga,
ishchi o’rinlarining yangi kasbiy tuzilishiga javob bermaydigan kishilarga, shuningdek,
aholining zaif himoyalangan qismiga (hozircha zarur kasbiy tayyorgarlikka ega
bo’lmagan yoshlarga, mehnat bozoriga qaytishga qaror qilagn ayollarga; kasbga
yo’naltirishga ehtiyoj sezadigan nogironlar va boshqalarga) qaratilgan. Ko’pincha ta’lim
olish uchun nomzodlarni davlat ish bilan bandlik xizmati aniqlaydi.
Kasb tayyorgarligi va qayta tayyorlov dasturlari davlat, tadbirkorlar va kasaba
uyushmalarining ishtirokida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Bu dasturlarning
bevosita tashkilotchisi ko’pincha davlat ish bilan bandlik xizmati hisoblanadi, u
markazlar va o’quv kurslarining maxsus tashkil etilgan shahobchalarda, shuningdek,
o’quv yurtlari yoki korxonalar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etadi;
ta’lim oluvchilarga stipendiyalar to’lanadi.
Ish bilan bandlik xizmati davlat manfaatlarini ko’zlab ish olib boradi,
ishsizlarning ta’lim olishi va qayta o’qishini ularga mablag’lar ajratish shaklida
nafaqalar to’lash orqali rag’batlantiradi.
Aholining ish bilan bandligi to’g’risidagi qonundaishsiz fuqarolar ham ish
bilan bandlik xizmati yo’llanmasi bilan bepul kasb tanlash, kasb tayyorgarligi, qayta
tayyorlash va malaka oshirish huquqiga egadirlar, deb ta’kidlangan. Mazkur huquqlar
qonunning boshqa moddalari va bandlarida ham kafolatlangan.
26
Mehnat bozoridagi ana shu yo’nalishini amalga oshirishdagi asosiy
murakkablik iqtisodiyotning bo’lajak kasb-malaka tuzilishi to’g’risida, o’rta va uzoq
muddatli istiqbolda kasb sohasidagi mehnatga bo’lgan ehtiyoj qanday bo’lishi haqidagi
axborotning yetishmasligidadir. Yana bir muammo ishdan mahrum bo’lgan shaxslarning
kasbiy jihatdan qayta tayyorlanishga kam talab bildirishidir, chunki ular oldingi kasblari
bo’yicha ishga joylashishga umid qiladilar. Mehnat bozoridagi faol siyosatning mazkur
yo’nalishini rivojlantirishga to’sqinlik qiluvchi omil ish bilan bandlik xizmati faoliyatini
moliyaviy jihatdan ta’minlashning cheklanganligi hamdir (1.3-jadval).
1.3-jadval ma’lumotlariga muvofiq republikamizda bandlikka ko’maklashuvchi
markazlarorqali ishga joylashgan fuqarolar soni 1997-2010 yillarda muntazam o’sib
borishi kuzatilgan.
Bu ko’rsatkich 2010 yilda 486 532 kishini tashkil etib, 1997 yilga nisbatan
ushbu ko’rsatkichning o’zgarishi 2,5 marta oshgan. Respublikamizda bandlikka
ko’maklashuvchi markazlarorqali ishga joylashgan fuqarolar sonining 1997-2010
yillarda muntazam ortib borishi asosan iqtisodiyot tarmoqlarida yaratilayotgan yangi
ish o’rinlari sonining ortib borishi bilan belgilanadi.
Mustaqil ish bilan bandlik va kichik biznesni qo’llab-quvvatlash tizimi. Hozirgi
vaqtda mehnat bozoridagi faol siyosatni amalga oshirish sohasidagi faoliyat doirasida
mustaqil ish bilan bandlikni rivojlantirish, tadbirkorlik malakalarini o’rgatish va
kichik biznesni tashkil etishga ko’maklashish dasturlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Mehnat bozoridagi siyosatning bu yo’nalishi eng muhim ijtimoiy vazifani – yangicha
mehnat dunyoqarashini shakllantirishdir.
Ishsizlar agar o’zlarining mustaqil ishlarini tashkil etishni hohlasalar, ish bilan
bandlik xizmatiga zarur asoslash bilan (bizne-reja bilan) loyihalar tanlovida ishtirok
etish haqida ariza beradilar, bu yerda uning rejasini mutaxassislar ko’rib chiqib, o’z
xulosalarini beradilar. Agar iltimos qondiriladigan bo’lsa, u holda yangi tadbirkor
uchun boshlang’ich kapital sifatida unga muayyan muddatga beriladigan ishsizlik
nafaqasining butun summasi xizmat qiladi va bir yo’la to’lanadi.
27
Ishsizlikni kamaytirishning chora-tadbirlari sifatida quyidagilarni qayd etib
o’tish mumkin:
Korxonada yangi ishchi o’rinlari tashkil etish yo’li bilan aholini ishga jalb
qilish;
Jamoat xizmatini tashkil etish;
Xususiy tadbirkorlikni hamda aholining o’z-o’zini ish bilan ta’minlashni
rag’batlantirish, kichik va o’rta biznesni rivojlantirish;
Kamyob mutaxassisliklar va kasblar bo’yicha qayta tayyorlash va malaka
oshirish;
Ish bilan bandlikning turli shakllarini qo’llash;
Aholini ish bilan ta’minlash imkoniyatlari xususida keng miqyosda
xabardor etib turish (bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi tashkil etish, ochiq eshiklar kuni
va hokazo).
Ma’lumki, odamlarning faqat 3–5% ida o’z ishini tashkil etish va yuritishga
mayl hamda qobiliyat bo’ladi. Ana shundan kelib chiqib, ish bilan bandlik
xizmatining vazifasi o’ziga murojaat qilganlardan o’z firmasini ochishi mumkin
bo’lganlarni tanlab olishdir. Ish bilan bandlik xizmatining yana bir vazifasi mustaqil
mehnat faoliyati bilan shug’ullanishni istaydiganlarni o’qitishdir. Bu kishilar ishga
doir asosiy ko’nikmalarni (narx belgilash asoslari, muhosiblik hisobi, rejalashtirish va
hokazolar) o’qish jarayonida egallab chiqadilar. Ish bilan bandlik xizmatining
vazifasi tadbirkorga mustaqil ish bilan bandlik nimalarni bildirishini (masalan,
ijtimoiy ne’matlarning birmuncha qisqarishi, ish vaqtining davomiyligi birmuncha
ortishi, yuqori darajadagi tavakkalchilik, xonavayron bo’lish ehtimoli borligi,
qonunlarning hali to’la mukammal emasligi va hokazolarni) tushuntirishdir.
Yangi tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash yana quyidagilarni o’z ichiga oladi:
maslahat xizmatlarini ko’rsatish, imtiyozli qarz berish, ishlab chiqarish binolari, xom
ashyo bilan ta’minlash, xom ashyo yetkazib beruvchilar bilan aloqa o’rnatish va
tayyor mahsulotni sotish.
28
Hozirgi vaqtda mustaqil shug’ullanish va tadbirkorlik tashabbusi asosida kichik
ishlab chiqarish korxonalarining shakllanishi keng istiqbolga egadir. Hozir ish bilan
bandlarning qariyb 15% i mulkchilikning barcha shakllaridagi kichik korxonalarda
mehnat qilmoqda. SHunday hodisalar, chunonchi, xususiylashtirish, raqobatning
kuchayishi munosabati bilan korxonalar hajmining qisqarishi, ommaviy ishlab
chiqarishdan moslashuvchan ixtisoslashuvga o’tilishi, shuningdek, tarkibiy qayta
yurish jarayoni, mutaxassislarning fikricha, o’tish iqtisodiyotiga ega bo’lgan boshqa
mamlakatlardagikabi yirik firmalardagi yangi ish o’rinlari kichik korxonalarga
nisbatan kamroq bo’ladi.
Ishchi kuchlaridan foydalanish va aholi bandligi bo’yicha davlat siyosatini
amalga oshirish maqsadida aholini ish bilan ta’minlashga ko’maklashish jamg’armasi
mablag’lari vaqtincha moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan
korxonalarga, turli mulkchilik ko’rinishdagi yangi korxonalarni yaratishga kreditlar
berish yo’li bilan sarflanadi.
Bunday mablag’lar to’lov, ta’minlanganlik va qaytarib berish sharti bilan qisqa
muddatga (uzog’i bilan 1 yilgacha) va ustav jamg’armasi badali sifatida tag’dim
qilinadi.
Aholini ish bilan ta’minlashga ko’maklashish jamg’armasidan beriladigan
kreditlarning hisob stavkasi (prosenti, foizi) O’zbekiston Respublikasi Mehnat
Vazirligi tomonidan pul-kredit munosabatlarini tartibga soluvchi qonuniy hujjatlar
asosida belgilanadi.
Qisqa muddatli kreditlar Qoraqalpog’iston Respublikasi Mehnat Vazirligi,
mehnat, aholi bandligi va ijtimoiy muhofazasi bo’yicha viloyatlar va Toshkent shahar
boshqarmasi tomonidan faqat o’z hududlaridagi korxonalar uchun beriladi.
Qo’shimcha ish joylari yaratish uchun aholini ish bilan ta’minlashga
ko’maklashish jamg’armasidan mablag’lar ajratish O’zbekiston Respublikasi Mehnat
va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimlari tasdiqlagan
“Bandlik” dasturlariga ko’ra amalga oshiriladi.
29
Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish jamg’armasidan quyidagi tadbirlarni
amalga oshirishda foydalaniladi:
Aholining raqobatga chidamsiz qatlamlari (umumta’lim maktablarini
bitiruvchilar, ko’p bolali va yolg’iz ayollar, pensiya arafasidagilar, xarbiy xizmatdan
qaytganlar) va ishsizlar uchun, shu toifadagi shaxslar 50%dan ko’pni tashkil
qiladigan joylarda ish joylari bunyod qilish maqsadida moliyaviy mablag’larni
ajratish.
Hokimiyatlarning maxsus komissiyalari xulosasiga ko’ra korxonalarga
xodimlarning yoppasiga ishdan bo’shatilishning olidini olish maqsadida va mavjud
ish joylarini saqlab qolish uchun moliyaviy yordam berish.
Kamida 80% gacha qurilish ishlari bajarilgan, lekin tugallanmagan va shu
darajaga kelganda qurilish to’xtatilgan obyektlarda, shuningdek foydalanilmayotgan
va bo’shatilgan ishlab chiqarish maydonlarida ish joylarini bunyod etishda
qatnashish.
Korxonalar, jamoa va davlat xo’jaliklari bilan birgalikda qishloq mahsulotlarini
va halq iste’mol mollarini ishlab chiqarish bo’yicha yangi ish joylarini yaratish.
Istisno hollarda, alohida tog’li, dasht va sanoati rivojlanmagan hududlarda
aholini ish bilan ta’minlash uchun bandlikka ko’maklashuvchi markazlarqoshida
ishga tushirish muddati 6 oydan oshmagan kichik korxonalar ochish mumkin.
Ustivor rivojlanish hududlari aholisini qabul qilingan dasturlarga mos ravishda
bandligini ta’minlash uchun tadbirlar majmuasini ishlab chiqish.
Ish bilan bandlik xizmati mehnat bozorida amalga oshiradigan faol siyosatning
navbatdagi yo’nalishi ishsizlarga vaqtincha va jamoat ishlarining dasturlarini
rivojlantirish orqali mehnat bozoriga qaytishda yordam ko’rsatishdir. Bunday
dasturlar birinchi marta AQSHda 30-yillarda paydo bo’lgan edi. O’sha yillarda
jamoat ishlari umummilliy xususiyatga ega edi va o’ziga yuqori malakani talab
qilmaydigan ishlarni qamrab olardi. Xalqaro tajribaning ko’rsatishicha, hozirgi
vaqtda mazkur dasturlar ba’zan butun mamlakatni, ko’pincha esa aholining ayrim
toifalarini, hududlarni yoki davrlarni o’z ichiga qamrab oladi.
30
Mazkur dasturlar ishsizlarga maxsus kasb tayyorgarligisiz hamma uchun qulay
faoliyat turlarini taqdim etadi. Bu dasturlarni amalga oshirish tajribasini
umumlashtirish shuni ko’rsatadiki, ular quyidagi ish turlarini bajarishga qaratilgan:
yo’l qurilishi va uni ta’mirlash, ko’priklar barpo etish va ta’mirlash (AQSH va
Yaponiyada): yerlarni o’zlashtirish – daraxtlar o’tqazish, irrigasiya, kanallar, portlar,
aerodromlar qurilishi va ularga xizmat ko’rsatish; ekologik tadbirlar (Avstraliya
tajribasi). Munisipial ma’murlar haq to’lanadigan ijtimoiy jamoatlar ishlari – bular
qariyalarga, nogironlarga qarash xizmatlari va hokazolar (Kanada, Avstraliya va
boshqa mamlakatlarning tajribasi) ham mavjuddir.
Ko’pincha jamoat ishlari to’liq bo’lmagan ish kuni mobaynida davom qiladi,
bundan maqsad vaqtning bir qismini kasb tayyorgarligiga yoki doimiy ish qidirishga
bag’ishlashdir. Mazkur dasturlarning qatnashchilari odatda eng kam ish haqi oladilar.
Vaqtincha ishlarning tashkil etilishi bir qator prinsiplarga asoslangan.
Vaqtincha ishlar bandlik xizmati tomonidan bevosita yoki boshqa tashkilotlar bilan
shartnomalar tuzish orqali amalga oshiriladi:
1. Bu ishlar aynan vaqtincha bo’lishi va ular odatdagi ish o’rinlari bilan
raqobatga kirishmasligi kerak. Buning ma’nosi shuki,bunday ishlar jamoat ishlarining
maxsus dasturlarisiz amalga oshirilmasligi lozim;
2. Bunday ishlarning qatnashchilari faqat cheklangan vaqt mobaynida
shug’ullanishlari mumkin, masalan, 1 yilgacha, keyin normal ishga joylashish imkoniyati
paydo bo’lishi bilan darhol bu dasturlarni yangilashlari mumkin.
Umuman olganda, aholini ish bilan to’la ta’min qilish yagona va asosiy vazifa
bo’lib qolmasligi kerak. Masalaning mohiyati shundan iboratki, aholini ish bilan
ta’minlash va ish bilan band bo’lmagan aholining ijtimoiy muhofazasini oshirish
ishlab chiqarish samaradorligi va sifati oshishiga, insonning to’laqonli hayot
kechirishiga xizmat qilmog’i lozim.
31
II-BOB. SAMARQAND VILOYATIDA MEHNAT BOZORINI TARTIBGA
SOLISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY KO’RSATKICHLARI TAHLILI
2.1. Samarqand viloyatida mehnat bozorining rivojlanish ta’sir etuvchi omillar
tasnifi
Mehnat bozori holatining yetarli darajada barqaror ta’minlanishi mehnat bozori
infratuzilmasi barcha subyektlari, shuningdek davlat va nodavlat ish bilan bandlik
xizmatlari tomonidan ko’tilayotgan bir qator joriy masalalar va muammolarning
muvaffaqiyatli yechimlarini hal etishni talab etadi.
Mehnat bozori infratuzilmasining samarali shakllanishi va rivojlanishi
sharoitida ishsizlikni kamaytirish hamda aholining ish bilan bandligini oshirish
bo’yicha iqtisodiy asoslangan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish aniq sosiologik
so’rovlar o’tkazishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Tajribalarga
asoslanadigan
bo’lsak, korxonalarda yollanma ishchi-
xodimlarning o’z kasb-malakalariga mos, to’liq ish vaqti bo’yicha ish joylariga ega
bo’lishlari ularning mehnat natijalariga bo’lgan qiziqishlari ortishiga va buning
natijasi ularoq mehnat samaradorligi oshishiga olib keladi.
Davlat ish bilan bandlik xizmati – davlat ish bilan bandlik siyosatini
amalga oshirishning tarkibiy qismi bo’lib, uni amalga oshirishning asosiy
yo’nalishlarini belgilab beradi.
Mehnat va aholi ish bilan bandligi sohasida bozor aloqalarini
rivojlantirish yangi va o’xshash bo’lmagan yondashishni, mehnat bozori
elementlarini
o’rganishda
muntazamlikni,
bozor
kategoriyalari
va
tushunchalarining uslubiy bazasini yangilashni talab etadi. Iqtisodiyotni qayta
32
qurish va shakllantirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish kelgusida
aholini ish bilan bandligi sohasidagi institusional tuzilmalar faoliyatlarini
jadallashtirish va normativ-huquqiy bazalarini rivojlantirishni talab qiladi.
2.1.1-rasm. Mehnat bozorida ishchi kuchi raqobatbardoshligi va uning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishga ta’siri.
Innovasion rivojlanish sharoitida davlat ish bilan bandlik siyosati viloyat
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining tarkibiy qismi sifatida mehnat potensialidan
samarali foydalanish va uning rivojlanishi bo’yicha ish bilan bandlik muammolarini
yechishga yo’naltirilishi zarur. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida aholini
ish bilan bandligi va ishsizligi bir-biriga tez almashinishi mumkin. Viloyatda aholini
ish bilan ta’minlash va ishsizlikni bartaraf etishda qishloq mehnat bozorining
ahamiyati kattadir. Chunki viloyatda ishchi kuchiga bo’lgan talab va uning taklifi
aynan qishloq mehnat bozorida o’zaro to’qnashadi. SHu bois, bu infratuzilmani
samarali rivojlantirish viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omillaridan
biri hisoblanadi (2.1.2-rasm).
Вилоят аҳолиси, жумладан,
меҳнатга лаёқатлилар
Иқтисодиёт тармоқлари,
ижтимоий-иқтисодий
инфратузилма
Меҳнат бозори
Ишчи кучи
таклифи
Ишчи кучига бўлган
талаб
Иш билан бандлик
Ишсизлик
Ишлаб чиқариш ва ижтимоий-
иқтисодий тараққиёт
Рақобат
33
Hududiy darajada geografik joylashuviga ko’ra, Samarqand viloyati
respublikamizning markazida joylashgan bo’lib, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
holati o’ziga xos xususiyatlarga ega.
1397,7
1768,2
2393,3
3091,4
3813,1
4810,4
Dostları ilə paylaş: |