Sil haqida nimalarni bilish kerak? Umumiy amaliyot shifokorlari uchun axborot materiallari



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix18.05.2020
ölçüsü1,76 Mb.
#31228
003-LAT


Sil haqida nimalarni 

bilish kerak?

Umumiy amaliyot shifokorlari uchun 

axborot materiallari

O'zbekiston Respublikasi 

Sog'likni saqlash 

vazirligi

2

Minnatdorchilik bildirish

Ushbu  materialni  chop  ettirish  OITS,  sil  va  bezgakka  qarshi  kurash 

bo'yicha  Global  Fond  tomonidan  moliyalashtirilgan  TB-REP  loyihasi 

doirasida  taqdim  etilgan  grand  asosida  hamda  PAS  Markazi  asosiy 

restipient sifatida amalga oshirishi   bilan imkoniyatli b o'ldi. Mazkur 

nashrda  ifoda  etilgan  muallif  (mualliflar)  ning  fikrlari  GF,  Asosiy 

retsipient va TB-REP loyihasining boshqa hamkorlari fikrlari bilan mos 

kelmasligi mumkin.

Ushbu  hujjatni  ishlab  chiqishda  “INTILISH”  NNT  RATM  xodimlari 

Nikitina  T.S.,  Subotin  D.Yu.,  Abu  Shixada  Yu.O.  tomonidan  texnik 

yordam ko'rsatildi. 

Ushbu  hujjatni  ishlab  chiqishda,  uning  yaratilishining  har  xil

 

bosqichlarida quyidagilar ishtirok etdi



: RIFPIATM direktori Parpieva N.N., 

lar


Sog'liqni Saqlash Vazirligining DPTYoBB bosh mutaxassisi Axmadjonov A.K., 

sil, OITS, sariq kasal bo'yicha birlashtirilgan dasturning milliy mutaxassislari   

Gadoev  J.  va  Ibatov  Х.B.,  RIFPIATMning  davolash  qismi  bo'yicha  bosh 

shifokori  o'rinbosari  Belotserkovets  V.G., Toshkent  SHSQD  bosh  shifokori 

 

Kalandarova  L.N.,  “Project  HOPE  NT  –  The  People  to  People  Health 



Foundation,  Inc.”  Filiali  tomonidan  amalga  oshiriluvchi  O'zbekistondagi  sil 

bilan  kurashish  bo'yicha  USAID  dasturi  xodimlari  Volik  V.,  Chichinadze  D., 

Kurbanova  R.,  Ulmasova  D.,  O'zbekiston  Ayollar  qo'mitasi  raisining 

o'rinbosari Nurmatova Sh.O.



Sil - bu nima?

Sil  –  bu  sil  bakteriyalarini 

organizmga  kirib  borishi  bilan 

rivojlanuvchi  yuqumli  kasallik. 

B u n d a ,   k a s a l l i k   b i l a n  

shikastlanuvchi  asosiy  organ  – 

o'pka.  Kamdan-kam  hollarda 

miya va uning qobig'i sili, suyaklar, buyraklar, jinsiy a'zolar, ko'z, ichak 

va boshqa organlarning sili bo'lishi mumkin.

Sil bilan og'rigan 75% bemorlarning eng ko'pi mehnatga qobiliyatli va 

reproduktiv 20-40 yoshdagi insonlarni tashkil etadi.

Agar  silni  aniqlash  va  davolash  nazorat  ostida  va  uzluksiz  amalga 

oshirilishi  to'g'ri  tashkillashtirilgan  bo'lsa,  bemorlar  tez  sog'ayadilar. 

Hozirgi  kunda  sil  kasalligining  deyarli  ko'pchilik  hollarini  davolash 

mumkinligi isbotlangan.

Sil – bu sil bakteriyalarini organizmga kirib borishi bilan rivojlanuvchi 

yuqumli kasallik. Bunda, kasallik bilan shikastlanuvchi asosiy organ – 

o'pkadir.

Sil qo'zg'atuvchisi

Kasallik  qo'zg'atuvchisi  Kox  tayoqchasi  bo'lib,  u  o'z  nomini  1882  yili 

kashf  qilgan  nemis  olimi  Robert  Kox  sharafiga  olgan.  Tayoqchaning 

xossasi shundaki, u juda ham sekin bo'linadi – agar oddiy bakteriyaga 

ko'payish uchun kamida 30 daqiqa zarur bo'lsa, Kox tayoqchasi esa 15 

soatdan  18  soatgacha  ko'payadi,  bu  uni  tekshirilish  vaqtini  sezilarli 

darajada uzaytiradi.

Silning  mikobakteriyasi  eng  “ekstremal”  sharoitlarda  –  sovuqda, 

issiqda, qorda omon qolish qobiliyatiga ega, shuning uchun sil har xil 

iqlim  sharoitlarida  rivojlanishi  mumkin.  Tayoqcha  yorug'lik  va 

namlikka, hamda ko'pgina kimyoviy moddalarning ta'siriga bardoshli. 

Bu  SB  (sil  bakteriyasi)  qo'zg'atuvchisining  tashqi  muhitda  uzoq  vaqt 

yashab qolishini ta'minlaydi.

3


Bemorning  balg'amida,  hattoki 

qurib  qolganida  ham,  tayoqcha 

o'zining  yashash  qobiliyatini 

saqlab  qoladi.  Uning  ko'payishi 

uchun  eng  qulay  sharoitlar  – 

namlik, qorong'ulik va 30 dan 40 

darajagacha  harorat.  Ko'cha 

changida  mikobakteriya  o'zining 

yashab  qolish  qobiliyatini 

taxminan 10 kun saqlab qoladi. Ammo tayoqcha ultrafiolet nurlarga 

sezgir – ularning ta'siri ostida sil qo'zg'atuvchisi bir necha daqiqalardan 

so'ng nobud bo'ladi. To'g'ri quyosh nurlari ta'siri ostida mikobakteriya 

yarim soat davomida nobud bo'ladi.

Kasallik qo'zg'atuvchisi Kox tayoqchasi bo'lib, u o'z nomini 1882 yili 

kashf  qilgan  olim  sharafiga  olgan.  Tayoqcha  eng  “ekstremal” 

sharoitlarda  yashab  qolishi  mumkin,  u  ko'pgina  kimyoviy 

moddalarning  ta'siriga  bardoshli.  Bu  sil  qo'zg'atuvchisining  tashqi 

muhitda uzoq vaqt yashab qolishini ta'minlaydi.

Sil qanday yo'l bilan yuqadi?

Sil  bakteriyalari  havo-tomchi  yo'li  orqali  yuqadi.  Ular  sil  bilan 

kasallangan  insonlar  organizmida  ko'payadi.  Bunda  sil  uchun  xos 

bo'lgan  yallig'lanish  paydo  bo'ladi,  shundan  so'ng  esa  to'qimaning 

emirilishi  ham  vujudga  keladi,  kavak  deb  nomlanuvchi  bo'shliqlar 

shakllanadi,  ularning  ichida  millionlab  sil  bakteriyalari  mavjuddir. 

Ulardan  yo'talganda,  aksa  urganda,  gaplashganda  sil  bakteriyalari   

atrofdagi havoga ajralib chiqadi.

Sil bakteriyalari havoda ko'p vaqt 

davomida  mavjud  bo'lishi 

mumkin.  Agar  silning  ochiq 

(yuqumli)  shakli  bilan  og'rigan 

bemor  uzoq  vaqt  davomida 

yomon  shamollatiluvchi  xonada 

(xonadonda,  ishchi  xonada, 

k a s a l x o n a   p a l a t a s i d a ,  

4

Havo-tomchi yo’li bilan yuqish


qamoqxona  kamerasida)  o'tkazsa,  bu  havoda  aylanib  yurgan 

bakteriyalar shunchalik ko'payib ketadiki, ular bilan boshqa atrofdagi 

insonlar  nafas  olishni  boshlaydi.  Bu  sil  bilan  zararlanishning 

(yuqtirishning) havo-tomchi deb nomlanuvchi asosiy yo'li hisoblanadi.

Shuning  uchun  sil  bakteriyalari  bilan  zararlanishdan  hech  kim 

himoyalanmagan,  axir  havo  hamma  insonlar  uchun  yagona 

hisoblanadi.

Sil nasldan naslga o'tmaydi.



Sil tayoqchasi bemor insonning yo'talganida, uning aksirganida va 

suhbatlashganida  havo-tomchi  yo'li  bilan  yuqadi.  Nafaqat  yo'tal, 

balg'am, hatto chang ham xavfli. Quyosh nuri tushmaydigan nam 

joylarda  sil  qo'zg'atuvchisi  oylab  yashashi  mumkin.  Sil  nasldan 

naslga o'tmaydi.

Yuqish qanday amalga oshadi?

Sil  bilan  har  qanday  yoshda  zararlanish  mumkin,  ammo  bu  ayniqsa 

yosh bolalar va organizmi kuchsizlangan katta yoshdagi insonlar uchun 

xavfli.  Agar  yon-atrofda  zararlangan  inson  bo'lsa,  kasallanish  xavfi 

yuqoriroq  bo'ladi,  ayniqsa  uzoq  vaqt  davomida  yopiq  yoki    yomon 

shamollatiluvchi xonalarda bo'lsa.

Organizmning  himoyalash  kuchlari  yaxshi  bo'lgan  vaziyatda 

kasallangan  bemorlar  bilan  aloqalar  uzoq  vaqt  davom  etmasa 

insonning  o'pkasiga  tushib  qolgan  sil  bakteriyalari  organizmning 

immun hujayralari bilan yo'q qilinadi va kasallik rivojlanmaydi.

Sil  bilan  kasallangan  inson, 

qachonki  u  bakteriyalarni 

tashqariga  ajratib  chiqarsa, 

infektsiya manbai bo'lib qolishini 

bilish  muhimdir.  Agar  bemor 

d a v o l a s h   m u o l a j a l a r i n i  

boshlagan  va  davolanishni 

5


ambulator davom ettirayotgan bo'lsa – u zararli emas.

Agar inson sog'lom, me'yordagi yashash sharoitlarida hayot kechirsa, 

yaxshi  ovqatlansa  –  sil  bilan  kasallanish  xavfi  sezilarli  darajada 

kamayadi.



Agar bemor davolanish kursini boshlagan va davolashni ambulator 

davom ettirayotgan bo'lsa –u zararli emas.

Sil profilaktikasi

Sil  bilan  kasallanishni  oldini  olish,  davolashga  qaraganda  osonroq. 

Shuning uchun, har bir inson uning oldini olish  choralarini bilishi kerak.

Sil  profilaktikasida  bolalarni  BTsJ  vaktsinasi  bilan  immunizatsiyalash 

eng  muhim  rolni  o'ynaydi.  Tuberkulin  sinamasini  qo'llash  bilan 

profilaktik  tekshiruvlar:  Mantu  sinamasini  qo'yish,  flyuorografik 

tekshiruvlar, kasallikni erta bosqichlarida aniqlash imkonini beradi.

A g a r   o r g a n i z m n i n g   h i m o y a  

kuchlarini  susaytiruvchi  omillarni 

chetlab  o'tilsa:  ovqatlanish, 

mehnat,  dam  olish  tartibiga  rioya 

qilinsa, ko'proq  toza  havoda  bo'lib, 

c h e k m a s l i k ,   a l ko g o l g a   r u j u  

qo'ymaslik,  xonadagi  tozalikni 

saqlab,  shaxsiy  idishlardan,  gigiena 

vositalaridan foydalanilsa, o'zingizni 

v a   a t r o f d a g i l a r n i   s i l   b i l a n  

zararlanishdan  himoyalashingiz 

m u m k i n .   O i l a d a   s i l   b i l a n  

ka s a l l a n ga n l a r   a n i q l a n ga n d a  

sinchkovlik bilan shifokorning tavsiyalariga rioya qilish lozim

Kasallanishni erta aniqlash maqsadida har yilgi asosda flyuorografik 

tekshirishdan o'tish tavsiya qilinadi.

6


Silni  o'z  vaqtida  aniqlash,  davolash  va  tartib  bo'yicha  shifokorning 

tavsiyalarini  aniq  bajarish,  davolasa  bo'ladigan  kasallik  ekanligini 

yodda saqlash muhim. Qanchalik kasallik barvaqt aniqlansa, kasalning 

organizmiga  shunchalik  kam  shikastlanishlar  etkaziladi.  Qanchalik  u 

tezroq  va  to'laroq  davolansa,  shunchalik  atrofdagi  insonlarga 

infektsiyani tarqatib yuborish xavfi kamroq bo'ladi.

Silning oldini olish uchun har bir inson quyidagilarni bilishi kerak:

џ Sport bilan shug'ullanishi, sog'lom turmush tarzini olib borishi. 

џ To'g'ri  ovqatlanishi  –  sog'lom,  vitaminlarga  boy  oziq-ovqat 

mahsulotlarini iste'mol qilishi.

џ Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etishi. 

џ Alkogol, chekish va har qanday toksik moddalarni iste'mol qilishni 

bekor qilishi.

Kasallanishni erta aniqlash maqsadida har yilgi asosda flyuorografik 

tekshirishdan o'tish tavsiya qilinadi.

Kasallik qanday rivojlanadi?

O'pka to'qimasi sil bakteriyalarining ko'payishi uchun qulay muhitdir. 

Sil  bakteriyalari  o'pkalarga  tushganda  ko'payishni  boshlaydi  va 

yallig'lanish  paydo  bo'ladi.  O'pkalarda  do'ngliklar  paydo  bo'lib, 

ularning emirilishi sodir bo'ladi va tarkibidagilar nafas olish yo'llariga 

tushib qoladi. Shu tarzda  o'z tarkibida sil bakteriyalariga ega balg'am 

paydo  bo'ladi  va  shu  bilan    yuqtirish  va  atrofdagi  insonlarning 

kasallanish  manbai bo'lib qoladi.

Kichik o'lchamdagi sil do'ngliklari 

ka s a l l i k   av j   o l ga n   va q td a  

y i r i k l a s h i b   k e t a d i ,  

yallig'lanishning  katta  yuzalari 

s h a k l l a n a d i ,   h a t t o k i  

p a rc h a l a n i s h l a r n i n g   ka tta  

7


bo'shliqlari  hosil  bo'lishi  bilan  o'pkalarning  barcha  maydonlarini 

emirilishigacha olib boradi.

Sil  –  sekin-asta  rivojlanuvchi  va  uzoq  vaqt  davom  etuvchi  kasallik. 

Ammo o'tkir, tez rivojlanuvchi shakllari ham bo'lishi mumkin.

Kasallik  o'z  vaqtida  aniqlanganda  va  to'g'ri  davolanganda  silning 

rivojlanishini  eng  erta  bosqichlarda  to'xtatish,  o'pkalar  va  boshqa 

organlarning katta maydonlarini buzilishiga yo'l qo'ymasdan to'xtatish 

mumkin.


Erta  aniqlanib,  o'z  vaqtida  va  to'g'ri  davolanganda  –  kasallikning 

oqibati doimo ijobiy bo'ladi 



Sil  bakteriyalari  o'pkalarga  tushganda  ko'payishni  boshlaydi, 

shunda  yallig'lanish  paydo  bo'ladi.  O'pkalarda  do'ngliklar  paydo 

bo'ladi, ularning emirilishi sodir bo'ladi va tarkibidagilar nafas olish 

yo'llariga tushib qoladi. Shu tarzda  o'z tarkibida sil bakteriyalariga 

ega  balg'am  paydo  bo'ladi  va  shu  bilan    yuqtirish  va  atrofdagi 

insonlarning  kasallanish    manbai  bo'lib  qoladi.  Erta  aniqlanib,  o'z 

vaqtida va to'g'ri davolanganda – kasallikning oqibati doimo ijobiy 

bo'ladi.

OIV bilan yashovchi insonlarda sil qanday rivojlanadi?

Sil  bakteriyalari  bilan  zararlangan  insonlarning  90-95%  o'z  hayotlari 

davomida sil bilan kasallanmaydilar. Zararlangan insonlarning 5-10% 

esa mudrayotgan holatda bo'lgan sil bakteriyalari o'z soatlarini kutib 

turishibdi.

Immun  tizimi  sil  infektsiyasini 

l o k a l l a s h t i r i s h   h o l a t i d a  

bo'lmaganda sil bakteriyalari (SB) 

tez  rivojlanishni  boshlaydi. 

Immun  tizimi  susaygan  shaxslar 

kasallik  rivojlanishining  ancha 

8

SIL



OIV

SIL+OIV


yuqori  xavfiga  duchor  bo'ladilar.  OIV-infektsiyasi  natijasida 

immunitetning susayishi – zararlanishdan so'ng sil rivojlanishiga ta'sir 

etuvchi eng ahamiyatli omildir. 

OIV  bilan  zararlanganda  silning  rivojlanishi  xavfi  OIV  bilan  zarar-

lanmagan insonlarga qaraganda 10 barobar yuqoriroq. OIV insonlarni 

infektsiyalar  zararlashiga  olib  keladi,  ular  immun  tizimi  me'yordagi 

holatda  odatda insonlarning organizmiga ta'sir o'tkazmaydi.

OIVni o'rganishda oxirgi ikki o'n yilliklar muvaffaqiyatlariga qaramay, 

insoniyatga  OIV-infektsiya  va  u  bilan  bog'liq  kasalliklar  tarqalishini 

to'xtatish  imkoni  bo'lmadi.  Sil  OIV  bilan  kasallangan  insonlar  uchun 

juda ham xavfli. Butun dunyoda sil – OIV bilan zararlangan insonlar 

orasida o'limning etakchi sababchisi bo'lib qolmoqda.



Immun tizimi sil infektsiyasini lokallashtirish holatida bo'lmaganda 

sil  bakteriyalari  (SB)  tez  rivojlanishni  boshlaydi.  Immun  tizimi 

susaygan  shaxslar  kasallik  rivojlanishining  ancha  yuqori  xavfiga 

duchor  bo'ladilar.  OIV-infektsiyasi  natijasida  immunitetning 

susayishi – zararlanishdan so'ng sil rivojlanishiga ta'sir etuvchi eng 

ahamiyatli omildir.

OIV bilan yashovchi inson silga tekshiruvdan o'tishi kerakmi?

Ha. Agar OIV-infektsiyali bemor silga yoki o'tgan davrda silga teri testi 

natijalari  ijobiy  bo'lmagan  bo'lsa,  unga  tekshiruvdan  o'tish  zarur: 

tuberkulin  sinamasini  qo'yish  va  turar  joyi  bo'yicha  silga  qarshi 

dispanserda  balg'amini  tekshirtirish.  Sil  organizmning  boshqa 

organlarida  ham  rivojlanishi 

mumkin  bo'lganligi  sababli 

boshqa  testlar  va  tekshiruvlar 

ham o'tkazilishi mumkin. 

Agar OIV-infektsiyali bemor silga 

salbiy  natijaga  ega  bo'lsa,  unga 

kamida bir yilda bir marotaba sil 

9

9


bilan  kasallanish  xavfiga  bog'liq  holda  muntazam  ravishda 

tekshiruvdan o'tib turish kerak.

Agar bemor-ona ijobiy OIV-maqomiga ega va bola unga OIV tashxisi 

qo'yilgandan so'ng tug'ilgan bo'lsa, bolani ham u 9-12 oylik bo'lganida 

silga tekshirish zarur.

Agar OIV-infektsiyali bemor silga yoki o'tgan davrda silga teri testi-

ning  natijasi  ijobiy  bo'lmagan  bo'lsa,  unga  tuberkulin  sinamasi 

qo'yish  va  turar  joyi  bo'yicha  silga  qarshi  dispanserda  balg'amini 

tekshirtirish zarur.

Dori vositalari silning rivojlanishini oldini olishi mumkinmi? 

OIV-infektsiyali  insonlarda  silga  qarshi  dori  vositalari  kasallikni 

rivojlanishini oldini olishi mumkin.

OIV mavjud bo'lganda bemorga silga tekshiruvdan o'tish zarur. Faol sil 

bo'lmaganida 6 oylik muddatga izoniazid bilan profilaktik davolanish 

tayinlanadi.

Dori  vositalari  to'liq  6  oy 

davomida  qabul  qilinishi  kerak, 

chunki  sil  qo'zg'atuvchisi  juda 

sekin yo'qotiladi.

Homiladorlik  davrida  ham  sil 

rivojlanishini  oldini  olish  uchun 

silga qarshi dori vositalarini qabul 

qilish mumkin.



OIV-infektsiyali  insonlarda  silga  qarshi  dori  vositalari  kasallikni 

rivojlanishini oldini olishi mumkin.

10


OIV bilan yashovchi insonlarda sil davolanishi mumkinmi?

Ha, mumkin, agar bemor shifokor – ftiziatrning hamma tavsiyalariga 

qat'iyan rioya qilib borsa. OIV bo'lmagan bemorlarni davolash uchun 

qo'llaniluvchi  dori  vositalari,  shu  bilan  birga,  OIVga  ijobiy  maqomli 

bemorlarga ham qo'llanilishi mumkin.

Kasallik alomatlari dori vositalarini qabul qilishni boshlagandan so'ng 

bir necha hafta davomida g'oyib bo'lishi mumkin.

Sil mikroblari juda sekin yo'q qilinadi, davolash odatda uzoq davom 

etadi. Dori vositalarini nomuntazam, uzilishlar bilan qabul qilish silning 

turg'un shaklini rivojlantirishi  mumkin.

Turg'un silni davolash juda murakkab va kamida 18-24 oy o'tkazilishi 

kerak.  Shuning  uchun,  sil  bilan  kasallangan  bemorlar,  ularning 

qarindoshlari,  barcha  darajadagi  tibbiyot  xodimlari  silni  davolashda 

uzilishlarga yo'l qo'yish mumkin emasligini bilishlari shart.



Sil  bilan  kasallangan  bemorlar,  ularning  qarindoshlari,  barcha 

darajadagi  tibbiyot  xodimlari  silni  davolashda  uzilishlarga  yo'l 

qo'yish mumkin emasligini bilishlari shart.

Silning alomatlari qanday?

Silning  rivojlanishida  quyidagi  alomatlar  paydo  bo'ladi:  yo'tal, 

quvvatsizlik,  37  –  37,5°S  gacha  tana  haroratining  ko'tarilishi,  ko'p 

terlash,  ko'krak  qafasida  og'riqlar,  ishtahani  pasayishi,  vaznni 

yo'qotish, charchash .

Silning bu alomatlariga insonlar ko'pincha katta ahamiyat bermaydilar 

va tibbiy yordamga murojaat qilmaydilar, yoki o'zlarini o'zlari davolash 

bilan shug'ullanadilar. 

Keyinchalik barcha tavsiflab berilgan alomatlar kuchayib, ularga qon 

tuflash qo'shilishi mumkin. 

11


Yo'tal  –  sil  kasalligining  eng  ajralib 

turuvchi  alomatidir.  Agar  u  2 

haftadan  ortiq  davom  etayotgan 

bo'lsa,  albatta  silga  tekshiruvdan 

o'tishga yuborish kerak.

Yo'tal – silning eng ajralib turuvchi 

alomatidir. Agar u 2 haftadan ortiq 

davom  etayotgan  bo'lsa,  albatta 

silga  tekshiruvdan  o'tishga 

yuborish kerak.

Sil qanchalik  xavfli?

Sil  qo'zg'atuvchilari  juda  o'zgaruvchan  va  dori-darmonlarga 

turg'unlikka tez ega bo'ladilar, ularni nafaqat dori vositalari bilan yo'q 

qilish,  balki  aniqlash  ham  murakkab  bo'ladi.  Noto'g'ri  davolash, 

davolashdagi  uzilishlar,  surunkali  bemorlar  bilan  doimiy  muloqotda 

bo'lishlik  va  boshqa  sabablar  natijasida  sil  (silga  qarshi  dori 

vositalarining  ta'siriga  turg'unlik)  davolanishi  juda  qiyin  bo'lgan 

surunkali shaklga o'tishi mumkin.



Davolashdagi uzilishlar natijasida sil surunkali shaklga o'tib, davo 

muolajalari ijobiy natija bermaydi.

Birlamchi  tibbiy-sanitar  yordam  (BTSYO)  darajasida  silni 

aniqlash va tekshirish

Zamonaviy bosqichda aholi o'rtasida o'pka silini erta aniqlash BTSYO 

muassasalarida  umumiy  amaliyot  shifokorlari  tomonidan  amalga 

oshirilmoqda.  Hozirgi  kunda  silga  taxmin  qilinayotgan  shaxslarni 

tekshirayotganda  klinik  minimum  aniqlab  berilgan  va  u  quyidagi 

usullardan tashkil topgan:

џ alomatlarni klinik baholash;

12


џ bakteriologik tekshiruv;

џ nurli tekshiruv;

џ tuberkulin sinamasi (bolalarda);

џ silga ekspress - test.

Silni tekshirishning asosiy usuli sil 

m i k o b a k t e r i y a s i n i   ( S M B )  

aniqlashga  balg'amni  tekshirish 

bo'ladi.


Balg'amda  SMB  aniqlashning 

molekulyar-genetik usulidan biri 

GeneХpert MTB/RIFdir, u tezlikda 

bir  vaqtning  o'zida  sil  va 

rifampitsinga  (Rif)  turg'unlikni 

tekshiruvini ta'minlaydi.

GeneХpert MTB/RIF haqiqiy vaqtda in vitro o'tkazuvchi yarim miqdorli 

inli  polimerazli  zanjir  reaktsiya  (PZR)  usulini    qo'llaydi.  Tekshiruv 

jarayoni  vaqt  bo'yicha  bor-yo'g'i  2  soatni  egallaydi,  usulning  o'ziga 

xosligi  100%  ga  erishiladi,  yuqori  sezuvchan  balg'amning  surtmasi 

ijobiy bo'lgan bemorlar uchun – 98 % gacha. Bunday tekshiruv usulini 

o'tkazilishi minimal darajadagi ko'nikmalarni talab etadi va tekshiruv 

o'tkazish uchun alohida xona ajratilishini talab etmaydi.

GeneХpert  MTB/RIF  tizimi  Umumjahon  sog'liqni  saqlash  tashkiloti 

tomonidan  ma'qullangan  va  silni  aniqlashning  skrining  testi  sifatida 

barcha mamlakatlarda qo'llanilish uchun tavsiya etilgan.



GeneХpert MTB/RIF tizimi Umumjahon sog'liqni saqlash tashkiloti 

tomonidan ma'qullangan va silni aniqlashning skrining testi sifatida 

barcha mamlakatlarda qo'llanilish uchun tavsiya etilgan.

Sil bilan kurashish dasturida BTSYO tarmog'ining roli

13


BTSYO tarmog'i tibbiyot xodimi majburiyatlariga quyidagilar kiradi:

џ O'xshash alomatli bemorda silni shubha ostiga olish va tekshiruv 

algoritmi bo'yicha zaruriy choralarni o'z vaqtida amalga oshirish.

џ Mikroskopik tadqiqot uchun tekshirish materialning (balg'amning) 

sifatli 2-ta namunasini yig'ilishini ta'minlash.

џ Ko'krak qafasi organlarini rentgenologik tadqiqotini tayinlash.

џ Silga shubha uyg'otgan bemorni tashxisni tasdiqlash va davolash 

uchun silga qarshi dispanserga yuborish.

џ Silning  alomatlari  haqida,  tibbiy  yordam  uchun  o'z  vaqtida 

murojaat etish haqida aholi o'rtasida sanitar-ma'rifiy ishlarni olib 

borish.

џ Silga  qarshi  xizmat  boshchiligi 



ostida  ambulator  bosqichda 

nazorat  qilinuvchi  davolashni 

amalga oshirish.

џ Davolash  jarayonida  yozaga 

kelgan asoratlar yoki davolashni 

muddatidan  oldin    to'xtatish 

holati    xaqida  silga  qarshi 

xizmatga  zudlik  bilan  xabar 

berish.

џ Me'yoriy  hujjatlarga  muvofiq 



“xavf  guruhidan”  shaxslarni 

kuzatib borish.



BTSYO tarmog'ini tibbiyot xodimining me'yoriy hujjatlarga muvofiq 

eng  muhim  majburiyatlaridan  biri  “xavf  guruhidagi”  shaxslarni 

kuzatib borish kiradi.

Silni aniqlash va tekshirish bo'yicha umumiy qoidalar (BTSYO 

darajasi)

O'pka silini aniqlashning asosiy usuli silga shubha qilingan shaxslarning 

14


(klinik  alomatlar  va  respirator  shikoyatlar)  tibbiy  yordam  uchun 

murojaat  qilganlarida  balg'amning  bakteriologik  tadqiqotidir.  Bu 

maqsadda,  bemorlarni  ambulator  qabul  qilishni  amalga  oshiruvchi 

barcha BTSYO tibbiyot muassasalarida – poliklinikalarda, QOPlarda - 

balg'amni yig'ish joylari tashkillashtiriladi, ularning ish vaqti ambulator 

qabulning vaqti bilan mos kelishi kerak. Yotoq bemorlarda balg'amni 

yig'ish tibbiyot hamshirasi tomonidan uyda amalga oshiriladi.   

Barcha BTSYO tibbiyot muassasalarida – poliklinikalarda, QOPlarda -   

balg'amni yig'ish joylari tashkillashtiriladi.

Quyidagi  shaxslarda  silga  balg'amni  bakteriologik  tekshirish   

lozim:

џ Tibbiyot muassasasiga ikki hafta vaqt davomidagi yo'talga shikoyat 

qilib murojaat etgan shaxslar. Yo'tal kasallikning mustaqil ko'rinishi 

bo'lishi yoki ko'krak qafasidagi og'riqlar, qon tuflash, tez-tez nafas 

olish,  holsizlik,  ko'p  terlashlik,  subfebril  harorat  kabi  alomatlar 

bilan uyg'unlashuvi bo'lishi mumkin.

џ Kasallikning  muvofiq  alomatlari  mavjud  bo'lgan  sil  bilan 

kasallangan  bemorlar  (balg'am  ko'chib  chiqishi,  yo'tal)  bilan 

aloqada bo'lgan shaxslar.

џ Silga  nisbatan  shubha  uyg'otgan  o'pka  maydonlaridagi 

rentgenologik o'zgarishlariga ega bo'lgan shaxslar.

џ Nafas olish organlarining surunkali nospetsifik kasalliklari (zo'riqish 

davrida) bilan aziyat chekuvchi “xavf guruhi”dagi shaxslar.

Ikki  haftadan  ortiq  davomiy  yo'talga  shikoyat  bilan  tibbiyot 

muassasasiga  murojaat  qilgan  shaxslar,  silga  balg'amni 

bakteriologik tekshiruvdan o'tishlari kerak bo'ladi.

Silga shubha uyg'otgan bemorni tekshirish

Nafas olish organlari siliga shubhalangan bemor murojaat qilgan joy 

bo'yicha tibbiyot muassasasida bevosita tekshiriladi, bu erda nazorat 

15


ostida ikki miqdordagi (birinchisi – murojaat qilgan vaqtida, ikkinchisi – 

yig'ilgani, iloji boricha, ertalabki vaqtdagi) balg'am yig'ish o'tkaziladi, 

keyinchalik  uni  maxsuslashtirilgan  laboratoriyaga  bakteriologik 

tadqiqot o'tkazilishi uchun yuboriladi. Muassasa muvofiq uskunalarga, 

o'qitilgan xodimlarga (BTSYO tibbiyot hamshirasi) va silning infektsion 

nazorati talablariga javob berishi kerak.

Kislotaga chidamli bakteriyalarga (KCHB) balg'amning ikki miqdoridan 

hech  bo'lmaganda  birida  mikroskopik  tadqiqotning  natijasi  ijobiy 

olinganda,  bemorlar  turar  joyi  bo'yicha  silga  qarshi  muassasaga 

tekshiruvni davom ettirish uchun yuboriladilar.

KCHBga balg'amni bakteriologik tadqiqot natijalarining ikki karra salbiy 

bo'lganda,  bemorlar  ko'krak  qafasi  organlarining  flyuorografiyasiga 

yoki  rentgenografiyasiga  yuboriladi.  Keyingi  taktika  rentgenologik 

tadqiqotlarning  natijalari  bilan  aniqlab  beriladi.  Miliar  silga 

shubhalangan  bemorlar  zudlik  bilan  silga  qarshi  muassasaga 

yuboriladi, bronxitni yoki zotiljamni differentsial tekshiruvini o'tkazish 

zarurati tug'ilganda esa 2 hafta (14 kun) davomida antibiotiklarning 

keng  ta'sir  spektri  test-terapiyasi  tayinlanadi.  Klinik-rentgenologik 

dinamikaning  mavjud  bo'lmaganida  yoki  jarayonning  torpid 

kechishida bemor silga qarshi muassasaga yuboriladi.



Nafas olish organlari siliga shubhalangan bemorlar murojaat qilgan 

joy bo'yicha bevosita tibbiy muassasada tekshiriladi.

Silni qanday davolasa bo'ladi?

Silning davosi bor.

Silni davolash uchun bemorga 4-5 silga qarshi dori vositalarini qabul 

qilish zarur bo'ladi. Silni davolash butun davr mobaynida nazorat qilib 

turilishi kerak, ya'ni tibbiyot xodimlari muntazam ravishda bemorlar 

dori  vositalarini  qabul  qilayotganini  nazorat  ostida  ushlab  turishlari 

kerak.  Bu  muvaffaqiyatli  davolash  uchun  asosiy  sharoitdir,  chunki 

ko'pchilik  insonlar  kerakli  dori  vositalarini  o'z  vaqtida  qabul  qilishni 

16


unutib qo'yadilar.

Silni davolash uzoq vaqt, kamida 6-8 

oy  davomida  bajariladi.  Faqat  shu 

d a v r   i c h i d a   b a r c h a   s i l  

bakteriyalarining  yo'qotilishiga 

erishiladi.  Nazoratsiz,  noto'g'ri 

davolashda  sil  qiyin  davolanuvchi 

kasallikka aylanishi va uni davolash 

vaqti  2  yilgacha  davom  etishi 

mumkin.


Sild a n   t u za lib   ket is h   u c h u n  

bemorlarga quyidagilar zarur:

џ Shifokorga o'z vaqtida murojaat qilish.

џ Shifokor nazorati ostida davolash kursini to'liq o'tish.

џ Shifokor tomonidan tayinlangan silga qarshi dori vositalarini qabul 

qilish va davolanishda uzilishlarga yo'l qo'ymaslik.

џ Shifokorning  barcha  ko'rsatmalarini  o'z  vaqtida  bajarish,  chunki 

davolashning natijasi shunga bog'liq.



Sil ko'pincha davolanadi!

Silni davolash haqida nimalarni bilish zarur?

Silni davolash 2 fazaga bo'linadi, ular orasida dori vositalarini qabul 

qilishni uzilishiga yo'l qo'yish mumkin emas.

Birinchi faza – bu intensiv davolash, bunda bemor silning sezuvchan 

shaklida 2-3 oy davomida 4-5 silga qarshi dori vositalarini va silning 

turg'un shaklida 8 oygacha 5-6 dori vositalarini qabul qilishi kerak.

Keyinchalik davolashning ikkinchi quvvatlab turuvchi fazasida silning 

sezuvchan shaklida 4-5 oy davomida yana 2-3 dori vositasini va silning 

17


turg'un shaklida 12 oydan ortiq 3-

4  dori  vositasini  qabul  qilishni 

davom ettirish zarur.

Silni  davolashda  immunitetni 

mustahkamlash  uchun  har  xil 

xalq  tabobati  vositalari:  qimiz, 

tuya  suti,  asal,  asalari  elimi, 

yong'oqlar,  dorivor  o'simliklarni 

qo'llash  mumkin.  Ammo  shuni 

yodda  tutish  kerakki,  barcha 

sanab  o'tilganlar  sil  bakteriyalarini  o'ldirmaydi,  demak,  asosiy 

davolash hisoblanmaydi.

Bundan  tashqari,  kasallikning  erta  bosqichlarida  ba'zi  vositalar 

jarayonlarning  generalizatsiyalanishiga  turtki  bo'lishi  mumkin. 

Shuning  uchun,  xalq  tabobati  usullarini  ehtiyotkorlik  bilan  va  faqat 

ftiziatr bilan maslahatlashgandan so'ng qo'llash mumkin.



Silni davolash 2 fazaga bo'linadi, ular orasida dori vositalarini qabul 

qilishni uzilishiga yo'l qo'yish mumkin emas. Xalq tabobati usullarini 

ehtiyotkorlik bilan va faqat ftiziatr bilan maslahatlashgandan so'ng 

qo'llash mumkin.

OIV-infektsiyali bemorlarda silning o'tish xususiyatlari

Silning  o'tishi  OIVda  immuntanqislikning  bosqichi  va  darajasiga 

bog'liqdir.  Boshlang'ich  bosqichlarda  engil  yoki    mo'tadil 

immuntanqisligida  sil  rivojlanadi,  u  odatdagi  sildan  kam  tomonlari 

bilan farq qiladi. Immunitetning pasayib borishi odatda o'pka sili va 

o'pkadan tashqaridagi sil rivojlanishiga olib keladi. Hammasidan ham 

ko'proq bular qatoriga zotiljam, limfadenopatiya, perikardit, milliar sili, 

meningit va tarqalgan sil kiradi.

OIV infektsiyasi – sil kasalligini xavfini oshiruvchi eng asosiy omildir.

18


OIV  infektsiyasi  –  sil  kasalligini 

xavfini  oshiruvchi  eng  asosiy 

omildir.

Silni davolashda paydo bo'luvchi 

nojo'ya ta'sirlar

Sil  bilan  kasallangan  bemorlarning 

birinchi  aniqlangan  5-10  %  da 

davolash  vaqtida  silga  qarshi  dori 

vositalariga  quyidagi  nojo'ya   

ta'sirlar  paydo  bo'lishi  mumkin: 

ishtahani yo'qolishi, ko'ngil aynishi, qusish, teri qichishishi, qorindagi 

og'riqlar,  ko'zning  oq  pardasi  va  terining  sarg'ayishi,  bo'g'imlardagi 

og'riqlar,  quloqlardagi  shovqin,  harakatlanish  beqarorligi,  ko'rish 

qobiliyatini buzilishi.

Amaldagi barcha sanab o'tilgan alomatlar bartaraf etilishi mumkin va 

asosiy davolashni bekor qilishni talab etmaydi. Bu o'zgarishlar haqida 

bemor o'zining davolovchi shifokoriga xabar berishi kerak.

Silga  qarshi  dori  vositalarini  ularga  yuqori  sezuvchanlik  natijasida 

asoslanmagan  bekor  qilinishi  sil  bakteriyalarining  multirezistent-

ligining  (turg'unligining)  rivojlanishiga  va  kasallikning  qiyin 

davolanuvchi surunkali shakllariga olib kelishi mumkin.

Silni  davolashda  paydo  bo'luvchi  amaldagi  barcha  alomatlar 

bartaraf  etilishi  mumkin  va  asosiy  davolashni  bekor  qilishni  talab 

etmaydi.  Bu  o'zgarishlar  haqida  bemor  o'zining  davolovchi 

shifokoriga xabar berishi kerak.

Silni nazoratsiz, noto'g'ri davolash nimasi bilan xavfli?

Silni noto'g'ri davolash natijasida, asosan silga qarshi dori vositalarini 

qabul qilishdagi uzilishlar tufayli kasallik ko'pincha qiyin davolanadi. 

Uning ancha xavfli bo'lgan shakllari – miqdori ko'p dori vositalariga 

19


turg'un  sil  (MDT-sil),  bunda  sil  bakteriyalari  asosiy  silga  qarshi  dori 

vositalari  (minimum  rifampitsinga  va  izoniazidga)  ta'siriga  bardoshli 

bo'lib qoladi va keng dori vositalariga turg'un sil (KDT-sil) har qanday 

ftorxinolga va ikkinchi qator silga qarshi in'ektsion dori vositalarining 

uchtasidan biriga qo'shimcha turg'unlikka aylanadi. 

Miqdori ko'p dori vositalariga turg'un silni davolash juda murakkab va 

18-24  oy  davomida  o'tkaziladi,  ya'ni  silning  sezuvchan  shaklini 

davolashga qaraganda 3-4 marotaba ko'proq.

S h u n i n g   u c h u n ,   s i l   b i l a n  

k a s a l l a n g a n l a r,   u l a r n i n g  

q a r i n d o s h l a r i   v a   b a r c h a  

darajadagi tibbiyot xodimlari silni 

davolashda  juda  puxta  bo'lishi 

kerak.  Davolash  vaqtida  hech 

q an d ay  tan affu slarga  yo 'l 

qo'yilmaslik  kerakligini  bilishlari 

shart.

Silni  noto'g'ri  davolash  natijasida,  asosan  silga  qarshi  dori 

vositalarini qabul qilishdagi uzilishlar tufayli kasallik ko'pincha qiyin 

davolanadi.  Shuning  uchun,  sil  bilan  kasallanganlar,  ularning 

qarindoshlari  va  barcha  darajadagi  tibbiyot  xodimlari  silni 

davolashda  juda  puxta  bo'lishi  va  davolash  vaqtida  hech  qanday 

tanaffuslarga yo'l qo'yilmaslik kerakligini bilishlari shart. 

Silni davolashning sharoitlari

Bemorning holatiga,  kasallikning tarqalganligiga va og'irligiga  bog'liq 

holda  silni  davolash  ambulator  yoki  statsionar  sharoitida  bo'lishi 

mumkin.


Ambulator  davolash  uyda  o'tkazilishi  yoki  bemorlarning  o'zlari 

davolash muassasasiga kelib davolanishlari mumkin.

20


Statsionar  davolash  bemorni  shifoxonaga  joylashtirish  bilan  amalga 

oshiriladi.



Silni davolash ambulator yoki statsionar sharoitida  bo'lishi mumkin.

Bemorlar uchun silni ambulator davolashning afzalliklari

O'zbekistonda  silni  ambulator  davolash  bo'yicha  mavjud  bo'lgan 

tajribasiga asosan quyidagi xulosalar qilingan:

џ Ambulator  davolashning  jadal  bosqichidan  o'tgan  silning  turg'un 

shakliga ega bo'lgan bemorlarning davolash natijalari shifoxonaga 

joylashtirilgan bemorlarning  davolash natijalari bilan o'xshashdir.

џ Ambulator  davolanayotgan  bemorlarda  dori  vositalariga  nojo'ya 

ta'sirlar  shifoxonaga  yotqizilganlarga  qaraganda  kamroq 

aniqlanadi. Shuni ta'kidlash joizki, statsionar bosqichdagi nojo'ya 

ta'sirlarning paydo bo'lishida bemorga ko'rsatiluvchi xizmatlarning 

s i fa t i ,   b e p u l   l a b o ra t o r  

xizmatlar  va  tor  mutaxassis-

shifokorlarning  maslahatlari 

kabi ham yuqori. 

џ Davolashning  ambulator 

modeli  bemorlar  uchun 

ancha qulay.

џ Davolashning  ambulator 

m o d e l i   s t a t s i o n a r g a  

qaraganda arzonroq.



Davolashning  ambulator  modeli  bemorlar  uchun  ancha  qulay  va 

statsionar davolashdan arzonroq bo'ladi.

Sil  bilan  kasallangan  bemorlarni  uyda  davolashda  nimalar 

zarur?

21


Davolashning  erta  bosqichlarida  sil  bilan  kasallangan  bemorlarni 

ambulator davolash imkoniyatlarini ta'minlashning quyidagi bir qator 

ob'ektiv omillari mavjud:

џ Silni davolashga sodiqlik.

џ Alohida xonaning mavjud bo'lishi.

џ Ushbu  o'choqda  18  yoshga  to'lmagan  bolalarning,  homilador 

ayollarning va katta yoshdagi odamlarning bo'lmasligi.

џ Infektsion nazorat choralariga xonada rioya etilishi.

џ Bemorni parvarish qilayotgan shaxsning mavjudligi.

џ Bemorni  uyda  davolash  uchun  silga  qarshi  dori  vositalarini 

muntazam, uzluksiz keltirilishi.

џ Uchastka shifokori tomonidan bemorni bir oyda 2 martadan kam 

bo'lmagan,  ftiziatr  tomonidan  esa  bir  oyda  1  marotabadan  kam 

bo'lmagan doimiy ko'rigi va maslahatlari.

џ

Bemorda sil bakteriyalari ajralib chiqish davrida tibbiyot/parvarish-



lovchi  xodimlarida  respiratorning  mavjudligi,  uning  to'g'ri 

ishlatilishi va bemorning o'zi ham niqobchadan foydalanishi zarur.



Davolashning  erta  bosqichlarida  sil  bilan  kasallangan  bemorlarni 

ambulator  davolash  imkoniyatlarini  ta'minlashning  bir  qator 

ob'ektiv omillari mavjud.

Silda ovqatlanish

Sil  bilan  kasallangan  bemorning  ovqatlanish  ratsionida  oqsilga  boy 

mahsulotlar  va  vitaminlar  etarlicha  miqdorda  bo'lishi  kerak. 

Ovqatlanishda  sut  mahsulotlari,  sabzavotlar  va  mevalar,  har  xil 

sharbatlarni iste'mol qilish zarur.

Sil bilan kasallangan bemorlarning uyqu va dam olishlariga etarlicha 

vaqt  ajratilganda  tezda  tuzalib  ketadilar  (kuniga  8-10  soat).  Toza 

havoda  uzoq  vaqt  davom  etmaydigan  sayrlar  tavsiya  etiladi. 

22


Davolashning  ikkinchi  fazasida  kuchi 

etadigan  engil  mehnatni  bajarish 

mumkin. Sog'lom turmush tarzi – bu silni 

profilaktikasi  va  uning  retsidivlarini 

muvaffaqiyatli davolash kafolatidir.

Sog'lom  turmush  tarzi  –  bu  silni 

profilaktikasi  va  uning  retsidivlarini 

muvaffaqiyatli davolash kafolatidir.

Silni  davolashda  mehnat  va  dam 

olish tartibi

Sil  bilan  kasallangan  bemorga  tez  tuzalib  ketishi  uchun  uzaytirilgan 

uyqu,  barqarorlashtirilgan  kun  tartibi  zarur,  bunda  uning  organizmi 

uchun qulay holat ta'minlanadi.

To'g'ri  tartibni  o'rnatish  uchun  bemorga  uzaytirilgan  uyqu,  kun 

davomida minimum ikki soatli dam olish, iloji boricha toza havoda vaqt 

o'tkazish:  uzoq  vaqt  bo'lmagan  sayrlar,  ochiq  ayvonda  yotish,  havo 

vannalarini qabul qilish shart.

Bemor  yuqumsiz  bo'lib  qolganidan  so'ng  u  engil,  kuchi  etadigan 

mehnat bilan shug'ullanishi mumkin. Ish quyidagicha bo'lishi kerak:

џ charchatmaydigan;

џ zararli bo'lgan ishlab chiqarishda emas;

џ katta jismoniy yuklanishlarsiz;

џ quruq, iliq, yaxshi shamollatib turiluvchi xonalarda;

џ uyquni buzmasdan (ya'ni kunlik navbatchiliklarsiz);

џ ovqatlanish imkoniyati bilan.



To'g'ri  tartibni  o'rnatish  uchun  bemorga  uzaytirilgan  uyqu,  kun 

davomida kamida ikki soatli dam olish, iloji boricha toza havoda vaqt 

o'tkazishi tavsiya qilinadi.

23


24

Sildan davolangandan so'ng bemorlarning reabilitatsiyasi

Silni o'tkazgan inson birinchi galda o'zining turmush tarzini o'zgartirishi 

lozim. Agar uning faoliyati zararli mehnat sharoitlari bilan, kirlangan 

xonalarda  muntazam  bo'lishliklarga  bog'liq  bo'lsa,  u  holda  bunday 

ishni  almashtirish  kerak.  Tungi  dam  olish  vaqtini  8-9  soatgacha 

oshirish,  kunlik  tartibga  2-soatlik  kunduzgi  uyquni  kiritish,  jismoniy 

yuklanishni  cheklash,  har  kuni  toza  havoda  bo'lish,  stressli 

vaziyatlardan nariroq bo'lish kerak.

Nafas  olish  yo'llarini  shamollash 

kasalliklaridan himoyalash uchun 

chekishni tashlash va organizmni 

asta-sekin chiniqtirishni boshlash 

kerak.  Biroq,  uzoq  vaqt  ochiq 

quyoshda  bo'lish  taqiqlanadi, 

chunki  kuydiruvchi  nurlar 

y a l l i g ' l a n i s h   j a r a y o n i n i  

qo'zg'atishi  mumkin.  Toza  havoda  yayov  sayrlar,  engil  gimnastika, 

suzish tavsiya etiladi.

Reabilitatsion   davrning muhim qismi dietoterapiya bo'ladi, shuning 

uchun  bemor  tayinlangan  ovqatlanish  tartibiga  so'zsiz  rioya  qilishi 

kerak.  Ovqatlanishda  engil  hazm  bo'luvchi  oqsillarni  ularning 

organizmdan  sezilarli  yo'qolganligi  bois  iste'mol  qilinishi  ustunlikka 

ega. Oqsil shikastlangan o'choqdagi to'qimalarni tiklanishiga yordam 

beradi, kasallik davrida sarf qilingan quvvatni to'ldiradi. Bir vaqtning 

o'zida yog'larni (ayniqsa hayvoniy yog'larni) va uglevodlarni iste'mol 

qilinishini cheklash talab etiladi.



Kasallikdan so'ng reabilitatsiya qoidalari:

џ Mehnat va dam olishning eng maqbul tartibi;

џ Jismoniy yuklanishni chegaralash;


25

џ Toza havoda ko'proq vaqt o'tkazish;

џ Stress holatlarining mavjud bo'lmasligi;

џ Organizmni asta-sekin chiniqtirish;

џ Dietoterapiya.

Reabilitatsion  davrning  muhim  qismi  dietoterapiya  bo'ladi. 

Ovqatlanishda  engil  hazm  bo'luvchi  oqsillarni  iste'mol  qilinishi 

ustunlikka ega.

 

Sil  bilan  kasallangan  bemor  tomonidan  rioya  etilishi  uchun 

zarur bo'lgan qoidalar

Sil  bilan  kasallangan  bemorlar  atrofni  o'rab  turgan  insonlarga 

yuqtirmaslikni oldini olish bo'yicha tadbirlarni bajarishlari zarur. Eng 

muhimi  shifokor  tomonidan  tayinlangan  muddatgacha  uzluksiz 

davolanish bo'ladi.

Yo'talganda  va  aksirganda  og'izni  salfetka  bilan  yopish  kerak, 

keyinchalik  u  dezinfektsiyalanadi  yoki  yo'q  qilib  tashlanadi.  Sil  bilan 

kasallangan  bemorlar  boshqa  insonlar,  ayniqsa 

bolalar bilan, muloqotni cheklashlari kerak, toki 

balg'am  bilan  sil  bakteriyalarini  ajralib  chiqishi 

turg'un  to'xtagunicha  (balg'am  tekshiruvlari 

salbiy bo'lib qolishi kerak).

Sil  bilan  kasallangan  bemorlar  joylashgan  xona 

(palata)  tez-tez  shamollatib  turilishi  kerak.  Bu 

tadbirlar oila a'zolarini, ayniqsa bolalarni, hamda 

qarindoshlarni,  do'stlarni,  hamkasblarni  va 

jamiyatning boshqa a'zolarini silni yuqtirishlari va kasallanishlaridan 

samarali himoya qiladi.



Yo'talganda  va  aksirganda  og'izni  salfetka  bilan  yopish  kerak, 

keyinchalik u dezinfektsiyalanadi yoki yo'q qilib tashlanadi.

Agar bemorning qarindoshi sil bilan kasallangan bo'lsa

Agar bemorning oila a'zolaridan biror biriga “sil” tashxisini qo'yishgan 

bo'lsa, bu infektsiyadan qolganlarni, ayniqsa bolalarni, saqlab qolish 

muhimdir. Avvalambor xonada dezinfektsiyani o'tkazish zarur. So'ngra, 

sog'lom  insonlarni  zararlanishini  oldini  olish  uchun  barcha  chora-

tadbirlarni  amalga  oshirish  kerak.  Bemorga  alohida  sochiq,  bo'lak 

sovun  va  tish  chyotkasini  ajratish,  ustiga-ustak  ularning  barchasi 

boshqa  anjomlardan  alohida  izolyatsiyalangan  bo'lishi  kerak.  Uning 

uchun idishlar jamlanmasi xuddi shunday tarzda alohida bo'lishi kerak. 

Kirlangan  likobchalarni,  finjonlarni  va  qoshiqlarning  ustidan 

avvalambor qaynoq suv quyiladi va so'ngra ular yuviladi.

Хonani muntazam shamollatish, kunora nam yig'ishtirish va uyni o'ta 

toza  holatda  ushlab  turish  katta  ahamiyatga  ega.  Bemor  bilan 

yaqinlikda  yashovchilarning  barchasi  tizimli  tekshiruvlardan  o'tib 

turishlari  zarur.  Bunda  shuni  yodda  tutish  lozimki,  faqat  ochiq 

shakldagi sil bilan kasallangan insonlar bakteriyalarni ajratib chiqaradi. 

Agar davolash muvaffaqiyatli bo'lgan bo'lsa va kasallik yopiq shaklga 

o'tgan bo'lsa, yuqish amalga oshmaydi.



Faqat ochiq shakldagi sil bilan kasallangan insonlar bakteriyalarni 

ajratib  chiqaradi.  Agar  davolash  muvaffaqiyatli  bo'lgan  bo'lsa  va 

kasallik yopiq shaklga o'tgan bo'lsa, yuqish amalga oshmaydi.

Silni  davolashning  to'liq  kursini  yakunlagandan  so'ng  bemor 

nimalarni bilishi zarur?

Sil  bakteriyalarining  ajralib  chiqilishi  uzoq  vaqt  kechadi,  turg'un 

yakunlanish  kuzatilganda  davolanish  samarali  hisoblanadi,  ya'ni 

balg'amning  mikroskopik  tekshiruv  natijalari  manfiy  bo'lib  qoladi. 

Bunday vaziyatlarda shifokor sildan davolanganlikni o'rnatadi va inson 

o'z  yaqinlarini  va  atrofdagilarni  sil  bilan  zararlashdan  qo'rqmasdan 

odatiy yashash tarzini davom ettirishi mumkin.

26


27

Nomaqbul  faktorlarda  (yomon 

ovqatlanish,  tez-tez  sovuq 

qotish,  charchoq,  alkogolni 

suiiste'mol  qilish,  narkotik 

moddalarini  qabul  qilish  va 

boshqalar) insonlarning 2-3% da 

sil qayta paydo bo'lishi mumkin.

S h u n i n g   u c h u n ,   s i l   b i l a n  

kasallanib chiqqan barcha insonlar yo'tal va boshqa alomatlar takroran 

paydo  bo'lganligini  sezganlarida,  silga  mikroskopik  tadqiqot  uchun 

balg'amni topshirishlari zarur.

Sog'lom turmush  tarzi eng yaxshi  profilaktika  va  silni muvaffaqiyatli 

davolashning kafolati ekanligini ham yodda tutish muhimdir.



Nomaqbul  holatlarda  2-3%  odamlarda  sil  qayta  vujudga  kelishi 

mumkin. Yo'tal va boshqa alomatlar qayta paydo bo'lganda, silga 

mikroskopik tekshirish uchun balg'amni topshirish zarur.

Sil  bilan  kasallangan  bemorlarga  tibbiy  yordam  haqida 

bemorlar Xartiyasi

Bemorlar  Xartiyasi  –  sil  bilan  kasallangan  insonlarning  huquq  va 

majburiyatlari tavsiflab berilgan hujjat. 

Shu  bilimlarga  ega  bo'lganlik 

sharofati  bilan  shu  kasallik  bilan 

kasallangan  insonlar  va  ularning 

jamoalari o'zlarining imkoniyatlarini 

kengaytirib  bormoqda.  Dunyoning 

har  tomonidagi  bemorlarning 

tashabbusi bo'yicha ishlab chiqilgan 

Xartiya  tibbiyot  xizmatlarini 


28

ta'minlovchilar bilan munosabatlarni o'zaro foydali qilmoqda.



Sil bilan kasallangan bemorlarning huquqlari

Xartiyaga  muvofiq  sil  bilan  kasallangan  bemorlar  o'z  huquqlariga 

egadirlar, quyidagilar ularning qatoriga kiradi:

џ Resurslarga,  irqqa,  yoshga,  tilga,  yuridik  maqomiga,  e'tiqodiga, 

madaniyatiga yoki boshqa kasallikning borligiga bog'liq bo'lmagan 

tashxisdan davolashni yakunlaguncha silga qarshi yordamga erkin 

va teng huquqli erishish huquqi.

џ Hurmat va qadr-qimmatni saqlab, sog'liqni saqlash va ma'muriyat 

xodimlari  tomonidan  tamg'asiz,  soxta  fikrlarsiz  yoki  kamsitishsiz 

davolanishga huquq.

џ Tibbiy holat, tashxis, prognoz (kasallikning kelajakdagi rivojlanish 

ehtimoliga nisbatan fikr), taklif etilgan davolash, umumiy xavflar va 

ehtimolli  alternativalarning  o'z  vaqtida,  qisqa  va  tushunarli 

tushuntirishlarga huquq.

џ Oldingi tibbiy hujjatlarga erishish bilan ikkinchi tibbiy fikrga huquq.

џ Faqat bemor bilan kelishuvdan so'ng boshqa instantsiyalarga tibbiy 

holatga taalluqli sirli ma'lumotlarni berish huquqi.

џ Tekshiruvdan yoki davolashdan va muvofiq tiklanishdan so'ng ishni 

saqlab qolish huquqi.

Sil bilan kasallangan bemorlarning majburiyatlari

Xartiyaga  muvofiq  bemorlar  huquqlar  bilan  birga    majburiyatlarga 

ham egadirlar, quyidagilar ularning qatoriga kiradi:

џ Oilaviy  aloqalar,  yaqin  do'stlar  bilan  aloqalar  va  zararlangan 

insonlar  bilan  aloqalar    xususida  sog'liqni  saqlash  xodimlariga 

ma'lumotlarni taqdim etish.

џ Davolashning tayinlangan va kelishilgan rejasi va sxemasiga rioya 


29

qilish,  bemorni  va  uni  atrofdagilarni  sog'lig'ini  himoyalashga 

yo'naltirilgan yo'riqnomalarni sidqidildan bajarish.

џ Mukofotlash,  tushuntirish  va  tavsiya  qilish  yo'llari  bilan  sil 

alomatlari aniqlangan shaxslarni sog'liqni   saqlash     tizimiga jalb 

etishga yordam berish.

џ Boshqa bemorlarga va sog'liqni saqlash xodimlariga, bu silga qarshi 

Uyushmaning  muhim  va  munosib  asosi  ekanligini  tushunib  etib, 

axborot berish va huquqlarini tushuntirish.

џ Davolanishga  birgalikda  intilish  uchun  birdamlikka  va  boshqa 

bemorlarga yordam berishga  ma'naviy mas'uliyatni o'z zimmasiga 

olish.


џ Jamiyatni sil yukidan ozod qilishga kuchlarni sarf qilish va boshqalar.

Bemorlar  Xartiyasi  –  sil  bilan  kasallangan  insonlarning  huquq  va 

majburiyatlari tavsiflab berilgan hujjat. 

BSST ning “Silni yo'q qilish” strategiyasi 

Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti 

va  sil  va  o'pka  kasalliklari  bilan 

kurashishning  Xalqaro  ittifoqi  sil  bilan 

kurashishda  “Silni  yo'q  qilish” 

strategiyasini qo'llashni tavsiya etadi, u 

tibbiyot  va  ma'muriy  tadbirlarning 

kompleks tizimi bo'ladi.



Strategiya maqsadi:

Silning global epidemiyasini to'xtatish.



Maqsadli ko'rsatkichlar:

џ 2015 yil bilan solishtirilganda 2035 yilga kelib sildan o'lim miqdorini 



30

95% ga pasaytirish.

џ 2015 yil bilan solishtirilganda 2035 yilga kelib sil bilan kasallanish 

ko'rsatkichini 90% ga pasaytirish.

џ Sil  bilan  kasallangan  bemorlari  bo'lgan  oilalardan  birortasi  ham 

2035 yilga kelib katta xarajatlarga ega bo'lmasligi kerak.



Strategiya tamoyillari:

џ Davlat  tomonidan  rahbarlik  qilish  va  mas'uliyat,  monitoring  va 

baholashni o'tkazish.

џ Fuqarolik  jamiyatlari  va  mahalliy  aholi  o'rtasida  chambarchas 

hamkorlik.

џ Inson  huquqlari,    odob-axloq  me'yorlari  va  haqqoniylik 

tamoyilining himoyalanishi va ularga rioya etilishi.

џ Global  hamkorlikda  mamlakat  darajasida  strategiya  va 

vazifalarning moslashishi.

Strategiyaning asosiy elementlari va tarkibiy qismlari:

џ Bemorga yo'naltirilgan kompleks davolash va profilaktika.

Silni  boshidanoq  aniqlash,  shu  qatorda  dori  vositalarga 



sezuvchanlikka umumiy testni o'tkazib, aloqada bo'lgan va 

"

yuqori xavflilik guruhidagi" shaxslarni tizimli tekshirish.



Sil  bilan  kasallangan  hamma  shaxslarni  davolash,  shu 

qatorda  dori  vositasiga  turg'un  sil  va  bemorlarni  qo'llab-

quvvatlash.

Sil/OIV  bilan  kurashishning  hamkorlikdagi  choralari  va 



birgalikda kechuvchi kasalliklarni olib borish.

Yuqori xavf ta'siri ostiga tushib qoluvchi shaxslarni profilaktik 



davolash va silga qarshi emlash.

џ Kuchli siyosat va qo'llab-quvvatlovchi tizim.



31

o  Silni davolash va profilaktikasi uchun adekvat resurslar bilan 

siyosiy qo'llab-quvvatlash.

o  Fuqarolik  jamiyatining  jamoalari,  tashkilotlarini  hamda 

yordam beruvchi davlat va xususiy etkazib beruvchilarning 

ishtiroki.

o  Sog'liqni saqlash xizmatlarini umumiy qamrab olish siyosati 

va kasallanish hodisalari haqida xabarlash uchun me'yoriy-

huquqiy baza, fuqarolik holatini qayd qilish, dori vositalarini 

sifati  va  foydali  ishlatilishi,  hamda  infektsion  nazoratni 

ta'minlash.

o  Ijtimoiy  himoya,  qashshoqlik  bilan  kurashish  va  silning 

boshqa determinantlariga ta'sir o'tkazish.

џ Tadqiqotlar va innovatsiyalarni jadallashtirish.

o  Yangi  vositalar,  amaliy  choralar  va  strategiyalarni  ochish, 

ishlab chiqish va tezkor tadbiq etish.

o  Amalga oshirish va ta'sir etishni optimallashtirish uchun ilmiy 

tadqiqotlar, innovatsiyalarga yordam berish.



Butunjahon  sog'liqni  saqlash  tashkiloti  va  Sil  va  o'pka  kasalliklari 

bilan kurashish Xalqaro ittifoqi sil bilan kurashishda “Silni yo'q qilish” 

strategiyasini qabul qilishni tavsiya etadilar.

Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya 

ilmiy- amaliy tibbiyot markazi

Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Alimova ko’chasi, 1. Indeks: 100086

Telefon: +998 (71) 278-04-70 / +998 (71) 278-15-28, 

Faks: +998 (71) 278-04-70

UO’K 616-002.5

KBK 55.4


Sil haqida nimalarni bilish kerak?

Umumiy amaliyot shifokorlari uchun 

axborot materiallari 

Toshkent: Baktria press, 2018. - 28 b. 

Muharrir: D.Sagatova

Kompyuterda tayyorlovchi: MCHJ «PREMIER PRINT»

Nashriyot licenziyasi  АI № 263 31.12.2014

Bosishga ruxsat etildi 00.00.2018 й. Bichimi  60х90 1/16

«Calibri» garniturasi. Ofset usulida bosildi.

Bosma tabog’i 1,75. 

Adadi 500 nusxa  

 «BAKTRIA PRESS» MCHJ Nashriyot uyi

100000, Toshkent, Buyuk Ipak Yo’li mavzesi, 15-25

Tel.: +998 (71) 233-23-84

MCHJ «PREMIER PRINT» bosmaxonasida chop etildi

ISBN 978-9943-5092-9-0

© RIFPIATM, 2018

© Baktria press, 2018



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin