O‘zbekiston respublikasi o’liy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 287,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix06.06.2020
ölçüsü287,06 Kb.
#31679
1   2   3   4
raqobat


Mutaxas-sis 

Ob’ektga 

tegishli 

ra-


qobatbardosh  hujjat-lashtirishni 

olib borish 

Tadqiqotlar  va  ishlanmalarning  zamonaviy 

usullarini bilishi va qo‘llashi 



Menejer 

Ushbu 


obekt 

raqobat-


bardoshligini 

ta’minlov-chi 

tizim  yaratish,  tizim  maqsadiga 

erishish  sari  jamoani  yetaklab 

borish 

Tadqiqotlar  va  ishlanmalarning  za-monaviy 



usullarini  bilishi  va  qo‘l-lashi,  jamoani 

shakllantirish  usul-larini,  mehnatni  tashkil 

etish  va  motivlashlashtirish,  sog‘liqni  mus-

tahkamlash, 

korporativ 

madaniyat 

da-

rajasini ko‘tarishni bilishi va qo‘llashi 



Qimmatli 

qog‘ozlar 

Qimmatli  qog‘ozlar  bozo-rida 

qog‘ozlarning 

likvid-ligini 

ta’minlash 

Qimmatli 

qog‘ozlarning 

bozordagi 

qiymatining aktivlar bilan ta’-minlanganligi, 

muassasaning 

mo-liyaviy 

barqarorligi 

ta’minlan-ganligi,  qimmatli  qog‘ozlarning 

hi-moyalanganligi va sug‘urtalangan-ligi 



Axborot 

Aniq  axborotning  korxo-nada, 

hududda,  mamlakatda,  xorijda 

takrorlanishi 

Axborotning  haqqoniyligi,  asos-langanligi, 

yangiligi, 

konkretligi, 

tizimliligining 

ta’minlanganligi 

Firma, 

korxona, 

tashkilot 

Raqobatbardosh  ob’ekt  ish-lab 

chiqarish va fir-maning barqaror 

moliyaviy faoliyati 

Raqobatbardosh  ob’ektni  tashqi  bozorda  20 

%,  ichki  bozorda  60  %  (kamida)  ulushi, 

firmaning 

barqa-rorligi, 

samaradorligi, 

ishonch-liligining ta’minlanganligi 



Mehmonxona  xizmatlarining  raqobatbardoshligini  quyidagi  ko‘rsatkichlar  bo‘yicha 

ko‘rib chiqishimiz mumkin: 

-

  iqtisodiy - xizmatlarning iste’mol narxi, qiymatida namoyon bo‘ladi; 



-

  tashkiliy - xizmatlarning taklif etish sharoitlarini tavsiflaydi; 

-

  tasnifiy - xizmatlarning ma’lum bir turga mansubligini bildiradi; 



-

  me’yoriy - xizmatlarning aniq bir standartlar, qoidalarga muvofiqligini ko‘rsatadi; 

-

  konstruktiv - xizmatlarning texnik ustunliklarini namoyish etadi; 



-

  ijtimoiy  -  xizmatlarning  shaxsiy,  ijtimoiy  guruh  va    umuman  jamiyatning  o‘ziga 

xosligiga muvofiqligini ko‘rsatadi;  

-

  ergonomik  -  xizmatlarning  inson  organizmi  va  ruhiyati  xossalariga  muvofiqligini 



ko‘rsatadi. 

Tadqiqot natijasida turistik majmua mamlakat va uning alohida hududlari iqtisodiyotiga 

sezilarli  ta’sir  ko‘rsatishi  ma’lum  bo‘ldi,bu  esa  ushbu  soha  raqobatbardoshligini 

rivojlantirishzaruriyatini paydo qilmoqda. 

Bugungi  kunda 

“mehmonxona  xizmatlari  raqobatbardoshligi”  tushunchasining 

mazmunini tahlil qilish natijasida quyidagi asosiy xulosalar qilindi: 

1.

  Raqobatbardoshlik - bu bozor xo‘jaligini yuritish tizimining elementidir. Bunda mehmonxona 



xizmatlarini  ishlab  chiqaruvchilar  boshqa  ishlab  chiqaruvchilardan  turizm  bozoridagi 

ehtiyojlarni  yaxshiroq  qondirish  xususiyatiga  ega  bo‘ladilar  va  shu  bilan  bozorda  barqaror 

o‘rinni egallaydilar. 

2.

  Mehmonxona  xizmatlarining  raqobatbardoshligi  nisbiy  tushunchadir,  chunki  u  qaysi  ishlab 



chiqaruvchi  bilan  qaysi  bozorda  solishtirish  ro‘y  berayotganligiga  bog‘liq.  Shu  bilan  birga, 

mehmonxona  xizmatlarini  ishlab  chiqaruvchi  yoki  turistik  mahsulot  qaysi  bozorda  taqdim 

etilishidan qat’iy nazar, shubhasiz raqobat ustunligiga ega bo‘lishi ham mumkin.  

3.

  Raqobatbardoshlik  ichki  iyerarxiyaga  ega,  ya’ni  alohida  turistik  xizmat  darajasidan  to 



hududiy  va  milliy  turistik  majmua  darajasigacha  har  xil  lokalizatsiya  darajalarining  o‘zaro 

munosabatlari orqali namoyon bo‘ladi. Iyerarxiya darajalari o‘rtasidagi bog‘liqliqlar dialektik 

tavsifga  ega:  bir  tomondan  ularga  o‘zaro  majburiyatlar  xos  bo‘lsa,  ikkinchi  tomondan,  har 

biri o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan aniq sifat tavsiflariga ega bo‘lishi mumkin. 

4.

   Turistik  majmualar  raqobatbardoshligini  ma’lum  bir  darajada  ta’minlovchi  muhim 



elementlardan biri sifatida hududning turistik xizmatlar taklif etish omillariga egaligi, uning 

sifati, narxi va ulardan foydalanish darajasini ko‘rsatish mumkin.  

5.

  Raqobat ustunligining ahamiyatliligi vaqt bilan chegaralangan. Erishilgan raqobatbardoshlik 



darajasini  saqlab  qolish  uchun  ustunliklarni  shakllantirish  jarayonini  uzluksiz  olib  borish 

kerak.  Demak,  raqobatbardoshlik  nafaqat  iqtisodiy  holat,  balki  mehmonxona  xizmatlarini 



taklif  etish,  taqsimlash  jarayonini  takomillashtiruvchi  innovatsiyalarni  uzluksiz  qo‘llash 

jarayonidir. 

6.

  Raqobatbardoshlik  mehmonxona  korxonasi  samaradorligini  umumlashtiruvchi  mezondir, 



chunki  mehmonxona  korxonasining  “yashovchanligi”  va  rivojlanish  imkoniyatlari  uning 

erishgan  raqobatbardoshlik  darajasiga  bog‘liq.  Shu  bilan  birga,  u  mehmonxona  korxonasini 

iqtisodiy tizim sifatida shakllantiradigan elementlar, jarayonlar va o‘zaro aloqalar soni, sifati 

va rivojlanishi sur’atiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. 

Shunday qilib, raqobatbardoshlik har bir iqtisodiy tizim mo‘ljal olib shakllanishi, takomillashishi 

zarur bo‘lgan, muhim tizim yaratuvchi belgi sifatida ko‘rib chiqilishi kerak ekan.  

 

 

2.3. Turizmda turistlarning xavfsizligini ta’minlashning  

huquqiy me’yorlari va mehmonxonalarda turistlar 

xavfsizligini ta’minlash 

 

Insonning  hayoti  xavfsizligini  ta’minlash  hamma  vaqtda  ham  avvalo  insonning  o‘z 

hayotini muhofaza qilish, sog‘lig‘ini saqlash, yashash istagi hissiyotlaridan kelib chiqadi. 

O‘z hayoti xavfsizligining ertasini o‘ylamaydigan, hozirgi zamonamizdan juda ko‘p yillar 

ilgari  xavfli  sharoitlarda  tavakkaliga  sayohatga  chiqgan  jasur  kishilar  (Kuk,  Skott,  Magellan, 

Maklay,  Livingston,  Dikson,  Nikitin,  Bering,  Dejnyov,  Prjevalskiy,  Polo,  Batuta,  Lazerev, 

Kruznshtern, Kolumb, Vamberi va boshqalar) buyuk geografik tadqiqotchi sayyohlar bo‘lishgan. 

Lekin,  vaqt  o‘tishi  bilan  insonning  yashashga  bo‘lgan  hissiyotlari  ham  o‘zgardi.  Bunday 

hissiyotlar  zamirida  albatta  qo‘rqish  hissi  hukumronroq,  ikkilanish  hissi  kuchliroq  bo‘lganligi 

hisoblanadi.  

Bir  mamlakatdan  o‘zga  mamlakatlarga  sayohat  qilmoqchi  bo‘lgan  turist  albatta,  bu 

mamlakatdagi siyosiy-ijtimoiy vaziyat bilan qiziqadi, axborotlarni to‘playdi va ko‘ngli tinchligi, 

xavotir yo‘qligidan aniq bir qarorga keladi.  

Turizmning  xalqaro  miqyosida  rivojlanib  borayotganligining  sabablaridan  biri  xalqaro 

nizolarning  pasayishi,  qurollanishning  susayganligi  natijasida  jahon  xalqlarining  biri-biriga 

qiziqishi,  ko‘rishishga,  muloqot  qilishga,  xalqlarning  tarixiy-ma’naviy  madaniyatiga,  xalqlar 

yashayotgan davlatlar tabiatiga qiziqishi, intilishi hisoblanadi.   

Turizmdagi  xalqaro  huquq-me’yorlarini  qabul  qilgan  mamlakatlarda  turistlar  ana  shu 

huquq-me’yorlarga  ishonib,  suyanib  erkin  harakat  qilishadi.  Shu  bilan  birga,  turizm 

rivojlanishida  turistlik  oqimlarning  muayyan  davlatda  yoki  davlatlarda  ko‘payishi  turizmdagi 

xalqaro  tashkilotlarning  faoliyatiga  ham  bog‘liq  bo‘ladi.  Har  bir  davlatda,  shuningdek  xalqaro 

miqiyosda turizmni tashkil etishning eng muhim elementlaridan biri – turistlarning sog‘lig‘i va 

hayoti xavfsizligining ta’minlanishi hisoblanadi.  


Turistlarning hayoti xavfsizligi va buyumlarining saqlanish kafolati xalqaro miqiyosda va 

davlatlar  hududlarida  harakatlanish  xavfsizligidagi  juda  ko‘p  majmuali  tadbirlarning  qonun 

himoyasida ta’minlanishni talab qiladi. 

Turizmning  xalqaro  xavfsizligidagi  xalqaro  tajribalarni  Butunujahon  turistlik  tashkiloti  (BTT) 

tadqiq  qiladi  va  tadqiqot  natijalari  asosida  ishlab  chiqilgan  tavsiyalarni  turizm  to‘g‘risidagi 

qonun  va  huquqiy-me’yoriy  hujjatlr  qabul  qilgan  davlatlarga  ko‘rsatma  –  yo‘llanma  sifatida 

taqdim qilib kelmoqda. 

Sayohatlarning  xavfsizligini  ta’minlash  xaqidagi  Hartiya  1985  yil  BTT  dagi  Bosh 

Assambleyaning  VI  –  sessiyasida  qabul  qilingan.  Hartiya  tarkibi  9  ta  modda  va  turist  kodeksi, 

turist kodeksi ham yana 9 ta moddadan iborat.  

Hartiyaning  IV  moddasida  turistlarning  sog‘ligi  va  hayoti  xavfsizligini  ta’minlashda,  ularning 

buyumlarining  saqlanishi,  har  bir  davlat  hududlarida  erkin  harakat  qilishida  quyidagi  talablar 

bajarilishi dunyodagi barcha davlatlarga tavsiya qilingan: 

•  davlatlarning ma’sulligi; 

•  turistlarga imkoniyatlarning yaratilishi – o‘z davlatida va chet ellik turistlar uchun sayohatlar 

davrida  BMT,  BTT,  Xalqaro  fuqarolar  aviatsiyasi  tashkiloti,  Xalqaro  dengiz  tashkiloti, 

Xalqaro  bojxona  hamkorligi  Kengashi  va  boshqa  xalqaro  tashkilotlarining  turizm 

to‘g‘risidagi, xalqaro turizm to‘g‘risidagi “Holatlar”, “Dasturlar”, “Huquqiy-me’yorlar” bilan 

tanishi, o‘rganish, foydalanish sharoitlarini yaratishlari; 

•  turistlarning  bilimi  va  madaniyati  o‘sishiga  hamkorlik  qilishi  va  yetib  kelgan  davlatlarning 

mahalliy  aholisi  bilan  bo‘lgan  muloqatlarda,  aloqalarda  o‘zaro  tushunish,  o‘zaro  do‘stona 

muhitlarining yaratilishi; 

•  turistlarning  hayoti  xavfsizligini  ta’minlash  va  buyumlarining  saqlanish  chora-tadbirlarini 

xalqaro qonunlarga mos holda ishlab chiqishi; 

•  gigiyena  va  sog‘liqni  saqlash  xizmatlariga  murojaat  qilish,  yordam  olishning  barcha  shart-

sharoitlarini  yaratishi,  yuqumli  kasalliklar  va  baxtsiz  hodisalardan  saqlanish  haqida 

ogohlantirish; 

•  turizmda buzg‘unchilik maqsadlaridagi qilingan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish; 

•  turistlar  va  mahalliy  aholini  giyohvandlik  moddalaridan  noqonuniy  foydalanish 

manbalaridan  himoya  qilish  tizimlarini  ishlab  chiqishi  kabi  xalqaro  turizm  huquqiy-

me’yorlari ishlab chiqilgan. 

BTT  ning  davlatlar  o‘rtasida  obro‘sini  ko‘targan  va  konferensiyalar  ishlab  chiqilgan  tavsiyalar, 

ko‘rsatmalar,  yo‘llanmalarning  aniqligi,  joriy  etishga  qulayligi  va  tushunarli  ekanligi  bo‘yicha 

BTT  ning  “Jahon  turizmi  bo‘yicha  Manila  deklaratsiyasi”  ni  qabul  qilgan  Turizm  bo‘yicha 

butunjahon konferensiyasi qarorlari muhim ahamiyatga ega.   


Konferensiya  1980  yil  27  sentyabrdan  20  oktyabrgacha  Filippin  davlatining  poytaxti  Manila 

shahrida  bo‘lib  o‘tdi.  Konferensiyaga  107  davlatning  delegatsiyalari  va  91  delegatsiya 

kuzatuvchi sifatida qatnashdi.  

•  Manila konferensiyasidagi eng muhim qaror va tavsiyalar xalqaro miqiyosida va davlatlarda 

turistlarning  hayoti  xavfsizligini,  sog‘lig‘ini  ta’minlash  va  ularning  buyumlarini  saqlash, 

davlatlarda  turistlarning  erkin  harakatlariga  barcha  shart-sharoitlarni  yaratish  natijasida 

xalqlar,  elatlar  va  millatlarning  do‘stona  aloqalariga  asoslar  yaratiladi,  millatlar  o‘rtasidagi 

urf-odatlarni o‘rganish, qiziqish natijasida bir-biriga yaqinlik qiluvchi davlatlararo madaniyat 

markazlari kelib chiqadi.  

Konferensiyaning  tinchlik  shiori  –  “Dunyoda  tinchlikni,  hamkorlik,  hamjihatlikni  saqlash, 

xalqlarning madaniy merosini rivojlan-tirishda turizmning hissasi” mavzusi qabul qilindi. Manila 

konferensiyasida 27-sentyabr “Butunjahon turizm kuni” deb belgilandi.  

Xalqaro  turizmda  va  davlatlar  turizmida  xavfsizlikni  ta’minlash  bo‘yicha  aniq  va  jiddiy 

tavsiyalarni  ishlab  chiqqan  xalqaro  konferensiyalarning  eng  obro‘lisi,  tan  olingani  BTT  ning 

“Turizm bo‘yicha “Gaaga deklaratsiyasi” qabul qilinishi bo‘ldi.  

Butunjahon  turizm  tashkilotining  (BTT)  dunyo  davlatlarining  Parlamentlariaro  turizm 

bo‘yicha xalqaro konferensiyasi Niderlan-diyaning Gaaga shahrida 1989 yilning 30 martidan 14 

apreligacha  bo‘lib  o‘tdi.  Konferensiya  ishida  Parlamentlararo  ittifoq  (MGTS)  vakillari  ham 

qatnashdi. Bu xalqaro tashkilotni Niderlandiya davlatning parlamenti taklif qilgan edi.  

Konferensiya  birinchi  navbatda  BMT  ning  jahon  davlatlarida  turizmni  rivojlantirishda 

BTT ning mehnatlari va muhim mavqe’ga ekanligini e’tirof etdi.  

Ikkinchidan,  jahon  turizmining  rivojlanayotganligida  xalqaro  tashkilotlar:  xalqaro  mehnat 

tashkiloti (MOT), Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ), BMT ning fan va madaniyat, 

ma’orif tashkiloti (YUNESKO), Xalqaro fuqaro aviatsiyasi (MKAO), atrof-muhit bo‘yicha BMT 

dasturi  (YUNEP),  xalqaro  jinoiy  qidiruv  politsiyasi  (INTERPOL)  va  xalqaro  iqtisodiyot 

hamkorlik  va  rivojlantirish  tashkilotlari  BTT  bilan  mustahkam  aloqada  bo‘ldilar,  yordam 

berdilar. 

Turizm  bo‘yicha  Gaaga  deklaratsiyasi  10  ta  tamoyilni  qabul  qildi  va  dunyo 

mamalakatlariga  tarqatdi.  Deklaratsiya  jahonda  turizmning  rivojlanishida  turizm  xavfsizligi 

xalqaro  miqiyosda  va  milliy  davlatlar  miqiyosida  ta’minlanishi  shartligini  ta’kidladi.  Bunga 

erishish uchun quyidagilarni amalga oshirishni tavsiya qiladi:  

-

 



turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash me’yorlarini ishlab chiqish va turizmda joriy 

qilish; 


-

 

jamoatchilikka aniq axborotlarni yetkazish va tarqatish; 



-

 

turistlarning  xavfsizligini  o‘rganuvchi  va  ta’minlovchi,  ayniqsa  ekstremal  vaziyatlarda 



xavfsizlikni ta’minlashni tadqiq qiluvchi institutsional markazlar tashkil qilish; 

-

 



turistlarning xavfsizligini ta’minlashda xalqaro, qit’alararo hamkorlikni tashkil qilish va 

harakatlantirish. 

Gaaga  deklaratsiyasining  turistlarning  sog‘lig‘i  va  hayoti  xavfsizligini  ta’minlash  bo‘yicha 

tavsiyalari (7-tamoyil):  

•  turistlarni  hurmat  qilish,  qadr-qimmatini,  huquqini  va  xavfsizligini  himoya  qilish  turizm 

rivojlanishining ajralmas qismidir. Shuning uchun ham:  

a. 

turistlarning 



qadr-qimmati, 

hayoti 


xavfsizligini 

ta’minlash 

chora-tadbirlari 

ular 


harakatlanadigan  barcha  turistlik  ob’ektlarda,  safarda,  sayohatda,  mehmonxonalarda  ishlab 

chiqilgan va bartaraf etilgan bo‘lishi; 

b. turistlik ob’ektlarga va turistlar hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar va omillar haqidagi barcha 

axborotlar, ma’lumotlarni turistlarga o‘z vaqtida yetkazishini ta’minlash; 

v.  har  bir  davlatda  turistlarning  erkin  harakat  qilish,  xavfsizligini  ta’minlashning  huquqiy 

me’yorlari  ishlab  chiqilishi  va  qabul  qilishishga  erishish,  har  bir  davlatda  turistlarning  huquqni 

himoya  qilish  organlariga  o‘z  vaqtida  murojaat  qilishi,  o‘zining  haq-huquqlarini  himoya  qilish 

imkoniyatlarining yaratilishiga erishish; 

g.  turistlarni  himoya  qilish,  hayoti  xavfsizligini  ta’minlashdagi  huquqiy  me’yorlarni  ishlab 

chiqish, xavfga qarshi chora-tadbirlar tizimini yaratishda har bir davlatlarning BTT bilan o‘zaro 

hamkorlik qilishni ta’minlash. 

Gaaga  deklaratsiyasida  qabul  qilingan  yana  bir  muhim  hujjat  shundan  iborat  bo‘ldiki, 

terrorizm  turizm  va  turistlik  harakatlanishning  rivojiga  real  xavf  deb  tan  olindi.  Jahondagi 

davlatlarga  terroristlarga  har  xil  siyosiy  sabablarni  ro‘kach  qilib  boshpana  berish  hollari  jahon 

miqiyosida qoralanishi e’tirof etildi. 

Xalqaro turizm xavfsizligi va turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlashda BTT ning 2001  yil 

30  sentyabr  –  1  oktyabrda  Yaponiyada  (Ming  yillikning  Osaka  deklaratsiyasi)  o‘tkazilgan 

konferensiyasi,  MDH  davlatlarining  “Turizm  sohasida  hamkorlik”  –  Ashgabat  23  dekabr  1993 

yil, 29 oktyabr 1994 yil, 4 noyabr 1994 yil Osaka deklaratsiyasi, Turistlik faoliyatni tashkil qilish 

Yevropa Kengashi, 2 noyabr 1981 yil Nepaldagi Xalqaro mehmonxona qoidalari assotsiatsiyasi 

muhim qarorlar qabul qildi, tavsiyalar ishlab chiqib dunyo mamalakatlariga tarqatdi. 

Shuningdek, “Afina konvensiyasi” turistlarning yuklarini tashishdagi xalqaro huquq me’yorlarini 

ishlab  chiqdi.  Turagentliklar  assotsiatsiyasining  Butunjahon  federatsiyasi  (UFTAA)  va 

Butunjahon  mehmonxonalar  assotsiatsiyasi  (MGA)  mehmonxonalarda  turistlarni  joylashtirish, 

ularning faol harakatlarini tashkil qilish, sog‘lig‘i va hayoti xavfsizligini ta’minlashning xalqaro 

huquqiy  mezonlarini  ishlab  chiqdilar  va  bu  haqda  BTT  ga  a’zo  bo‘lgan  davlatlar  o‘z  milliy 



turizm  siyosatiga  mos  bo‘lgan  huquqiy  me’yorlarni  qabul  qilishini  tavsiya  qildi.  Qayd  qilish 

lozimki,  BTT  1994  yilda  o‘z  boshqaruvi  tarkibida  “Turistlik  xizmatlar  sifati”  bo‘yicha  komitet 

tashkil  qildi.  Bu  komitet  xalqaro  turizmda  sayyohlarning  havfsizligi  masalalariga  ham  javob 

beradi.  Xuddi  shu  yili  BTT  dunyoning  73  mamlakatlarida  “Sayyohlarni  (turistlarni),  turistlik 

ob’ektlarni  himoya  qilish  va  xavfsizligi”  mavzusida  xalqaro  tadqiqotlarni  amalga  oshirishning 

tashabbusi  bilan  1995  yilning  yozida  Shvesiya  davlatining  Esterund  shahrida  “Sayohat  davrida 

xavflarni  kamaytirish  va  turizm  xavfsizligini  ta’minlash”  mavzusida  P  xalqaro  konferensiyasi 

o‘tkazildi.  

Turizm mamalakatlarining 21% ida maxsus turizm politsiyasi tashkil qilingan bo‘lib, bu 

politsiya  faqat  turizm  faoliyati  bilan  shug‘ullanadi.  Turizm  politsiyasi  zimmasiga  turizm 

resurslarini  va  atrof-muhitni  muhofaza  qilish,  giyohvandlikga  qarshi  kurashish,  mahalliy  etnik 

guruhlarni himoya qilish vazifalari ham yuklatilgan.  

Xalqaro  turizm  amaliyotidan  ma’lum  bo‘ladiki,  ko‘pgina  davlatlarning  turizm  boshqaruvi 

turistlarining dunyo davlatlariga, mintaqalariga borishi yoki bormasliklari, xavfsizlikning holati, 

darajalari,  ushbu  davlatlarda  turizm  siyosati  va  himoya  turizmi  haqida  aniq  tavsiyalar  ishlab 

chiqadi va o‘z ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda tavsiyalar berib boradi.  



Mehmonxonalarda  xavfsizlik  xizmati—mehmonlar,  ularning  mulklari,  mehmonxona 

mulklarini kriminal elementlardan himoyalash maqsadida tuziladi.Bu yerda mehmonxona mulki 

deganda uning obro‘si ham tushuniladi. 

Mehmonxonalarda hamma vaqt bo‘masada, katta jinoyatlar sodir bo‘ladi. Masalan, 1974 yilda 5 

yulduzli  motelda  mashhur  amerika  estrada  qo‘shiqchisi  Koni  Frenshizga  tajovuz  qilishgan. 

Qo‘shiqchining  advokatlari  mehmonxonada  zaruriy  xavfsizlik taminlamaganligi  uchun  motelga 

nisbatan 6 mln. dollarlik shikoyat xati(isk)yozadilar. Nizo 1.5 mln dollarga qo‘shiqchi foydasiga 

hal bo‘ladi. 

Mehmonxonada  eng  ko‘p  uchraydigan  jinoyat  bu  o‘g‘rilikdir.Bazida  shunday  mijozlar 

uchraydiki, mehmonxonadan ketayotganlarida u yerdan sochiq, joyshablarni ham olishadi, lekin 

ko‘pincha  esdalik  uchun  suvenirlar  (kuldon)  bilan  cheklanadilar.Sochiqlar,  xalatlar  va  shunga 

o‘xshash narsalarni o‘g‘rilash sodir etilganda, mehmonxona bunday mehmonlarni “qora ro‘yxat 

”ga  ,  ishonchsiz  mijozlar  safiga  kiritadi.  Bu  ro‘yxatga  yana  norozilik  bildirishga  “usta” 

(jalobshik) mijozlar ham kiritiladi.Ular mehmonxonadan pul undirish maqsadida atayin norozilik 

uyushtiradilar. 

Xavfsizlik  xizmatining  asosiy  vazifasi  –  jinoyatni  ko‘rib  chiqish  emas,  uni  oldini 

olishdir.Bu  ayniqsa  muhim,  chunki  bu  xizmat  xodimlari  militsiya  xodimlaridan  farqli  o‘laroq 

so‘roqqa tutish, tintuv o‘tkazish huquqiga ega emaslar. 



Xavfsizlik  xizmatining  muvaffaqiyatli  faoliyat  ko‘rsatishi  uning  boshqa  xizmatlar  bilan  

munosabatiga  bog‘liq,  ayniqsa,  moliya  departamenti  va  kadrlar  bo‘limi  bilan  Xavfsizlik 

xizmatining nazorati moliyaviy nazorat bilan  uyg‘unlashishi, xodimlar bo‘limi bilan  esa ishga 

qabul qilayotganlarni nazoratini hamkorlikda olib borishlari kerak(kriminal o‘tmishli odamlar). 

Xavfsizlik  xizmati  mahalliy  militsiya  bo‘limi  bilan    yaxshi  munosabatda  bo‘lishi 

muhimdir.  Militsiyadan  shubhali  “mehmon”lar  ,  kutilayotgan  namoyishlar  yoki  tartibsizliklar 

haqida malumot olish mumkin. Bular mehmonxona tinchligini buzadi. Lekin bunday hamkorlik 

juda ham chuqurlashmasligi kerak(mehmon haqida har xil malumotlarni yetkazmaslik, qonunga 

ko‘rsatilganidan  tashqari).Ushbu  organlarga  maxsus  operatsiyalar  o‘tkazish  uchun  joy  ajratib 

berish tavsiya etilmaydi. Bu mehmonxona obro‘siga zarar yetkazishi mumkin. 

Xavfsizlik  xizmati  –mehmonxona  xavfsizligi  tizimi  loyihasini  ishlab  chiqadi  va  ushbu 

loyiha boshqa xizmatlar rahbariyati muhokamasidan o‘tganidan so‘ng  bosh direktor tomonidan 

tasdiqlanadi.  Ushbu  hujjat  xavfsizlikning  barcha  tomonlarini  qamrab  oladi:  xavfsizlik 

xizmatining vazifalari, boshqa xizmatlar bilan  o‘zaro munosabati, xavfsizlikni taminlash texnik 

vositalari tizimi, favqulodda holatlarda xodimlarning harakatlari. 

Agar  otel  yirik  mehmonxonalar  zanjiriga  kirsa,  unda  xavfsizlik  tizimini  tashkil  etish 

franshiz 

kelishuvning 

bir 

qismi 


bo‘ladi: 

franshiza 

beruvchi 

franshiza 

oluvchini 

qo‘llanmalar(instruksiya) bilan  taminlaydi, kadrlarni o‘qitadi. 

Xavfsizlik xizmatining tarkibi unchalik katta emas: 500 nomerli mehmonxonaga 10 kishi to‘g‘ri 

keladi. Shtatda ayollar ham ishlashi maqsadga muvofiqdir. Jabrlanuvchi mijoz ayol kishi bo‘lsa, 

unga ayol kishi bilan  suhbatlashish osonroq bo‘ladi. 

Xavfsizlik  xizmatining  ideal  xodimi  –  bu  bosiq,  o‘zini  tuta  oladigan  va  ruhan  barqaror 

inson  bo‘lishi  kerak.  Ko‘pincha  bu  xizmatga  sobiq  organ  xodimlarini  olishadi.Lekin  har  doim 

ham  ular  mehmonxona  instruksiyalariga  rioya  qilishmaydi(ayniqsa,  mehmonlar  bilan  

munosabatda  ularga  muloyimlik  yetishmaydi).  Ular  mehmonxonada  armiya  tartibi  yo‘qligiga 

ko‘nikishlari qiyin bo‘ladi. Bazida xavfsizlik xizmatiga shveysarlar va pajlar ham bo‘ysunadilar. 

Xavfsizlik xizmati xodimlari ishga qabul qilinayotganda mehmonxonadaning  bo‘limlari, huquq 

va  majburiyatlari,  tibbiy  yordam  ko‘rsatish,  sodir  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  holatlar  bo‘yicha 

o‘quv  kursini  o‘taydilar.Shuningdek,  tekshiruv  hisobotini  tuzishni  o‘rganadilar.  Xavfsizlik 

xizmati  xodimlari  mehmonxona  faoliyati  va  ularning  ishlariga  taaluqli  barcha  qonunlarni 

bilishlari shart. 

Xavfsizlik xizmati albatta, o‘zining xonasi, alohida yechinish xonasi va hujjatlar saqlash, 

tekshiruv hisobotini tuzish uchun alohida xonaga ega bo‘lishi kerak. 

Xavfsizlik xizmati rahbarining kabineti mijoz ko‘ziga tashlanmasligi, shuning bilan  birga 

zarur bo‘lganda mijoz uni izlab borganda ham oson topishi kerak. 


Xavfsizlik  xizmati  xodimlari  ish  smenalarini  boshqa  xodimlar  smenasi  bilan    bir  vaqtda 

almashtirmasliklari  kerak.  Chunki  aynan  smena  almashayotganda  yuqori  darajali  hushyorlik 

talab etiladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Xulosa 

Mehmonxona  bu  turist  va  fuqarolarni  vaqtinchalik  joylashtirish  hamda  ularga  hizmat 

ko’rsatish uchun mo’ljallangan korxonadir. Mehmonxonalarda kamida 10ta xona bo’lishi kerak. 

Bugungi  kunda  dunyoda  300  mingdan  ortiqroq  mehmonxona  mavjud.  Ularning  barchasi 

mijozlarga joylashtirish hizmatini ko’rsatadi, ammo ulardagi hizmat sifati keskin farqlanadi. 

Hozirgi kunda jahonda 30 dan ortiq tasniflash tizimlari mavjud. 

Yulduzli  tizim  –  Fransiya,  Avstriya,  Belgiya,  Gollandiya,  Rossiya,  MDH  davlatlari,  jumladan 

O’zbekiston, shuningdek xalqaro turistik almashinuvda ishtirok etuvchi davlatlarda qo’llaniladi. 

O’zbekiston 

Respublikasidagi 

mehmonxonalar 

Davlat 


standartiga 

asoslangan 

holda 

kategoriyalarga  ajratiladi.Kategoriyalar  yulduzlar  bilan  belgilanadi,  hizmatlar  sifati  ko’tarilishi 



bilan yulduzlar soni ham mos ravishda ortib boradi. 

Mamlakatimizda  mustaqillikning  dastlabki  kunlaridanoq  xizmatlar  ko‘rsatish  sohasidagi  turizm 

xizmatlari  iqtisodiy  taraqqiyotning  ustuvor  yo‘nalishi  sifatida  talqin  qilinib,  unga  e’tibor  davlat 

siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Soha rivoji uchun zaruriy tashkiliy-huquqiy mexanizmlar vujudga 

keltirilib, hukumat tomonidan tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu yo‘nalishdagi ishlar 

hozir ham davom etmoqda. Xizmat ko‘rsatish va servis faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona 

va  tashkilotlar  hamda  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  faoliyati  milliy  iqtisodiyotga  katta  hissa 

qo‘shmoqda. 

Bir  mamlakatdan  o‘zga  mamlakatlarga  sayohat  qilmoqchi  bo‘lgan  turist  albatta,  bu 

mamlakatdagi siyosiy-ijtimoiy vaziyat bilan qiziqadi, axborotlarni to‘playdi va ko‘ngli tinchligi, 

xavotir yo‘qligidan aniq bir qarorga keladi.  

Turizmning  xalqaro  miqyosida  rivojlanib  borayotganligining  sabablaridan  biri  xalqaro 

nizolarning  pasayishi,  qurollanishning  susayganligi  natijasida  jahon  xalqlarining  biri-biriga 

qiziqishi,  ko‘rishishga,  muloqot  qilishga,  xalqlarning  tarixiy-ma’naviy  madaniyatiga,  xalqlar 

yashayotgan davlatlar tabiatiga qiziqishi, intilishi hisoblanadi.   

 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 

1.

  O‘zbekiston  Respublikasining  “Turizm  to‘g‘risida”gi  Qonuni.  –  T.:  1999.20 



avgust. 

2.

  “Turizm  faoliyatini  litsenziyalash  to‘g‘risidagi  nizomni  tasdiqlash  haqida”gi 



O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2003  yil  11  noyabrdagi  497-

sonli Qarori. 

3.

  “Xizmat  ko‘rsatish  va  servis  sohasini  2006-2010  yillarda  rivojlantirish  haqida”gi 



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 maydagi PQ-325-sonli Qarori. 

4.

  “O‘zbekiston Respublikasida 2010 yilga qadar xizmat ko‘rsatish va servis sohasini 



rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi O‘zbekiston 

Respublikasi Prezidentining 2007 yil 21 maydagi PQ-640-sonli Qarori. 

5.

  Karimov 



I.A. 

Mamlakatimizda 

demokratik 

islohotlarni 

yanada                    

chuqurlashtirish konsepsiyasi // “Xalq so‘zi” gazetasi, 2010 yil, 13 noyabr. 

6.

  Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo‘lini izchil davom ettirish – 



taraqqiyotimizning muhim omilidir // “Xalq so‘zi” gazetasi, 2010 yil, 8 dekabr. 

7.

  Karimov  I.A.  Barcha  reja  va  dasturlarimiz  vatanimiz  taraqqiyotini  yuksaltirish, 



xalqimiz  farovonligini  oshirishga  xizmat  qiladi  //  “Turkiston”  gazetasi,  2011yil,  22 

yanvar.  

8.

  Karimov  I.A.  “2012-yil  Vatanimiz  taraqqiyotini  yangi  bosqichga  ko‘taradigan  yil 



bo‘ladi” // “Xalq so‘zi” gazetasi, 2012 yil, 20 yanvar.  

9.

  Jukova  M.A.Menedjment  v  turistskom  biznese:  uchebnoye  posobiye.  -  2-ye  izd., 



ster. - M.: KNORUS, 2006. 

10.


  Kotler F. Marketing, Gostepriimstvo, Turizm: Uchebnik dlya vuzov. - M.: YUNITI, 1998. 

– 787 s. 

11.

  Moiseeva  N.K.  Strategicheskoye  upravleniye  turistskoy  firmoy.  –  M.:  Finansi  i 



statistika, 2001. – 194 s. 

12.


  Tuxliyev I.S. Turizm asoslari. O‘quv qo‘llanma. Qayta ishlangan va to‘ldirilgan 2-

nashri. - Samarqand.: SamISI, 2009. 

13.

  Tuxliyev I.S., Hayitboyev R., Ibadullayev N.E, Amriddinova R.S. Turizm asoslari: 



O‘quv qo‘llanma – Samarqand.: SamISI, 2010. 

14.


  Tuxliyev  I.S.,  Qudratov  G‘.X.,  Pardayev  M.Q.  Turizmni  rejalashtirish.  Darslik.  – 

T.: Iqtisod-moliya. 2010.  

15.

  Tuxliyev  I.S.,  Bektemirov  A.B.,  Usmanova  Z.I..  Turizmda  strategik  marketing. 



O‘quv qo‘llanma. - Samarqand.: SamISI, 2010. 

16.


  Urazov  K.B.,  Xudayberdiyev  N.U.  Turistik  tashkilotlarda  buxgalteriya  hisobini 

tashkil kilish asoslari. Uslubiy ko‘rsatmalar. – Samarqand: SamISI, 2007. 

17.

  Fayziyev  E.S.  Cervis  tizimi  faoliyati  asoslari:  Ma’ruzalar  kursi  –  Samarqand.: 



SamISI, 2007. – 5 b. 

 

 



Yüklə 287,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin