1.3. Mehmonxonalarning xalqaro tasnifi
Bugungi kunda dunyoda 300 mingdan ortiqroq mehmonxona mavjud.Ularning barchasi
mijozlarga joylashtirish hizmatini ko’rsatadi, ammo ulardagi hizmat sifati keskin
farqlanadi.Turist sayohatga otlanar ekan, o’zi uchun joy band qilib qo’yilgan mehmonxponadagi
sharoit uning ko’nglidagidek bo’lishiga ishonch hosil qilishni istaydi.
Ushbu muammoni hal qilish uchun mehmonxona hizmatlarini sertifikatsiya qilish tizimi
ishlab chiqilgan. Ammo dunyoning turli ma,lakatlarida turli tizimlar asosida mehmonxonalar
sinflarga ajratiladi. Barcha davlatlarda mehmonxona hizmatlarini baholashning yagona tizimini
joriy qilishga bir necha omil to’siqlik qiladi, bular: davlatlarning tarixiy-madaniy rivojlanishi,
olib borayotgan turistik faoliyati, milliy qadriyatlardir.
Hozirgi kunda jahonda 30 dan ortiq tasniflash tizimlari mavjud.Ularning eng asosiylarini
ko’rib chiqamiz.
Yulduzli tizim – Fransiya, Avstriya, Belgiya, Gollandiya, Rossiya, MDH davlatlari,
jumladan O’zbekiston, shuningdek xalqaro turistik almashinuvda ishtirok etuvchi davlatlarda
qo’llaniladi.
Xarfli tizim – Gretsiyada qo’llaniladi
“Tojlar” yoki “Kalitlar” tizimi - Buyuk britaniyaga hosdir.
3 kategoriyali tizim - Italiya va Isroilda qo’llaniladi.
Razryadlar tizimi – AQShda qo’llaniladi.
Shuningdek atir gullar, uychalar tizimi mavjud.
Mehmonxonalarni tasniflashda eng ko’p qo’llaniladiganlaridan biri bu yulduzli
tizimdir.Unga ko’ra mehmonxonalar 5 ta kategotiya (toifaga) bo’linadi, kategoriyalar esa
yulduzchalar bilab ko’rsatiladi.Eng yuqori siofarli mehmonxonalar 5ta yulduzcha bilan, eng past
sifatlilari esa 1 ta yulduzcha bilan belgilanadi. Mehmonxonaga muayyan kategoriya berishdan
avval, quyidagi mezonlar hisobga olinadi:
-
mehmonxopna joylashgan hudud va binosiga qo’yilgan talablar;
-
suv va elektr ta’minoti;
-
isitish tizimi;
-
havfsizlik masalalari;
-
texnik jihozlanish;
-
xonalar va ularning jihozlanishi;
-
santexnika uskunalari;
-
mehmonxonadagi yordamchi xonalar;
-
mehmonxona va uning jihozlanishi;
-
hizmat ko’rsatuvchi hodimlar va hizmat toifasi.
Yunonistonda xarfli tizim keng tarqalgan, ammo ushbu davlatdagi mehmonxona
fasadlarida yulduzchalarni ko’rish mumkin. Barcha yunon mehmonxonalari 4 ta kategoriyaga
bo’linadi, ya’ni: A, B, C, D. A kategoriyali mehmonxonani - to’rt yulduzli, B kategoriyani - uch
yulduzli, C kategoriyalini ikki yulduzli mehmonzonaga teglashtirish mumkin.
Yunonistondagi eng yuqori sifatli mehmonxonalarga ko’pincha “de Luxe” kategoriyasi
beriladi.
Ingliz mehmonxonalari tasnifi ancha murakkab ko’rinishga ega.Odatda mehmonxona
fasadida yulduzchalar emas, balki “tojlar” tasvirlangan.Mehmonxona kategoriyasini “tojlar
tilidan” “yulduzchalar tiliga” o’girish uchun, umumiy tojlar sonidan bittasini ayirib tashlash
lozim.Masalan oltita tojli mehmonxona – besh yulduzliga teng, besh tojli mehmonxona to’rtta
yulduzliga teng.
Biroq Britaniya Turagentliklari Assotsiasiyasi taklif etgan tasniflash to’g’riroqdir. Unga
ko’ra mehmonxonalar quyidagicha tasniflanadi:
-
byudjet mehmonxonalari (bir yulduzli). Shaxar markazida joylashgan, minimal
qulaylikka ega.
-
turistik sinfdagi mehmonxonalar (ikki yulduzli). Restoran va barga ega.
-
o’rta hol mehmonxonalar (uch yulduzli). Hizmat toifasi ancha yuqori.
-
toifali mehmonxonalar ( to’rt yulduzli). Juda yuqori sifatli joylashtirish va a’lo
darajadagi hizmat ko’rsatish jaratoni.
-
oliy toifali mehmonxonalar ( besh yulduzli). Joylashtirish va hizmat ko’rsatish
nihoyatda yuqori darajada.
Italiyadagi mehmonxonalar 3 ta kategoriyaga ajratiladi:
-
birinchi kategoriyani shartli ravishda to’rt yulduli;
-
ikkinchi kategoriyani – uch yulduzli;
-
uchinchi kategoriyani – ikki yulduzli mehmonxonaga tenglashtirish mumkin.
Ispaniyadagi joylashtirish vositalari turli kategotiyalarga ajratiladi:
-
mehmonhonalar – bittadan 5 yulduzgacha bo’lgan kategoriyalarga;
-
mehmonxona tipidagi uylar, bingalo, apartamentlar – bittadan 4 yulduzgacha;
-
tunash xovlilari – bittadan 3 yulduzgacha;
-
pansionatlar – uch kategoriyaga ajratiladi.
Bundan tashqari Ispaniyada turislarni qabul qilish davlat tashkilotlari mavjud. Ular
jumlasiga “lyuks” otel singari jihozlangan qal’a, saroy va qasrlar kiradi.
O’zbekiston Respublikasida mehmonxonalarni tasniflash
O’zbekiston Respublikasidagi mehmonxonalar Davlat standartiga asoslangan holda
kategoriyalarga ajratiladi.
Kategoriyalar yulduzlar bilan belgilanadi, hizmatlar sifati ko’tarilishi bilan yulduzlar soni ham
mos ravishda ortib boradi.
Mehmonxonalar besh kategoriyaga, motellar – to’rt kategoriya, turistik bazalar uch
kategoriyaga ajratiladi.
Eng yuqori kategoriyani <*****> bilan, eng past kategoriyani < *> bilan belgilashadi.
Mehmonxonalarni sertifikasiyadan o’tkazishda quyidagi mezon talablari hisobga olinadi:
-
bino va tevarak – atrofdagi maydon;
-
texnik jihozlanish;
-
xonalar fondi;
-
mebel bilan jihozlanish;
-
xonaning sanitar va taxnik jihozlanishi;
-
umumiy ovqatlanish;
-
ovqatlanish xizmatlari ko’rsatiladigan xonalar, taqdim etilayotgan hizmatlar turi va
sifati;
-
xodimlar va ularning kasbiy tayyotgarligi;
-
hizmat toifasi.
<*>kategoriyali mehmonxona
Xonalarning jihozlanishi
: bir kishilik xonaning maydoni kamida 10 m
2
, ikki kishilik xona
14m
2
, ichki telefon tarmog’i yoki xidimni chaqirish tugmasi, har bir qavatda kamida bittadan
shahar telefoni, xonalarning kamida 25%da xojatxona, xojatxonasi bo’lmagan nomerlarda
umivalnik, ko’p xonali nomerlarda va har bir qavatda muzlatgich, radioproyomnik, bir kishilik
yotoq o’lchami – 80x190sm, ikki kishilik 90x200 sm, kamida 5ta ilg’ichga ega bo’lgan kiyim
shkafi, stol, kishi boshiga bittadan stul, garafin va stakanlar, kuldon, umivalnik yuqorisida va
xonada ko’zgu, har bir mehmonga kamida 2 tadan sochiq.
Ovqatlanish hizmatlari:
ko’zlanmagan.
Hizmatlar
: tunu-kun qabul hizmati, taksi chaqirish, ma’muriyatning kuniga kamida 12 soat
ishlashi, xonalarni xar kuni tozalash, mehmon talabiga ko’ra (bir sutka ichida) kir yuvish va
dazmollash hizmati yoki dazmol taxtasi va dazmolni taqdim etish, kiyimlarni yengil ta’mirlash,
bagaj va qiymatli buyumlarni ma’muriyat seyfida saqlash, yotoq anjomlarini xar 5 kunda
almashtirish, mehmonlarga kelgan xatlarni yetkazish, pochta va telegraf hizmatlari, tibbiy
aptechkadan foydalanish va tez tibbiy yordamni chaqirish, turistik ma’lumot.
Umumiy foydalanish joylari
: umumiy foydalanish xonalarida va xar bir qavatda
xojatxona(xar 5 xanaga kamida bittadan), vannaxonalar, dushxonalar ( xar bir qavatga kamida 2
tadan), maishiy xizmat xonasi,mehmonlani qabul qilish uchun yetarlicha jihozlangan
joylashtirish hizmati, teleko’rsatuvlar tomosha qilish xonasi.
<**> kategoriyali mehmonxona
Xonalarning jihozlanishi:
xonalarning kamida 50%da xojatxona, xar bir xonada telefon
apparati, bundan oldingi kategoriyadagidek mebellar, shuningdek dam olish kursisi. Mehmonlar
talabiga ko’ra bolalar kravati berilishi mumkin, telefon ma’lumotnomasi.
Ovqatlanish hizmatlari:
Restoran va kafening mavjudligi, taklif etilayotgan ovqatlanish
variantlaridan birini ihtiyoriy tanlash imkoniyati (faqat nonushta, ikki maxal, uch maxal
ovqatlanish), nonushta soatlarida xonalarda hizmat ko’rsatish.
Hizmatlar:
Bundan oldingi kategoriyadagi kabi, shuningdek mehmon talabiga ko’ra
bagajni tashish, yotoq anjomlarini xar 3 kunda almashtirish, kimyoviy tozalash ( bir sutka
ichida).
Umumiy foydalanish joylari
: bundan oldingi kategoriyadagi kabi.
<***>kategoriyali mehmonxona
Xonalarning jihozlanishi:
barcha xonalarda shahar telefon tarmog’i, apartamentlarning
xar bir xonasida telefon apparati, barcha xonalarda xojatxona, dush yoki vanna, xona maydooni:
bir kishilik – 12m
2
, ikki kishilik 16m
2
, ko’p xonali nomerlarning mavjudligi, kondisioner, rangli
televizor, xar bir xonada mini-bar, yotoq o’lchami: bir kishilik - 90x200sm, ikki kishilik –
160x190sm; yozuv stoli, ish kursisi va yozuv qurollari, chet tillaridagi informatsion materiallar,
xar bir mehmonga kamida uchtadan sochiq.
Ovqatlanish hizmatlari:
<**> mehmonxonadagi kabi, shuningdek restoranda alohida
zallar, 7-00 dan 24-00 gacha xonalarda hizmat ko’rsatish.
Hizmatlar:
oldingi kategoriyadagi hizmatlarga qo’shimcha ravishda turli transport
vositalariga chiptalarni buyurtma qilish, ekskursiyalar, gid-tarjimon, kuzatuvchi hizmatlari,
gazeta, jurnallar, mehmon sochiqlarini xar bir foydalanishdan so’ng almashtirish.
Umumiy foydalanish joylari:
elektron aloqa vositalariga va nusha olish texnikasiga ega
bo’lgan biznes-sentr, musiqiy eshittirishlar, tibbiyot xonasi, koridorlarda gilam qoplamasi,
xonalar soni 50 dan ortiq bo’lgan mehmonxonalarda sartaroshxona, sinxron tarjima va audio-
video uskunalarga ega bo’lgan, madaniy va ish anjumanlari o’tkaziladigan zal.
<****> kategoriyali mehmonxona
Xonalarning jihozlanishi
: Barcha xonalarda to’g’ridan-to’g’ri shahar, shaharlararo va
xalqaro telefon aloqasi, barcha xonalarda vanna, ko’p xonali nomerlarda qo’shimcha xojatxona,
vannaxonada fen, shampun, gel, los’on, hammom shippagi va xalati, xonalarda mini-seyf,
xonadagi barcha chiroqlarni markaziy o’chirish tizimi, xona xaroratini boshqarish dastagi,
kamida 37sm diagonalli, dunyoning asosiy kanallarini ko’rsatuvchi televizor, mini-bar, taymer,
gilam qoplamasi, yumshoq mebel va jurnal stolchasi, xonalarda katta o’lchamdagi ko’zgu, ikki
kishilik yotoq o’lchami – 160x200sm, yuqori darajadagi tovush o’tkazmaslik (shovqinnning 35
dBAdan yuqori bo’lmasligini ta’minlash), xonalarda nonushta menyusi.
Ovqatlanish hizmatlari:
Mehmonxonada restoran va barning mavjud bo’lishi, ulardan
birining tunu-kun ishlashi, restoran bir necha zal va alohida kabinalardan iborat bo’lishi kerak,
konferens zalga moslashtirilishi mumkin bo’lgin banket zallari, tungi klub.
Hizmatlar:
(aeroport, vokzaldan) kutib olish va kuzatishni tashkillashtirish, xonalar
holatini kun davomida nazorat qilish, yotoq anjomlarini xar kuni almashtirish, kir yuvsh va
dazmollash hizmatlari 12 soat ichida, dazmollashni 1 soat ichida, kimyoviy tozalashni 12 soat
ichida bajarish, mehmonxona xodimi tomonidan poyafzal tozalash hizmati, pochta va telekslarni
jo’natish va yetkazib berish, foydalanish uchun audio-video, kompyuter va elektron aloqa
vositalarini taqdim etish, avtomobolni ijaraga berish, avtomobillarga asosiy texnik hizmat
ko’rsatish.
Umumiy foydalanish joylari:
Suvni qo’shimcha filtrlash, barcha xonalardagi xavo
sovutish tizimi, radioeshittirishlar, bir qavatdan baland bo’lgan binolarda lift, mehmonlar,
xodimlar va yuk uchun alohida liftlar, sport-sog’lomlashtirishmarkazi (trenajer yoki sport zali)
yoki salomatlik klubi, basseyn yoki sauna, go’zallik saloni (kosmetolog xonasi, manikyur,
pedikyur).
<*****> kategoriyali mehmonxona
Xonalarning jihozlanishi:
Xonaning xavfsizligini ta’minlovchi elektron nazorat vositalari
va signalizatsiya, bir kishilik xonaning maydoni kamida 16-18m
2
, ikki kishilikda 18-25m
2
,
hojatxonaning maydoni 5m
2
, vannaxona polining isitilishi, vannaxonada telefon, ikki kishilik
yotoq o’lchami 200x200sm.
Hizmatlar:
muzokaralar olib borish uchun mo’ljallangan xonalar, basseyn va sauna,
buyurtma telefakslarni yuborish va yetkazib berish, mehmonxona xodimi yordamida
avtomobillarni parkovka qilish va garajdan olib chiqish, nonushtaning 11-00dan erta
tugamasligi, tunu-kun xonalarga xizmat ko’rsatish.
Xalqaro mehmonxona zanjirlari
Rivojlangan mamlakatlarda turli soxlardagi iqtisodiy yuksalish, insonlar hayot tarzining
rivojlanishi, hizmat safaridagilar va turislarning dunyoning tuli joylariga sayohat etlishiga olib
keldi.
Mehmonxona industriyasiga, jumladan, mehmonxona bazasining yangilanishi, yangi qurlishlar,
zamonaviy texnologoya va hizmat turlarining joriy etilishiga salmoqli investisiyalar jalb etildi.
Mehmonxona industriyasiyning rivojlanishida xalqaro mehmonxona zanjirlari muhim
ro’l o’ynaydi.Ular dunyo turistik bozoriga yuqori darajadagi hizmat standartlarining kirib kelishi,
shunugdek turistlarni mehmonxona hizmatlari bilan ta’minlashga imkon beradi.
Mehmonxona zanjirlari, ishlab chiqqarishni tashkillashtirish va turistlarga hizmat
ko’rsatishni ommalashtirish, yuksaltirishga zamin yaratqadi, ma’lum qiyofadagi mehmonxona
hizmatini yaratishga chorlaydi. Buning natijasida turist horijiy davlatda o’zini uyidagidek tanish
va qulay bo’lgan sharoitda his etadi.
1850- yillardan boshlab dunyo mehmonxona industriyasida turli ko’rinishdagi mehmonxona
ishini tashkillashtirish modellari tasdiqlana boshlandi.
Birinchi model – Rits modeli, Shveytsariyalik tadbirkor Sezar Rits nomi bilan
bog’liq.Dunyodagi ko’pgina mashxur mehmonxonalar ushbu nomga ega.Misol uchun, Parijdagi
“Rits” oteli. Ushbu turdagi mehmonxonalarga Yevropa an’anasidagi nafislik va aristokratizm
hosdir. Hozirgi kunda ushbu model inqirozga yuz tutmoqda.
Ikkinchi model – Amerakalik tadbirkor Kemansi Uilson nomi bilan bog’liq (“Holiday
Inn”mehmonxona zanjiri).Ushbu model mijoz talabalarining qondirilishiga moslashuvchanligi
bilan bir qatorda nihoyatda yuqori standartdagi hizmatlari bilan ajralib turadi.
Ushbu zanjirdagi mehmonxonalarga quyidagi talablar qo’yilgan:
-
yagona stildagi arxitektura va inter’er.
-
yagona usuldagi ko’rsatgich tashqi ma’lumot.
-
keng va funksional xo’ll.
-
mijozlarni ro’yxatdan o’tkazishdagi tezkorlik.
-
doimiy mijozlar uchun mo’ljallangan xonalar.
-
shved stoli shaklidagi nonushta.
-
konferens-zalning mavjudligi.
-
moslashuvchan narxlar tizimi.
-
boshqaruv, marketing va aloqalar birligi.
Dunyodagi mehmonxona nomerlarioning 50%i ushbu model nazoratidadir.
Uchinchi model – “Mustaqil” mehmonxona zanjirlari (misol ucun “Le Meridien”, “Dedeman”,
“Sheraton”)ni o’zida jamlagan. Ushbu holda yagona savdo markasi ostida faoliyat yurituvci, bir
hil husuyatlarga ega bo’lgan, ma’lum hizmatlar majmui va standartini qo’llovchi turli davlatlarda
joylashgan mehmonxonalar tushuniladi.
Zanjir a’zosi bo’lgan mehmonxonalar yagona fondga badal to’lab turishadi. Ushbu pullar
birgalikdagi reklama va marketing faoliyati uchun sarflanadi. Lekin mehmonxonalarning
iqtisodiy-moliyaviy va boshqaruv mustaqlligi saqlanib qolinadi.
Zanjirga a’zo bo’lish chog’ida mehmonxona zanjir mulkiga aylabib qolishi shart emas.
Ushbu xolda, franchayzing(mashxur nomdan foydalanish uchun sotib olish) beruvch
mehmonxona zanjiri va mehmonxona o’rtasida tuzilgan shartnomaga asoslanib, mehmonxonaga
quyidagi huquqlar beriladi:
1. Savdo maqsadida ishlatish uchun janjir firma belgisidan foydalanish.
2. Texnikaviy va savdo maslaxatlarini olish.
3. Rezervatsiya qilish informatsion tizimlaridan foydalanish.
4. Zanjir tomonidan xodimlarni tayyorlab berish.
Respublikamizda Intercontinental, Le Meridien, Sheraton, Dedeman, Hilton, Radisson kabi
xalqaro mehmonxona zanjirlari faoliyatini aytib o’tish mumkin.
1.3-jadval. Dunyodagi eng yirik mehmonxona zanjirlari.
1
Savdo markasi nomi
Zanjir egasi
Shtab-kvartira joylashgan
davlat
Holiday Inn
Bass H&R
Buyuk Britaniya
Days Inn
Cendant
AQSH
Sheraton
Starwood
AQSH
Marriot
Marriot
AQSH
Comfort
Choice
AQSH
Ramada
Cendant
AQSH
Super 8 Motels
Cendant
AQSH
Radisson
Carlson
AQSH
Hampton Inn
Hilton Corp.
AQSH
Hilton Hotels
Hilton Corp.
AQSH
Motel 6
Accor
Fransiya
Hyatt Hotels
Hyatt Group.
AQSH
Express by Hol.Inn
Bass H&R
Buyuk Britaniya
Quality
Choice
AQSH
Courtyard
Marriot
AQSH
Mercure
Accor
Fransiya
Hilton
Hilton Int’l
Buyuk Britaniya
Ibis
Accor
Fransiya
Howard Johnson
Cendant
AQSH
Inter Continental
Bass H&R
Buyuk Britaniya
Novotel
Accor
Fransiya
Westin
Starwood
AQSH
Renaissance
Marriot
AQSH
Le Meridien
Granade/Forte
Buyuk Britaniya
Sol
Sol Melia
Ispaniya
Ritz carlton
Marriot Int’l
AQSH
Kempinski
Dusit Thani
Germaniya
1
Bututjahon turim tashkiloti ma’lumoti
2-BOB. MEHMONXONA XIZMATLARI RAQOBATBARDOSHLIGINING NAZARIY-
USLUBIY ASOSLARI
2.1. Mehmonxona biznesida raqobatning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi
turizm xizmatlari iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishi sifatida talqin qilinib, unga e’tibor
davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Soha rivoji uchun zaruriy tashkiliy-huquqiy mexanizmlar
vujudga keltirilib, hukumat tomonidan tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu
yo‘nalishdagi ishlar hozir ham davom etmoqda. Xizmat ko‘rsatish va servis faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati
milliyiqtisodiyotga katta hissa qo‘shmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda
xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Qarori xizmat ko‘rsatish va servis sohasida katta tarixiy voqea bo‘lib hisoblanadi. Ushbu qaror
asosida barcha xizmat ko‘rsatish sohalarida 2006-2010yillarga mo‘ljallangan xizmat ko‘rsatish
va servisni rivojlantirish dasturlari ishlab chiqildi va qabul qilindi. Dunyoda iqtisodiyoti yuqori
rivojlangan mamlakatlarda xizmat ko‘rsatish sohasiga YAMMning 3/2 qismi va tashkil etilgan
yangi ishchi o‘rinlarining asosiy qismi to‘g‘ri kelmoqda.
Bugungi kunda xizmat ko‘rsatish tushunchasi bo‘yicha ko‘p ta’riflar mavjud. Mamlakatimiz
olimlaridan J.M.Qurbonov “xizmat - jamiyatda bo‘ladigan maxsus harakat, uning bajarilishida
albatta falsafiy kategoriya hisoblangan insonning insonga yaxshilik qilish harakati har ikkala
tomonga ham manfaat keltirishi kerak”, - deb ta’riflaydi.
2
E.S.Fayziyev xizmatga quyidagi ta’rifni bergan: “xizmat - bu insonlarning ehtiyoj va
talablarini qondirishga qaratilgan faoliyatdir.Ushbu faoliyat mahsulotda gavdalanishi (moddiy
xizmatlar), hamda mehnat jarayonining o‘zida iste’mol qilinadigan foydali mehnat samarasi
sifatida (nomoddiy xizmatlar) namoyon bo‘ladi...”.
3
Demak, xizmat - bu bir kishining ikkinchi kishi uchun qiladigan ma’lum ishi, deb
tushuniladi. Xizmatlarni iste’molchi bilan muloqotda bo‘lish darajasiga qarab ham tasniflash
mumkin. Agar xizmatlarni taklif etuvchi xodimning iste’molchi bilan muloqoti yaqin bo‘lsa,
2
QurbonovJ.M. Servis paradigmasi.// Servis.– Samarqand.:SamISI, №3, 2009. -12 b.
3
Fayziyev E.S. Cyervis tizimi faoliyati asoslari.: Ma’ruzalar kursi. – Samarqand.: SamISI, 2007 – 5 b.
xodimning xizmatni sifatli bajarishi uchun zaruriy texnik tayyorgarligidan tashqari, uni yana
shaxslararo munosabatlar borasida ham o‘qitish zarurati paydo bo‘ladi. Chunki, xizmatlar sifati
bir xil bo‘lgan taqdirda iste’molchi u bilan yaxshi munosabatda, xushmuomila bo‘lgan taklif
etuvchini tanlaydi. Xizmat tovardan farq qiladi, shu bilan birga o‘zida tovar kabi o‘z narxi va
qiymatiga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |