O‘zbekiston respublikasi o’liy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti


 Mehmonxonalarning xalqaro tasnifi



Yüklə 287,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix06.06.2020
ölçüsü287,06 Kb.
#31679
1   2   3   4
raqobat


               1.3. Mehmonxonalarning xalqaro tasnifi 

 

Bugungi  kunda  dunyoda  300  mingdan  ortiqroq  mehmonxona  mavjud.Ularning  barchasi 



mijozlarga  joylashtirish  hizmatini  ko’rsatadi,  ammo  ulardagi  hizmat  sifati  keskin 

farqlanadi.Turist sayohatga otlanar ekan, o’zi uchun joy band qilib qo’yilgan mehmonxponadagi 

sharoit uning ko’nglidagidek bo’lishiga ishonch hosil qilishni istaydi. 

Ushbu muammoni hal qilish uchun mehmonxona hizmatlarini sertifikatsiya qilish tizimi 

ishlab  chiqilgan.  Ammo  dunyoning  turli  ma,lakatlarida  turli  tizimlar  asosida  mehmonxonalar 

sinflarga  ajratiladi.  Barcha  davlatlarda  mehmonxona  hizmatlarini  baholashning  yagona  tizimini 

joriy  qilishga  bir  necha  omil  to’siqlik  qiladi,  bular:  davlatlarning  tarixiy-madaniy  rivojlanishi, 

olib borayotgan turistik faoliyati, milliy qadriyatlardir. 

Hozirgi kunda jahonda 30 dan ortiq tasniflash tizimlari mavjud.Ularning eng asosiylarini 

ko’rib chiqamiz. 



Yulduzli  tizim  –  Fransiya,  Avstriya,  Belgiya,  Gollandiya,  Rossiya,  MDH  davlatlari, 

jumladan  O’zbekiston,  shuningdek  xalqaro  turistik  almashinuvda  ishtirok  etuvchi  davlatlarda 

qo’llaniladi. 

Xarfli tizim – Gretsiyada qo’llaniladi 

“Tojlar” yoki “Kalitlar” tizimi - Buyuk britaniyaga hosdir. 

3 kategoriyali tizim -  Italiya va Isroilda qo’llaniladi. 

Razryadlar tizimi – AQShda qo’llaniladi. 

Shuningdek atir gullar, uychalar tizimi mavjud. 

Mehmonxonalarni  tasniflashda  eng  ko’p  qo’llaniladiganlaridan  biri  bu  yulduzli 

tizimdir.Unga  ko’ra  mehmonxonalar  5  ta  kategotiya  (toifaga)  bo’linadi,  kategoriyalar  esa 

yulduzchalar bilab ko’rsatiladi.Eng yuqori siofarli mehmonxonalar 5ta yulduzcha bilan, eng past 

sifatlilari  esa  1  ta  yulduzcha  bilan  belgilanadi.  Mehmonxonaga  muayyan  kategoriya  berishdan 

avval, quyidagi mezonlar hisobga olinadi: 

-

  mehmonxopna joylashgan hudud va binosiga qo’yilgan talablar; 



-

  suv va elektr ta’minoti; 

-

  isitish tizimi; 



-

  havfsizlik masalalari; 

-

  texnik jihozlanish; 



-

  xonalar va ularning jihozlanishi; 

-

  santexnika uskunalari; 



-

  mehmonxonadagi yordamchi xonalar; 

-

  mehmonxona va uning jihozlanishi; 



-

  hizmat ko’rsatuvchi hodimlar va hizmat toifasi. 

Yunonistonda  xarfli  tizim  keng  tarqalgan,  ammo  ushbu  davlatdagi  mehmonxona 

fasadlarida  yulduzchalarni  ko’rish  mumkin.  Barcha  yunon  mehmonxonalari  4  ta  kategoriyaga 

bo’linadi, ya’ni: A, B, C, D. A kategoriyali mehmonxonani - to’rt yulduzli, B kategoriyani - uch 

yulduzli, C kategoriyalini ikki yulduzli mehmonzonaga teglashtirish mumkin. 

Yunonistondagi  eng  yuqori  sifatli  mehmonxonalarga  ko’pincha  “de  Luxe”  kategoriyasi 

beriladi. 

Ingliz  mehmonxonalari  tasnifi  ancha  murakkab  ko’rinishga  ega.Odatda  mehmonxona 

fasadida  yulduzchalar  emas,  balki  “tojlar”  tasvirlangan.Mehmonxona  kategoriyasini  “tojlar 

tilidan”  “yulduzchalar  tiliga”  o’girish  uchun,  umumiy  tojlar  sonidan  bittasini  ayirib  tashlash 

lozim.Masalan  oltita  tojli  mehmonxona  –  besh  yulduzliga  teng,  besh  tojli  mehmonxona  to’rtta 

yulduzliga teng. 


Biroq Britaniya Turagentliklari Assotsiasiyasi taklif etgan tasniflash to’g’riroqdir. Unga 

ko’ra mehmonxonalar quyidagicha tasniflanadi: 

-

  byudjet  mehmonxonalari  (bir  yulduzli).  Shaxar  markazida  joylashgan,  minimal 



qulaylikka ega. 

-

  turistik sinfdagi mehmonxonalar (ikki yulduzli). Restoran va barga ega. 



-

  o’rta hol mehmonxonalar (uch yulduzli). Hizmat toifasi ancha yuqori. 

-

  toifali  mehmonxonalar  (  to’rt  yulduzli).  Juda  yuqori  sifatli  joylashtirish  va  a’lo 



darajadagi hizmat ko’rsatish jaratoni. 

-

  oliy  toifali  mehmonxonalar  (  besh  yulduzli).  Joylashtirish  va  hizmat  ko’rsatish 



nihoyatda yuqori darajada. 

Italiyadagi mehmonxonalar 3 ta kategoriyaga ajratiladi: 

-

  birinchi kategoriyani shartli ravishda to’rt yulduli; 



-

  ikkinchi kategoriyani – uch yulduzli; 

-

  uchinchi kategoriyani – ikki yulduzli mehmonxonaga tenglashtirish mumkin.  



Ispaniyadagi joylashtirish vositalari turli kategotiyalarga ajratiladi: 

-

  mehmonhonalar – bittadan 5 yulduzgacha bo’lgan kategoriyalarga; 



-

  mehmonxona tipidagi uylar, bingalo, apartamentlar – bittadan 4 yulduzgacha; 

-

  tunash xovlilari – bittadan 3 yulduzgacha; 



-

  pansionatlar – uch kategoriyaga ajratiladi. 

Bundan  tashqari  Ispaniyada  turislarni  qabul  qilish  davlat  tashkilotlari  mavjud.  Ular 

jumlasiga “lyuks” otel singari jihozlangan qal’a, saroy va qasrlar kiradi. 

O’zbekiston Respublikasida mehmonxonalarni tasniflash 

O’zbekiston  Respublikasidagi  mehmonxonalar  Davlat  standartiga  asoslangan  holda 

kategoriyalarga ajratiladi. 

Kategoriyalar  yulduzlar  bilan  belgilanadi,  hizmatlar  sifati  ko’tarilishi  bilan  yulduzlar  soni  ham 

mos ravishda ortib boradi. 

Mehmonxonalar  besh  kategoriyaga,  motellar  –  to’rt  kategoriya,  turistik  bazalar  uch 

kategoriyaga ajratiladi. 

Eng yuqori kategoriyani <*****> bilan, eng past kategoriyani < *> bilan belgilashadi. 

Mehmonxonalarni sertifikasiyadan o’tkazishda quyidagi mezon talablari hisobga olinadi: 

-

  bino va tevarak – atrofdagi maydon; 



-

  texnik jihozlanish; 

-

  xonalar fondi; 



-

  mebel bilan jihozlanish; 

-

  xonaning sanitar va taxnik jihozlanishi; 



-

  umumiy ovqatlanish; 

-

  ovqatlanish xizmatlari ko’rsatiladigan xonalar, taqdim etilayotgan hizmatlar turi va 



sifati; 

-

  xodimlar va ularning kasbiy tayyotgarligi; 



-

  hizmat toifasi. 



<*>kategoriyali mehmonxona 

Xonalarning jihozlanishi

: bir kishilik xonaning maydoni kamida 10 m

2

, ikki kishilik xona 



14m

2

,  ichki  telefon  tarmog’i  yoki  xidimni  chaqirish  tugmasi,  har  bir  qavatda  kamida  bittadan 



shahar  telefoni,  xonalarning  kamida  25%da  xojatxona,  xojatxonasi  bo’lmagan  nomerlarda 

umivalnik,  ko’p  xonali  nomerlarda  va  har  bir  qavatda  muzlatgich,  radioproyomnik,  bir  kishilik 

yotoq o’lchami – 80x190sm, ikki kishilik 90x200 sm,  kamida 5ta ilg’ichga  ega bo’lgan kiyim 

shkafi,  stol,  kishi  boshiga  bittadan  stul,  garafin  va  stakanlar,  kuldon,  umivalnik  yuqorisida  va 

xonada ko’zgu, har bir mehmonga kamida 2 tadan sochiq. 

Ovqatlanish hizmatlari:

 ko’zlanmagan. 



Hizmatlar

: tunu-kun qabul hizmati, taksi chaqirish, ma’muriyatning kuniga kamida 12 soat 

ishlashi,  xonalarni  xar  kuni  tozalash,  mehmon  talabiga  ko’ra  (bir  sutka  ichida)  kir  yuvish    va 

dazmollash hizmati yoki dazmol taxtasi va dazmolni taqdim etish, kiyimlarni yengil ta’mirlash, 

bagaj  va  qiymatli  buyumlarni  ma’muriyat  seyfida  saqlash,  yotoq  anjomlarini  xar  5  kunda 

almashtirish,  mehmonlarga  kelgan  xatlarni  yetkazish,  pochta  va  telegraf  hizmatlari,  tibbiy 

aptechkadan foydalanish va tez tibbiy yordamni chaqirish, turistik ma’lumot. 

Umumiy  foydalanish  joylari

:  umumiy  foydalanish  xonalarida  va  xar  bir  qavatda 

xojatxona(xar 5 xanaga kamida bittadan), vannaxonalar, dushxonalar ( xar bir qavatga kamida 2 

tadan),  maishiy  xizmat  xonasi,mehmonlani  qabul  qilish  uchun  yetarlicha  jihozlangan 

joylashtirish hizmati, teleko’rsatuvlar tomosha qilish xonasi. 

<**> kategoriyali mehmonxona 

Xonalarning  jihozlanishi:

  xonalarning  kamida  50%da  xojatxona,  xar  bir  xonada  telefon 

apparati, bundan oldingi kategoriyadagidek mebellar, shuningdek dam olish kursisi. Mehmonlar 

talabiga ko’ra bolalar kravati berilishi mumkin, telefon ma’lumotnomasi. 



Ovqatlanish  hizmatlari:

  Restoran  va  kafening  mavjudligi,  taklif  etilayotgan  ovqatlanish 

variantlaridan  birini  ihtiyoriy  tanlash  imkoniyati  (faqat  nonushta,  ikki  maxal,  uch  maxal 

ovqatlanish), nonushta soatlarida xonalarda hizmat ko’rsatish. 



Hizmatlar:

  Bundan  oldingi  kategoriyadagi  kabi,  shuningdek  mehmon  talabiga  ko’ra 

bagajni  tashish,  yotoq  anjomlarini  xar  3  kunda  almashtirish,  kimyoviy  tozalash  (  bir  sutka 

ichida). 



Umumiy foydalanish joylari

: bundan oldingi kategoriyadagi kabi. 



<***>kategoriyali mehmonxona 

Xonalarning  jihozlanishi:

  barcha  xonalarda  shahar  telefon  tarmog’i,  apartamentlarning 

xar bir xonasida telefon apparati, barcha xonalarda xojatxona, dush yoki vanna, xona maydooni: 

bir kishilik – 12m

2

, ikki kishilik 16m



2

, ko’p xonali nomerlarning mavjudligi, kondisioner, rangli 

televizor,  xar  bir  xonada  mini-bar,  yotoq  o’lchami:  bir  kishilik  -  90x200sm,  ikki  kishilik  – 

160x190sm; yozuv stoli, ish kursisi va yozuv qurollari, chet tillaridagi informatsion materiallar, 

xar bir mehmonga kamida uchtadan sochiq. 

Ovqatlanish  hizmatlari:

<**>  mehmonxonadagi  kabi,  shuningdek  restoranda  alohida 

zallar, 7-00 dan 24-00 gacha xonalarda hizmat ko’rsatish. 



Hizmatlar:

  oldingi  kategoriyadagi  hizmatlarga  qo’shimcha  ravishda  turli  transport 

vositalariga  chiptalarni  buyurtma  qilish,  ekskursiyalar,  gid-tarjimon,  kuzatuvchi  hizmatlari, 

gazeta, jurnallar, mehmon sochiqlarini xar bir foydalanishdan so’ng almashtirish. 



Umumiy  foydalanish  joylari:

  elektron  aloqa  vositalariga  va  nusha  olish  texnikasiga  ega 

bo’lgan  biznes-sentr,  musiqiy  eshittirishlar,  tibbiyot  xonasi,  koridorlarda  gilam  qoplamasi, 

xonalar  soni  50  dan  ortiq  bo’lgan  mehmonxonalarda  sartaroshxona,  sinxron  tarjima  va  audio-

video uskunalarga ega bo’lgan, madaniy va ish anjumanlari o’tkaziladigan zal. 

<****> kategoriyali mehmonxona 

Xonalarning  jihozlanishi

:  Barcha  xonalarda  to’g’ridan-to’g’ri  shahar,  shaharlararo  va 

xalqaro telefon aloqasi, barcha xonalarda vanna, ko’p xonali nomerlarda qo’shimcha xojatxona, 

vannaxonada  fen,  shampun,  gel,  los’on,  hammom  shippagi  va  xalati,  xonalarda  mini-seyf, 

xonadagi  barcha  chiroqlarni  markaziy  o’chirish  tizimi,  xona  xaroratini  boshqarish  dastagi, 

kamida 37sm diagonalli, dunyoning asosiy kanallarini ko’rsatuvchi  televizor, mini-bar, taymer, 

gilam qoplamasi,  yumshoq mebel va jurnal stolchasi, xonalarda katta o’lchamdagi ko’zgu, ikki 

kishilik yotoq o’lchami – 160x200sm, yuqori darajadagi tovush o’tkazmaslik (shovqinnning 35 

dBAdan yuqori bo’lmasligini ta’minlash), xonalarda nonushta menyusi. 

Ovqatlanish  hizmatlari:

  Mehmonxonada  restoran  va  barning  mavjud  bo’lishi,  ulardan 

birining  tunu-kun  ishlashi,  restoran  bir  necha  zal  va  alohida  kabinalardan  iborat  bo’lishi  kerak, 

konferens zalga moslashtirilishi mumkin bo’lgin banket zallari, tungi klub. 



Hizmatlar:

  (aeroport,  vokzaldan)  kutib  olish  va  kuzatishni  tashkillashtirish,  xonalar 

holatini  kun  davomida  nazorat  qilish,  yotoq  anjomlarini  xar  kuni  almashtirish,  kir  yuvsh  va 

dazmollash  hizmatlari  12  soat  ichida,  dazmollashni  1  soat  ichida,  kimyoviy  tozalashni  12  soat 

ichida bajarish, mehmonxona xodimi tomonidan poyafzal tozalash hizmati, pochta va telekslarni 

jo’natish  va  yetkazib  berish,  foydalanish  uchun  audio-video,  kompyuter  va  elektron  aloqa 

vositalarini  taqdim  etish,  avtomobolni  ijaraga  berish,  avtomobillarga  asosiy  texnik  hizmat 

ko’rsatish. 



Umumiy  foydalanish  joylari:

  Suvni  qo’shimcha  filtrlash,  barcha  xonalardagi  xavo 

sovutish  tizimi,  radioeshittirishlar,  bir  qavatdan  baland  bo’lgan  binolarda  lift,  mehmonlar, 

xodimlar  va  yuk  uchun  alohida  liftlar,  sport-sog’lomlashtirishmarkazi  (trenajer  yoki  sport  zali) 

yoki  salomatlik  klubi,  basseyn  yoki  sauna,  go’zallik  saloni  (kosmetolog  xonasi,  manikyur, 

pedikyur).  



<*****> kategoriyali mehmonxona 

Xonalarning jihozlanishi:

 Xonaning xavfsizligini ta’minlovchi elektron nazorat vositalari 

va  signalizatsiya,  bir  kishilik  xonaning  maydoni  kamida  16-18m

2

,  ikki  kishilikda  18-25m



2

hojatxonaning  maydoni  5m



2

,  vannaxona  polining  isitilishi,  vannaxonada  telefon,  ikki  kishilik 

yotoq o’lchami 200x200sm. 

Hizmatlar:

  muzokaralar  olib  borish  uchun  mo’ljallangan  xonalar,  basseyn  va  sauna, 

buyurtma  telefakslarni  yuborish  va  yetkazib  berish,  mehmonxona  xodimi  yordamida 

avtomobillarni  parkovka  qilish  va  garajdan  olib  chiqish,  nonushtaning      11-00dan  erta 

tugamasligi, tunu-kun xonalarga xizmat ko’rsatish. 

Xalqaro mehmonxona zanjirlari 

Rivojlangan  mamlakatlarda  turli  soxlardagi  iqtisodiy  yuksalish,  insonlar  hayot  tarzining 

rivojlanishi,  hizmat  safaridagilar  va  turislarning  dunyoning  tuli  joylariga  sayohat  etlishiga  olib 

keldi. 

Mehmonxona  industriyasiga,  jumladan,  mehmonxona  bazasining  yangilanishi,  yangi  qurlishlar, 



zamonaviy texnologoya va hizmat turlarining joriy etilishiga salmoqli investisiyalar jalb etildi. 

Mehmonxona  industriyasiyning  rivojlanishida  xalqaro  mehmonxona  zanjirlari  muhim 

ro’l o’ynaydi.Ular dunyo turistik bozoriga yuqori darajadagi hizmat standartlarining kirib kelishi, 

shunugdek turistlarni mehmonxona hizmatlari bilan ta’minlashga imkon beradi. 

Mehmonxona  zanjirlari,  ishlab  chiqqarishni  tashkillashtirish  va  turistlarga  hizmat 

ko’rsatishni  ommalashtirish,  yuksaltirishga  zamin  yaratqadi,  ma’lum  qiyofadagi  mehmonxona 

hizmatini yaratishga chorlaydi. Buning natijasida turist horijiy davlatda o’zini uyidagidek tanish 

va qulay bo’lgan sharoitda his etadi. 

1850-  yillardan  boshlab  dunyo  mehmonxona  industriyasida  turli  ko’rinishdagi  mehmonxona 

ishini tashkillashtirish modellari tasdiqlana boshlandi. 

Birinchi  model  –  Rits  modeli,  Shveytsariyalik  tadbirkor  Sezar  Rits  nomi  bilan 

bog’liq.Dunyodagi ko’pgina mashxur mehmonxonalar ushbu nomga ega.Misol uchun, Parijdagi 

“Rits”  oteli.  Ushbu  turdagi  mehmonxonalarga  Yevropa  an’anasidagi  nafislik  va  aristokratizm 

hosdir. Hozirgi kunda ushbu model inqirozga yuz tutmoqda. 



Ikkinchi  model  –  Amerakalik  tadbirkor  Kemansi  Uilson  nomi  bilan  bog’liq  (“Holiday 

Inn”mehmonxona  zanjiri).Ushbu  model  mijoz  talabalarining  qondirilishiga  moslashuvchanligi 

bilan bir qatorda nihoyatda yuqori standartdagi hizmatlari bilan ajralib turadi. 

Ushbu zanjirdagi mehmonxonalarga quyidagi talablar qo’yilgan: 

-

  yagona stildagi arxitektura va inter’er. 



-

  yagona usuldagi ko’rsatgich tashqi ma’lumot. 

-

  keng va funksional xo’ll. 



-

  mijozlarni ro’yxatdan o’tkazishdagi tezkorlik. 

-

  doimiy mijozlar uchun mo’ljallangan xonalar. 



-

  shved stoli shaklidagi nonushta. 

-

  konferens-zalning mavjudligi. 



-

  moslashuvchan narxlar tizimi. 

-

  boshqaruv, marketing va aloqalar birligi. 



Dunyodagi mehmonxona nomerlarioning 50%i ushbu model nazoratidadir. 

Uchinchi  model  –  “Mustaqil”  mehmonxona  zanjirlari  (misol  ucun  “Le  Meridien”,  “Dedeman”, 

“Sheraton”)ni o’zida jamlagan. Ushbu holda yagona savdo markasi ostida faoliyat yurituvci, bir 

hil husuyatlarga ega bo’lgan, ma’lum hizmatlar majmui va standartini qo’llovchi turli davlatlarda 

joylashgan mehmonxonalar tushuniladi. 

Zanjir a’zosi bo’lgan mehmonxonalar yagona fondga badal to’lab turishadi. Ushbu pullar 

birgalikdagi  reklama  va  marketing  faoliyati  uchun  sarflanadi.  Lekin    mehmonxonalarning 

iqtisodiy-moliyaviy va boshqaruv mustaqlligi saqlanib qolinadi. 

Zanjirga  a’zo  bo’lish  chog’ida  mehmonxona  zanjir  mulkiga  aylabib  qolishi  shart  emas. 

Ushbu  xolda,  franchayzing(mashxur  nomdan  foydalanish  uchun  sotib  olish)  beruvch 

mehmonxona zanjiri va mehmonxona o’rtasida tuzilgan shartnomaga asoslanib, mehmonxonaga 

quyidagi huquqlar beriladi: 

1. Savdo maqsadida ishlatish uchun janjir firma belgisidan foydalanish. 

2. Texnikaviy va savdo maslaxatlarini olish. 

3. Rezervatsiya qilish informatsion tizimlaridan foydalanish. 

4. Zanjir tomonidan xodimlarni tayyorlab berish. 

Respublikamizda  Intercontinental,  Le  Meridien,  Sheraton,  Dedeman,  Hilton,  Radisson  kabi 

xalqaro mehmonxona zanjirlari faoliyatini aytib o’tish mumkin. 



 

1.3-jadval. Dunyodagi eng yirik mehmonxona zanjirlari.

1

 

Savdo markasi nomi 

Zanjir egasi 

Shtab-kvartira joylashgan 

davlat 

Holiday Inn 

Bass H&R 

Buyuk Britaniya 

Days Inn 

Cendant 


AQSH 

Sheraton 

Starwood 

AQSH 


Marriot 

Marriot 


AQSH 

Comfort 


Choice 

AQSH 


Ramada 

Cendant  

AQSH 

Super 8 Motels 



Cendant 

AQSH 


Radisson 

Carlson 


AQSH 

Hampton Inn 

Hilton Corp. 

AQSH 


Hilton Hotels 

Hilton Corp. 

AQSH 

Motel 6 


Accor 

Fransiya 

Hyatt Hotels 

Hyatt Group. 

AQSH 

Express by Hol.Inn 



Bass H&R 

Buyuk Britaniya 

Quality 

Choice 


AQSH 

Courtyard 

Marriot 

AQSH 


Mercure 

Accor 


Fransiya 

Hilton 


Hilton Int’l 

Buyuk Britaniya 

Ibis 

Accor 


Fransiya 

Howard Johnson 

Cendant 

AQSH 


Inter Continental 

Bass H&R 

Buyuk Britaniya 

Novotel 


Accor 

Fransiya 

Westin 

Starwood 



AQSH 

Renaissance 

Marriot 

AQSH 


Le Meridien 

Granade/Forte 

Buyuk Britaniya 

Sol 


Sol Melia 

Ispaniya 

Ritz carlton 

Marriot Int’l 

AQSH 

Kempinski 



Dusit Thani 

Germaniya 

 

                                                           



1

 Bututjahon turim tashkiloti ma’lumoti 



2-BOB. MEHMONXONA XIZMATLARI RAQOBATBARDOSHLIGINING NAZARIY-

USLUBIY ASOSLARI 

 

2.1. Mehmonxona biznesida raqobatning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati 

 

Mamlakatimizda  mustaqillikning  dastlabki  kunlaridanoq  xizmatlar  ko‘rsatish  sohasidagi 



turizm xizmatlari iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishi sifatida talqin qilinib, unga e’tibor 

davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Soha rivoji uchun zaruriy tashkiliy-huquqiy mexanizmlar 

vujudga  keltirilib,  hukumat  tomonidan  tegishli  me’yoriy  hujjatlar  qabul  qilindi  va  bu 

yo‘nalishdagi  ishlar  hozir  ham  davom  etmoqda.  Xizmat  ko‘rsatish  va  servis  faoliyati  bilan 

shug‘ullanuvchi  korxona  va  tashkilotlar  hamda  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  faoliyati 

milliyiqtisodiyotga katta hissa qo‘shmoqda.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda 

xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 

Qarori xizmat ko‘rsatish va servis sohasida katta tarixiy voqea bo‘lib hisoblanadi. Ushbu qaror 

asosida  barcha  xizmat  ko‘rsatish  sohalarida  2006-2010yillarga  mo‘ljallangan  xizmat  ko‘rsatish 

va servisni rivojlantirish dasturlari ishlab chiqildi va qabul qilindi. Dunyoda iqtisodiyoti  yuqori 

rivojlangan  mamlakatlarda  xizmat  ko‘rsatish  sohasiga  YAMMning  3/2  qismi  va  tashkil  etilgan 

yangi ishchi o‘rinlarining asosiy qismi to‘g‘ri kelmoqda. 

Bugungi  kunda  xizmat  ko‘rsatish  tushunchasi  bo‘yicha  ko‘p  ta’riflar  mavjud.  Mamlakatimiz 

olimlaridan  J.M.Qurbonov  “xizmat  -  jamiyatda  bo‘ladigan  maxsus  harakat,  uning  bajarilishida 

albatta  falsafiy  kategoriya  hisoblangan  insonning  insonga  yaxshilik  qilish  harakati  har  ikkala 

tomonga ham manfaat keltirishi kerak”, - deb ta’riflaydi.

2

 



E.S.Fayziyev  xizmatga  quyidagi  ta’rifni  bergan:  “xizmat  -  bu  insonlarning  ehtiyoj  va 

talablarini  qondirishga  qaratilgan  faoliyatdir.Ushbu  faoliyat  mahsulotda  gavdalanishi  (moddiy 

xizmatlar),  hamda  mehnat  jarayonining  o‘zida  iste’mol  qilinadigan  foydali  mehnat  samarasi 

sifatida (nomoddiy xizmatlar) namoyon bo‘ladi...”.

3

 

Demak,  xizmat  -  bu  bir  kishining  ikkinchi  kishi  uchun  qiladigan  ma’lum  ishi,  deb 



tushuniladi.  Xizmatlarni  iste’molchi  bilan  muloqotda  bo‘lish  darajasiga  qarab  ham  tasniflash 

mumkin.  Agar  xizmatlarni  taklif  etuvchi  xodimning  iste’molchi  bilan  muloqoti  yaqin  bo‘lsa, 

                                                           

2

QurbonovJ.M. Servis paradigmasi.// Servis.– Samarqand.:SamISI, №3, 2009. -12 b. 



 

3

Fayziyev E.S. Cyervis tizimi faoliyati asoslari.: Ma’ruzalar kursi. – Samarqand.: SamISI, 2007 – 5 b. 



 

xodimning  xizmatni  sifatli  bajarishi  uchun  zaruriy  texnik  tayyorgarligidan  tashqari,  uni  yana 

shaxslararo munosabatlar borasida ham o‘qitish zarurati paydo bo‘ladi. Chunki, xizmatlar sifati 

bir  xil  bo‘lgan  taqdirda  iste’molchi  u  bilan  yaxshi  munosabatda,  xushmuomila  bo‘lgan  taklif 

etuvchini  tanlaydi.  Xizmat  tovardan  farq  qiladi,  shu  bilan  birga  o‘zida  tovar  kabi  o‘z  narxi  va 

qiymatiga ega bo‘ladi.  


Yüklə 287,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin