O‘zbekiston respublikasi o’liy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 287,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix06.06.2020
ölçüsü287,06 Kb.
#31679
1   2   3   4
raqobat


Mehmonxona xizmatlari xizmat ko‘rsatish sohasida alohida mavqega ega  

Shuni  ta’kidlash  joizki,  mehmonxona  xizmatlarining  moddiy  tovardan  farq  qiluvchi  o‘ziga  xos 

xususiyatlari  mavjud.  Ushbu  xususiyatlar  faqat  mehmonxona  xizmatlariga  xos  bo‘lib,  ularni 

taklif etish jarayonida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi (1.1-jadval). 

Mehmonxona xizmatlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan tashqari bizningcha, uni boshqa 

xizmatlardan farqlovchi quyidagi jihatlari ham mavjud: 

1.

  Iste’molchilar  talabining  mavsumiyligi  sababli,  ularda  mehmonxona  xizmatlaridan 



qoniqish  hissi  mavjud  bo‘ladi.  Shuning  uchun  ham  xizmatlar  aniq  belgilangan  turistik 

zonalar uchun ajratib ko‘rsatilishi lozim. 

2.

  Turistik paket har biri o‘z uslubi, tijorat maqsadiga ega bir nechta korxonalar takliflari 



majmuasidan  yaratiladi.  Shunday  ekan,  mehmonxona  xizmatlarini  taklif  etuvchi 

korxonalar  (ijrochilar)  umumiy  maqsadini  ishlab  chiqib  ustuvor,  aniq  xizmatlarni 

belgilab unga amal qilsalar, turizm bozorida muvaffaqiyatga erishadilar. 

3.

  Mijoz  mehmonxona  xizmatlarini  iste’mol  qilishi  uchun  uni  ushbu  xizmatlarni  taklif 



etuvchi joydan ajratib turuvchi ma’lum masofani bosib o‘tishi shart.  

4.

  Mehmonxona  xizmati  vaqt  va  muhitga  bog‘liq.  Bu  yerda  mavsumiylik  omili  katta 



ahamiyatga ega.  

5.

  Mehmonxona  xizmatlarini  taklif  etuvchi,  destinatsiyalarni  strategik  rivojlantirishda 



turistik talabning o‘zgarishi va mavjud raqobatni hisobga olib, tizimli yondashish lozim. 

Destinatsiyalarni  rivojlantirishda  iste’molchilar  xohishini  oqlaydigan  va  sayohatga 

qiziqtiradigan ijobiy muhitni yaratish va shakllantirish muhimdir.  

6.

  Mijozga va xizmat ko‘rsatuvchiga bevosita bog‘liq bo‘lmagan tashqi omillar ham turistik 



xizmatlar  sifatiga  ta’sir  ko‘rsatadi.  Masalan,  ob-havo,  siyosiy  beqarorlik,  xalqaro 

voqealar, tabiiy ofatlar va sh.k. 



2.1-jadval. Mehmonxona xizmatlari xususiyatlari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan 

mexmonxonalarni boshqarishningo‘ziga xosligi 

Mehmonxona 

xizmatlari 

xususiyatlari

 

Xususiyatlar 

mazmuni 

Mexmonxonalarni boshqarishning 

o‘ziga xosligi 

Xizmatning 

sezilmasligi 

Xizmatlarni  taklif  etilmagunga 

qadar  ular-ni  namoyish  etish, 

Mijozlar  ishonchini  qozonish  uchun 

xizmat ko‘rsatuvchi kor-xona reklama 


 

ko‘-rish,  tatib  ko‘rish,  jo‘na-

tish  yoki  o‘rganish  mum-kin 

emas. 


faoliyati  orqali  o‘z  xizmatlarining 

ahamiyatli  tomonlarini  ta’kidlab  o‘ti-

shi,  foydali  chegirma  va  sovg‘alarga 

mijoz  diqqatini  jalb  qilishi,  mashhur 

kishilarni reklamaga jalb qilishi kerak 

bo‘ladi.  



Servis va 

iste’molchi-ning 

o‘zaro bog‘liqligi 

 

Xizmatlar 



faqat 

mijoz 


kelganidan  keyingina  taklif 

etiladi.  Shu  nuq-tai  nazardan 

xizmatlar taklifi va uning iste’-

moli bir-biridan ajra-tilmaydi. 

 

Ko‘pgina xizmatlar uni tak-lif etuvchi 



xodimlar  bilan  uzviy  bog‘liqdir. 

Xizmat  ko‘rsatish  jarayonida  iste’-

molchi  ishtirok  etar  ekan,  sotuvchi 

(ijrochi) 

nimani, 

qanday 


taklif 

etayotganligini  aniq  bilishi  shart. 

Mijoz  xizmatdan  foydalanishi  ja-

rayonida  sotuvchining  hara-katlari, 

malakasi, 

bilimi 


xizmatlarning 

takroriy is-te’molini belgilab beradi. 



 

 

Xizmat 

sifatining doimiy 

emasligi 

Xizmatlar  sifati  uni  taklif 

etayotgan 

mutaxas-sislar 

malakasi, 

xush-muomilaligi, 

kommuni-kabelligi  va  har  bir 

mi-jozning individual ta-lablari 

hisobga olini-shiga bog‘liq. 

Xizmat 


ko‘rsatish 

standartla-riga 

rioya  qilish  va  mijoz-larga  xizmat 

ko‘rsatish  sifa-tini  nazorat  qiluvchi 

kor-xonaning nazorat siyosatini ishlab 

chiqish,  korxonaning  firma  stilini 

ya’ni,  nomi,  tovar  belgisi,  uning 

o‘ziga  xos  rangi,  logotipini  yaratish, 

xodimlarning malakaviyli- 

gini  va  xizmat  ko‘rsatish  sifatini 

oshirish  maqsadida  tizimli  o‘qitishni 

yo‘lga qo‘yish kerak. 



 

Xizmatning 

saqlanmas-ligi 

 

Xizmatlarni  oldindan  taklif 



etish 

va 


saqlab 

qo‘yish 


mumkin  emas.  Bu  yerda  talab 

va 


taklif 

o‘r-tasida 

muvozanatga 

eri-shish 

muammosi tug‘i-ladi. 

O‘zgaruvchan  narxlar,  chegir-malar 

belgilash, talabni vaqt bo‘yicha to‘g‘ri 

taqsimlash 

im-konini 

beradigan 

boshqa  rag‘batlantirish vositalari-dan 

foydalanish,  xizmatlarga  oldindan 

buyurtma  berish  tizimini  joriy  qilish 

zarur. 


 

Hozirgi  sharoitda  mehmonxona  biznesida  raqobat  muhiti  mavjud  bo‘lib,  bozor 

munosabatlarining  murakkabligiga  qaramay,  O‘zbekistonda  qator  turistik  firmalar  va 

mehmonxonalar  tashkil  etilmoqda,  lekin  ularning  ko‘pchiligi  ma’lum  vaqtdan  so‘ng  raqobatga 

dosh  berolmay  turizm  bozoridan  chiqib  ketmoqda.  Statistik  ma’lumotlarga  ko‘ra,  respublikada 

2010  yilda  374  ta  mehmonxona  faoliyat  ko‘rsatgan  bo‘lsa,  2011  yilga  kelib  ularning  soni  254 

tani tashkil qilgan

4

, shuningdek turistik firmalar soning kamayishi ham bu holni tasdiqlaydi. 



                                                           

4

VazirlarMahkamasining “Turistikxizmatlarnirivojlantirishvaeksportinioshirishda “O’zbekturizm” 



MKrahbariyatirolivamas’uliyatihaqida” giyig’ilishimateriallaridan. - Toshkent. 8-sentyabr, 2011 y. 

Raqobat  atamasi  “O‘zbek  tilining  izohli  lug‘ati”da  basma-baslikka  bellashuv,  kim  o‘zdi 

ma’nosida  berilgan.  Bu  so‘z  iqtisodiyotda  ko‘proq  foyda  olish,  bozorlarni,  xom  ashyo 

manbalarini egallash va shu kabilar uchun o‘zaro kurashish tushunchasini anglatadi.  

Raqobat  muhiti  bilim  va  ko‘nikmalardan  samarali  foydalanishga  undaydi.  Inson  qo‘lga 

kiritgan  ko‘pgina  boyliklar  aynan  bellashuv,  raqobat  orqali  erishilgan  bo‘lib,  raqobat 

resurslarning oqilona sarfini rag‘batlantiradi. Raqobat bozor iqtisodiyotining me’yoriy faoliyatini 

ta’minlovchi  zaruriy  element  hisoblanadi.  Lekin  raqobat  muhiti  o‘zining  ijobiy  va  salbiy 

tomonlariga ega.

5

 

Ijobiy tomonlari: 



-

  resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi; 

-

  o‘zgaruvchan ishlab chiqarish sharoitlariga tez moslashish zaruratini talab qiladi; 



-

  yangi tovar va xizmatlar ishlab chiqishda ilmiy-texnik yutuqlardan optimal foydalanish 

sharoitini yaratadi; 

-

  iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar harakati va tanlovi erkinligini ta’minlaydi; 



-

  ishlab chiqaruvchilarni  tovar va xizmatlar sifatini oshirish va iste’molchilarning turli xil 

ehtiyojlarini qondirishga erishiladi.  

Salbiy tomonlari: 

-

 

qayta  tiklanmaydigan  resurslarni  (hayvonot  va  o‘simliklar  dunyosini,  foydali 



qazilmalarni, suv va sh.k.) tejashga salbiy ta’sir qiladi; 

-

 



atrof-muhit ekologiyasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi; 

-

 



fundamental  fanlar,  ta’lim  tizimi,  shahar  xo‘jaligining  ko‘pgina  unsurlari  rivojiga 

sharoit yaratmaydi; 

-

 

mehnat, daromad, dam olishga bo‘lgan huquqni kafolatlamaydi; 



-

 

jamiyatni  boylar  va  kambag‘allar  qatlamiga  ajralishining  oldini  oluvchi  va  ijtimoiy 



nohaqliklarga qarshi mexanizmlarga ega emas.  

Umuman  olganda,  ushbu  iqtisodiy  munosabat  ko‘proq  ijobiy  holatlarni  vujudga  keltiradi. 

Raqobatning  mazmun,  mohiyatini  chuqurroq  anglash  uchun  turli  mualliflar  ta’riflarini  tahlil 

qilamiz (2.2-jadval):  

                                                                                                                                                                                           

 

5



Yudanov A.Yu. Konkurensiya: teoriya i praktika: Uchebno-prakticheskoye posobiye.: - M.: Assosiasiya 

avtorov i izdateley «Tandem», izdatelstvo «GNOM -PRESS», 1998. – 13 s. 

 


2.2- jadval.  Raqobat atamasiga turli mualliflarningta’riflari 

Mualliflar  

Ta’riflar 

O‘zbekiston 

Respublikasi-ning 

“Raqobat 

to‘g‘risida”gi 

Qonuni 

Raqobat  –  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  (raqobatchilarning) 

musobaqalashuvi  bo‘lib,  bunda  ular-ning  mustaqil  harakatlari  ulardan 

har  birining  tovar  yoki  moliya  bozoridagi  muomalasining  umumiy 

shart-sharoitlariga 

bir 


tomonlama 

tartibda 

ta’sir 

ko‘r-satish 



imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi. 

F.Nayt 

 

Raqobat - bu  raqobatlashuvchi birliklar ko‘p va  ular mustaqil bo‘lgan 



holatdir. 

K.R.Makkonel, 

S.L.Bryu 

 

Raqobat  -  bu  bozorda  ko‘p  miqdorda  mustaqil  haridor  va 



sotuvchilarning  mavjudligi,  hamda  ularning  bozorda  kirish  va 

chiqishlarining erkinlik jarayonidir. 



Y.Shumpeter 

 

Raqobat  -  bu  eski  narsalarning  yangi  narsalar,  innovatsiyalar  bilan 



raqobatlashuvidir. 

Fridrix A.fon Xatek 

 

Raqobat  -  bu  shunday  jarayonki,  uning  yordamida  odamlar  o‘zaro 



bilim  almashadilar.  Bozorda  faqat  raqobat  tu-fayli  maxfiy  narsalar 

oshkor bo‘ladi. 



M.Porter 

 

Raqobat  -  bu  rivojlanayotgan,  uzluksiz  o‘zgarib  turuvchi  landshaft 



bo‘lib,  u  yerda  yangi  tovarlar,  marketingning  yangi  yo‘llari,  yangi 

ishlab chiqarish jarayonlari va yangi bozor segmentlari paydo bo‘ladi. 



A.Yu.Yudanov 

 

Raqobat  -  bu  korxonalarning  iste’molchining  to‘lovga  qobiliyatli, 



chegaralangan talabi hajmi uchun kurashidir. 

M.Q.Pardayev, 

J.I.Isroilov 

 

 



Raqobat maydoni - u halol-pokiza yashash, g‘alaba qilish uchun kurash 

maydonidir.  Bu  maydonda  har  bir  tadbir-kor  raqibining,  ya’ni 

raqobatchining sha’niga, nufuziga tegmagan holda o‘zining tovari (ish, 

xizmati)ni  haridorgir  qilib  o‘z  iqtisodiyotini  tiklab,  tovarining  ham, 

o‘zining ham raqobatbardoshligini ta’minlashga erishmog‘i lozim. 

E.N.Xodjayev, 

R.T.Yunusova, 

E.Radjabov, 

M.To‘raqulov, 

I.Olloyorov, 

Y.Abdullayev, 

Sh.Musayeva, 

B.Abdukarimov 

Raqobat g‘oliblar va yengilganlarning o‘zaro musobaqasi shakli bo‘lib, 

u  bozor  iqtisodiyoti  sub’ektlari  o‘rtasida  ro‘y  beradi...bu  esa  ular 

orasida  qarama-qarshilik  paydo  bo‘lishiga,  ishbilarmonlarning  o‘z 

oldiga  qo‘ygan  vazi-fasiga  boshqalar  manfaatiga  zarar  yetkazmagan 

holda erishishga olib keladi.  

 

Mamlakatimiz  va  xorij  iqtisodchi  olimlarning  fikrlari  tahlil  qilinib,  quyidagicha  xulosa 



qilishimiz mumkin:  “raqobat”  -  bu  iste’molchilar  manfaati  uchun  zaruriy  bozor  elementi  bo‘lib, 

uni  o‘rganish  bozorda  o‘tkaziladigan  tadqiqotlarning  asosiy  tarkibiy  qismi  hisoblanadi,  chunki 

bu  tadqiqotlar  mehmonxona  xizmatlari  raqobatbardoshligini  boshqarishni  tashkil  etishda  asos 

bo‘ladigan  strategiya  va  taktikani  ishlab  chiqish, texnik  daraja  va  sifatni  oshirishda  to‘g‘ri  yo‘l 

tanlash masalalarini hal qilishga yordam beradi. 

 

2.2. Mehmonxona xizmatlarining raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari 

 

“Raqobatbardoshlik”  raqobatning  natijaviy  mahsuli  bo‘lib,  iqtisodiyotning  boshqa 



sohalariga qaraganda mehmonxona sohasida tezda va qisqa muddatlarda yuzaga keladi. Shuning 

uchun,  mehmonxona  sohasida  raqobatdan  cho‘chimaslik,  ikkilanmaslik  talab  qilinadi,  chunki 

birinchidan, turizm bozoridagi raqobat natijalari bo‘yicha qisqa vaqtda bo‘lajak rejaning maqsadi 

va  vazifasini  belgilab  olish  imkoniyatlari  paydo  bo‘ladi.  Ikkinchidan,  mehmonxonadagi 

xizmatlar 

sifatini 

iqtisodiyotning 

moddiy 

mahsulotlar 



ishlab 

chiqarish 

sohalariga 

tenglashtirganda  qisqa  vaqtda  yaxshilash,  oshirish  mumkin.  Shuningdek,  yangi  turistik 

xizmatlarning reklamasini ham tezlikda turizm bozoriga taklif qilish imkoniyatlari ham mavjud 

bo‘ladi.  

Bozor  iqtisodiyoti  sub’ektlarining  iqtisodiy  muvaffaqiyati  ularning  qanchalik 

raqobat  qonuni  va  uning  ko‘rinishlarini  o‘rganganlari,  raqobat  kurashiga  tayyor  ekanliklariga 

bog‘liq bo‘ladi.  

Hozirda  “raqobatbardoshlik”  atamasi  ishlab  chiqaruvchilar,  xususan  xizmat  ko‘rsatuvchilar, 

tadbirkorlar  orasida  kam  ishlatilmoqda.  Bu  ichki  bozorda  raqobat  darajasining  pastligidan  va 

xizmat ko‘rsatishning xalqaro mehnat taqsimotidagi ulushi kamligini bildiradi. O‘zbekistonning 

jahon iqtisodiyotida bosqichma-bosqich integrallashuvi korxonalar raqobatbardoshligini oshirish 

muammosining  dolzarbligini  belgilamoqda.  Hozirgi  paytda  “raqobatbardoshlik”  mohiyatini 

chuqurroq anglash uchun turli mualliflar ta’riflarini ko‘rib chiqamiz (2.3-jadval): 

2.2- jadval. Raqobatbardoshlik atamasiga turli mualliflarning ta’riflari 

Mualliflar  

Ta’riflar 

“O‘zbek tilining izohli 

lug‘ati” 

Raqobatbardoshlik 

bu 


raqobatga 

dosh 


bera 

olish, 


raqobatchilarga qarshilik ko‘rsata olishdir. 

M.A.Jukova 

 

Raqobatbardoshlik - bu tovarlarning (xizmat) raqo-batbardoshligi 



deganda, iste’molchi bahosi va mazkur bozor talablariga o‘zining 

sifati  va  qiymat  tavsifi  bilan  mos  keladigan,  boshqa  o‘xshash 

mahsulotlar bi-lan taqqoslaganda iste’molchi uchun ko‘proq jozi-

bador bo‘lgan mahsulot xususiyati tushuniladi. 



G.N.Kulikov

 

 

Raqobatbardoshlik  –  bu  mazkur  tovar  (xizmat)  tavsi-fining 



boshqa  raqobatchi  tovardan  aniq  jamiyat  eh-tiyojlariga 

muvofiqlik  darajasi,  ushbu  ehtiyojlarni  qondirishdagi  harajatlari 

farqi tushuniladi. 

R.A. Fatxutdinov 

 

Raqobatbardoshlik  –  bu  ma’lum  bir  ob’ektni  mazkur  bozorda 



taqdim etiladigan o‘xshash ob’ektlar bilan solishtirilganda, ushbu 

ob’ektning  ehtiyojlarni  qondira  olish  darajasining  yuqoriligi 

bilan  tav-siflanadi.  Raqobatbardoshlik  aniq  bir  bozor  yoki  aniq 

iste’molchilar  guruhiga  nisbatan  aniqlanadi.  Agar  ob’ekt 

raqobatbardosh  hisoblangan  bozor  ko‘rsa-tilmasa,  demak  ushbu 

ob’ekt hozirda dunyodagi eng yaxshisi hisoblanadi. 



A.Yu. Yudanov 

 

Raqobatbardoshlik  -  bu  real  haridni  amalga  oshi-rayotgan 

iste’molchi 

uchun 


ushbu 

mahsulotning 

maftun-korlik, 

jozibadorlik  darajasidir.Raqobat-bardoshlik  tovarning  bozorda 

taqdim  etilgan  boshqa  o‘xshash  tovarlar  bilan  solishtirganda, 

raqobatli  bo-zor  va  haridorlar  talablariga  javob  bera  olish 

qobiliyati bilan aniqlanadi. 

M.Q. Pardayev 

 

Tadbirkor  tovari  (ishi,  xizmati)  raqobatbardoshligi  deganda, 



raqobatbardosh sub’ektlar tovari (xizmati) ning sifati va narxiga 

nisbatan  iste’molchiga  (haridorga)  qulayligi,  unga  ketadigan 



harajatlar-ning  samaradorligi  va  shu  tovardan  oladigan  foyda-

ning ko‘pligini ta’minlovchi omillar tizimi tushuniladi. 

 

Mamlakatimiz 



va 

xorij 


iqtisodchi 

olimlarining 

fikrlarini 

tahlil 


qilib, 

raqobatbardoshlikning  takomillashgan  ta’rifini  keltiramiz:  “raqobatbardoshlik”  -  bu  ma’lum  bir 

bozorda tovar yoki xizmatlarning iste’molchi ehtiyojini qondira olishi darajasi bilan belgilanadi. 

Raqobatbardoshlik  tovarning  (xizmatning)  farq  qiluvchi  jihatlari  bilan  emas,  balki  haridni 

amalga oshirayotgan mijozlar uchun uning qoniqarliligi bilan aniqlanadi.

 

Korxona  faoliyat  olib  borayotgan  tovar  va  xizmatlar  bozorida  raqobatning  mavjudligi 



korxonadan  aniq  raqobatbardoshlikni  talab  qiladi,  aks  holda  uni  bozordan  „siqib”  chiqarishadi. 

Boshqacha qilib aytganda, raqobat xususiyati raqobatbardoshlik darajasini belgilab beradi.  

Raqobatbardoshlik  nazariyasi  yaqin  o‘tmishda  shakllanib,  rivojlanganligi  sababli 

raqobatbardoshlik tushunchasiga umumiy qabul qilingan qoida mavjud  emas. Ushbu tushuncha 

qaysi ob’ektga nisbatan qo‘llanilishiga qarab izohlanadi (2.4 - jadval).  

Turistik  destinatsiya  (hudud)  yagona  turistik  mahsulot  sifatida  raqobatbardosh 

birlikhisoblanib,  yagona  strategik  tijorat  birligi  sifatida  boshqarilishi  zarur  bo‘lmoqda.  Turizm 

xizmatlarini  taklif  etuvchi  turistik  hudud  sifati  ular  o‘z  xizmatlarini  qanchalik  darajada 

buyurtmachilar  ehtiyojiga  moslashtira  olishi  bilan  o‘lchanadi.  Bozorda  yetarlicha  mavqega  ega 

bo‘lgan  turistik  hududgina  raqobatbardosh  bo‘la  oladi.  Yagona  raqobatbardosh  birlik 

ko‘rinishida  umumiy  hududning  strategik  maqsadi  raqobatbardoshlikni  uzoq  muddat 

ta’minlashidan  iboratdir.  Turistik  majmua  elementlari(mehmonxona,  transport  korxonalari, 

umumiyovqatlanish  korxonalari  va  sh.k.),  ularning  bozorlari,  aholi,  atrof-muhit  hududning 

raqobatbardoshligiga ta’sir ko‘rsatadi. 



2.3 – jadval. “Raqobatbardoshlik” tushunchasining turli ob’ektlarga nisbatan qo‘llanilishi

6

 

                                                           

6

Aitova A. Formirovaniye i razvitiye konkurensii i konkurentosposobnosti predpriyatiy // Akademiya 



upravleniya "TISBI": Materialы mejd.nauch.prakt.konf. - M.: RGTEU,-2005.–307 s. 

 

 



Ob’ektlar 

Raqobatbardoshlikni 

tavsiflovchi omillar 

Ob’ektga qo‘yilgan asosiy talablar 







 

Me’yoriy 

aktlar 

(hujjat-lar) 

Ushbu 


me’yoriy 

hujjatda 

ehtiyojlar 

qondirili-shining 

darajasi, 

uni 


na-zariya 

va 


amaliyotda qo‘l-lash imkoniyati 

Xalqaro me’yorlarga muvofiqligi, tizimli va 

kompleks  yondashuvlar  ishlab  chiqishda 

qo‘llanilishi,  talablarning  asoslanganligi  va 

istiqbolliligi 

Ilmiy – 

Uslubiy 

Ushbu 


me’yoriy 

hujjatda 

ehtiyojlar 

qondirilishi-ning 

Ekologik,  xavfsizlik  va  boshqa  ta-lablar 

bo‘yicha  xalqaro  me’yorga  mu-vofiqligi, 



 

Hujjatlar 

darajasi, 

uni 

na-zariya 



va 

amaliyotda qo‘l-lash imkoniyati 

jahon 

yutuqlaridan 



foydalanilganligi, 

zamonaviy 

yon-dashuvlar, 

tadqiqot 

metodlari va ishlanmalar qo‘llanilganligi 

Loyiha- 

konstruk-

torlik 

hujjatlari 

Ob’ektning  sifat  va  iq-tisodiy 

ko‘rsatkichlarga 

muvofiqlik 

darajasi, uning iste’molchi talab-

lariga mosligi 

Zamonaviy  ishlab  chiqarish  usul-larining 

qo‘llanilganligi, 

xalqaro 

va 


iste’mol 

talablariga muvofiq-ligi 



Texnolo-

giya 

Konstruktorlik-texnolo-gik 

hujjatlarga  muvofiq  ravishda 

texnologiyadan 

foydalangan 

holda sifat-li va tejamli mahsulot 

yaratish 

Texnologiya  mobilligini,  avtomat-lantirish 

darajasini 

vajarayoni 

mexanizatsiyalashtirishni 

optimal-


lashganligi, 

resurslar 

harajati-ning 

minimalligi 



Ishlab 

Chiqarish 

Ochiq  tashkiliy-iqtiso-diy  tizim 

sifatida ish-lab chiqarishning o‘z 

kela-jagini 

bashoratlash 

qo-


biliyati, 

raqobatbardosh 

mahsulot 

ishlab 


chiqarib, 

shuning 


hisobidan 

normal 


faoliyati,  rivoji  uchun  foydani 

ta’minlash 

Istiqbolli  texnologiyalar  va  za-monaviy 

menejment 

usullaridan 

foydalanish, 

fondlarni  o‘z  vaqtida  yangilash,  ishlab 

chiqarishni egiluv-chanligi ta’minlanganligi, 

jara-yonlarning 

proporsiionalligi, 

pa-

rallelligi,  uzluksizligi,  bir  ma-romdaliligini 



va 

korxonaning 

bar-qaror 

faoliyati 

ta’minlanganligi 

Mahsulot 

(taqdim 

etiladi-gan 

xizmat) 

Bozorda  boshqa  yaxshi  o‘x-

shash 

mahsulot 



bilan 

so-


lishtirilganda  aniq  ehti-yojning 

qondirish 

daraja-si, 

sifat 


sertifikatining mavjudligi 

Ushbu  bozor  segmenti  iste’molchi-larining 

talablariga  muvofiq  mahsulot  sifati  va 

tejamkor-ligining ta’minlanganligi 



Ishchi-

xodim 

Barcha  ko‘ratkichlar  bo‘yicha 

(sifat,  son,  harajat,  muddat) 

texnologiya  talab-larini  bajara 

olish  

Lavozimi 



va 

ish 


o‘rni 

talablariga 

muvofiqligi,  to‘g‘ri  hayot  (yashash)  tarzini 

olib borishi 



Yüklə 287,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin