bosish xavfi tug`iladi. Shunga o`xshash katta hajmdagi suv omborlari Jizzax,
Sirdaryo, Buxoro, Samarqand viloyatlariga ham xavf solishi mumkin.
Shuning uchun suv saqlaydigan omborlarni har xil falokatlardan asrash
uchun hamma turdagi ehtiyot choralari ko`rilishi lozim. Jumladan, birlamchi va
ikkilamchi saqlovchi platina qurish, har bir platinalar temir betonli qorishmalardan
tayyorlanishi lozim. Gidrotexnik inshootlar quyidagi sabablarga ko`ra buzilishi
mumkin.
Kushli tabiiy hodisalar oqibatida: a) yer silkinishi, b) yer surilishi, v) kuchli
sel kelishi,) kuchli yomg`ir suvidan yuvilib ketishi:
-Gidrotexnik inshoot jihozlarinig eskirishi va tabiiy parchalanishi oqibatida:
-Gidrotexnik inshootlarni loyihalashda va qurishda yo`l qo`yiladigan
xatoliklar oqibatida:
-Gidrotexnik inshootlardan noto`g`ri foydalanish va qoidalarini buzilishi
oqibatida
Umuman suv toshqiniga qarshi qo`llaniladigan omillar quyidagilardan
iborat: daryodagi suvning sarflanish darajasini oshirish, suv oqimiga qarshi
yerlarni kundalang qilib chuqur haydash, daryo qirg`oqlarini ko`tarishdan
iboratdir. Suv toshqini xavfi tug`ilganda aholini o`z vaqtida xabardor qilish,
fuqarolarni moddiy resurslarini, qishloq xo`jaligi hayvonlarini xavfsiz joylarga
evakuatsiya qilish eng muhim ishlardan hisoblanadi. Evakuatsiyadan oldin har bir
fuqaro o`zi yashab turgan uylarni xavfsiz holatga keltirish ya`ni (gaz,suv, elektr
tarmoqlarini o`chirish deraza va eshiklarni mahkamlab bekitishlari lozim ) va o`zi
bilan kerakli hujjatlarini, pul va taqinchoqlarini kamida uch kunga yetadigan
yegulik oziq-ovqatlar va ichimlik suvlarini olishi zarur.
Suv toshqinida qolqan odamlar turli xavfsirashlarga berilmasliklari va suv
oqimi
bo`yicha
past
sathli
qirg`oq
tomon
suzishlari
(harakatlanishlari) kerak. Suv toshqini paytida ma`lum qism odamlar
(qutqaruvchilar) shu falokat hududida qolib, imkoni boricha qilinadigan ishlarni
bajarishlari zarur. Aholi
suv ichida qolgan oziq ovqatlarni yemasliklari va suv ichmasliklari kerak.Yashash
joylarda elektrdan foydalanmasliklari lozim, chunki yong`in chiqishlarga olib
kelishi mumkin. Suv toshqini xavfi o`tgandan keyin, fuqarolar o`zlarining doimiy
yashash joylariga qaytib kelgach toshqin oqibatlarini bartaraf etish chora
tadbirlarini boshlab yuboradilar. Ular quyidagilardan iborat:
-Suv bosgan joylardagi suvni chiqarib tashlash va quritish:
-Uylarning yerto`lalaridagi suvlarni chiqarib tashlash:
-Toshqin natijasida buzilgan joylarni: maishiy –energetik tarmoqlarni,
yo`llarni, ko`priklarni va boshqalarni qayta tiklash.
-Qayta tiklab bo`lmaydigan, inshootlarni, uylarni yiqitish va tozalsh.
- Ekinzorlarni suvdan tozalash.
Yuqoridagi tadbirlar fuqarolar muhofazasi shtabi va uning tizimlari
boshchiligida, xalq ommasi ishtirokida amalga oshiriladi.
Yer surilishi, uning sabablari va talafotlari.
Tog` jinslari qatlamlarini qiya sath bo`ylab o`z og`irligi, gidrodinamik,
gidrostatik, seusmik kuchlar ta`sirida surilishiga yer surilishi yoki yer ko`chishi
deb aytiladi. Yer surilishining vujudga kelish qonuniyatlarini, bularning
dinamikasini o`rganish katta ahamiyatga ega. Bu qurilish ishlarini olib borish
sharoitini aniqlashda, xalq xo`jaligi inshootlarini inson hayotini saqlashda muhim
omil hisoblanadi.Yer surilishi oqibatida xalq xo`jaligi katta zarar ko`radi ba`zi
yirik inshootlar, yo`llar bir necha metrga surib tashlanadi, katta-katta ekin
maydonlari foydalanishga butunlay yaroqsiz bo`lib qoladi butun-butun qishloqlar,
shaharlar vayron bo`ladi minglab kishilar boshpanasiz qoladi, halokatga
uchraydi.Yer surilishi- tog` jinsining surilish tezligi hamda suriluvchi tog` jinsini
miqyos darajasiga ko`ra turli xilda bo`lishi mumkin. Jumladan, tog` jinslari surilish
tezligining sekin, o`rtacha va kuchli xillari bo`lib, birinchisida surilish ber necha
santimetrga, o`rtacha surilish bir necha metrga, kuchli bo`lganda esa tog` jinslari
soatiga bir necha kilometrga suriladi. Mana shunday tezlikda yuz bergan
surilishlar oqibatida katta falokatlar sodir bo`ladi ko`plab odamlar, va boshqa
jonivorlar talofat ko`radilar.Yer surilishida ko`chgan tog` jinsining massasi bir
necha million, ba`zan milliardlab metr/kubga yetadi. Markaziy Osiyo
Respublikalari hududlarida ham hozirgi kungacha ko`pdan-ko`p yer surilishlari
kuzitilgan. Masalan, 1973 yilda respublikamizning Ohangaron vodiysida, ATCHI
deb nom olgan katta surilish, 1987 yil 7-dekabrdaTojikistonning SHarora
qishlog`ida , 1991 yilda Ohangaron vodiysida sodir bo`lgan Jigariston 1994 yil
16 aprelda sodir bo`lgan Ohangaron tumanining Qora qishloq hududida sodir
bo`lgan yer surilishlarini aytish mumkin.Bu joylarda davlatga va aholiga katta
miqdorda moddiy- ma`naviy ziyon keltirdi.
Yer surilishining yuzaga kelishida quyidagi omillar sabab bo’ladi.
–Tog` yon bag’ri etaklarining tabiiy holatini oqar suvlar suv omborlari ta`sirida
buzilishi hamda rejasiz olib borilgan qurilish ishlari:
Qiya sathlarda tarqalgan tog` jismlarining xossa va xususiyatlari,
mustahkamlik darajasining o`zgarishi, sug`orish ishlari, qor-yomg`ir suvlari
ta`sirida namlikning o`ta oshishi:
Tog` jismlariga yer osti suvlari (gidrodinamik) va yerustki suvlari
(gidrostatik) bosimining ta`siri:
-Tog` jinsi zichligini va mustahkamligining, burg`ulash hamda tog`- kovlash
ishlari natijasida buzilishi:
-Tektonik va seusmik kuchlar ta`siri. Surilishlarning yuzaga kelishida
hududning iqlim hamda, gidrogeologik sharoitlari va boshqalar. Tog` jinslarining
qiya sath bo`ylab surilishida iqlim sharoiti eng muhim omillardan biri bo`lib, u
davomli yog`ingarchiliklar kuzatiladigan yerlarda keng tarqalgan bo`ladi. Bunga
sabab yomg`ir suvlari tog` jinslari qa`riga singib zarrachalar orasida
yopishqoqlikni kamaytiradi natijada surilishni sodir bo`lishini tezlashtiradi.
Shuning uchun ham surilishlar asosan qorlar erib, yog`ingarchilik ko`paygan mart
oylarida boshlanib may iyun oylarida to`xtaydi. Yog`ingarchilik, qorlar va
muzliklarning erishi natijasida daryo va suv havzalarida suv sathining ko`tarilishi
daryo qirg`oqlarining yuvilishiga, ya`ni qiya sathlardagi muvazanat holatlarini
buzilishiga sabab bo`ladi. Misol sifatida, Amudaryo, Zarafshon daryosi
qirg`oqlarida, Chorvoq suv ombori atrofida kuzatilgan surilmalarni aytish mumkin.
Yer surilishi uch bosqichda kuzatiladi:
1-bosqich.Surilishning tayyorlanish bosqichi. Bu bosqichda qiya sathlardagi
tog`jinsi turg`unligi susayadi, yer sathida turli kenglikdagi yoriqlar paydo bo`ladi.
2-bosqich.Tog` jinsining katta tezlik bilan yoki sekin asta surilish
kuzatiladi. Surilish tezligi yuqorida qayd etilgan omillarning ta`sir darajasiga
bog`liq bo`ladi.
3- bosqich. Surilishning so`nish bosqishi. Bunda tog` jinslari surilishi
to`xtaydi.
Yer surilishlarini chuqur o`rganish ularni oldindan bashorat qilish imkonini
beradi. Buning uchun kompleks muhandis geologik qidiruv ishlari o`tkaziladi.Yer
surilishi ofatining oldidan kuzatiladigan belgilari quyidagilardan iborat:
Yer yuzasida yoriqlarni paydo bo`lishi, yo`llarda uzilishlarning yuzaga
kelishi, daraxtlarning to`g`ri o`smasligi, uylarning devorlarini yorilishi, binolar,
inshootlar tuzilishida muvozanatning buzilishi va boshqa belgilar paydo bo`ladi.
Yer surilishini vujudga kelishi va harakatdagi surilishlarga qarshi olib boriladigan
ishlar mazmuniga qarab ikki guruhga bo`linadi.
-Surilishni oldini olish usullari.
-Yer surilishi harakati va ta`sirini bartaraf etish usullari.
-Yer surilishini oldini olish usullari.
-Qiya sathlarda qurilish va ular bilan bog`liq bo`lgan ishlarni olib bormaslik.
-Qiya sathlarda tog` jinsi to`kilmalarining yig`ilishiga yo`l qo`ymaslik.
-Temir yo`l, transport vositalari harakat tezligini belgilangandan
oshishini taqiqlash:
-Qiya sathlarda o`simlik dunyosini muhofaza qilish;
-Qiya sathlarda sug`orish, shudgorlash ishlarini olib bormaslik.
Surilish harakati va ta`sirini bartaraf etuvchi usullar quyidagicha:
1. Surilish harakati tezligini sekinlashtirish yoki to`xtatishga qaratilgan
usullar: a). suv oqimini tartibga soluvchi va boshqaruvchi qurilmalar qurish: b).
daryo va suv havzalari qirg`oqlari yuvilishini oldini oluvchi qurilmalar qurish: v)
yer osti suvlari sathini kamaytirish.
2. Tog` jinsi surilishlarini ushlab turuvchi tirgak devorlarini qurish.
3. Suriluvchi tog` jinsi qatlamlarini olib tashlash.
4. Tog` jinslari fizik-mexanik xususiyatlarini sun`iy usulda yaxshilash.
Ularning namligini oshib ketishiga yo`l qo`ymaslik.Yer surilishi ofatidan
saqlanishning ishonchli omili xalqni o`z vaqtida ogoh etish hisoblanadi.1996-1999
yillarda O`zbekistonning bir necha xududlarida, masalan; Surxondaryo,
Qashqadaryo, Samarqand va boshqa viloyatlarning tog` etaklarida yashovchi
fuqarolarni yer surilishi ofati to`g`risida ogoh qilinishi natijasida, aholi boshqa
joylarga ko`chirildilar va hech qanday moddiy va ma`naviy yuqotishlar bo`lmadi.
Hozirgi kunda ham respublikamizning ba`zi viloyatlarida yer silkinishi ehtimoli
bor hududlar mavjud bo`lib, hukumatimiz va fuqaro muhofazasi xizmati
tomonidan doimiy ravishda xavfli mintaqada yashovchi fuqarolar ogohlantirilib
borilmoqda.
Kuchli shamol, qurg`oqchilik va ularning oqibatlari
Kuchli shamol ham insonlar hayotiga va xalq xo`jaligiga jiddiy zarar
yetkazadigan ofatdir. Bu ofat uzoq davom etuvchi va buzish kuchiga ega.Bu
ofatning tezligi 30-90 metr/sek ga etadi. O`rta Osiyo mintaqalarida shamolning
kuchi 40-60m/s ni tashkil etadi. O`zbekistonning Xovos, Bekobod tumanlarida esa
50-60m/s ni tashkil etadi. Kuchli shamolning paydo bo`lishi, ya`ni atmosferada
muvazanatning buzilishi natijasida havo oqimi juda katta tezlikda harakatlanib,
ba`zi joylarda u o`rama harakatga aylanib ketadi. Bunday ofat oqibatida
odamlarning halok bo`lishi, inshootlarning buzilishi, ekinzorlarning payhon
bo`lishi, elektr, telefon tarmoqlarining izdan chiqishi va boshqa oqibatlarga olib
keladi. Bu ofatlardan eng ishonchli saqlovchi omil- bu himoya inshootlari
(metro,yerosti yulaklari,uylarning yerto`lalari va boshqalar) hisoblanadi. Bu
ofatdan saqlanishning yana bir omili- ofat haqida odamlarni o`z vaqtida ogoh
qilishdir. Hozirgi paytda ob-havoni bir necha kun oldin ayta oladigan zamonaviy
uslublar yaratilganki, bularning bergan ma`lumotlariga asosan oldindan ehtiyot
choralarini ko`rish mumkin bo`ladi. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, kuchli shamol
ofati yuz berganda fuqaro muhofazasi tizimlari davlat organlari xodimlari
boshchiligida qutqaruv va buzilgan joylarda tiklash ishlarini bajaradi, jabr
ko`rganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatadi.
Qurg`oqchilik ofati ham O`zbekistonga xos bo`lib, ilgari bu holatga
deyarli e`tibor berilmagan. Lekin keyingi yillarda ekologiyaning haddan tashqari
buzilishi, suv resurslaridan noto`g`ri foydalanish va boshqa sabablar oqibatida
bizning mintaqada ham bunday ofatlar aynan hozirgi paytda kuzatilmoqda.
Qurg`oqchilikda odamlarning o`limi daraxtzorlar va ekinzorlarning qurishi, kuchli
yong`inlarni chiqishi va turli xil kasalliklarni tarqalishiga imkon yaratiladi.
Ta`kidlash lozimki, O`zbekistonda qurg`oqchilik muammosi Orol dengizi bilan
bog`liqdir.
Respublikamiz Prezidenti I.Karimov “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida:
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobida
ta`kidlaganidek: “Yaqin –yaqinlargacha cho`lu sahrolardan tortib olingan va
sug`orilgan yangi yerlar haqida dabdaba bilan so`zlanardi. Ayni chog`da ana shu
suv Oroldan tortib olinganligi, uni jonsizlasntirib qo`yilganligi xayolga kelmasdi,
endilikda Orolbo`yi ekologik kulfat hududiga aylandi”.Ma`lumki, Orol dengizi
suvi yildan-yilga kamayib, qurib bormoqda. Buning oqibatida dengizga yaqin
bo`lgan joylarda, daraxtlar, ekinzorlar, qurib turli xil kasalliklar ko`payib
bormoqda. Ma`lumotlarga ko`ra Amudaryo suvining bor-yo`g`i 10 foiz miqdori
Orol dengiziga quyilmoqda. Bundan tashqari dengizga kelib tushayotgan suv
miqdoridan dengiz suvinig havoga bug`lanib ketishi bir necha barobar ko`pdir. Shu
sababdan hozirgi kunga kelib Orol dengizi suvining balandligi taxminan 17 metrga
kamayib ketgan, ya`ni 1960 yillarda uning balandligi 53metrni tashkil etgan bo`lsa,
2000 yilda 36 metrni ko`rsatdi. Endilikda Orolni ilgarigi holatiga qaytarish uchun
unga 30 kilometr/kub suv quyilishi lozim.Bu degan so`z Sirdaryo suvini tuliq
quyish demakdir.
Sel, uning xususiyatlari va talofatlari
Tog` hududlarida kuchli yomg`irlarning yog`ishi, muzlik va qorlarning tez
erishi natijasida hosil bo`lgan daryo toshqinlarini, tog` yon bag`irlarida nuragan
tog` jinsi bo`laklarini suv oqimi bilan tekislikka tomon oqizib turilishi sel hodisasi
deb yuiritiladi. Sel massasining taxminan 50-60 foizi turli kattalikdagi tog` jinsi
yig`indilaridan, o`simlik va daraxt bo`laklaridan iborat bo`ladi. Sel oqimining
davomiyligi 0,5-2soatdan 12 soatgacha, tezligi 5-8metr/ soatgacha yetishi mumkin,
sel massasining zichligi esa 1,2-1,9 tonna/metrni tashkil etadi. Bunday
ko`rsatkichlarga ega oqim juda katta- kuch bo`lib, xalq xo`jaligiga sezilarli zarar
keltiradi, oqim yo`lida uchragan inshootlarni, yo`llarni, qishloq va shaharlarni,
bog`larni, ko`priklarni vayron qilib ketadi, ulkan maydonlarni loy, tosh, qum
qatlamlari bilan ko`mib tashlaydi.
Sel –arabcha so`z bo`lib, tog`lik hududlardagi suv toshqini ma`nosini
ahglatadi
Sel oqimlari o`zi bilan olib keladigan qattiq zarrachalarning o`lchamiga
qarab uch guruhga bo`linadi:
Suv toshli sellar;
Loyqa sellar;
Aralash sellar.
Yer yuzasida yuz bergan ofatli sellarga misol qilib, 1934 yilning yangi yil
kechasi AQSHning Los- Anjelos shahri atrofida ko`zatilgan sel oqimini
ko`rsatish mumkin. Suv oqimi to`lqinining balandligi 6 metrga yetgach, o`z yo`lida
500ta ko`prikni, bir qancha inshootlar va imoratlarni vayron qilgan, minglab
aholini boshpanasiz qoldirgan.
Markaziy Osiyoda eng kuchli sel oqimlari Qozog`iston respublikasining
Olma- ota shahridan o`tuvchi shahar nomi bilan ataluvchi daryo vodiysida
kuzatilgan. Masalan, 1921yil 8iyun kuni kechqurun yuz bergan sel oqimi natijasida
shaharga olib kelingan tog` jinslari 100 ming vagonga joylab chiqarilgan bu ofat
natijasida 400dan ortiq kishi halok bo`lgan. Sel oqimining vujudga kelishiga
tog`lik hududlardagi qorlar va muzliklarning erishi, kuchli yomg`ir yog`ganligi
sabab bo`lgan.
Olma- Ota shahri va uning atrofida juda ko`p marta talofatli sel oqimlari
kuzatilgan.
Oxirgi 100yil ichida O`zbekiston respublikasi hududida 2500dan ortiq sel
oqimlari kuzatilgan.Bulardan 1400 dan ortig`i loyqa, 350 dan ortig`i suv toshli,
650 ortig`i aralash sellardir.Respublikamizning Farg`ona vodiysi, Toshkent atrofi
hududlarida ham sel oqimlari kuzatilib turiladi.
Sel oqimlarining oldini olish, ularga qarshi kurashish, sel bo`lishi ehtimoli
bor maydonlarni aniqlash, ularni vujudga kelish sabablarini chuqur urganish, atrof
muhitni muhofaza qilishning asosini tashkil etishda xalq xo`jaligida katta
ahamiyatga ega. Shuning uchun sel
hodisasini bartaraf etish maqsadida olib boriladigan ishlar ilmiy –amaliy
xulosalarga, chora tadbirlarga asoslangan bo`lmog`i kerak.
Bular quyidagilardan iborat:
1. Sel bo`lishi mumkin bo`lgan daryolarning suv yig`ish maydonlarida
doimiy kuzatish ishlarini olib borish.
2. Sel oqimi yuzaga kelishi mumkin bo`lgan daryolarning suv yig`ish
maydonlarini muhofaza qilish, ya`ni bu maydonlarda o`simlik dunyosini saqlash,
daraxtlar va butalarni kesish, maydonlarda shudgorlash ishlarini olib borishni
chegaralash:
3. O`rmon xo`jaliklarini rivojlantirish, ya`ni tog` yon –bag`rida butalar va
daraxtlar ekilishini yo`lga qo`yish talab etiladi, chunki bu o`simliklar tog` jinslari
qatlamlarini mustahkam ushlab turevadi, qor erishini sekinlashtiradi, yer yuzasini
yuvilishdan saqlaydi;
4. Tog`li hududlardagi daryolarning o`zanida suv oqimini boshqaruvchi
inshootlar qurish, tabiiy, sun`iy to`g`onlarni tartibga solish, temir yo`l, avtomobil
yo`llari ostiga sel suvlarini o`tkazuvchi katta diametrli quvurlar yotqizish. Sel
oqimiga qarshi kurashish uslubini tanlash maqsadida maxsus muhandis-geologik
qidiruv ishlari olib boriladi.Olingan natijalardan urganilayotgan hudud uchun
xarita tuziladi. Bu xaritada: sel ko`zatiladigan, sel kuzatilishi mumkin bo`lgan, sel
kuzatilmaydigan maydonlar ajratiladi.
Sel kuzatiladigan va kuzatilishi mumkin bo`lgan joylarning iqlim sharoitiga,
geologik o`zgarishlarga, vujudga kelishi mumkin bo`lgan sel
Olingan natijalardan o`rganilayotgan hudud uchun xaritatuziladi. Bu
xaritada:
- sel kuzatiladigan;
- sel kuzatilishi mumkin bo`lgan;
- sel kuzatilmaydigan maydonlarga ajratiladi.
Tog`lik hududlarda shaxsiy imoratlarni qurish ishlari sel xavfi xaritasi bilan
tanishgan holda maxsus tashkilotlar ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |