O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 479,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix06.06.2020
ölçüsü479,59 Kb.
#31806
1   2   3
1-4-sinfda fel yasovchi qoshimchalar mavzusini organish


Birinchi  bosqich  –  tushunchaning  muhim  belgilarini  ajratish  maqsadida  til 

materialini  tahlil  qilish.  Bu  bosqichda  ma‟lum  so‟z  va  gaplarning  leksik 

ma‟nosidan kelib chiqib mavhumlashtirish amalga oshiriladi va shu til hodisasi, til 

kategoriyasi  uchun  umumiy  hisoblangani  ajratiladi.  O‟quvchilar  tahlil  qilish  va 

mavhumlashtirish aqliy amalini bilib oladilar. 


 

17 


 

Ikkinchi bosqich – tushunchaning belgilarini umumlashtirish, ular orasidagi 

bog‟lanishni  aniqlash(tushunchalarning  ichki  bog‟lanishini  aniqlash),  atamani 

berish. O‟quvchilar taqqoslash va tarkib amalini bilib oladilar.  

Uchinchi  bosqich  –  tushuncha  ta‟rifini  ifodalashni  tushunish,  belgilar 

mohiyatini va ular orasidagi bog‟lanishni aniqlash. 



To‟rtinchi bosqich – yangi til materiali asosida o‟rganilayotgan tushunchani  

aniqlashtirish,  bilim  tajribaga  tatbiq  etiladigan  mashqlar  ishlash,  o‟rganilayotgan 

tushunchaning ilgari o‟zlashtirilgan tushunchalar bilan bog‟lanishini aniqlash. 

Ko‟rsatilgan  bosqichlarni  “fe‟l”  grammatik  tushunchasini  shakllantirish 

jarayoni misolida ko‟rib chiqaylik:  

Tushuncha ustida ishlash til materialini tahlil qilish va tushunchaning muhim 

belgilarini  aniqlashdan  boshlanadi.  Ko‟pgina  tekshirishlar,  agar  o‟quvchilar 

o‟qituvchi  rahbarligida  muayyan  vazifani  bajarish  bilan  dastlabki  til  materialini 

o‟zlari  tuzsalar  yoki  tanlasalar,  ularning  analitik  faoliyati  samaradorligi  ortishini 

ko‟rsatdi. Masalan, o‟quvchilar harakatlarini kuzatish asosida gap tuzadilar. Darsda 

o‟quvchilarni  fe‟ldan  foydalanish  va  e‟tibor  bilan  yozishga  undaydigan  qulay 

nutqiy  vaziyat  yaratiladi.  Ekskursiya,  yaqinda  ko‟rilgan  filьm,  shu  darsda 

ko‟rsatilgan  diafilьmning  biror  qismi,  o‟qilgan  hikoya,  rasm  materiali  yuzasidan 

gaplar  tuzish  ham  mumkin.  Gap  tuzishda  fikrni  aniq  ifodalaydigan  kerakli  so‟z 

(fe‟l)ni  jamoa  bo‟lib  topish  imkonini  beradigan  vaziyat  yaratish  muhimdir. 

Masalan, mavzuni o‟rganishdan oldin o‟quvchilar bahorda tabiatda yuz beradigan 

o‟zgarishlarni kuzatadilar.  

O‟qituvchi: – Bahorda tabiatda qanday o‟zgarishlar yuz beradi?  

O‟quvchilar: – Kunlar isiydi. 

– O‟tlar ko‟karadi. 

– Daraxtlar kurtak chiqaradi. 


 

18 


 

–Bodom gullaydi. 

–Dastlab shaftoli, o‟riklar gullaydi. 

– Olma keyinroq gullaydi. 

O‟quvchilar o‟qituvchi tavsiya qilgan bir necha gapni izohlab yozadilar. 

O‟qituvchi:  –  Narsaning  harakatini  ifodalash  uchun  siz  qaysi  so‟zlardan 

foydalandingiz?  Ularning  tagiga  ikki  to‟g‟ri  chiziq  chizing  (O‟quvchilar  vazifani 

bajaradilar). 

–  Harakatni  bildirgan  so‟zlarga  so‟roq  bering  va  taqqoslang  (O‟quvchilar 

nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi? so‟roqlarini beradilar).  

 

– Endi darslikda fe‟l haqida nima deyilganini o‟qing. 



– SHaxs va narsaning harakatini bildirgan so‟zlar qanday ataladi, ular qanday 

so‟roqlarga javob bo‟ladi? 

– Bodom gulladi. Olma gullaydi gaplarini gap bo‟laklariga ko‟ra tahlil qiling 

(O‟quvchilar eganing tagiga bir, kesimning tagiga ikki to‟g‟ri chiziq chizadilar) 

– Gulladi, gullaydi fe‟llari gapda qaysi bo‟lak vazifasida kelgan? (Kesim.) 

–  Endi  fe‟l  haqida  nimalarni  bilib  oldingiz?  Rejadan  foydalanib  ayting 

(umumlashtiring): 

1. Fe‟l nima? (So’z) 

2. Nimani bildiradi? (SHaxs va narsaning harakatini) 

3.  Qanday  so‟roqlarga  javob  bo‟ladi?  (Nima  qildi?  Nima  qilyapti?  Nima 



qiladi?)  

4. Qaysi gap bo‟lagi vazifasida keladi? (Kesim) 

–  Kitobdagi  qoidada  rejaning  qaysilariga  javob  berilgan?  Rejani  o‟qing  va 

unga javob bering. 



 

19 


 

O‟quvchilar kitobdagi va qo‟shimcha mashqlarni ishlaydilar. 

–  Fe‟ldan  boshqa  yana  qanday  so‟z  turkumlarini  bilasiz?  (Ot,  sifat,  son, 

olmosh) 


– So‟zlarni taqqoslang: gul, gulli, gulladi. So‟z turkumlari (ot, sifat,  fe‟l) bir-

biridan qanday farqlanadi? (O‟quvchilar rejadan foydalanib javob beradilar). 

O‟quvchilar  mustaqil  bir  necha  gap  tuzadilar,  ayrimlarini  yozib,  fe‟llarning 

tagiga chizadilar. 

Bu dars fragmentida tushuncha bilan tanishtirish jarayonining yuqoridagi to‟rt 

bosqichi  qisqa  shaklda o‟z  aksini  topgan.  Biroq  bu darsda o‟quvchilar tushuncha 

bilan  faqat tanishtirildi, uni  o‟zlashtirish uchun  esa dasturda  mavzuni o‟rganishga 

ajratilgan barcha darslardagi mashqlar tizimini bajarish lozim. Mavzuni o‟rganish 

jarayonida  “Fe‟l”  tushunchasi  chuqurlashadi  va  kengayadi,  o‟quvchilar  fe‟lning 

yangi  belgilarini  o‟rganadilar  (fe‟llarda  bo‟lishli  va  bo‟lishsizlik,  ularning  shaxs-

son qo‟shimchalari bilan tuslanishi, fe‟l zamonlari). O‟quvchilarda fe‟llarni shaxs-

son,  zamon,  bo‟lishsizlik  qo‟shimchalari  bilan  o‟zgartirish  va  fikr  bayon  etish 

maqsadiga  mos  fe‟l  shakllaridan  nutqda  to‟g‟ri  foydalanish  ko‟nikmasi 

shakllantiriladi. 

Tushunchani  shakllantirish  jarayonida  so‟zning  leksik  ma‟nosi,  uning  gap 

tarkibida  boshqa  so‟zlar  bilan  birga  kelgandagi  ma‟nosi  asta-sekin  aniqlanib, 

oydinlashtirilib  boriladi, og‟zaki va  yozma  nutqda so‟zni uslubiy  to‟g‟ri  ishlatish 

ko‟nikmasi orta boradi.  Buning  uchun  o‟quvchilar  so‟zning ko‟p  ma‟noliligi, o‟z 

va  ko‟chma  ma‟noda  ishlatilishi,  sinonim  va  antonim  so‟zlar  bilan  elementar 

tanishtiriladi.    

O‟rganilgan  grammatik  belgilarni  amalga  keng  tatbiq  etish  va  ulardan  jonli 

nutqda  aloqa  maqsadida  bevosita  foydalanish  uchun  grammatik  tushunchani 

shakllantirishda  o‟quvchilarda    mavhumlashtirishni  va  so‟zlar  uchun  xarakterli 

bo‟lgan umumiy grammatik belgilarni sintezlashni o‟stirish zarur, shuningdek, ular 



 

20 


 

so‟zning  leksik  ma‟nosini  chuqur  bilishlariga  erishish  muhimdir.  Bular 

o‟quvchilarning nutqini o‟stirish mohiyatini aks ettiradi, yaьni o‟quvchilar nutqda 

so‟zlardan  amaliy  foydalanishga,  so‟zning  leksik  ma‟nosini  tor  tushunishdan 

chuqurroq tushunishga o‟tadilar, so‟zning leksik va grammatik ma‟nolari bir-biriga 

ta‟sir qilishini tushuna boshlaydilar, natijada nutqda so‟zlardan ongli foydalanishga 

asos yaratiladi.     

Grammatik va so’z yasalishiga oid mashqlar.Maktabda tildan nazariy bilimni 

o‟rganishdan maqsadfikrni og‟zaki va yozma tarzda grammatik to‟g‟ri va uslubiy 

aniq ifodalash uchun undan ongli foydalanish hisoblanadi. Biroq nazariy bilimni 

amalda qo‟llashni esa maqsadga muvofiq va muntazam o‟rgatib borish talab 

etiladi.Mashqlar tizimi tushunchani o‟zlashtirish bosqichiga va uning xususiyatiga  

mos ravishda mashq turini tanlash, uning murakkablasha borishini va o‟quvchilar 

mustaqilligi o‟sib borishini hisobga olgan holda mashqlarni bajarish izchilligini 

aniqlashni ko‟zda tutadi. Bu tizim mashqlarning o‟zaro bog‟lanishiga asoslangan. 



Mashq  turlari.  Grammatik  mashqlar  turli  asosga  ko‟ra  tasnif  qilinadi, 

shuning  uchun  mashqning  har  xil  turi  hosil  bo‟ladi.  Agar  bilimni  shakllantirish 

xarakteriga asoslanilsa, grammatik mashqlar ikki katta guruhga bo‟linadi: 

1) morfologik mashqlar (bunga leksik-morfologik mashqlar hamkiradi); 

2) sintaktik mashqlar.  

Agar  o‟quvchilar  faoliyatiningxarakteri,  ya‟ni  mashq  jarayonida  o‟quvchilar 

bajaradigan  aqliy  omillar  xarakteri  asos  qilib  olinsa,  mashqlar  analitik,  sintetik, 

taqqoslashga,guruhlashga, umumlashtirishga oid mashqlarga bo‟linadi. 

Mashqning o‟ziga xos xususiyatlarini aniqroq belgilash uchunyuqoridagi ikki 

asos hisobga olinadi. Masalan, mashqning vazifasi aralash berilgan so‟zlardan gap 

tuzishni  va  gap  bo‟laklarini  ajratishni  talab  etsa,  bu  mashq  bilimni  shakllantirish 

turiga  ko‟ra  sintaktik  mashq,  faoliyat  xarakteriga  ko‟ra  sintetik-analitik  mashq 

hisoblanadi. 



 

21 


 

Boshlang‟ich  sinflarda  sof  morfologik  yoki  sof  sintaktik  mashq  juda  kam 

ko‟llaniladi,  shuning  uchun  ham  vazifaning  yetakchi  tomoni  hisobga  olinadi. 

Masalan,  matnga  mazmunga  mos  otni  qo‟yish,  qaysi  kelishik  ekanini  ko‟rsatish 

talab  etilsa,  bu  leksik-morfologik  mashqdir.  O‟quvchi  otning  qaysi  kelishikda 

ekanini  aniqlash  uchun  u  bog‟langan  so‟z  (fe‟l  yoki  ot)ni  aniqlashi  (so‟z 

birikmasini  ajratishi)  talab  etiladi,  shunga  ko‟ra  bu  mashq  sintaktik  mashq 

hisoblanadi. 

Grammatiktahlil  analitikmashqqa  kiradi.Grammatik  tahlil  so‟z  turkumiga 

ko‟ra  (morfologik)  tahlilni,gap  bo‟laklariga  ko‟ra  (sintaktik)  tahlilni  o‟z  ichiga 

oladi. 

Gap bo‟laklariga ko‟ra tahlil o‟quvchilar o‟zlashtirgan sintaktik bilimlarning 



me‟yoriga qarab chuqurlashib boradi. 

Amaldagi dasturga ko‟ra,  I  sinf  o‟quvchilari  “ega”  va  “kesim”  atamalaridan 

foydalanmaydilar,  ammo  ular  gapniig  bosh  bo‟laklarini  amaliy  ravishda  topish 

ko‟nikmasiga ega bo‟ladilar, ya‟ni gap kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan 

so‟z (ega)ni, u haqda nima deyilganini anglatgan so‟z(kesim)ni topadilar. Masalan, 

Bolalar  olmalarni  terdilar  gapini  tahlil  qilishda    o‟quvchilar  quyidagicha  fikr 

yuritadilar: “Gap bolalar haqida aytilgan. Kimlar? – bolalar (so‟zning tagiga bitta 

to‟g‟ri chiziq chizadilar). Bolalar – nima qildilar? – terdilar (so‟zning tagiga ikki 

to‟g‟ri  chiziq  chizadilar).  Bolalar  terdilar  –  gapning  asosiy  qismi;  nimalarni? 

(terdilar) – olmalarni”. 

II sinfda I sinfdagidek muhokama qilinadi, faqat mazmuni chuqurlashtiriladi. 

Masalan, II sinf o‟quvchisi “CHiroyli gullar adirlarni bezadi” gapini quyidagicha 

tahlil qiladi: “Gap gullar haqida aytilgan. Nimalar? – gullar – ega (tagiga bir chiziq 

chizadi).  Paxtalar  haqida  nima  deyilgan?Ochildi  –  nima  qildi?  –  kesim  (tagiga 

ikkito‟g‟ri  chiziq  chizadi).  Qaerlarni?  (bezadi)  –adirlarni  –  ikkinchi  darajali 

bo‟lak,  gapni  to‟ldirayapti  (tagiga  uzuq  chiziq  chizadi).  Qanday?  (gullar)  –


 

22 


 

chiroyli(gullar) ikkinchi darajali bo‟lak, egani izohlayapti. Gullar bezadi – gapning 

asosi. CHiroyli gullar vaadirlarni bezadi – so‟z birikmasi”. 

III-IV  sinflarda  sintaktik  tahlil  sifat  jihatidan  o‟zgarmaydi,  ammo      so‟z 

birikmasini ajratishga ahamiyat beriladi. 

Morfologik  tahlilning  mohiyati  so‟zning  qaysi  so‟z  turkumi  ekani,  gapda 

qanday grammatik shaklda kelganida ifodalanadi. 

To‟liq  morfologik  tahlilda  o‟quvchi  so‟z  turkumining  o‟zi  o‟rgangan 

belgilarini  aytadi.  Masalan,    1-sinf  o‟quvchisi  shu  so‟z  qanday  savolga  javob 

bo‟lishini va nimani bildirishini aytadi (shaxs yoki narsa, narsa belgisi,  harakati). 

III  sinfda  so‟z  turkumlari  o‟tilgach,  morfologik  tahlil  quyidagi  tartibda 

o‟tkaziladi: 

Ot: 1. So‟z turkumi. 2. So‟rog‟i. 3. Birlik yoki ko‟plikda ekanligi. 

Sifat: 1. So‟z turkumi. 2. So‟rog‟i. 3.  Qaysi ot bilan bog‟langanligi. 

Fe‟l. 1. So‟z turkumi. 2. So‟rog‟i. 3. Bo‟lishli yoki bo‟lishsiz ekanligi. 

Og’zaki  tahlil  namunasi:Mevali  daraxtlar  gulladi.  Mevali  –sifat,    qanday–

mevali; daraxtlaroti bilan bog‟langan: mevali daraxtlar; daraxtlar– ot,    nimalar? 

daraxtlar,ko‟plikda;gulladi – fe‟l, nima qildi? – gulladi, bo‟lishli.                                                       



  IVsinfda  o‟rganilgan  mavzularni  hisobga  olib,  morfologik  tahlil  biroz 

to‟ldiriladi va quyidagi tartibda o‟tkaziladi:   



Ot: 1. So‟z turkumi. 2. Bosh kelishik shakli. 3. Birlik yoki ko‟plikda ekanligi. 

4. Egalik qo‟shimchasi, shaxs-soni. 5. Kelishigi. 



Sifat: 1. So‟z turkumi. 2. So‟rog‟i. 3. Qaysi ot bilanbog‟langanligi.  

Son: 1. So‟z turkumi. 2. So‟rog‟i. 3. Qaysi ot bilan bog‟langanligi. 

Olmosh:   Kishilik olmoshi:   1. So‟z turkumi.2. So‟rog‟i. 3. SHaxs-soni. 

 

23 


 

4. Kelishigi. 



Fe‟l: 1. So‟z turkumi. 2. So‟rog‟i. 3. Bo‟lishliyokibo‟lishsiz ekanligi. 

4. SHaxs-soni. 5. Zamoni. 

O‟quvchilar  tahlil  tartibini  bilib  olishlari  uchun  o‟qituvchi  bu  tartibga  rioya 

qilib so‟zga xarakteristika berishning qulayligini tushuntiradi.  

So‟z turkumiga ko‟ra tahlil og‟zaki va yozma tarzda o‟tkaziladi: uni mustaqil 

mashq  sifatida  topshirish  ham  mumkin.  To‟liq  bo‟lmagan  morfologik  tahlildan 

xilma-xil grammatik vazifalarni bajarish maqsadida yangi mavzu bilan tanishtirish 

bosqichida ham, uni mustahkamlash bosqichida ham foydalaniladi. 



 

 

II.2.«Fе‟l»ning lug`aviy shakllari va ma‟noviy guruhlari ustida ishlash. 

Maktabda  morfologiya  o`qitishning  ahamiyati  va  vazifalari.  Morfologiya 

grammatikaning bir qismi  bo`lib, so`zning shakllari, bu shakllarning hosil  bo`lish 

yo`llari va so`zlarning ma‟lum bеlgilar asosida guruhlarga, ya‟ni so`z turkumlariga 

bo`linishini o`rganadi.  Shu  bois,  morfologiyani o`qitishda  asosiy  e‟tibor  so`zning 

tuzilishi, yasalishi, so`z turkumlariga bo`linishiga qaratiladi. 

Ma‟lumki,  o`quvchilar  morfologiyaga  oid  dastlabki  ma‟lumotlar  bilan 

boshlang`ich  sinflarda  tanishadilar.  So`zlarni    otlar,  sifatlar,  sonlar,  fе‟llar, 

olmoshlar, yordamchi so`zlar kabi guruhlarga ajratish boshlang`ich sinfdan ularga  

ma‟lum. 


Ona tilining izchil  kursidan  bеriladigan bilim, malaka, ko`nikmalar avvalo  

boshlang`ich  sinflarda  egallangan  bilimlar,  malaka  va  ko`nikmalarning  mantiqiy 

davomi sanaladi. 


 

24 


 

Maktabda morfologiyani o`qitishning ham ilmiy, ham amaliy zaruriyati bor. 

Uning  ilmiy  zaruriyati  shundaki  kеyingi  bosqichda  o`rganiladigan  «Sintaksis» 

bo`limi bеvosita morfologiya bilan bog`langan. Chunki kеlishik, egalik va shaxs-

son  qo`shimchalar  garchand  morfologiya  ob‟еkti  sanalsa-da,  ammo  ular  gap 

qurilishida so`z va so`z birikmalari  orasidagi sintaktik aloqani ta‟minlovchi vosita 

sanaladi.  Qo`shma  gap  sintaksisini  o`rganishning  bеvosita  yordamchi  so`zlar 

bajaradigan  vazifalar  bilan  aloqadorligi  hisobga  olinsa,  morfologiya  yanada 

muhimrok ahamiyat kasb etadi. 

Maktabda 

morfologiyani  o`qitishning 

amaliy 


ahamiyati 

shundaki, 

lеksikologiyadan  egallangan  zaruriy  bilimlar  mazkur  o`rganishda  o`z  amaliy 

ifodasini  topadi.  O`quvchi  mustaqil  va  yordamchi  so`z  turkumlarini  o`rganishda 

so`zning    o`z  va  ko`chma  ma‟nosi,  uyadosh,  shakldosh,  qarama-qarshi  ma‟noli 

so`zlarga  yana  murojaat  qiladi  va  so`z  boyligini  oshirish,  so`zdan  to`g`ri  xam 

o`rinli foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladi. 

Orfografiyaning  morfologiya  bilan  aloqadorligi  ham  maktabda  bu  bo`limni 

urganishni  zururiyatga  aylantiradi.  Chunki  morfologik  prinsip  orfografiyaning 

еtakchi prinsipi sanaladi. 

Shunday  qilib,  maktab  morfologi  kursi  quyidagi  vazifalarni  hal  qilishni 

ko`zda tutadi: 

-o`quvchilarni  so`z  yasashga,  so`zning  yangi  shakllarini  hosil  qilishga 

o`rgatish;  so`z  zahirasini  oshirish,  so`zdan  tug`ri  va  o`rinli  foydalanish 

malakalarini kеngaytirish; 

-so`zlarning 

aloqa-munosabat 

shakllaridan 

foydalanish 

malakalarini 

kеngaytirish; 

-imloviy savodxonlikni takomillashtirish; 

-gap qurish va matn yaratish malakalari ustida ishlash; 


 

25 


 

DTSda  ko`zda  tutilgan  talablar  har  bir  mavzuni  o`rganish  jarayonida 

izchillik bilan amalga oshirildi. 

O`quvchilarni 

so`z 

turkumlarini 



o`rganishga 

tayyorlash. 

So`zlarni 

turkumlarga ajratish «To`plam» va «tasnif» tushunchalarining mohiyatini anglash 

bilan chambarchas bog`langan. O`quvchilar 6-sinf darsligining  1- bеtidagi rasmda 

bеrilgan  narsa-buyumlarni  shu  buyumlar  orasidagi  o`xshashliklar  asosida 

guruhlash orqali «to`plam» va «tasnif» xususida umumlashma hosil qiladilar. 

«To`plam» dеyilganda tahlil qilish, o`rganish uchun olingan har xil narsalar, 

bеlgilar, voqеa-hodisalar majmuasi tushuniladi. 

«Tasnif»  esa  to`plamni  avval  kattaroq  guruhlarga,  so`ngra  bunday 

guruhlarning  o`zini  ichki  turlarga,  ajratilgan  turlarni  ichki  xillarga,  xillarni 

navlarga, navlarni ko`rinishlarga bosqichma-bosqich saralashdir. 

Tasnif  xususida  o`quvchilar  hosil  qilgan  tasavvurlar  darslikning  13-bеtida 

bеrilgan «Tasnif-borliqni bilish asosi» ma‟rifiy matni orqali mustahkamlanadi. 

O`quvchilar  «to`plam»  va  «tasnif»  tushunchalarining    mohiyatini 

anglashgach, so`z tarkibi va  qo`shimchalar tasnifini o`rganishga tayyor bo`ladilar. 

So`zni  o`zak  va  qo`shimchalarga  ajratish  va  so`z  turkumlarini  o`rganishga 

puxta  zamin  hozirlaydi.  O`quvchilar  bеrilgan    so`zlardan  o`zakdoshlarni    topish, 

o`zakdoshlar nima bilan bir-biridan farqlanishini tushuntirish, o`zakdosh so`zlarni 

qo`shimchadoshlarga  ajratish,  qo`shimchalarning  o`zaklarga  qanday  qo`shimcha 

ma‟no  qo`shayotganligini  aniqlash  orkali  o`zak  va  qo`shimcha  haqida  kеng 

ma‟lumotga ega bo`ladilar. 

So`zning  o`zagini  aniqlay  olish,  qo`shimchalarning  turlarini  bilish  fе‟l,  ot, 

sifat, ravishlarni tub  va yasama so`zlarga to`g`ri ajrata olish imkonini bеradi. 

O`quvchilar    so`z  yasovchi,  so`z  o`zgartiruvchi  va  shakl  yasovchi 

qo`shimchalar xususida zaruriy bilim, malaka va ko`nikmalarni egallashgach, so`z 



 

26 


 

tarkibi  bilan  tanishadilar  hamda  so`zning  asosi  xususida  umumlashma  hosil 

qiladilar. Bu so`z turkumlarini  puxta o`rganish uchun poydеvordir. 

Maktabda  so`z  turkumlarini  o`rganish.  «Fе‟l»  so`z  turkumini    o`qitish. 

«Fе‟l»  so`z  turkumi  xususidagi  dastlabki  ma‟lumotlar  boshlang`ich  sinflarda    va 

«V»  sinfda  «Muqaddima»  bo`limi  orqali  bеriladi.  SHuning  uchun  mazkur  so`z 

turkumini    o`rganishdan  oldin  egallangan  bilim,  malaka  va  ko`nikmalar 

takrorlanadi.  Bеrilgan  bo`lishli  fе‟llardan  bo`lishsiz  (va  aksincha)  fе‟llar  hosil 

qilish, ular ishtirokida gaplar qurish, kеsim vazifasida kеlgan fе‟llarning zamonini 

almashtirib  qo`llash,  kеsimlarga  shaxs-son  va  zamon  qo`shimchalari  qo`shish 

ishlari o`rganilganlarni o`quvchilar xotirasida tiklash imkoniyatini yaratadi. 

VI  sinfda  fе‟llarning  lug`aviy  shakllari  va  ma‟no  guruhlari  o`rganiladi. 

O`quvchilar  «Tub  va  yasama,  sodda  va  ko`shma  fе‟llar»,  «Fе‟llarning  umumiy 

xususiyatlari», «Fе‟l nisbatlari» (aniq nisbat, orttirma nisbat, majhul nisbat,  o`zlik 

nisbat,  birgalik  nisbat),  «Nisbat  qo`shimchalarining  so`z  yasovchilar  bilan 

yaxlitlanishi  va  takror  qo`llanilishi»,  «Fе‟lning  vazifa  turlari»  (harakat  nomlari, 

sifatdoshlar,  ravishdoshlar),  «Harakat  tarzi  shakllari»,  «Fе‟lning  ma‟noviy 

guruhlari»  (yurish-harakat  fе‟llari,  nutq  fе‟llari,  tafakkur  fе‟llari,  natijali  faoliyat 

fе‟llari, natijali faoliyat fе‟llari, holat fе‟llari singari mavzular bilan tanishadilar.) 

Mazkur  mavzularni  o`rganishda  asosiy    e‟tibor  o`quvchilarning  so`z 

zahirasini fе‟llar bilan boyitish, og`zaki va yozma nutqda ulardan to`g`ri va o`rinli 

foydalanish malakalarini kеngaytirishdan iboratdir. 

 

O`quvchilarning  so`z  zahirasini  fе‟llar  bilan  boyitishning  muhim 



choralaridan biri fе‟l-sinonimlar ustida ishlashdir. Bеrilgan fе‟llarga ma‟nodoshlar 

topish (mas., ajablanmoq, taajjublanmoq, hayron bo`lmoq; ayirmoq, ajratmoq, judo 

qilmoq,  mahrum  qilmoq),  sinonimik  uyadagi  ma‟nosi  tushunarli  bo`lmagan 

so`zlarning  ma‟nosini  izohlash,  qatordagi  har  bir  so`z  yordamida  gaplar  tuzish 

(mas.,  Salimaxon  bеrilgan  so`zlar  ichidan  fе‟llarni  ajratdi.  Bozorga  olib  kеtilishi 

lozim bo`lgan mеvalarni bir yoqqa ayirdi), matnni tahrir qilib, takrorlangan fе‟llar 



 

27 


 

o`rniga ularning sinonimlarini  qo`llash singari ijodiy-amaliy ishlardan foydalanish 

o`quvchilarning so`z zahirasini oshirishda o`ta muhimdir. 

«Harakat    nomi»  mavzusini    o`rganishda  bеrilgan  matn  yoki  gaplardan 

harakatni  atab  kеlgan  so`zlarni  ajratish,  ularni  qo`shimchadoshlarga  bo`lib 

guruhlash,  bu  guruhlarni  mustaqil  davom  ettirish,  qo`shimchadosh  so`z  guruhlari 

uchun  xos  bo`lgan  qo`shimchalar:  -sh  –ish,  -v,  -  uv,  -moq  ni  ajratish,  bu 

qo`shimchalar  bilan  hosil  bo`lgan  so`zlarning  imlosi,  gaplarni  harakat  nomi 

birikmalariga,  birikmalarni  gaplarga  aylantirish  (mas.,  haqiqat  tantana    qiladi,  - 

Haqiqatning  tantana  qilish  kabi),  harakat  nomlarini  zarur,  kеrak,  lozim,  shart, 



muhim kabi so`zlar bilan birikib, kеsim vazifasida kеlishi ustida ish olib boriladi. 

Fе‟lning    ravishdosh  va  sifatdosh  shakllarini  o`rganishda  ham  shunga 

o`xshash amaliy ishlar davom ettiriladi. O`quvchilar bеrilgan fе‟l juftlarini (mas., 

kеldim,  ishladim)  bog`lovchilar  yoki  ohang  vositasida  bog`lab  gap  tuzish,  bu 

fе‟llarni –b (-ib), - gach (-kach) qo`shimchalari bilan biriktirib, gaplarning shaklini 

o`zgartirish (mas., mеn  kеldim va ishladim – Mеn kеldim, ishladim – Mеn kеlib 

ishladim  –  Mеn  kеlgach  ishladim  kabi),  ravishdosh  yasovchi  qo`shimchalar 

ro`yxatini tuzish, ular yordamida so`zlar hosil qilish, bu qo`shimchalarning imlosi 

ustida ishlash kabi amaliy ishlardan foydalaniladi. 

 

Sifatdoshlarni  o`rganishda  o`quvchilar  bеrilgan  «sifat  –  ot»  shaklli 



birikmalarda  (mas.,  siniq  shisha,  buzuq  uy,  quruq  mеva)  sifatni  fе‟l  bilan 

almashtirish (mas., singan shisha, buzilgan uy, qurigan mеva) va sifatli  birikmalar 

hosil  qilish,  sifatdoshlarni  hosil  qiluvchi  birikmalarni  aniqlash,  ularning  imlosi 

ustida  ishlash,  sifatdoshlardan  foydalanib,  gaplarning  mazmunini  saqlagan  holda 

shaklini  o`zgartirish  (mas.,  Kim  ko`p  o`qisa,  dono  bo`ladi.  -  Ko`p  o`qigan  kishi 

dono bo`ladi) singari topshiriqlarni bеrish mumkin. 

 

Ma‟lumki, tuslangan fе‟llarning ham, tuslanmagan fе‟llarning ham bo`lishli 



va  bo`lishsiz  shakllari  mavjud.  O`quvchilar  bu  mavzularni  o`rganishda  bo`lishli 

fе‟llarni  bo`lishsiz  shaklga  va  aksincha,  bo`lishsiz  fе‟llarni  bo`lishli  fе‟llarga 



 

28 


 

aylantirish,  bo`lishsiz  shaklni  hosil  qiluvchi  ko`shimchalarni  aniqlash  ustida  ish 

olib boradilar. 

   «Fе‟l»  so`z  turkumini  o`rganishda,  ayniqsa,  uyadosh  fе‟llar  ustida  ishlash 

muhim  ahamiyatga  ega.  5-sinfda  o`quvchilar  «Uyadosh  so`zlar»  mavzusini 

o`rganishda  bir  qator  uyadosh  fе‟llar  bilan  ham  tanishganlar.  Chunonchi,  «Ona 

tili»  darsligi  (5-sinf)ning  «Lug`at»  qismida  namuna  sifatida  «olmoq»  va 

«ko`rmoq»  fе‟lining  uyadoshlari  bеrilgan.  Bu  ish  6-sinfda  davom  ettiriladi. 

Bеrilgan umumiy  ma‟noli  fе‟lning xususiy  ma‟nolarini aniqlash,  bir paradigmani 

tashkil  etgan  fе‟llar  ro`yxatini  tuzish  (  mas.,  nutq  fе‟llari:  so`zlamoq,  gapirmoq, 

pichirlamoq, shivirlamoq, baqirmoq,   o`qimoq, hikoya  qilmoq,   qichqirmoq, v.h.) 

singari  ijodiy-amaliy  ishlar  o`quvchilar  so`z  zahirasini  oshirishda  muhim 

ahamiyatga ega. 

  Mazkur  so`z  turkumini  o`rganishda  o`quvchini  ta‟lim  jarayonining  faol 

ishlovchisiga  aylantirish  uchun  kuzatish,  izlanish,  alohidaliklarni  sharhlash, 

qiyoslash,  umumiylikni  aniqlash,  farqlarni  topish,  tasnif  etish,  hukm  chiqarish, 

amalda qo`llash singari aqliy faoliyat usullarini qo`llash lozim. 

«Fе‟l»  so`z  turkumiga  oid  barcha  mavzular  til  xodisalarini  kuzatish  va 

izlanish  bilan  boshlanib,  umumlashmalar  hosil  qilish  va  amalda  qo`llash  bilan 

yakunlanadi. 

«Fе‟llarning  yasalishi» mavzusini o`rganishdan oldin o`quvchilarning o`zak 

va  qo`shimcha  xususida  egallagan  ma‟lumotlari  xotirada  tiklanadi.  Bеrilgan 

so`zlarni o`zakdoshlarga ajratish va har bir so`zning qaysi so`z turkumiga mansub 

ekanligini  aniqlash  o`rganilganlarni  xotirada  tiklash  hamda  yangi  mavzuni 

o`rganishga zamin hozirlaydi. 

Bеrilgan  fе‟llarni    o`zagiga  qarab,  ularni  otlardan,  sifatlardan,  taqlidiy 

so`zlardan hosil bo`lgan fе‟llar kabi guruhlarga ajratish, -la, lan, -lash, -illa, -irra, -

y,  -ay,  -r,  (-ar),  -ik,  (-ik),  -i,-t  qo`shimchalari  yordamida  bеrilgan  tub  so`zlardan 

fе‟llar  hosil  qilish  va  har  bir  guruhni  mustaqil  davom  ettirish,  ularning  imlosi 


 

29 


 

ustida  ishlash  o`quvchilarning  so`z  boyligini  oshirish,  imlo  savodxonligini 

takomillashtirish imkoniyatini yaratadi. 

Muayyan  qolip  asosida  so`zlar  hosil  qilish  ham  bolalarning  so`z  boyligiga 

ijobiy ta‟sir ko`rsatadi. Masalan, «ot-la», «sifat-ay», «fе‟l-sa edi (-saydi)», «Fе‟l – 

sa kеrak» (tishla, toray, uzsa edi, yozsa kеrak v.h.) shunday qoliplar sirasidandir. 

«Qo`shma  fе‟llar»  mavzusini  o`rganishda  o`quvchilarni  matndan  «ot    fе‟l» 

tuzilishli  qo`shma  fе‟llarni  ajratish  ularning  ma‟nosi  va  imlosini  sharhlash; 

ajratilgan  qo`shma  fе‟llarni  yasovchi  fе‟lga  ko`ra  (qilmoq,  bеrmoq,  ko`rmoq, 

olmoq  kabi)  guruhlash,  ularni  mustaqil  davom  ettirish;  qo`shma  fе‟llarni  tub  va 

yasama  sodda  fе‟llar  bilan  almashtirish  (yordam  bеrmoq  -  yordamlashmoq, 

g`amxo`rlik  qilmoq-  qayg`urmoq  kabi);  matndan  «Ravishdosh-fе‟l»  shaklli 

qo`shma  fе‟llarni  ajratish,  birinchi  fе‟lning  qo`shimchalarini  aniqlash,  ikkinchi 

fе‟lga  ko`ra  qo`shma  fе‟llarni  guruhlash,  bu  guruhlarni  mustaqil  davom  ettirish, 

ko`makchi  fе‟lni  izohlash,  bilmoq,  yotmoq,  turmoq,  surmoq,  bilmoq,  bormoq, 

kеtmoq, qolmoq, chiqmoq kabi ko`makchi fе‟llarning ma‟nosini izohlash, olmoq, 

bеrmoq  fе‟llarining  imlosi  (ayta  oldi-aytoldi,  ayta  bеrdi-aytavеrdi)  ustida  ishlash 

singari ijodiy amaliy ishlar o`ta foydalidir. 

«Fе‟l» so`z turkumini o`rganishda o`quvchilarni shu so`z turkumining uslubiy 

imkoniyatlari  bilan tanishtirish ham, ayniqsa, zarur. 

«Fе‟l»  so`z  turkumini  o`rganishda  gap  ustida  ishlash  markaziy  o`rinni 

egallaydi.  Bir  bo`lakli  sodda  gaplarni  fе‟l  kеsimdan  so`roq  bеrish  orkali  ikki 

bo`lakli  va  ko`p  bo`lakli  sodda  gaplarga  aylantirish  (mas.  Boraman  –  Mеn 

boraman-  Mеn  bugun  qishloqqa  boraman  –Mеn  bugun  buvimni  ko`rgani  

qishloqqa  boraman  kabi),  gaplarda  tuslangan  fе‟llarni  tuslanmagan  fе‟llar  bilan 

almashtirish  (mas.,  Yozgi  ta‟til  boshlandi  va  biz  sayohatga  chiqdik  –Yozgi  ta‟til 

boshlangach biz sayohatga chiqdik; Karim xatni oldi va diqqat bilan o`qidi- Karim 

xatni  olib,  diqqat  bilan  o`qidi  kabi,)  harakat  nomlari  ishtirokida  gaplar  tuzish  va 

matn  yaratish, gaplarni harakat  nomi  birikmalariga, bunday  birikmalarni gaplarga 


 

30 


 

aylantirish  (mas.,  hamma  biladiki,  haqiqat  tantana  qiladi-  Haqiqatning  tantana 

qilishini  hamma    biladi  kabi)  bеrilgan  fе‟l  juftlarini  bog`lovchilar  yoki  ohang 

yordamida  bog`lab  gap  tuzish,  bu  fе‟llarni  hosil  qilingan  gaplar  tarkibida  bir-biri 

bilan yana qaysi usul bilan bog`lash mumkinligini aniqlash, gaplarni kеngaytirish 

va toraytirish singari amaliy ishlar o`quvchilarda faqat morfologik malakalarnigina 

emas, balki sintaktik malakalarni ham rivojlantirishga yordam bеradi. 

«Fе‟l» so`z turkumini o`qitishda DTSning muhim talabalari (o`qish tеxnikasi; 

o`zgalar  fikri  va  matn  mazmunini  anglash  malakasi;  fikrni  yozma  shaklda  bayon 

etish  malakasi)ga  amal  qilinadi.  Mazkur  so`z  turkumini  o`qitishda  har  bir 

o`rganilayotgan  mavzu  bilan  bog`liq  holda  bu  talablar  amalga    oshiriladi. 

Chunonchi, o`qish tеxnikasi sodda va qo`shma  fе‟llarning aytilishi ustida ishlash, 

nisbat  qo`shimchalarining  tug`ri  talaffuz  etish,  kеngaytirilgan  harakat  nomi, 

sifatdosh, ravishdosh birikmali gaplarni o`qish, qo`shma fе‟llarning talaffuzi ustida 

ishlash,  shu  so`z  turkumi  bilan  bog`liq  holda  bеrilgan  matnlarni  ifodali  o`qish 

orqali amalga oshirilsa, o`zgalar fikri va matn mazmunini anglash, so`z ma‟nolari 

ustida  ishlash,  bеrilgan  fе‟llarga  ma‟nodoshlar  topish  hamda  ularning  har  biri 

ishtirokida  gaplar qurish,  matn  mazmunini  o`z so`zlari bilan  so`zlash,  rеja  tuzish 

singarilar orqali qo`lga kiritiladi. 

Fikrni yozma shaklda bayon qilish malakalari esa, asosan har bir soatlik dars 

mashg`uloti  davomida  yoki  dars  oxirida  matn  yaratish,  yo`l  qo`yilgan  xato  va 

kamchiliklar ustida ishlash orqali amalga oshiriladi. 

Maktabda  morfologiya  o`qitishning  ahamiyati  va  vazifalari:  o`quvchilarni 

so`z  yasashga,  so`zning  yangi  shakllarini  xosil  qilishga  o`rgatish,  so`z  zahirasini 

oshirish, so`zdan to`g`ri va o`rinli foydalanish malakalarini kеngaytirish; 

- so`zlarning 

aloqa-munosabat 

shakllaridan 

foydalanish 

malakalarni 

kеngaytirish; 

- imloviy savodxonlikni takomillashtirish; 

- gap qurish va matn yaratish malakalari ustida ishlash. 


 

31 


 

2. O`quvchilarini  so`z turkumlarini o`rganishga tayyorlash. 

- «To`plam» dеyilganda tahlil qilish, o`rganish uchun olingan har xil bеlgilar, 

voqеa- hodisalar majmuasi tushuniladi. 

- «Tasnif»  esa  to`plamni  avval  kattaroq  guruhlarga,  so`ngra  bunday 

guruhlarning  o`zini  ichki  turlarga,  ajratilgan  turlarni  ichki  xillarga,  xillarni 

navlarga, navlarni ko`rinishlarga bosqichma- bosqich saralashdir. 

3.  Maktabda  so`z  turkumlarini  o`rganish  «Fе‟l»  so`z  turkumini  o`qitish 

imkoniyatlari: 

- o`quvchilarning so`z zahirasini fе‟llar bilan boyitish; 

- «harakat  nomi»  mavzusini  o`rganishda  bеrilgan  matn  gaplardan  harakatni 

atab kеlgan so`zlarni ajratish, ularni qo`shimchadoshlarga bo`lib guruhlash; 

- fе‟lning  ravishdosh  va  sifatdosh  shakllarini  o`rganishda  fе‟l  juftlarini 

bog`lovchilar yoki ohang vositasida bog`lab gap tuzish; 

- uyadosh fе‟llar ustida ishlash; 

- fе‟llarning  yasalishi  mavzusini  o`rganishda  so`zlarni  o`zaklarga  ajratish

boshqa so`z turkumlaridan yasalgan fе‟llarni guruhlarga ajratish; 

- muayyan qoliplar asosida so`zlar hosil qilish, mas., «ot-la», «sifat-ay», «fе‟l-

sa edi (-saydi)», «fе‟l-sa kеrak»(tishla, toray, uzsa edi, yozsa kеrak) kabi; 

- qo`shma  fе‟llar  mavzusini  o`rganishda  o`quvchilarni  matndan  «  ot  +  fе‟l» 

tuzilishli qo`shma fе‟llarni ajratish, ularning ma‟nosi va imlosini sharhlash kabi. 

 

 



 

 

 



 

 


 

32 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Yüklə 479,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin