O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universitet


Kushon  davrida  me'morchilik  yuksak  rivojlandi.  Ayniqsa  saroylar  va  ibodatxonalar  qurilishiga  katta  e'tibor  qaratildi.  Kushon



Yüklə 195,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix02.01.2022
ölçüsü195,84 Kb.
#37077
1   2   3   4   5   6   7
kushonlar davlati (1)

Kushon  davrida  me'morchilik  yuksak  rivojlandi.  Ayniqsa  saroylar  va 

ibodatxonalar  qurilishiga  katta  e'tibor  qaratildi.  Kushon  hukmdorlarining 

Xolchayondagi saroyida va eski Termiz va Dalvarzindagi budda ibodatxonalarida 

yuqori  badiiy  did  bilan  ishlangan  devor  chizgilari  va  haykaltaroshlik  namunalari 

yaxshi saqlanib qolgan.  

Xolchayon, Dalvarzin va Ayritomda olib borilgan qazish ishlari davomida kushon 

ustalarining  yuksak  mahoratidan  dalolat  beruvchi  bronza  idishlar,  muhtasham 

shag'amsupalar,  ko'zgular  hamda  zargarlik  mahsulotlari  topilgan.  Dehqonchilik 

imperiya  iqtisodiyotining  tayanchi  bo'lgan.  Yer  hosildorligini  oshirish  maqsadida 

turli  o'g'itlardan  keng  foydalinilgan.  Tog'  oldi  hududlari  va  cho'llar  chorvachilik 

maqsadlarida foydalanilgan.  

Termizda olib borilgan qazuv ishlari davomida oramiy tili asosida yozilgan xatlar 

topilgan. Kushon kursiv xati o'zining o'tkir burchakli, kvadrat va aylana shaklidagi 

harflari bilan ajralib turar hamda o'sha davrlarda juda keng tarqalgan edi. Kanishka 

davrida  Kushon  davlatiga  buddizm  kirib  keladi  va  tez  orada  davlat  diniga 

aylanadi. Ammo shu bilan birga zardo'shtiylik va mahalliy O'rta Osiyo, Hindiston, 

Eron,  Yunoniston  va  Misr  xalqlari  dinlari  ham  o'z  kuchini  yo'qotmaydi.  Kushon 

davlati  eramizning  III  asri  birinchi  yarmining  oxirida  barham  topdi.  Baktriya  va 

Toxariston  maxsus  mulk  huquqi  ostida  Sosoniylar  imperiyasi  tarkibiga  qo'shildi. 

Ushbu imperiya sosoniy podshohlar xonadoni a'zolari tomonidan boshqarilib, ular 

kushonshoh tituligi egalik qilgan.  

Kushon

  davlatining  paydo  bo'lishi  uzoq  vaqt  olimlar  orasida  katta  ilmiy 

munozaralarga  sabab  bo'lib  kelgandi.  Bu  afsonaviy  tuyulgan  podsholik  tarixini 

o'rganish  o'tgan  asrdayoq  boshlangan  edi.  Miloddan  avvalgi  I  asrga  kelib  Katta 

Yuyechji  uyushmasidagi  beshta  xokimlikda  Tuyshuan  (

Kushon

)  xokimligi  ancha 

kuchayib  va  xudidi  kengayib  bordi.  «So'nggi  xon  sulolasi  tarixi»  (Xitoy) 

ma'lumotlariga  ko'ra,  «Guyshuan  xokimi  Kloqzyuko  qolgan  to'rtta  xokimlikni 

birlashtirib  o'zini  Buyshuon  xokimi»  deb  e'lon  qildi. 


Yüklə 195,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin