kanallari shular jumlasidandir. Vatanimiz hududida shaharsozlik, me'morchilik,
haykaltaroshlik, kulolchilik singari hunarmandchilik turlari yuksak darajada taraqqiy
etgan. Buni ko'hna Tuproqqal'a, Ayritom, Termiz, Axsikent shaharlari o'rnida olib
borilgan tarixiy tadqiqotlar ham tasdiqlaydi. Ayni chog'da, Kushonlar davrida
moddiy va ma'naviy madaniyat yonma-yon tarzda rivojlanib borgan, deb xulosa
chiqarishga to'laasoslarbor.
Kushonlar davri madaniyatining muhim, katta yutuqlaridan biri shundaki, bunda
turli qutb va mintaqada yashagan xalqlarning madaniyatlari o'zaro yaqinlashib, bir-
birlarini to'ldirib, boyitib borgan. Bu esa ularning bir-birlari bilan turli-tuman
sohalarda yaqindan hamkorlik, hamjihatlik qilishlariga keng yo'l ochgan, umumiy
yuk-salishiga turtki bergan. Masalan, Hindistondan O'rta Osiyo hududiga Budda
dinining kirib kelishi va yoyilishi, o'lkaning turli joylarida hashamatli Budda
ibodatxonalarining barpo etilishi, budda haykallari va haykalchalarining yaratilishi -
bular ulug' ajdodlarimiz ma'naviy hayotidagi jiddiy o'zgarishlardandir. Ularning
timsolida Hind va O'rta Osiyo xalqlarini bir-birlariga ma'nan yaqinlashtirgan muhim
omilni ko'rish mumkin. Termiz, Ayritom va boshqa joylardan topilgan buddizmga
oid ashyoviy dalillar, budda ibodatxonalari namunalari, haykallar, ularning yuksak
mahorat bilan yaratilganligi - bular Kushonlar davrida Vatanimiz hududida moddiy
va ma'naviy mada-niyat rivoj topganligining yaqqol ifodasidir.
|