2. Ijtimoiy-siyosiy faollikni oshirishda saylovlar muhim o’rin tutadi. Unda avvalo,
saylovchilarning ixtiyoriy bergan ovozlariga binoan siyosiy institutlar legitimligi oshadi.
Qolaversa, saylovlarda jamiyatdagi turli xil guruhlarning tinch raqobatdoshligi kutilganligi
sababli ham saylash jarayonlari siyosiy ziddiyatlarni hal etishga olib keladi. SHuningdek,
saylovlar aholi siyosiy manfaatlarini
ifoda etuvchi siyosiy partiyalar, boshqa siyosiy
tashkilotlarning faol harakatlari tufayli turli ekstremistik harakatlarni cheklab turadi. SHu bilan
birga saylovlar fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy ijtimoiylashuviga ko’maklashadi. Saylovlardagi
turli kampaniyalar, ularni ommaviy axborot vositalarida yoritish kabi tadbirlar saylovchilar
siyosiy va huquqiy madaniyatlarini yuksaltiradi. SHuningdek, saylovlar fuqarolarning siyosiy
jarayonlarda faol ishtirok etishiga qulay imkoniyatlar yaratadi.
O’zbekistonda fuqarolar ijtimoiy faolligining o’sib borishi ularning mamlakat davlat
organlariga bo’lgan saylovlardagi ishtirokida ham sezilmoqda. 1999 yil 5 dekabrda ikkinchi
marta demokratik tamoyillar asosidagi Oliy Majlisga bo’lgan saylovlarda 12,5 milliondan ortiq
saylov huquqiga ega bo’lgan fuqarolarning 95,03 foizi ishtirok etdilar. Unda 250 ta Oliy Majlis
deputatlari saylandi. SHuningdek, 2000 yilning 9 yanvarida O’zbekiston Respublikasi
Prezidentligiga saylovlar bo’lib o’tdi. Unda esa 12 million 123 mingdan ko’proq saylovchilar
ishtirok etdilar. «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi nomzodi
Islom Abdug’anievich
Karimov nomzodi uchun 11 million 147 ming 621, yoki saylovchilarning 91,90 foizi ovoz
berdilar.
2004 yil 26 dekabrda Oliy Majlis quyi qonunchilik palatasiga va mahalliy hokimiyat
organlariga
o’tkazilgan
saylovlarda
fuqarolar
ijtimoiy-siyosiy
faolligi
yanada
oshdi.
SHuningdek, 2006 yil may-iyung’ oylarida fuqarolar yig’ini (oqsoqoli) va uning maslahatchilari
saylovlarida oddiy fuqarolar demokratik saylovlarda ishtirok etib, o’z fikrlarini bayon etdilar va
xalq boshqaruvining quyi bo’g’iniga faol insonlar saylandilar.
Dostları ilə paylaş: |