mustaqillikka erishganidan keyin o’ziga xos bo’lgan taraqqiyot yo’lini - ya’ni bozor iqtisodi
tamoyillariga asoslangan erkin, ochiq demokratik davlat qurish vazifasini asosiy maqsad qilib
belgilab oldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlab o’tganidek: «Biz
shunchaki demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurmoqchimiz... Adolat va haqiqat
g’oyasi ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini qamrab olmog’i darkor. Adolat va haqiqat
Karimov I A. O’zbekistonning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. O’zbekiston
muqaddasdir» kitobida, 3-j., -T.: O’zbekiston, 1996, 10-b.
2
adolat yotishi lozim. Adolatga asoslangan qonunlarning hayotga tatbiq etilishi adolatning tantana
qilishiga olib keladi.
Demokratik jamiyat qurish uchun mamlakatda qabul qilinayotgan qonunlar adolatli
bo’lishi, o’zida xalq manfaatlarini ifoda etishi shart. Bunday qonunlarga og’ishmay itoat
etilsagina, jamiyatda demokratiya qaror topadi va mustahkam bo’ladi. CHunki barcha
demokratik institutlar, inson huquq va erkinliklari qonun vositasida joriy etiladi.
Demokratik jamiyatning eng muhim belgilaridan biri - jamiyat ahzolarining qonun oldidagi
tengligini, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini tahminlanganligidir. SHu bilan birga
Konstitutsiya va qonunlarning pirovard maqsadi inson, uning huquq va erkinliklarini
ta’minlashdan iborat bo’lmog’i lozim.
«Qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari
muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni
qonunga bo’ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash – bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga
asoslangan chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat
maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi»
2
.
Qonun ustuvorligining mohiyati O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qator
moddalarida belgilab berilgan. Konstitutsiyaning III bobi ikkita 15 va 16-moddalaridan iborat
bo’lib, Konstitutsiya va qonun ustunligiga bag’ishlangan.
Konstitutsiyaning 15-moddasiga muvofiq «O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi.
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya
va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar».
O’z faoliyatini Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq amalga oshirish sanab o’tilgan
sub’ektlarning konstitutsiyaviy burchi bo’lib hisoblanadi. Agarda davlat organlari, nodavlat
tashkilotlar, mansabdor shaxslar yoki fuqarolar o’zlarining bu burchlarini bajarmasalar, ularga
nisbatan tegishli javobgarlik choralari qo’llanishi mumkin.
Konstitutsiya va qonunlarga rioya etmagan shaxslarning javobgarligi Konstitutsiyaning
o’zida yoki tegishli qonun hujjatlarida mustahkamlab qo’yilgan bo’ladi. Masalan, Konstitutsiya
93-moddasining 12-bandiga muvofiq Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan tuman va shahar
hokimlarini Respublika Prezidenti o’z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli.
Bu borada shuni ham aytib o’tish lozimki, Konstitutsiyaning normasi boshqa qonunlarning
normalariga nisbatan ustunlik xarakteriga ega. CHunki Konstitutsiya barcha boshqa qonunlar
uchun poydevordir.
SHuning uchun ham Konstitutsiya 16-moddasida mustahkamlangan qoidaga binoan
«Birorta ham qonun yoki boshqa normativ huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga
zid kelishi mumkin emas». Agarda birorta normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyaga zid
keladigan bo’lsa, u bekor qilinishi lozim.
O’zbekiston Respublikasida normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligini
ta’minlash mexanizmi ishlab chiqilgan va amalda qo’llaniladi.
Xo’sh, Konstitutsiyaning bu moddasiga binoan qonun yoki boshqa normativ-huquqiy
hujjatning Konstitutsiyaga mosligini qaysi organ nazorat qiladi, degan savolning tug’ilishi
tabiiydir.
Normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligini nazorat qilishni uning qaysi
bosqichda amalga oshirilishiga qarab, quyidagi ikki turga bo’lish mumkin:
Dostları ilə paylaş: