konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini ta’minlash yuzasidan parlament nazoratini amalga
oshirishda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) instituti muhim rol
parlament tomonidan maxsus saylangan (tayinlangan), davlat organlari harakatlarining
qonuniyligi hamda fuqarolar huquq va erkinliklariga rioya etilishini kuzatuvchi mansabdor
shaxs. O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 24 apreldagi “Oliy Majlisning inson huquqlari
bo’yicha vakili (ombudsman) to’g’risidagi Qonun qabul qilingan.
Ma’lumki Yer yuzida inson borki, u doimo o’z huquqi va erkinligini himoya qilish uchun
imkoniyat izlagan va Ombudsmanning tashkil topishi esa, davlat bilan fuqaro o’rtasidagi
munosabatlarga yanada aniqlik kiritdi. Ombudsman fuqarolarning haq-huquqlarini himoya
qiluvchi munosabatlarni nazorat qiluvchi vakildir.
Mustaqillik: izoҳli ilmiy-ommabop lug’ati. -T.: SHarқ. 2015, 179-b.
4
Ushbu fikr hozirgi zamon huquqiy adabiyotlarida keng tarqalgandir. Biroq jamiyatda
qonun ustuvorligini ta’minlashda Ombudsman institutining o’ziga xos talqin va tarixiy ildizlari
mavjud. SHu nuqtai nazardan amerikalik mutaxassis Din Gottererning bildirgan fikrlari diqqatga
sazovordir. U shunday deb yozadi: Ombudsman instituti ildizlari uzoq o’tmishga borib taqaladi.
Ombudsmanning tarixiy ildizlaridan biri Qurhoni Karim va islom mafkurasining bir qismi
sifatida odillik tamoyillaridan kelib chiqadi
5
. O’sha payt inson huquqi va erkinliklarini himoya
qilish, mulkiy, oila va nikohga oid huquqlarni tartibga soluvchi hamda shikoyatlarni qabul qilish
va nizolarni hal qilish uchun muxtasib mansabi dastlab halifa Umar tomonidan tashkil etilgan
edi. Keyinchalik ana shunday muxtasib mansabi Movarounnahrdagi mavjud xonliklarda ham
tashkil etilgan bo’lib, ular asosan fuqarolarning shikoyatlarini adolat nuqtai nazardan hal etishga
intilganlar.
SHunday qilib, Ombudsman institutining ildizlari Din Gotterer ta’kidlaganidek, SHarq
mamlakatlari davlatchiligiga borib taqaladi. Biroq, Yer yuzida rasmiy ravishda esa, birinchi
marotaba Ombudsman instituti 1709 yil SHvetsiya qirolligi huzurida tashkil topgan. 1709 yili
SHvetsiya qiroli Karl XII Poltava janglarida mag’lubiyatga uchrab, Turkiya davlatiga qochib
ketadi. Qirolsiz qolgan SHvetsiyada tartibsizlik boshlanadi. Bundan xabar topgan Karl XII
Turkiyada turib, 1713 yil SHvetsiya qirolligi huzurida Ombudsman tashkil qilish haqidagi
qonunga nizo chekadi. Bugungi kunda deyarli barcha demokratik mamlakatlarda Ombudsman
instituti tashkil etilgan. Ombudsmanning muhim xususiyatlaridan biri uning mustaqilligidir.
Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakil (Ombudsman) demokratik yo’ldan
borayotgan jamiyatimizdagi inson huquqlari bilan bog’liq muammolarni hal qilishda faol
ishtirok etmoqda.
Ombudsman (vakil) quyidagi huquqlarga ega:
1) fuqarolardan tushgan shikoyatlarni ko’rib chiqish;
2) arizachiga o’z huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun
foydalanishga haqli bo’lgan vositalarni ko’rsatish;
3) shikoyatni, uning mohiyati bo’yicha hal etishga vakolatli mansabdor shaxsga yoki
tashkilotga berish;
4) arizachini tegishli hujjatlar, boshqa materiallar bilan tanishtirish hamda shikoyatni
ko’rib chiqishni rad etish va rad etish asoslarini ko’rsatish.
O’zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi qonunining 26-
moddasi birinchi qismiga muvofiq «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining
O’zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi
va
qonunlariga,
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarori O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan bekor qilinadi».
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 1-bandiga muvofiq O’zbekiston
Respublikasining Prezidenti «fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va
qonunlarga rioya etilishining kafilidir».
Bu normaga ko’ra Prezident birinchidan, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa
normativ-huquqiy hujjatlarda fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilayotganligini,
Dostları ilə paylaş: